4.Paxta terish apparatining kutarayotgan mexanizmdagi kuchlar
Apparatni kutarib turish uchun 76- rasmda kursatilgan mexanizm xizmat kiladi. Uning gidrotsilindri 7— 9 ga yoki boshka kismlarida yuzaga keladigan karshilik kuchlarini aniklash uchun masshtab buyicha chizilgan sxemada apparat massasi markazi Mm da uning ogirlik kuchi Ga vektorini vertikal yunalishda kursatish kerak.
Gidrotsilindr shtogidagi karshilik kuchi Rsht ni aniklash uchun N. YE. Jukovskiy usuli (tezliklar planini kurish)dan foydalanish kulayrokdir. Shu maksadda, chizmaning yonida 900 ga burilgan tezliklar plani kuriladi. Plan kutb nuktasi 0 dan, masalan, 3 — 4 tortkiga parallel,
rasm.Terish appartini ko‘tarib tushirish meanizmi.
ixtiyoriy uzunlikda kutarilayotgan 3- nuktaning chizikli tezligi (V3q3 – 4 r3 – 4) V3 vektori chiziladi. 0 dan 6–5 ga parallel va ning uchidan 3 –5 ga parallel chiziklar utkazilib, topiladi Kutbdan 6–7 ga, ning uchidan 5–7 ga parallel kilib utkazilgan chizikning 9 –7 yunalishi bilan kesishgan joyi 7- nuktaning tezligi ni beradi. Kutbdan 1– 2 ga, ning uchidan 3 –2 ga parallel kilib utkazilgan chiziklar 4 – 3 yunalishi kesishib, 2- nuktaning tezliri (xosil kilinadi), va uchlaridan 3- MM va 2- Mm lar parallel xolda uchrashgan joyga apparat oKirlik kuchi Ga vektori kursatiladi. uchiga gidrotsilindr shtogidagi karshilik kuchi chiziladi.
Kutbga nisbatan momentlar yigindisi nolga tenglashtirilib, izlanayotgan kuchining mikdori aniklanadi:
Shu tartibda 2, 3, 4- nuktalardagi kuchlarni aniklash mumkin.
Agar kuzgalmas nuktalardagi kuchlarni aniklash lozim bulsa, avval shu nuktalar atrofida aylanayotgan nuktalardagi kuchlarni yukoridagi tartibda aniklab, sung ularning yigindisi topiladi. Masalan, 6- nuktadagi kuchini topish uchun masshtabda kuyilgan Rsht va R5 vektorlarining uzaro kesishgan joyini 6- nukta bilan birlashtirib, shu yunalishlarda parallelogramm kuriladi va uning diagonali uzunligini ulchab, masshtab buyicha uning mikdori aniklanadi.
5."Keys" - 2022 rusumli paxta terish mashinasining sozlanishi
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining ish kursatkichlari, asosan, uning maxalliy sharoitga moslab sozlanishiga boglik. Mashina ishlayotganida uning terish apparatidagi shoxkutargichning uchi orkadagi shpindelli baraban ramkasidan 25...51 mm (1...2 dyuym) pastrok urnatiladi. Aks xolda ishchi tirkishiga xas-chuplar tikilib kolishi mumkin. Buning uchun apparat ustida joylashgan tortki uzunligi uzgartiriladi.
Shpindelli barabanni juyak pushtasiga nisbatan 25...51 mm balandlikda urnatib ishlatgan ma’kul. Buning uchun shoxkutargich tagidagi sirpanib yuruvchi tayanch boshmog‘ining oxiri baraban ramasining tagiga nisbatan 25...51 mm pastrok kilib urnatilishi kerak. Boshmok yerga botib ketmasligi va apparat urnatilgan balandlikda avtomatik ravishda xarakatlana olishi uchun shoxkutargich ilingan zanjir uzunligi muayyan darajada anik urnatiladi. Bunda shoxkutargichning apparatga nisbatan pastga siljish imkoniyati saklanib kolishi kerak, aks xolda apparat pushta relyefiga avtomatik moslanib ishlay olmaydi. Umuman, gidrotsilindrni blokirovka kilmasdan apparat tagida sozlash man etiladi.
Guza tupini shpindelli barabanga sikib turadigan sikuvchi tusik 4 (76- rasm) shpindel uchlaridan 6 – 7 mm uzoklikda urnatilishi kerak. Bunga tusikni cheklab turuvchi pastki va ustki sozlovchi vintlar yordamida erishiladi. Mazkur tusikni cheklovchi vintlarga sikib turuvchi prujinalarning tarangligini (tusikning sezuvchanligini) sharoitga moslagan xolda urnatish lozim. Birinchidan, ayrim joylarda katta xajmli shoxlar uchrab kolsa, ularni shikastlantirmaslik uchun prujinalar shoxlar karshiligini yengib, orkaga kayta olishi kerak. Ikkinchidan, kuk kusaklar kup bulsa, ularning ichidan xom tolani shpindel sugurib olmasligi uchun prujinaning tarangligi kamaytiriladi. Eng muxim sozlanishlardan biri — ajratkich 2 ni kassetadagi shpindellarga nisbatan tugri urnatishdir. Chunki u paxtani yerga tukilishiga katta ta’sir kursatadi.
Normal xolatda ajratkichning xamma likopchalari kassetaning shpindellariga bir xil tegib turishi lozim. Agar likopcha tishlari yeyilib, shpindelga tegmay kolsa, ajratkich valining ustki podshipnigi bilan birga ajratkichni pastga siljitib, uning normal ishi tiklanadi. Bu ishni bajarish uchun apparatning ustki panelidagi stoporlangan maxsus kalit dastasi bilan sozlovchi vintni aylantiriladi. Tugri sozlangan ajratkich tishlari shpindellarga tegib, uni aylantirishga sezilarli karshilik kursatishi kerak. Tishlari kisman yeyilgan likopchalarni uzokrok ishlatish maksadida (ularni teskari aylanadigan kilib ishlatish uchun) oldingi va orkadagi ajratkich joylarini almashtirish lozim.
Agar ajratkichdagi likopchalarning birontasi shikastlansa, uni tezda almashtirish lozim, aks xolda yerga paxta kup tukiladi. Agar ajratkichning bironta likopchasi yangisiga almashtirilsa, uning burtik tishlari egovlanib, kolgan likopchalardagi tishlar balandligigacha yeyiltiriladi. Bundan tashkari likopchalar orasidagi kistirmalar xam uzgartiriladi va xamma likopchalar uz shpindellariga tegib turishi ta’minlanadi (76- rasm).
Shpindelli baraban (rotor) valiga uni xarakatga keltiruvchi maxsus mufta — saklagich urnatilgan. Shpindelli baraban (rotor)ga biron narsa tikilib kolsa, mufta xarakatni shu zaxoti uzadi va shpindellar shikastlanishining oldi olinadi. Demak, mazkur mufta ishga tushgudek bulsa, chirsillagan ovoz eshitiladi, bu tugridagi ma’lumotni (xabarni) xaydovchi oldidagi monitordan kuradi va mashinani darrov tuxtatadi. Tikilib kolgan narsani apparatdan olib tashlash uchun u motor yoki kul bilan maxsus moslama (uzun richagli kalit) yordamida muayyan burchakka burib, teskari tomonga aylantiriladi. Mashinani orka tomonga (motor yordamida) yurgizilsa xam barabanlar teskari aylanadi. Shu sababli mashina orkaga yurgizilganda barabanlar yuritmasini uchirib kuygan ma’kul. Buyurtmachining xoxishiga kura firma barabanlarni fakat bir tomonga aylantiradigan kardan vali bilan ta’minlab berishi mumkin.
«Keys» firmasi paxta terish mashinasining apparatlari oraligi 96,5 mm (38 dyuym) yoki 101,6 mm (40 dyuym) kilib urnatilishi mumkin. Terim jarayonida bir katorga ishlov beradigan ikkala baraban xam bir xil balandlikda bulishi kerak.
Namlagich yostikchalari shpindellarni uzluksiz tozalab turish uchun xizmat kiladi. Yostikchalarga yuborilayotgan eritmadagi yuvish vositasining mikdori (konsentratsiyasi) paxtaga tomgan moy tomchilarini eritadigan darajada bulgani ma’kul. Namlagichga suvli eritma 1,35—1,70 kPa bosim ostida yuborilsa, yostikchalar yetarli darajada namlanib, shpindellarni tozalab ulguradi. Agar eritma past bosim ostida yuborilsa, yostikchalarning namligi kam bulib, shpindel sirti tulik tozalanmaydi, u yopishkok xolatga kelib koladi. Eritmaning bosimi meyoridan ortik bulsa, yostikchalardan tomchilar ajralib chikadi, aylanayotgan shpindellar bu tomchilarni atrofga sachratadi, natijada apparat kirlanadi. Yostikchalar xamma shpindellarga bir tekis tegib turishi uchun namlagich 3 ni pastga-yukoriga siljitish bilan sozlanadi (vint yordamida).
«Keys» firmasi mashinalarida terilayotgan paxta yopishib kolgan barglar, chanok bulaklari, tuprok va boshkalardan tozalanib turadi. Ma’lumki ishchi tirkishiga paxtani urab olgan shpindeldan uning yerga tukilishini kamaytirish maksadida, ya’ni tezrok ajratkichga yetib borishi uchun kasseta shpindellarni baraban aylanayotgan yunalishda kushimcha tezlik bilan buradi. Shu jarayonda shpindel musbat burchak tezlanishi bilan uzining aylanish tezligini 25 – 30% ga oshiradi. Natijada paxtaga ilashgan iflosliklar markazdan kochma kuchlar ta’sirida toladan ajralib, maxsus darcha 7 orkali tashkariga otilib chikib ketadi. Shpindellardagi paxta tugunchalarini ajratkich sidirib tushirganidan keyin ularni xavo okimi uchirib bunkerga yetkazadi. Shu jarayon davomida ogir jismlar xam surish karnayining tagiga paxtadan ajralib tushadi. Shundan keyin paxta sunggi marta bunker ustidagi chivikli panjaralarga urilib tozalanadi.
Mabodo mashina yogingarchilik vaktida ishlatilsa, gildiraklarning toyishi ortib, ilgarilama tezlik kamayadi va shpindellar kup kusaklarni yerga tukib ketadi. Bunday xolat gildirak kamerasidagi xavo bosimi meyoridan kamayib ketsa xam sodir buladi. Shuning uchun mashinani ishlatganda yukoridagi xolat, albatta xisobga olinishi kerak
Mahalliy tuproq va iqlim sharoitlariga qarab, paxta hosili turli mintaqalarda har xil texnologiya bo‘yicha yig‘ishtiriladi. Respublikamizda qo‘llaniladigan texnologiyalarning asosini quyidagilar tashkil etadi:
1.Hosili pishib yetilgan dalalarning chetlarida mashina uchun burilishi yo‘laklari qoldiriladi, o‘q ariqlar tekislanadi.
2.G‘o‘za barglari defoliatsiya qilinadi.
3.Vertikal shpindelli paxta terish mashinasi bilan birinchi terim hosil 60% atrofida ochilganda, ikkinchi terim qolgan qismi ochilgandan keyin boshlanadi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi bilan, terimni hosilning 85-90% ochilgandan so‘nggina o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir.
4.Hosilning qoldiqlari maxsus mashinalarda yoppasiga yig‘iladi va qisman tozalanadi.
5. Iqlim sharoiti paxtaning to‘liq ochilishiga imkon beradigan joylarda gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi bilan hosil bir marta to‘liq yig‘ishtirib olinadi.
Paxta yig‘im-terimida ishlatiladigan mashinalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Ochilgan paxtani terib oladigan mashinalar, ya’ni paxta terish mashinalari.
2.Paxta hosili qoldiqlarini yig‘ishtiradigan va tozalaydigan (yerga to‘kilgan paxtani yig‘ishtirib oladigan, ko‘sak teradigan va ko‘sak chuviydigan) mashinalar.
3.Dalani g‘o‘zapoyadan tozalaydigan mashinalar-g‘o‘zapoyani sug‘urib olib dala chetiga olib chiqadigan yoki uni o‘rib, maydalab dalaga sochib ketadigan mashinalar.
Paxta terish mashinalariga qo‘yilgan agrotexnik talablar:
Paxta terish mashinalarining ishiga Davlat andozalari bo‘yicha bir qator talablar qo‘yiladi, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Mashina bir yurishida ochilgan paxta hosilining 92-94% gacha yig‘ishtirishi lozim.
2.Hosil mashinada terilayotganida undan yerga to‘kilayotgan paxta miqdori 3-4% dan oshmasligi kerak.
3.Terilmasdan va g‘o‘zapoyaga ilinib qolgan paxta umumiy hosilning 2…3 foizidan oshmaligi kerak.
4.Terilgan paxtaga aralashgan barg, xas-cho‘p, chanoq pallalari kabi chiqindilar 8% dan oshmasligi kerak.
5.Terilgan paxtadagi shikastlangan chigitlar 1% dan oshmasligi kerak.
6.Mashina o‘tgandan keyin yerga to‘kilgan xom ko‘saklar soni har 3 m masofada 1 donadan oshmasligi kerak (0,2-0,3 dona/m) .
7.Terilgan paxta tolasi ko‘k shira, moy va boshqa moddalar bilan ifloslanmasligi zarur.
8. Paxta tolasining shikastlanishi 0,5% dan oshmasligi kerak.
Bu mashinalar tuzilishi va texnologik ish jarayonining bajarilish tartibiga ko‘ra, mexanik, pnevmatik, eletromexanik va boshqa turlarga bo‘linadi. Ulardan keng tarqalgani va amalda ishlatilayotgan mexanik turi bo‘lib, ular o‘z navbatida, vertikal va gorizontal shpindelli mashinalarga bo‘linadi.
Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlash jarayoni. Vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ochilgan chanoqlardagi paxtani terish uchun mo‘ljallangan. Paxta terish mashinasining asosiy qismlari quyidagilardan iborat: terish apparatlari bloki, yig‘iq, rama, bunker, tozalagich, boshqarish maydonchasi, mashinani yuvish tizimi, elektr jihozlari, gidrotizim, uzatish va yurgizish moslamalari.
M ashinaning g‘o‘za tegadigan qismlari maxsus to‘sqichlar bilan yopilgan bo‘lib, ochilgan paxtani to‘kilishdan saqlaydi.
Paxta terish mashinasining asosiy qismlari: terish apparatlari bloki, yig‘gich, rama, bunker, tozalagich, boshqarish maydonchasi, mashinani yuvish sistemasi, elektr jihozlari, gidrosistema, uzatish va yurgizish moslamalari.
Mashinaning g‘o‘za tegadigan qismlari maxsus to‘sqichlar bilan yopilgan bo‘lib, ochilgan paxtani to‘kilishdan saqlaydi. G‘o‘za shoxlarini barabanlar oralig‘iga yo‘naltirish uchun terish apparati shoxlarni ko‘targich va yo‘naltirgichlar bilan jihozlangan. Mashinaning ishchi qismlariga traktorning quvvat olish validan tarqatish reduktori orqali harakat uzatiladi. Terilgan paxta havo so‘rish sistemasi yordamida bunkerga o‘tadi. Mashina bunkeri ag‘darma tipda bo‘lib, terilgan paxtani tirkama aravaga bo‘shatadi.
Suv sistemasi mashinaning shpindellarini yuvadi va bakka suv to‘ldiradi. Elektr jihozlari traktor dvigatelini
ishga tushirish, uning ishini nazorat qilish, tungi smenada ish joyini hamda mashina qism va mexanizmlarini yoritish uchun mo‘ljallangan. Mashinani boshqaruvchi barcha qismlar boshqarish maydonchasiga o‘rnatilgan.
Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha:
Mashina g‘o‘za qator oralarida harakatlanganda shox ko‘targichning yo‘naltiruvchi chiviqlari g‘o‘za tupini shpindelli barabanlar 3 orasiga (ish tirqishiga) yo‘naltiradi. Barabanning aylanma tezligi mashinaning tezligidan katta bo‘lganligi uchun g‘o‘za tuplari sinmaydi va yotib qolmaydi. Aylanayotgan baraban g‘o‘za tupini qamrab ish tirqishiga tortib oladi. Shpindel g‘altagi ish zonsida tashqi qo‘zg‘almas ponasimon tasmalar bo‘ylab yumlanishi natijasida u baraban yo‘nalishiga teskari aylanib, ochilgan paxtani tishi bilan ilib o‘ziga o‘rab oladi. Baraban aylanishini davom etib, shpindelni ish zonasidan ajratish zonasiga olib boradi.
U yerda shpindel g‘altagi ich tomondan qo‘yilgan ponasimon tasmalar bo‘ylab yumalab shpindel aylanishi yo‘nalishini o‘zgartiradi va undagi paxtaning asosiy qismi inersiya kuchlari ta’sirida yechiladi. Ajratkich cho‘tkalari 7 ni qillari shpindel tishlariga 1,5 mm gacha kirib turganligi sababli, chuvitilgan paxta tolalarini shpindellardan ajratib olib qabul kamerasi 2 ga tashlaydi va shu bilan bir vaqtda shpindel tishlarini qisman chirkla-nishdan tozalaydi. Qabul kamerasidagi paxtani ventilyator 5 quvurlar 4 orqali so‘rib, chiqarish quvuri yordamida bunkerga tashlaydi. Qabul kamerasining tubi ochiq bo‘lganligi uchun og‘ir jismlar (kesak, tosh, ochilmagan ko‘sak va boshqalar) bunkerga o‘tmasdan yerga tushadi.
G‘o‘za shoxlarini barabanlar oralig‘iga yo‘naltirish uchun terish apparati shoxlarni ko‘targich va yo‘naltirgichlar bilan jihozlangan. Mashinaning ishchi qismlariga traktorning quvvat olish validan tarqatish reduktori orqali harakat uzatiladi.
Terilgan paxta havo so‘rish tizimi yordamida bunkerga o‘tadi. Mashina bunkeri ag‘darma tipda bo‘lib, terilgan paxtani tirkama aravaga bo‘shatadi.
Suv tizimi mashinaning shpindellarini yuvadi va bakka suv to‘ldiradi. Elektr jihozlari traktor dvigatelini ishga tushirish, uning ishini nazorat qilish, tungi smenada ish joyini hamda mashina qism va mexanizmlarini yoritish uchun mo‘ljallangan. Mashinani boshqaruvchi barcha qismlar boshqarish maydonchasiga o‘rnatilgan.
Terish apparati ta’sirida yerga to‘kilgan paxtani kuchli havo oqimi yordamida so‘rib oladigan yig‘gich o‘rnatilgan. Yig‘gich ikkita soplodan iborat bo‘lib, unga so‘ruvchi karnay biriktirilgan. Barabanlar oralig‘idan (ish tirqishidan) chiqqan g‘o‘zapoyalar sinmasligi, ulardagi xom ko‘saklar uzilmasligi uchun, shpindelli baraban bilan yig‘gich orasiga devor yo‘naltirgich o‘rnatilgan. Yig‘gich ventilyatori paxtani havo yordamida so‘rib olib, haydash trubasi vositasida kichik hajmli tozalagichga uzatadi. Tozalagich korpus, arra tishli tozalash barabani, cho‘tkali ajratish barabani, chiqindilarni chiqarib yuboradigan nov, chiviqlar qo‘zg‘almas cho‘tka, arrali disk va qistirmalardan iborat. Tozalagichga paxta bilan bilan birga tushgan mayda xas-cho‘plarni havo oqimi bunkerdan tashqariga chiqarib tashlaydi. Paxta arra tishlariga ilinadi va aylanayotgan disklar uni siqish to‘sig‘iga keltirilgandan so‘ng, paxtadan chanoqlar va xas-cho‘plar ajraladi, qisman tozalangan paxta chiviqlar zonasiga o‘tadi, chiviqlar paxtadagi qolgan xas-cho‘plarni silkitib tushiradi. To‘siq va chiviqlar ajratgan chanoq va xas-cho‘plar qatorlar orasiga sepiladi. Cho‘tkali ajratkich tozalangan paxtani arrali barabandan yechib, mashina bunkerining kichik qismiga tashlaydi.
Terish apparatlarining blokiga karkas, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, ularning yuritmasi, reduktorlar, shpindellar yuritmasi, tup ko‘targichlar, qabul kameralari kiradi.
Apparatlarning barcha uzellari ikkita karkasga o‘rnatilgan bo‘lib, har qaysi karkas ikkita apparatni birlashtiradi. Apparatda ichki va tashqi seksiyalar bor. Ichki seksiyalar karkasi bikr, tashqi seksiyalar qo‘zg‘aluvchan qilib biriktiriladi. Tashqi seksiyalarni qo‘zg‘almas seksiyalarga nisbatan 400 ga kerish mumkin.
4. GORIZONTAL SHPINDELLI PAXTA TERISH MASHINASINING TUZILISHI VA ISHLASHI
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi ham vertikal shpindelli paxta terish mashinasiga o‘xshab, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat.
R espublikamizda paxta hosilining ochilgan qismini terib olish uchun ”Keys-2022”(gorizontal shpindelli paxta terish mashinalaridan foydalanilmoqda. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi ham vertikal shpindelli paxta terish mashinasiga o‘xshab, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat. Bu mashina vertikal shpindelli mashinadan shpindelli barabani, ajratkichi va shpindellarni yuvib tozalash moslamasini tuzilishi bilan tubdan farq qiladi.
M ashinaning texnologik ish jarayoni da erkin turgan g‘o‘zapoya shoxlari yo‘naltirgich 1 yordamida 70… 100 mm qalinlikgacha kuchli siqilib, terish kamerasi 2 ga majburan tortib kiritiladi.
Kasseta 3 shpindellar 4 yo‘lakcha 6 ta’sirida ishchi kameraga deyarli perpendikulyar yo‘nalishda A joyida kiritiladi va g‘o‘zapoyani bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning siljish tezligi VM va kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chiziqli tezligi Vδ o‘zaro teng. Shu sababli o‘z o‘qi atrofida aylanayotgan shpindel, g‘o‘za oralig‘iga kirayotganida, uchratgan paxtani tishlari bilan ilintirib, o‘z ustiga halqa ko‘rinishida o‘rab oladi, Paxtani o‘rab olgan shpindellarni g‘o‘za shoxlari orasidan tik yo‘nalishda (V joyida) sug‘urib olgan kassta VS oralig‘ida ilgari tomon keskin burilib, shpindellarning aylanishini tezlatadi. Markazdan qochma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xas-cho‘plar darcha 5 dan tashqariga chiqarib yuboriladi, demak, paxta qisman tozalanadi. Kassetaning keskin burilishi hisobiga shpindelning uchi ajratkich likopchalar 7 ni tezroq uchratadi. Shpindel ajratkichga tekkan vaqtdan boshlab, baraban bilan birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, ya’ni orqasiga burilishi hisobiga, shpindelning ajratkichga tegib turish vaqtini uzoqroq saqlab (kassetaning SD yo‘lida) qoladi.
Kasseta o‘zining SD yo‘lida orqaga burilib, birinchidan, shpindelni ajratkich likopchalariga uzoqroq tegib turishi, ikkinchidan, shpindelning aylanish tezligi sezilarli kamayishi hisobiga zich o‘ralgan paxta halqasi inersiya kuchi ta’sirida qisman yechilib ulguradi, shu sababli uni shpindeldan ajratib olish yengillashadi. Shpindel kichik va konussimon sirtga ega bo‘lgani uchun ajratkich paxta halqa-larining bir qismini shpindeldan to‘liq yechmay, tuguncha ko‘rinishida sidirib tushiradi. Ajratilib olingan paxta qabul kamerasiga tushib, u yerdan havo oqimi yordamida bunkerga uzatiladi.Ajratkichdan so‘ng, shpindel namlagich yostiqchasiga kelib uriladi va uning namlangan yumshoq va serqirra sirti bo‘ylab yumalab o‘tadi.
Yostiqchaning uzunligi shpindel sirtini to‘liq tozalashga yetarli qilib o‘rnatilgan. Yostiqcha ta’sirida shpindel sirtiga yopishib qolgan o‘simlik shirasi, chang-to‘zon va boshqa chiqindilarga aylanadigan moddalar yuvilib tushiriladi. Tozalangan shpindel navbatdagi ish siklini bajarish uchun yana terish kamerasiga kirib ketadi.
6. G‘O‘ZAPOYA YIG‘ISH MASHINASI
G‘o‘zapoyani quyidagi maqsadda va tartibda yig‘ishtirib olinadi:
1. Yuqumli kasalliklarga chalingan g‘o‘zapoya po‘stlog‘ining tagida joylashgan zamburug‘ va mikroorganizmlar qishlab qolishining oldini olish maqsadida uni ildizi bilan yerdan sug‘urib olib, to‘plab, transport vositasiga yuklab, daladan chetga olib ketiladi.
2. G‘o‘zapoyadan qimmatbaho qurilish materiallarini tayyorlash yoki kimyoviy moddalar olish maqsadida uni ildizi bilan sug‘urib yoki o‘rgichlar yordamida ustki qismi o‘rib olinadi, transport vositasiga yuklanib, uni qayta ishlaydigan korxonaga yuboriladi.
3 . Dalani shudgorlashda hamda ekin ekishga xalaqit bermasligi uchun g‘o‘zapoya sug‘urilib yoki o‘rilib, maydalab dalaga sochiladi, yer shudgorlangandan so‘ng ular chirindiga aylanadi.
G‘o‘zapoya sug‘urib, qatorga uyumlab ketadigan mashinaning texnologik sxemasi ko‘rsatilgan.
Mashina chopiq traktoriga osilgan bo‘ladi va g‘o‘zapoyani sug‘urib, qatorga uyumlaydi. Uning asosiy qismlari: g‘o‘zapoya ildizini kesuvchi tish, barmoqli disksimon uzatkich va tilingan panjalardir.
G‘o‘zapolyalarni yulish uchun qator orasining kengligi 60 sm bo‘lgan maydonlarda KV-4A, 90 sm bo‘lganda esa KV-3,6 to‘rt qatorli osma yulgich-uyumlagichlar ishlatiladi.
G‘o‘zapoya yulgich mashinalari to‘rtta apparatdan iborat bo‘lib, har qaysisida tig‘i charxlanmagan yerni yumshatuvchi panja bor. Uning ustiga tik o‘qda aylanuvchi barmoqli uzatkich baraban o‘rnatilgan. Barabanlarda uch qavat etib barmoqli disklar joylashtirilgan.
KV-4A YULGICH UYUMLAGICH.
1-kardan vali; 2-zanjir; 3-vint; 4-yuritma shchitogi; 5-chetki o‘ng reduktor; 6-asosiy reduktor; 7-markaziy panjara; 8-shakllantirgich; 9-chetki chap panjara; 10-o‘rta chap panjara; 11-diskli uzatkich; 12-yumshatkich; 13-rama; 14-tortqi.
Apparat yaxlit ramada bir ko‘ndalang qatorda joylashgan. Ramaga tashqi va ichki panjarali kolosniklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular o‘ng va chap yo‘naltiruvchi kanallarni hosil qiladi. Kanallarning tutash joyi poyalarni to‘plab, shakllantirguvchi yoki bog‘ yasovchi bo‘shliqni hosil qiladi.
KV-3,6 A YULGICH UYUMLAGICH.
1-oraliq val; 2-kardan vali; 3-zanjir; 4-o‘rta yuritma; 5-asosiy reduktor; 6-yuritma shchitogi;
7-vint; 8- yoy; 9-markaziy panjara;
10-shakllantirgich; 11-chetki chap pan-jara; 12-chetki chap reduktor; 13-chetki o‘rta panjara; 14-diskli uzatkich; 15-tortqi; 16-yumshatkich; 17-rama.
G‘o‘zapoya bog‘lari shakllantirgichning prujinali sim chiviqlari yordamida hosil qilinadi. Mashina ishlayotganda barmoqli uzatkichlar poyalarni panjarali kanallarga yo‘naltiradi. Yumshatuvchi panjalar g‘o‘zapoya ildizlarini tuproqdan chiqarib oladi.
Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha bajariladi:
Mashina dalada harakatlanganida ishchi tirqishga kirgan g‘o‘zapoyani aylanayotgan barmoqli disksimon uzatkichlar qamrab oladi va ularni yo‘naltiruvchi panjaralar orasiga surib kiritadi. Ayni vaqtda tishlar ildizni tagidan kesib, atrofidagi tuproqni yumshatadi. Kesuvchi tishlarning o‘rnatilish burchagi, yerning holatiga qarab o‘zgartiriladi. Disksimon uzatkich aylanganida g‘o‘zapoyalar tuproqdan va qatorlardan sug‘urib olinadi va g‘o‘zapoya markaziy panjara va uyumlagich hosil qilgan uyumlash zonasiga uzatiladi.Uyumlagichning sozlanishiga qarab, g‘o‘zapoyalar bir qator qilib uyumlanadi yoki bog‘-bog‘ qilib ketiladi.
Yumshoq tuproqda kesuvchi tishning jo‘yak pushtasidan boshlab botish chuqurligi 50…100 mm, zich va quruq tuproqda 100…150 mm qilib o‘rnatiladi. Tishning yerga botish chuqurligi traktorning osish moslamasidagi kashaklar va markaziy tortqi yordamida sozlanadi.
Bo‘yi 60…80 sm li g‘o‘zapoyalarni yig‘ishda disksimon uzatkich bilan yumshatish tishi orasidagi masofa minimal bo‘lishi, 80…100 sm bo‘yli g‘o‘zapoyalarni yig‘ishtirishda bu masofa ko‘proq qo‘yiladi. Poyalarni uyumlashda uyumlagich prujinasi juda bo‘sh qilib o‘rnatiladi.
elektrostatik, osma, vertikal, gorizontal, shpindel, terish apparatlari, kabul kamerasi.
Paxta yetishtirishning industrial texnologiyasi
uchun mashinalar tizimi
Paxta asosan sugoriladigan, tekislangan, tuprogiga sifatli ishlov berilgan yerlarda ekib yetishtiriladi. Paxta ekiladigan maydonlarga kuzgi shudgorlash oldidan I-RMG-4, RUM-5, NRU-0,5 va boshka mineral ugit sochish mashinalari bilan mineral ugit sochiladi.
Paxta ekish muljallanayotgan dalaga asosiy ishlov berishda usimlik koldiklari va begona utlarni chukur kumish, ya’ni namligi yukori katlamga kumish muxim axamiyatga ega. Chunki chukur kumish natijasida ular tez chiriydi, organik ugitga aylanadi, guzani xar xil kasalliklar bilan zararlanishi oldi olinadi. Shuning uchun xam asosiy ishlov berish chimkirkar bilan jixozlangan umumiy muljallanishdagi pluglar va keyingi paytlarda kupincha ikki yarusli PD-4-35, PD-3-35, PYA-3-35 pluglari bilan utkazilmokda. Baxorda ekish oldi-dan yerga yuza ishlov berishda tishli borona BZTS-1 yoki diskli borona BDT-3 kullanilmokda. Xaydov katlami kuchli zichlashgan ogir tuproklarda chizel kultivator CHKU-4 yoki universal arik kazgich tekislagich KZU-0,3 ning chizel varianti kullaniladi.
Yerga ekish oldidan yukorida aytib utilganidek tishli boronalar, chizel-kultivator CHKU-4 va tekislagichlar MV-6, VP-8, VPN-5,6 lar bilan borona-lash, chizellash va tekislash ishlari utkaziladi va yerning yuza kismida mayin tuprok katlami xosil kilinadi.
Chigitni SCHX-4A-I, SCHX-4A-III, SXU-4 seyalkalari bilan uyalab, katorlab va donalab ekish usullari bilan ekiladi.
Ekish bilan birga tuprokka gerbitsid purkash moslamalari PGS-2,4 B, PXG-4 lar bilan gerbitsid purkaladi. Katkalokni yukotish uchun esa rotatsion motigalar MV-2,8 va MVX-5, ular ishlatiladi.
Kator oralariga ishlov berish uchun KXU-4, KRX-3,6 va KRT-4 kultvator-oziklantirgichlardan keng foydalaniladi.
Zararkunandalarga karshi kimyoviy kurashda OPX-28 changitish moslama-li OVX-28 purkagichlar ishlatiladi.
Guzalar govlab ketmasligi, shonalar kam tukilishi va kusaklar yirikla-shishi tezlashishi uchun ularning shoxlari uchi chekanka kilinadi. Buning uchun CHVX-3,6, CHVX-4 moslamalaridan foydalaniladi.
Mashina terimi oldidan guzapoya defoliantlar sepish uchun purkagich OVX-28 ishlatiladi.
Paxta xosilini yigishtirish texnologiyasi va mashinalar turi
Paxta xosilini yigib-terib olish paxtachilikdagi eng sermexnat va ma’suliyatli ishdir. Paxta xosilini terishning texnologiyasi kuyidagi tar-tibda bajariladigan ishlardan iborat:
1. Xosili pishib yetilgan dalalarning chetlarida mashina uchun burilish yulaklari koldiriladi, uk ariklar tekislanadi.
2.Guza barglari desikatsiya va defoliatsiya kilinadi.
3. Kurigan barglar tukilib, xosil 60 foiz atrofida ochilgandan sung birinchi terim, kolgan kismi ochilgandan sung ikkinchi terim boshlanadi va paxta xosilini kop-kanorsiz punktlarga tashiladi.
4. Daladagi koldik xosil va ochilmagan kusaklar kusak terish mashinalarida terilib, kuritiladi va tozalanib punktlarga topshiriladi.
5. Yerga tukilgan paxta xosili maxsus mashinalarda terilib, kuritiladi va tozalanib punktlarga topshiriladi.
6. Guzapoyalar mashinalar yordamida yigib olinadi yoki maydalab dalaga srchib ketiladi.
Paxta yigim-terimida bajariladigan ishga kura ishlatiladigan mashi-nalar kuyidagi turlarga bulinadi:
1. Ochilgan paxtani teradigan mashinalar, ya’ni paxta terish mashinalari.
2. Paxta xosili koldiklarini yigishtiradigan va tozalaydigan, yerga tukilgan paxtani yigishtiradigan, kusak terish va paxta tozalash mashinalari.
3. Dalani guzapoyadan tozalaydigan mashinalar-guzapoyani sugurib olib dala chetiga chikaradigan yoki uni urib maydalab dalaga sochib ketadigan mashinalar.
Agrotexnik talablar
Paxta terish mashinalariga nisbatan kuyidagi agrotexnik talablar kuyiladi:
1. Mashina bir utishda ochilgan paxtaning kamida 0,5 foizini terib olishi lozim.
2. Mashina yigishtirilayotgan xosilni yerga 2…3 foizdan ortik tukmasligi kerak.
3. Paxtasi mashinada teriladigan dala kusaklarning kamida 60 foizi ochilgan bulishi zarur.
4. Terilgan paxtaga aralashgan barg, xas-chup, chanok pallalari kabi aralashmalar 8 foizdan oshmasligi kerak.
5. Daladagi guzalar barglarining 75 foizi sun’iy yul bilan tuktirilgan bulishi lozim.
6. Guzapoyalar yotib kolmagan bulishi, kator oralarida begona utlar bulmasligi, juyaklarni suv yuvib ketmagan bulishi lozim.
7. Terilgan paxtadagi shikastlangan chigitlar 1 foizdan oshmasligi kerak.
8. Mashina utgandan keyin yerga tukilgan xom kusaklar soni xar 3 m masofada 1 donadan oshmasligi kerak.
9. Terilgan paxta tolasi kuk shira, moy va boshka narsalar bilan ifloslanmasligi kerak.
10. Paxta tolasini shikastlanishi 0,5 foizdan oshmasligi lozim.
Paxta terish mashinalari
Paxta xosilini yigishtirish texnologiyasidagi ishlar ichida ochilgan paxtani terib olish eng asosiy ish xisoblanadi. Paxta yigim-terimida kul mexnati talab etiladi. Mexnat unumdorligini yanada oshirish asosan paxtaning tannarxini pasaytirish va yigim-terim davrida ish kuchi tankisligini bartaraf kilish, yigim-terim ishlarini mexanizatsiya-lashtirishga boglik. Paxta kusaklari birin-ketin bosh poya buyicha pastdan balandga, yon shoxchalari buylab markazdan chetga karab ochilib boradi. Kusaklarning ochilishi 2…3 oyga chuzilishi mumkin. Bu xol paxta terimini mexanizatsiyalashni murakkablashtiradi.
Paxta terish mashinalari ishlash prinsipiga kura mexanik, pnevmatik, pnevmomexanik va elektrostatik turdagi mashinalarga bulinadi.
Traktor bilan agregatlanishiga kura osma, yarim osma va uziyurarlarga bulinadi.
Teriladigan katorlar soniga kura bir, ikki, turt va olti katorli mashinalarga farklanadi.
Paxta terish mashinalarining keng tarkalgani va amalda ishlati-layotganlari mexanik turi bulib, u uz navbatida vertikal va gorizontal shpindelli mashinalar turiga bulinadi.
Vertikal shpindelli paxta terish mashinasi dala buylab xarakatlan-ganda apparatlarning tup kutargichlari 17 (rasm) va old gildirak yunaltirgichlari 13 shpindelli barabanlar 6 orasidagi ish tirkishlariga ikki kator guzani yunaltiradi. Mashinaning xarakat yunalishiga teskari tomonga aylanadigan barabanlar tuplarni sikib, oralaridan utkazadi. Barabanlarning aylanma tezligi mashinaning ilgarilanma tezligidan 1,6 marta katta bulganligi uchun tuplar ish tirkishlaridan utayotganda shoxlar egilmaydi va sinmaydi.Xar bir barabanning tashki sirtini xosil kiluvchi shpindellar aylanib, uzining tishli sirtiga paxtani ilintirib urab oladi. Sikish silindrining chikiklari shpindellar orasiga joylashgan bulib, yashil, ochilmagan kusaklarning shpindellar orasiga kirishiga tuskinlik ikladi va kusaklarni uzilib ketishdan saklaydi.
rasm. XNP-1,8 mashinasining texnologik ish sxemasi:
1-xavo suruvchi truba; 2-podborshik bunkeri; 3-xas-chup ajratkich; 4-podborshik ventilyatori; 5-shpindel; 6-shpindelli baraban; 7-ajratkich; 8-asosiy ventilya-tor; 9-asosiy bunker; 10-podborshchikning xaydash trubasi; 11-asosiy bunkerga chikaruvchi truba; 12-tozalagich; 13-keyingi gildirak yunaltirgichi;14-pnevmatik podborshchik; 15-truba; 16-kabul kamerasi; 17-tup kutargich.
Barabanlar 6 paxta ilingan shpindellarni ish tirkishidan chikarib chutkali plankali ajratkichlar 7 ga keltiradi. Bu paytga kelib shpindel galta-gi ich tomondan kuyilgan ponasimon tasmalar buylab yumalab aylanib uz yunalishini uzgartiradi va undagi paxtaning asosiy kismi inersiya kuchlari ta’sirida yechiladi. Bu xolat ulardan paxtani ajratib olishni osonlashtiradi. Ajratkichlar 7 shpindellar aylanishi yunalishi buyicha birok 8 marta katta tezlik bilan xarakatlanib shpindellardan paxtani ajratib oladi. Paxta kabul kameralaridan ventilyator 8 yordamida xavo yullari 11 buylab mashina-ning asosiy bunkeriga uzatiladi. Bunkerga kelayotgan paxta okimi panjaraga uriladi, shunda paxtadan xavo va kisman chang, barg xamda shoxchalar ajralib chikadi. Guzaning pastki shoxchalaridagi va yer tukilgan paxta pnevmatik podborshchik 14 ning ventilyatori 4 xosil kilgan xavo okimi bilan soplo orkali surib olinadi va trubalar 10 orkali tozalagich 12 ning arrali barabaniga uzatiladi. Xavo okimi mayda xas-chuplarni ilashtirib arrali disklar va nov orkali mashina bunkeridan tashkariga chikarib tashlaydi. Arraning tishlariga ilingan paxta esa sikuvchi shchitga keladi. Bu yerda paxtadan yirik xas-chuplar ajraladi, paxta esa arraning tishlariga ilinib, kaytargichlar zonasia keladi. Kaytargichlar paxtadan xas-chuplar koldigini ajratadi. Xas-chuplar chikindi utkazgich orkali yerga tukiladi. Barabanli ajratkichlar tozalangan paxtani arrali barabandan ajratib olib, bunkerga tashlaydi.
Mashinaning asosiy kismi terish apparatlari bulib, uning blokiga karkas, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, ularning yuritmasi, reduktorlar, shpindellar yuritmasi, tup kutargichlar, kabul kameralari kiradi.
Shpindelli baraban mashinaning uzeli bulib, sochilgan paxtani terish va ajratkichlarga keltirish uchun xizmat kiladi. Xar kaysi katordagi guzalarning paxtasini terish uchun apparatga turtta (ikkita ung va ikkita chap) baraban urnatilgan.
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi xam vertikal shpindelliga uxshab shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi kismlardan iborat bulib, ochilgan paxta xosilini terishga muljallangan. Bu mashina vertikal shpindelli barabani, ajratkichi va shpindellarni yuvib tozalash moslamasining tuzilishi bilan tubdan fark kiladi.
Mashinaning texnologik ish jarayoni kuyidagicha kechadi. Erkin turgan guzapoya shoxlari yunaltirgich 1 (rasm) yordamida 70…100 mm kalinlikkacha kuchli sikilib, terish kamerasi 2 ga majburan tortib kiritiladi. Kasseta 3 shpindellari 4 yulakcha 6 ta’sirida ishchi kameraga deyarli perpendikulyar yunalishda A joyida kiritiladi va guzapoyaning bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning ilgarilanma tezligi Vm va kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chizikli tezligi Vb uzaro teng. Shu sababli, uz uki atrofida aylanayotgan shpindel guza oraligiga kirayotib uchratgan paxtani tishlari bilan ilintirib, uz ustiga xalka kurinishida urab oladi. Kasseta paxtani urab olgan shpindellarni guza orasidan V joyda tik sugurib oladi va VS oraligida ilgari tomon keskin burilib, shpindellarni aylanishini tezlatadi. Markazdan kochma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xas-chuplar darcha 5 dan tashkariga chikarib yuboriladi. Bu keskin burilish xisobiga kassetadagi shpindel uchlari ajratkich likopchalari 7 bilan tezrok uchrashadi.
rasm. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi apparatining texnologik ish jarayoni:
1-shox yunaltirgich; 2-terish kamerasi; 3-kasseta; 4-shpindellar; 5-darcha; 6-yulakcha; 7-ajratkich; 8-kabul kamerasi; 9-namlagich; 10-shpindelli baraban; 11-panjarasimon tusik; 12-yaxlit tusik
Kasseta uzining SD yulida orkaga burilib, birinchidan, shpindelni ajratkich likopchalari ustida uzokrok ushlashib, ikkinchidan, shpindelning aylanish tezligi sezilarli kamayishi xisobiga uralgan paxta xalkasi inersiya kuchi ta’sirida kisman yechilib ulguradi, shu sababli uni shpindeldan ajratib olish yengillashadi. Shpindel kichik va konussimon sirtga ega bulgani uchun ajratkich paxta xalkalarining bir kismini shpindel ustidan tulik yechmasdan, tuguncha kurinishida sidirib tushiradi. Keyinchalik, paxtani tozalash jarayonida bunday tugunchalar tolani kup shikastlantiradi. Ajratilib olingan paxta kabul kamerasi 8 ga tushib u yerdan xavo okimi yordamida bunkerga uzatiladi. Ajratkichdan sung shpindel namlagich yostikchasi 9 ga kelib uriladi va uning namlangan yumshok va serkirra sirti buylab yumalab utadi. Yostikchaning uzunligi shpindel sirtini tulik tozalashga yetarli kilib urnatilgan. Yostikcha ta’sirida shpindel sirtiga yopishib kolgan usimlik, chang va boshka iflos moddalar yuvilib tushiriladi. Tozalangan shpindel navbatdagi ish siklini bajarish uchun yana terish kamerasiga kirib ketadi.
Shpindelli baraban 10 ning (56-rasm) sirti buylab 10…12 tadan kassetalar teng joylashtirilgan. Xar bir kassetaga 12…16 tagacha konussimon, uzunligi 70…120 mm atrofida bulgan shpindel urnatilgan. Shpindel sirtida balandligi 0,5 mm gacha bulgan bir necha kator tishlar xosil kilingan. Kasseta 1 pastki 13 va yukorigi 2 tayanch podshipniklari atrofida aylana oladigan kilib urnatilgan. Shpindelni baraban radiusiga nisbatan kerakli xolatda ushlab turish uchun xar bir kassetaning ustiga krivoship 3 kiydirilgan, uning galtagi 4 yunaltiruvchi yulakcha 5 ichida joylashtirilgan.
rasm. Gorizontal shpindelli mashinaning terish apparati sxemasi:
1-kassetalar; 2,13-kassetaning ustki va pastki podshipniklari; 3-kasseta krivoshipi; 4-krivoship galtagi; 5-yulakcha; 6-baraban vali; 7-ajratkichga xarakat uzatuvchi shesternyalar; 8-namlagich yostikchasi; 10-ajratkich likopcha-lari; 11-ajratkich vali; 12-shpindellar
Dvigateldan kelayotgan xarakat Z1 shesternyasi orkali baraban vali 6 ni aylantiradi. Baraban bilan birga kasseta xam val 6 atrofida aylanib turadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi yulakcha 5 murakkab shaklga ega bulib, tuxumsimon kurinishdadir. Shuning uchun xam uning ichida xarakatlanayotgan galtak ayla-nayotgan barabanning sirtiga gox yakinlashib, gox uzoklashib krivoship orkali kassetani vakt-vakti bilan uz uki atrofida ung yoki chapga buradi. Yunalti-ruvchi yulakchaning shaklini tanlashda guzapoyaga shpindelni deyarli tik xolda kiritib, bir joyda aylantirib turish kuzda tutiladi. Agar bu shart bajarilmasa kassetadagi shpindel kuzgalmas guzapoyaga nisbatan oldiga yoki orkaga siljiydigan bulib, guza shoxlarini sindirib ketadi.
Barabanning aylanma xarakati Z1 shesternyadan Z2 Z3 Z4, Z5 va Z6 , Z7, va Z8 konussimon shesternyalarga uzatiladi. Shpindel aylanish tezligining urtacha kiymati 2100…2400 min-1 atrofidadir.
Terish zonasidan paxtani urab chikayotgan shpindelning aylanish tezligi yulakcha ta’sirida kassetaning burilishi xisobiga ortadi va uning tishlari paxtaga yaxshirok urnashib kamrok tukiladi. Shpindelga uralgan paxtani ajratkich 10 yordamida yechib olishni yengillashtirish uchun birinchidan ajratish zonasida shpindel tezligi biroz kamayadi, ikkinchidan yulakcha yordamida kassetaning kisman burilishi xisobiga shpindel ajratkich likopchalariga uzokrok tegib turadi. Ajratkich valiga rezinadan yasalgan burtikli likopchalar 10 kiydirilgan bulib, ular kassetadagi shpindellar soniga tengdir.
Kusak terish mashinalari
Kusak terish mashinalari koldik xosilni, chala ochilgan va ochilmay kol-gan kusaklarni terish xamda lozim bulgan xollarda kisman tozalab berish uchun xizmat kiladi. Kusak terish mashinalarining ish organlari guza tuplariga ta’sir etish prinsipiga kura passiv, aktiv va kombinatsiyalashgan, ya’ni aktiv va passiv ish organlari birgalikda ishlatiladiganlarga bulinadi.
Passiv ish organlari guza tuplarini uzgarmas tirkish orasidan pastdan tepasigacha utkazib, ulardagi kusaklarni sidirib oladi.
Aktiv ish organlari mashina yurganda guza tuplariga ta’sir etish bilan birga aylanma yoki boshka xil xarakat kiladi va tuplardagi kusaklarni sidirib oladi. Aktiv ish organlari valik, baraban va xokazo kurinishida bulishi mumkin.
Xozirgi paytda asosan aktiv ish organli valikli SKO-2,4 va SKO-3,6 kusak terish mashinalari keng kullanilmokda. Bu mashinalar tuzilishi, texnologik ish jarayoni, sozlanishi, rostlanishi xamda ularga texnik xizmat kursatilishi jixatidan bir-biriga uxshaydi. Mashinalarning bir-biridan asosiy farki ish apparatlarining joylashishidadir. SKO-2,4 mashinasida ish apparatlari 60 sm li turtta kator, SKO-3,6 mashinasida esa 90 sm li turtta kator oralariga moslab urnatilgan. Turt katorli bu mashinaar uch xil texnologik sxema buyicha ishlay oladi: 1) terilgan kusaklarni chuvib, xas-chupdan tozalaydi; 2) terilgan kusaklarni chakib bunkerga uzatadi; 3) terilgan kusaklarni tozalamay bunkerga uzatadi.
Kusak terish mashinasining asosiy kismlariga ish apparati, rama, kundalang shnek, konveyyer, ventilyator, kabul kamerasi, tozalagich, bunker, xarakat uzatish mexanizmi kiradi.
Mashina dala buylab xarakatlanganda tup yunaltirgich guza tuplarini terish apparati 1 ning (57-rasm) ish tirkishiga yunaltiradi. Guza tuplari ish tirkishidan utayotganda aylanayotgan ish valiklari riflarining zarbiga uchraydi. Valik tuplardagi kusaklar, chanoklar, shoxchalarni sidirib olib, terish apparatlarining shnekli naviga tashlaydi, bu massa kundalang shnek tomon utadi. Kundalang shnek 2 ning valida kabul kiluvchi tirkish karshisiga kurakchalar payvandlangan bulib, ular kusakni lentali transportyor 3 ga uzatadi. Lentali transportyor 3 esa aralashmani yunaltirgich 9 yordamida tozalagich 7 ning kerakli joyiga tashlab beradi. Tozalagichda kisman tozalanib iflosligi 30…40 foiz gacha kamayib, xajmi kamaygan aralashma ventilyator 10 orkali bunker 8 ga tashlanadi.
rasm. Kusak terish mashinasi tuzilishining sxemasi:
a-yon tomondan kurinishi; b-terish apparatining yukoridan kurinishi; v-apparat kesimi; 1-terish apparati; 2-kundalang shnek; 3-lentali transportyor; 4-tup yunaltirgich; 5-riflangan valik; 6-apparat shnegi; 7-tozalagich; 8-bunker; 9-yunaltirgich; 10-ventilyator
Tozalagichning kabul kiluvchi kamerasidagi yunaltirgich 9 ning vaziyatini uzgartirish yuli bilan mashinaning texnologik ish protsessini ikki sxemada rostlash mumkin: birinchi sxema – terilayotgan kusak tozalanadi; ikkinchi sxema – terilgan kusak tozalanmasdan bevosita bunkerga uzatiladi.
Tozalagich aloxida blokdan iborat bulib, uning yon tomoniga katta arrali baraban, chakish barabani va chutkali baraban, podshipniklar, deka, yunaltiruvchi chutkalar, tur maxkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |