Gorizontal quduqlarni ishlatish uchun jihozlar reja


- rasm. Quduq filtrining birinchi varianti



Download 408,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi408,95 Kb.
#892174
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
27-ma\'ruza

27.5- rasm. Quduq filtrining birinchi varianti. 
 
27.6-rasm.Quduq filtrining 
ikkinchi varianti. 
 
 
Filtr mahsuldor qatlamning belgilangan oralig‘iga o‘rnatiladi. Keyingi 
foydalanilishi malum texnologiya bo‘yicha amalga oshiriladi – A-A.
 
Filtrning uchinchi variantida (27.7-rasm) sim o‘ramli metall to‘r 
perforatsiyalangan quvur qovurg‘alari orasiga joylashtiriladi chunki, quvur tashqi 
yuzasidagi qovurg‘a konstruktiv, masalan, to‘r enida (0,8 —1,2 m) tanlanadigan 
ma’lum bir oraliq bilan joylashadi. 


Bunda qovurg‘a balandligi quyidagi formula bo‘yicha topiladi 
2
'
quv
m
l
to
f
d
d
h
t



(2.1)
 
bu yerda: h
p
 —
filtr qovurg‘asi balandligi; 
f
t
— metal to‘rning va o‘ralgan 
simning umumiy qalinligi; d
m
— quvur muftasi diametri; 
quv
d
- perforatsiyalangan 
quvurning diametri. 
Spiral bo‘yicha yoki halqa ko‘rinishida qovurg‘alari joylashtirilgan 
perforatsiyalangan quvurlar konstruksiyasining orasiga kiritilgan o‘ralgan simli 
filtrlovchi to‘r yo‘naltiriladi va gorizontal quduqlarni saqlashga imkon beradi, bu 
esa quduqdan olinadigan mahsulotning sifatini oshiradi. Bundan tashqari, 
perforatsiyalangan quvurlarning tashqi yuzasida qovurg‘alarning mavjudligi uning 
chuqur quduqlarda va yuqori anomal bosimli quduqlarda parchalovchi yuklamaga 
chidamliligini oshiradi. Qovurg‘alarni spiral bo‘yicha joylashuvi sim o‘ramli 
to‘rlarni kiritish texnologiyasini taminlaydi, shuningdek qovurg‘aga sarflanadigan 
metall massasini kamaytiradi va quduqqa tushirishda suyuqlikning qarshiligini 
kamaytirishga imkon beradi. Qovurg‘alar kengligi konstruktiv belgilanadi va uning 
balandligiga teng ammo ikki-uch barobardan ko‘p bo‘lmagan qiymatda qabul 
qilinishi mumkin. 
Quduq filtrining uchinchi varianti (27.7-rasmga qaraymiz) perforatsiyalangan 
quvur 1, metall to‘r 2, o‘ramli sim 3 va payvandlangan qovurg‘alar 4 dan tashkil 
topgan. 
Filtr mahsuldor qatlamning belgilangan oralig‘iga o‘rnatiladi. 
Eng samaralisi gorizontal teshiklari bo‘lgan karkasli filtr hisoblanib, unda 
qarshilik va teshiklar interfritatsiyasining tasiri sezilarli darajada kamroq. 
Filtrning hisobi uchun qatlam tog‘ jinslarining granulometrik tarkibiga ega 
bo‘lish va noyaxlitlik koeffitsiyentini aniqlash kerak. Filtrning qatlam qumlarini 
ushlab qolish va qatlamning quduq bilan barqaror gidravlik aloqasini ta’minlash 
bo‘yicha ishonchli va uzoq vaqt ishlashining sharti qatlamda yotuvchi tog‘ 


jinslarining katta fraksiyalaridan filtrlovchi qobiqda yuqori o‘tkazuvchan qobiqni 
hosil qilishi hisoblanadi. 
Gorizontal quduqlarni mavjud konstruksiyadagi teshikli filtrlar bilan 
jihozlashning ma’lum bir qiyinchiliklari mavjud chunki, quduqqa tushirish va 
xvostovik gorizontal stvol qismini o‘tish jarayonida gidravlik aloqa mavjudligi 
sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuvishni amalga oshirish imkonsiz. 
Stvol bo‘ylab o‘tishda o‘qli yuklanish filtr-xvostovikni surishga 
yo‘naltiriladi.Shu sababli, ba’zi hollarda filtr-xvostovikni stvolning gorizontal 
qismida hisoblangan uzunlikkacha kiritishni ta’minlash muammolarini keltirib 
chiqaradi. Kushev GEOS (gazni yer ostida saqlash) va bir qator boshqa maydonlarda 
gorizontal quduqlardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qatlamning qaysi 
qismi va qanday parametrlar bilan ishlayotganini aniqlash murakkab va ko‘pincha 
imkonsizdir. GEOS gorizontal quduqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish 
uchun tuynukli filtrning yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u 
quyidagilarga imkon beradi: 
-uni jamlanmaga cho‘ziluvchi kuchlanishni hosil qilib o‘rnatishda quduq 
stvolining gorizontal qismini yuvishni amalga oshirishga
-ekspluatatsiya qilish kolonnasining keyingi zichlanishini amalga oshirishga; 
-qatlamning alohida qismlari samaradorligini va ularning bir-biriga tasirini 
aniqlash uchun filtrni oraliqlar aro ishga qo‘shish; 
-filtrlovchi qobiqda to‘xtab qoladigan hududlarning hosil bo‘lishini oldini 
oluvchi va quvurli karakasda perforatsiya teshiklarining joyida spiralli o‘ramlar 
burilishining erozion ishdan chiqishining oldini oluvchi filtratsion oqimni hosil 
qilish. 
Teshikli filtr seksiyalarinig konstruksiyasi 2.18-rasmda ko‘rsatilgan. Teshikli 
filtr seksiyasi perimetri bo‘yicha bir tekis qilingan bo‘ylama teshik 2 chi quvurli 
karkas 1 dan tashkil topgan. Quvurli karkas 1 ning tashqi tomonida hisoblangan 
oraliqli vintli spiral teshik qilingan bo‘lib, unda o‘ramli sim 3 joylashtiriadi va u 
yuqoridan oqim uchun o‘tkazmas halqali to‘siqlar bilan yorilgan halqali ko‘prik 5 
bilan ajratilgan alohida seksiya ko‘rinishidagi filtrlovchi qobiq 4 ni hosil qiladi.


Quvurli karkas 1 dagi perforatsiya kanallari 7 halqali to‘siqlar 6 ning tagida qilingan 
va o‘qli kanalli va oxiri yopiq o‘tkazmas tiqin 8 bilan ta’minlangan bo‘lib, u quvurli 
karkas 1 ning o‘qli kanali ichiga kiradi. Halqali to‘siqlar 6 orasidagi filtrlovchi qobiq 
4 seksiyalari har bir hududi oralig‘i uzunligi bo‘ylama teshiklar 2 kesimi yuzasi, 
perforatsiya kanallari 7 kesim yuzasi va seksiyalar filtrlovchi qobiqlarining 
teshiklari yuzasi tengligi shartiga ko‘ra tanlanadi.
Yopiq tiqinlar 8 yengil parchalanuvchi materialdan tayyorlangan. Filtrlovchi 
qobiqlarning uzunligi quduqning kutilayotgan debiti, uning teshikchalariga tog‘ jinsi 
zarralarining o‘tirib qolishidan filtrlovchi xususiyatlarining, shuningdek o‘ram 
bo‘limlarning erozion ishdan chiqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi – filtrning tog‘ jinsi-
qobiq kontaktida gaz tezligining o‘zgarishiga bog‘liqligidan kelib chiqib tanlanadi. 
Filtrlovchi qobiqqa ta’sir qiluvchi shunday omillar bo‘lganda, malum 
parametrlarga tayanish va boshqalarini aniqlash kerak bo‘ladi. Zarur bo‘lganida 
tuzatishlar kiritiladi. 



Download 408,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish