Gofurjanova Nilufar Kodirjon qizi


PERSPECTIVES OF APPLICATION OF ELECTRONIC MEDIA EDUCATION IN INFORMATION COMMUNICATION TECHNOLOGY



Download 73,5 Kb.
bet2/3
Sana01.02.2022
Hajmi73,5 Kb.
#424809
1   2   3
Bog'liq
Секция2 Гофуржанова Н

PERSPECTIVES OF APPLICATION OF ELECTRONIC MEDIA EDUCATION IN INFORMATION COMMUNICATION TECHNOLOGY
Abstract: The article describes ways to use the capabilities of modern information and communication technologies (ICT) and their effectiveness, ways to improve the professional competence of a teacher.
Keywords: animation, information technologies, innovations, communication, media, digital library, multimedia.
Mamlakatimizning ta’lim sohasidagi bosh strategik maqsadi – demokratik,
insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalq milliy an’analari, urf-odatlari, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya mazmunini tubdan yangilash, pedagogik jamoalar tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar yaratib berishdan iboratdir.
Mustaqil va erkin tafakkurga ega insonda, o‘z navbatida, intiluvchanlik, izlanuvchanlik va tashabbuskorlik sifatlari barqaror bo‘ladi. Shuning uchun yurtimizda ijodiy salohiyatga ega barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Axborot asrida fan-texnika taraqqiyoti naqadar yuksak bosqichga chiqdi. Shunga monand barcha sohalar jadal rivojlanmoqda. Bugun biror soha faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda ham u muhim omillardan biriga aylanmoqda. Elektron aloqa vositalari, internet, aynan ommaviy axborot vositalarining misli ko`rilmagan sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Gazetalar, jurnallar, radio, televidenie, axborot agentliklari, internet son jihatdan beqiyos o`sdi, sifat jihatdan sezilarli o`zgarishlar yuz bermoqda. Kompyuter, faks, uyali telefon, parabolik antenna, elektron pochta kabi texnik moʻjizalar ommaviy axborot vositalari rivojiga katta ta’sir ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda zamon talabiga mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, ma’naviy immuniteti kuchli, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talabalarni diqqatini jamlashga, qiziqtirishga, mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Ta’lim jarayonida elektron darsliklar qanchalik mukammal bo`lsa, u yosh avlodning dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi. Demak, bugun elektron multimedia sirlarini nazariy jihatdan puxta o`rganib, amaliyotda yetarli darajada qo`llash maqsadga muvofiqdir. Axborot-kommunikatsiyaning globallashuvi sharoitida ta’lim jarayonida o`ziga xos talablar paydo bo`lmoqda. Bu talablar bevosita elektron ta’lim bilan chambarchas bogʻliqdir.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitiga asoslangan axborotlashtirilgan jamiyatning tarkibiy qismlari – bu media, til hamda madaniyatdir. Aynan, biz yashayotgan dunyoning tili va madaniyatini insondagi mediakompetentlik tashkil etadi. shuning uchun ham, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish ta’lim oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bunday tez sur’atlarda taraqqiy etishi insoniyat hayotini to‘xtovsiz axborotlar oqimi bilan qamrab oli- nishiga, dunyoda global axborot tizimini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida media tushunchasi negizida mediata’limni shakllanishiga asos bo‘ldi.
Elektron ta’lim barcha ta’lim sohasini sifat jihatdan yanada yuqoriroq pagʻona ko`tarishga, axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Ya’ni, o`quvchiga o`quv jarayonida nazariy bilim berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamoniviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu yangilik va ta’bir joiz bo`lsa, ilgʻor usul talabalarda qiziqish uygʻotadi. Ular dars jarayonida o`sha mavzularni puxta o`zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Dars jarayonida a’yon bo`lishicha, elektron ta’lim o`qitishning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini sifat jihatdan o`zgartirmoqda. Bu talabalarning individual qobiliyatlarini, ularning shaxs xususiyatlarini rivojlantirishga, ilmiy dunyoqarashini va tafakkurini boyitishga, bilimlarini oshirishga yordam bermoqda.
Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari hisoblanmish – elektron multimediali ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo`nalishlaridan keng foydalanish yo`lga qo`yilmoqda:
Multimedia - (ko`p axborotli) elementlari, ya’ni ma’lumot ikki-uch o`lchamli grafik ko`rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda ifodalangan darslik, (elektron darslikning III toifasi) hisoblanadi[4]. Multimedia, animatsiya va videoroliklar, virtual laboratoriya ishlari va fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyati – elektron darsliklarning xarakterli xususiyatlaridan eng muhimlari bo`lib, ularda harakatning mavjudligidir. Harakat (animatsiya) esa multimedia, multiplikatsiya usullaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan jarayonlarni, masalan, fizikadan ichki yonuv dvigateli tsilindridagi porshenning harakati, elektr sxemalarini yigʻish jarayoni, kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaktsiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish, informatikada blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko`rinishda tasvirlash imkoniyati, astronomiyadan kunning tunga aylanishi yoki chizmachilikdan proektsiyalash usullari, kesim va qirqimlar, tasvirlarni almashtirishga oid mavzularni ko`rish imkoniyatlari elektron darslikning kuchli pedagogik vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
Multiplikatsiya – bu harakatni sekin-asta ayrim-ayrim qismlarga ajratib, kerak bo`lsa kadrni to`xtatib hodisa va jarayonlar namoyish qilinadigan uslub bo`lib, uning afzallik tomoni shundaki, biror jarayonning mohiyatini so`z bilan ifoda etib bo`lmaydigan hollarda, ya’ni abstrakt tushunchalarni o`quvchilar tomonidan osonroq tushunib olishlari bilan izohlanadi.
O`quv axborotlarni izlab topish erkinligi bilan (matnni o`qish, uning ustida ishlash, axborotlarning boshqa manbalariga chiqishi va h.k.) elektron darslik an’anaviy darsliklardan farq qiladi. Shu boisdan elektron darslikning yuqorida ko`rsatib o`tilgan xususiyatlariga qarab unga ta’limning interfaol vositasi sifatida qaraladi.
Elektron multimedia an’anaviy darslikka qaraganda o`quv materiallarini namoyish qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Elektron multimediali ta’lim tinglovchilarning ko`proq mustaqil ishlashlari uchun mo`ljallangan didaktik funktsiyalarni bajarish bilan bir qatorda, o`quv jarayoniga qo`yilgan barcha talablarga javob beradi.
Elektron ta’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi, oddiy yo`nalishlardagi media axborot tilini o`rganish, o`quvchining badiiy o`sishi, rivojlanishiga hissa qo`shish, o`rganish va malakali tahlil etish ko`nikmasini shakllantirishdan iborat.
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
• o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol
toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);
• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har
bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr-qimmatini tan olish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib
va rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish
uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam
beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali
o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
Navqiron avlod har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi, bir so‘z bilan aytganda, kelajak bunyodkorlardir. Shu bois yoshlar masalasi barcha davrlarda eng dolzarb bo‘lib kelgan. Albatta, yoshlarni ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga qulay sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylantirish mumkin.

Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish