31
BIRINChI BOBGA DOIR XULOSALAR
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh psixik taraqqiyotining
umumiy qonuniyatlarini, davrlari psixik umumiy qonuniyatlarini, rivojlanishini
hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi
qanuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida
uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti
hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini,
uning Ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda
amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiya fani bu
borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksderimental ravishda o’rganish
bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy
sharoitlarida, bolaga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib
chiqqan holda o’rgansa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi
rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari
psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi. Chunonchi; bolalar psixologiyasi,
kichik maktab yoshidagi o’quvchilar . psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar
isixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya)
psixologiyasi kabi sohalardir.
Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi
qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigan psixik faoliyat, holat
va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning
namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining
tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya
sohalariga tadbiq etish Tashqil etada.
Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi.
Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi-mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi
yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki keyingi o’n
32
yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni
tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan,
muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmokda.
Pedagogak psixologiya - psixologiya ilmining tarmogi sifatada, ta’lim va
tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini
o’rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya
muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini urganuvchi
pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining to’tashgan
joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim,
ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan
individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish
qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaniig
ta’siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv
materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining
psixologik jihatdan samaradorligi kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya
o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |