Gnu nano redaktorini o'rganamiz nano



Download 26,99 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi26,99 Kb.
#409393
Bog'liq
GNU nano - redaktorini o\'rganamiz


GNU nano - redaktorini o'rganamiz

nano — GNU litsenziyasi ostida, ochiq kodli, bepul, oddiy matn tahrirlovchi (redaktor) bo'lib, o'zini oddiyligi va tushunarliligi bilan boshqa matn tahrirlovchilardan ajralib turadi. Uni Pico redaktorini davomi va mukammallashtirilgani deyish mumkin.
Pico dan afzallik jihatlari:


  • Dastur funksiyalarini o'chirish va yoqish.

  • Izlash tizimi yaxshilangan va topilgan natijani yangi kiritilgan matnga o'zgartirish funksiyasi mavjud

  • Qatorlarga va ustunlarga o'tish.

  • Matnlarni avtomatik tekislash va sistaksis.

  • Avtomatik faylni nomlash va bir nechta bufer bilan ishlay olish

  • Ko'p tillar mavjud

Demak uni o'rnatamiz, bu har doimgidek oddiy:

aptitude install nano

Uni ishga tushurish uchun:

nano <fayl_manzili>

Biron bir faylni ko'rish yoki tahrirlash uchun:



nano /home/user/file.txt

Endi nano bilan ishlash, uni ishlash tartibi bilan tanishsak, shu bilan birgalikda o'zim ham nano'ni yaxshiroq o'rganib olaman deb o'yladim!

Nano da barcha funksiyalar Ctrl+Harf va Alt+Harf ko'rinishida amalga oshiriladi.
Ctrl bosilganda Esc ni 2marta bosilganigaAlt esa 1marta bosilganiga teng. Yani Ctrl+X (chiqish) — Esc+Esc+X degani.

Klavishlarni vazifasi:





  • Home — Qatorni boshidan boshlab ko'rsatish.

  • End — Qatorni oxiridandan boshlab ko'rsatish.

  • PgDn — Faylni eng oxiriga tomon harakatlanish.

  • PgUp — Faylni eng boshidan tomon harakatlanish.

←→↕ ko'rsatkich klavishlar esa odatdagidek vazifani bajaradi.


  • Ctrl-G yoki F1 — Yordam menyusi, bu yerda siz klavishlar kombinatsiyasi haqida ingliz tilida orzoq ma'lumot olishingiz mumkin.

  • Ctrl-X yoki F2 — Umuman olganda «chiqish». Tahrirlanayotgan fayldan chiqish, agarda faylga o'zgartirish kirilgan bo'lsa, bu haqida ogohlantiradi va «saqlash kerakmi?» savolini beriladi. Saqlash kerak bo'lsa — Y, aksincha bo'lsa N, yoki buyruqni bekor qilish kerak bo'lsa Ctrl-C bosiladi.

  • Ctrl-O yoki F3 — Tahrirlanayotgan faylni qayta nomlash.

  • Ctrl-J yoki F4 — Kursor tugan joydan tepasini «yangi satrlar» ni o'chirish. Qilingan amalni bekor qilish esa Ctrl-U.

  • Ctrl-R yoki F5 — Fayl joylashgan manzilni o'zgartirish.

  • Ctrl-W yoki F6 — Fayldan kerakli so'zni izlash

  • Ctrl-Y yoki F7 — PgUp (tepada izoh berilgan)

  • Ctrl-V yoki F8 — PgDn (tepada izoh berilgan)

  • Ctrl-P — 1 qator tepaga

  • Ctrl-N — 1 qator pastga

  • Ctrl-I — Kursor turgan qatorga obzas (Tab) tashlaydi

  • Ctrl-H — Kursor turgan joydan orqaga tomon bittalab o'chirish

  • Ctrl-D — Kursor turgan joydan oldinga tomon bittalab o'chirish

  • Ctrl-C — Kursor joylashuvini (kordinatasini) aniqlab ko'rsatadi

  • Ctrl-M — Yangi satrga tushish. (Enter)

  • Ctrl-Space — So'zni boshini topib ko'rsatadi (Kursor pastga harakatlanadi)

  • Alt-Space - So'zni boshini topib ko'rsatadi (Kursor yuqoriga harakatlanadi)

  • Alt-| yoki Alt-\ - Faylni eng boshidan boshlab ko'rsatish.

  • Alt-/ yoki Alt-? — Faylni eng oxiridan boshlab ko'rsatish.

  • Alt-0 yoki Alt-) — Bo'sh qatorni topish va kursorni boshidan qo'yadi (Pastga haraktlanadi)

  • Alt-9 yoki Alt-( — Bo'sh qatorni topish va kursorni boshidan qo'yadi (Tepaga haraktlanadi, bu yerda bo'sh qatorlar paragraf deb hisoblanadi, shuning uchun shartli ravishda Alt-0 «pastga paragraf boshiga tomon», Alt-9 esa «yuqoriga paragraf boshiga tomon»)

  • Alt-L — Satrni ko'chirishni yoqish/o'chirish

  • Alt-G — Ko'rsatilgan raqamli qatorga o'tish

Tahrirlovchi faylni ochgach, ishni aynan shu choyidan to'xtatib qo'yish uchun Ctrl-Z dan foydalanasiz. Yana hoxlagan konsolga

fg

yozilganda, o'sha ishni aynan to'xtatib qo'ygan joyimizdan ochib beradi.


Matnlarni kerakli qismini klaviatura orqali belgilab olish uchun, dastlab uni boshlash qismiga kursorno olib boramiz va Alt+A yoki Ctrl+^ bosiladi, keyin ko'rsatgich klavishlar yordamida kerakli joyiga surib olib boriladi. Bunda kursor olib borilgan joyigacha avtomatik belgilab olinadi. Kerakli joy belgilangandan keyin Alt+E belgilashni oxirni aniqlaydi. (Qoidasi bo'yicha shunday lekin, menda Alt+E ishlamadi!)
Belgilab olingan matnni o'chirish, hisoblash yoki buferga nusxalashimiz mumkin.



  • Belgilab olingan matndagi qatorlar, belgilar va so'zlar sonini aniqlash — Alt-D

  • Belgilab olingan matnni o'chirish — Ctrl-K yoki F9

  • O'chirilgan matnni joyiga qaytarish — Ctrl-U yoki F10

  • Belgilab olingan matnni buferga nusxalash — Alt-6

  • Buferga nusxalab olingan matnni qo'yish uchun — Ctrl-U yoki F10

Bular hammasi emas albatta. Ammo asosiylari menimcha shular, qolganini eslab qolish shart emas. Qo'shimcha ravishda tepada aytib o'tganimdek Ctrl-G orqali bilib olishingiz ham mumkin.
Download 26,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish