Gnss va gps haqida tushuncha



Download 1,95 Mb.
Sana02.03.2022
Hajmi1,95 Mb.
#479368
Bog'liq
GINSS VA GPS1


GNSS va GPS haqida tushuncha
GNSS va GPS haqida tushuncha .
GNSS va GPS tarmoqlari.
Agar oldin sun’iy yoʻldoshlar orqali olingan ma’lumotlar AQSH ning GPS tizimi orqali ishlagan boʻlsa, hozirda zamon rivojlanishi bilan yangi GNSS tushunchasi paydo boʻldi. GNSS (inglizcha Global Navigation Sattelite System) global navigatsiya sun’iy yoʻldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. Ushbu tizimda hozirda koʻpgina zamonaviy geodezik asboblar ishlamoqda. Tizimga 5 davlatning
sun’iy yoʻldoshlari ulanadi, bu qariyb 100 dan ortiq yoʻldoshlarga ulanish imkoniyati mavjud deganidir. Qulayligi shundaki, GNSS tizimidagi asboblar endilikda faqatgina GPS tizimidagi sun’iy yoʻldoshlarnigina kutmasdan, balki hozirgi kunda ishlayotgan GLONASS, COMPASS (Beidou) yoʻldoshlariga va keyinchalik Galileo tizimi yoʻldoshlariga ulanib, joyning yanada aniq koordinatasini aniqlab berishi mumkin.
Har bir zamonaviy sun’iy yoʻldosh borti bir qator yuqori texnologik
qurilmalar bilan jihozlangan va ular jumlasiga:
 toʻrtta atom soatlar;
 uchta kadmiy nikelli batareyalar;
 quvvati 1136 Vt boʻlgan ikkita quyosh batareyalari;
 yoʻldosh boshqaruvi uchun qisqa toʻlqin diapazonli antenna;
 foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun 12 elementli uzun toʻlqin diapazonli
antenna.
Agar dastlabki ishlab chiqilgan GPS qurilmalar futbol toʻpi kattaligida va
undan ham kattaroq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kundagi GPS larning oʻlchami mobil
telefon bilan barobar va bu qurilmalar obyektning joylashgan koordinatasi
balandligi kabi ma’lumotlardan tashqari, obyekt joylashgan joyni shahar,
transport magistrallari va boshqa koʻpgina obyektlar bilan birga kichik ekrandagi
kartada ham koʻrsatib bera oladi.
Uch koordinatani (uzoqlik, kenglik va dengiz sathidan balandlik)
aniqlashdan tashqari GPS quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
 obyektning tezligini tashkil etuvchilarni aniqlash;
 aniq vaqtni 0,1 sekund aniqlikda oʻlchash;
 obyektning haqiqiy yoʻl qiyaligini hisoblash;
 yordamchi axborotni qayta ishlash va qabul qilish.
Hozirgi kunda tez-tez GPS degan atamaga duch kelmoqdamiz va bu tushuncha nafaqat geodeziya sohasida, balki mobil telefonlarda ham keng ravishda qoʻllanilmoqda. GPS global pozitsion tizim degan ma’noni anglatadi. Bu tizim Yerga doimiy ravishda elektromagnit signallarni yuborib turuvchi sun’iy yoʻldoshlar tizimidan tashkil topgan. Bunday signallarni qabul qilish uchun Yerda ham maxsus qabul qilib oluvchi priyomnik (qabul qilgich)lar va qurilmalar boʻladi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, sun’iy yoʻldoshdan yer
yuzidagi obyektgacha boʻlgan masofa yuqori aniqlikda (bir necha 10 km dan bir necha millimetrgacha) oʻlchanadi va natijada bunday aniqlikdagi hisob-kitoblardan olingan obyektning koordinatasi yoki joylashgan joyi ham yuqori aniqlikda oʻlchanadi.
Global pozitsion tizimni yaratish fikri oʻtgan asrimizning 50-yillarida paydo boʻldi va uni amaliyotda qoʻllash fikri Jon Xopkins Universiteti tomonidan ilgari surildi. GPS 1969-yili AQSH mudofaa vazirligining buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan. Boshlangʻich bosqichda bu tizim dengiz sathidan 22,5 km balandlikda, 55 daraja qiyalikda, orbita boʻylab 6 marta aylanadigan 24 ta sun’iy yoʻldosh va yer yuzasida kuzatish uchun moʻljallangan hamda sun’iy yoʻldoshlarning harakatini doimiy kuzatib turuvchi, lozim boʻlsa orbitadagi yoʻnalish xatoliklarini yetkazib turuvchi maxsus yer stansiyalar tizimidan iborat boʻlgan (7.6-rasm). Sun’iy yoʻldoshlar Yerga kuchsiz signallar joʻnatadi, lekin bu obyektning joylashgan koordinatasini aniqlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu antiqa tizim AQSH hukumati uchun 12 milliard dollarga tushgan. 7.6-rasmda GPS qabul qilgichning sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilish va koordinata aniqlash tamoyili koʻrsatilgan.
Ayni paytda Yerda GPS qabul qilgichlar bilan doimiy aloqani ushlab turuvchi va monitoringini amalga oshiruvchi beshta katta nazorat stansiyalari ishlab turibdi. Boshqaruv punkti AQSHning Kolorado shtatida joylashgan boʻlib, qolgan punktlari dunyo boʻylab: Gavayi (Tinch okeani), Vozneseniya oroli (Atlantika okeani), Diego Garsiya oroli (Hind okeani) hamda Kvajalen oroli (Tinch okeani) da joylashgan.
GPS boshidan harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlib, uning
yordamida joylarga otryadlarni bexato joylashtirish, obyektgacha boʻlgan eng qisqa masofani topish va shu kabi maqsadlar koʻzlangan edi. Oʻtgan asrning 80-yillariga kelib GPS fuqarolik maqsadlari uchun ham qoʻllanila boshlandi. Endi har bir fuqaro GPS ning funksional imkoniyatlarini baholash imkoniyatiga ega.
GPS nafaqat yerda, balki dengiz va havo navigatsiyasida ham qoʻllaniladi. GPS barcha joylarda qoʻllanilishi mumkin, lekin GPS signallar olmaydigan joylar (yertoʻla, shaxta, gʻorlar)da qoʻllab boʻlmaydi. GPSning qoʻllanilish sohalari kengdir. Bunday sohalar jumlasiga harakatlanuvchi transport boʻlmish xususiy avtomobil, harbiy va ichki ishlar mashinalari, kema va samolyotlar navigatsiyasi
kiradi. Yer tuzish va kartografiya sohalarida qoʻllaniladigan GPSlar yer
yuzasining koordinatalarini aniqlash uchun nafaqat qabul qilgichlardan, balki qoʻshimcha kompyuter qurilmalari va dasturlaridan ham tashkil topgan boʻladi, chunki bu sohaga yanada aniq ma’lumotlar va kartalar zarur.
Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish