Tabiatda tarqalishi:
Glukoza sof holda yashil o’simliklarning deyarli hamma organlarida uchraydi. Glukoza uzum sharbatida ko’p, shuning uchun unga uzum shakari ham deyiladi. Asal asosan glukoza bilan fruktoza aralashmasidir.
Monosaxaridlar ichida o’simliklar va hayvon fiziologiyasi uchun eng muhimi glukoza hisoblanadi. Odam organizmida glukoza muskullarda, qonda va oz miqdorda butun to’qimalarda uchraydi. Tabiatda glukoza birikma holida maltoza, laktoza, saxaroza va selluloza kabi polisaxaridlarda uchraydi. Tabiatda glukoza boshqa uglevodorodlar bilan bir qatorda fotosintez reaksiyasi natijasida hosil bo’ladi:
6CO2 + 6H2O C6H12O6 + 6O2 -Q
Do'stlaringiz bilan baham: |