Universitetlar (Texnika universitetlari, texnika oliygohlari). Ular Germaniyada an’anaviy oliygoh turlari hisoblanadi. Ularda barcha fanlar spektrumi taklif etiladi. Ta’lim va tadqiqotni birlashtirish vazifalari ilgari suriladi. Universitetlarda ilmiy ishlarni himoya qilish mumkin.
San’at, musiqa, dinshunoslik va pedagogik oliygohlar.
San’at va musiqa oliygohlarida talabalar tasviriy, nafis va badiiy san’at yoki musiqiy sohalarda ta’lim oladilar. Diniy oliygohlarda dinshunoslar tayyorlanadi. Pedagogik oliygohlarda ( hozirda faqat Baden – Vyurtemberg, Zaksen – Anhalt, Shlezvig – Xolshtayn va Tyuringen federal yerlarida) boshlang’ich, asosiy va real maktab o’qituvchilari tayyorlanadi, qisman maxsus maktablar uchun ham. Qolgan federal o’qituvchilar tayyorlash universitetlarda, texnika universitetlarida, umumiy oliygohlarda yoki san’at va musiqa oliygohlarida amalga oshiriladi.
Umumiy oliygohlar.
Umumiy oliygohlar (faqat Xessen va Nordrayn – Vestfalen federal yerlarida) universitetlar, pedagogik oliygohlar, maxsus oliygohlar va qisman san’at va musiqa oliygohlari tan oladigan tadqiqot, ta’lim va tahsil vazifalarini mujassamlashtiradi. Ushbu oliygohlarning xarakterli xususiyati, ularda ta’lim umumlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Umumiy oliygohlar “Universitet – umumiy oliygoh” deb ham yuritiladi.
Maxsus oliygohlar va maxsus boshqaruv oliygohlari.
Maxsus oliygohlar va maxsus boshqaruv oliygohlar amaliyotga asoslangan ta’lim yo’nalishida kasbiy ma’lumotni taqdim etish vazifasini olgan. Ularda asosan ilmiy bilimlarni va metodlarni yoki san’atkorona sayqallash qobiliyatini qo’llay bilish talab etiladi. Ushbu oliygohlar asosan injenerlik, iqtisodiyot, ijtimoiy, qishloq xo’jaligi va dizayn yo’nalishlarida o’qishni taklif qiladilar. Maxsus oliygohlarda mamlakat va federal erlar jamoatchiligi boshqaruvi bo’yicha malakali va istiqboli porloq mutaxassislar tayyorlanadi.
Oliy maktabning tashkiliy tuzilmasi. Oliy o’quv yurtlari (ba’zi bir xususiy, ayniqsa, diniy oliy o’quv yurtlari, bundesver universitetlari, ixtisoslashtirilgan boshqaruvning oliy federal maktabidan tashqari) yerlar vakolatiga kiradi. Federatsiya va yerlar mavjud o’quv yurtlarini kengaytirish va yangilarini tashkil etish tadbirlarini rejalashtirish bo’yicha hamkorlik olib boradilar. Kelajakdagi vazifalarni hal etish maqsadida maxsus federatsiya va yerlarning ta’lim sohasini rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanadigan va ilmiy tadqiqotlar olib borishga ko’maklashadigan birlashgan komissiyasi tashkil etilgan. Bu doirada federatsiya va yerlar hamkorlikda ta’limning barcha sohasida model loyihalarga moddiy yordam ko’rsatadi. Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Qonunlar doirasida u o’zining Nizomiga asosan ish olib boradi. Oliy o’quv yurtini bir necha yilga saylanadigan shtatdagi rektor yoki prezident boshqaradi. Federal yerlarning ko’pchiligida, oliy o’quv yurtlarida talabalarning o’z-o’zini boshqarish tizimi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |