G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik
fikrlar taraqqiyoti
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan feodalizm V asrda paydo bo’lib, to XVIII asrlargacha davom etdi. Feodalizm jamiyatida xukmron tabaqalar feodal-pomeshchik va ruhoniylardan iborat edi, Mamlakatdash hamma er-suv egalari bo’lgan bu (mulkdor tabaqalar o’sha davr-dagi krepostnoychilik huquqiga binoan, ularga bo’ysundirilgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish asosida yashardilar, Keyin-chalik feodal jamiyatining shu ikkita asosiy tabaqalariga yana ikkita yangi tabaqa — hunarmand va savdogarlar kelib qo’shildi.
O’rta asr feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi ruhoniylar g’oyat katta rol’ o’ynardilar,
G’arbiy Evropadagi xristian dini feodal tuzumining ideologik tayanchi bo’lib, ruhoniylar undan foydalanib, qullik aso-ratida yashagan dehqonlarning qattiq ekspluatatsiya qilinishini, xalq ommasining qashshoqlikda yashashini va ularning hukuqdan to’la mahrum etilishini oqlashga urinar edilar. Feodalizm tuzumini mustahkamlash maqsadida ruhoniylar bu dunyodagi hamma narsa xudodan, xalq ommasi esa cherkov va feodallarga so’zsiz bo’ysunishi kerak, o’z orzu va istaklarini tiyish, bu dunyoda rohatni tark qilish qerak, azob-uqubatlarga sabr qilish kerak, shundagina: «oxiratingiz obod bo’ladi, rohatni «narigi dunyoda» ko’rasiz, itoat qilmasangiz, sabr qilmasangiz «narigi dunyoda do’zax azobini chekasiz» degan gaplarni ommaga singdirishga harakat qilardilar.
O’rta asrlarda katta kuchga ega bo’lgan katolik ruhoniylari barcha imkoniyatlardan foydalanib, ma`rifatga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Din haqiqatning birdan-bir manbai hisoblanib, fan dinga xizmat qildirilar edi. Natijada fan sohasida ijodiy fikrning o’sishiga qattiq to’sqinlik qilindi. CHinakam ilmiy bir fikrni aytishga jur`at qilgan har bir kishi shafqatsiz ravishda qattits jazoga tortilar, jallodlar qo’liga berilar edi.
Usha davrda hamma ta`lim-tarbiya ishlari ruhoniylar qo’lida qurol bo’lib, batamom diniy ruh va xurofot bilan sug’orilar edi.
Xristian dini ta`limotiga binoan, odam go’yo gunohli banda bo’lib tug’iladi, uning gunoh ishlarga moyil bo’lgan tabiatini bosish uchun uni do’zax dahshaty bilan qo’rqitish ruhida tarbiyalash kerak.
O’rta asr G’arbiy Evropa mamlakatlarnda ikki guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga olgan ta`lim dasturi vujudga keltirildi. Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to’rt fandan iborat bo’lgani uchun uni lotincha - «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo’lib bu ettita fanni «etti erkin san`at» deb atash rasm bo’lib tsoldi.
Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta`lim tizimidan olingan edi, biroq o’rta asrlarda ularga iloxiy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy ma`noda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad — muqaddas diniy .kitoblarni o’qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san`ati nazariyasi) ni o’rganishdan maqsad va`zxonlik qilish, xutba o’qish san`atini egallab olish, musiqa deyilganda esa diniy eyusiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat vaqtida yurgan musiqa asbobi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika, munozara, bahslashish san`ati deb tushunilar va jatolitsizmga qarshi chiquvchilar bilan munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblanar edi. Hattoki matematikaga ham diniy ma`no berilar edi. Geometriya cherkov binolarini edrish uchun zarur fan deb hisoblanar edi, arifmetikani o’qitganda ayrim sonlarni ramz bilan diniy ma`noda (masalan «1 raqami bu xudoning birligi simvoli (ramzi) deb tushuntirilar edi. Astronomiyadan esa diniy kalendar’ tuzishda foydalanardilar.
Hamma fanlarning toji deb — teologiya hisoblanar edi. O’rta asrlarda beriladigan ta`lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi,
Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya`ni bir cherkovga qarashli), magistr’ maktabi va bosh cherkov yoki episkop maktablaridan iborat edi.
Prixod maktablari boshlang’ich dshshy maktablari bo’lib, unda o’g’il bolalar o’qir edi. Ular mahalladagi cherkovga qarashli bo’lib, unda ruhoniy yoki uning yordamchisi o’qituvchilik vazifasini bajarar edi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va qoidalarnni, dinny ashulalar aytishni, nota tilida o’qish va yozishni o’rganardilar. Ba`zilarida esa bolalar boshlang’ich hisob ilmini ham o’rganardilar.
Monastir’ maktablari monastir’ huzuridagi maktablar bo’lgani sababli shu nom bnlan yurgiziladi, O’rta asrlar davomnda Evropadagi monastirlar faqat tarki dunyo qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo’lib qolmay balki ba`zi joylarda ular o’z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma`rifat o’chog’i ham edilar. Bunday monastirlarda turli kitoblardan nusxa ko’chirish, kitobxonalar tashkil qilish bilan shug’ullanar, ba`zi monaxlar ilmiy muammolar ustida ish olib borar edilar. Monastir’ maktablarida o’qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar taynnlanardi. SHu ishda ishlab turgan monaxlar ta`lim-tarbiya ishini uyushtirish va uni olnb bornsh sohasida ancha tajriba to’playdilar.
Monastir maktablarnning ko’pida prixod maktabida o’qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqorida aytilgan «yettita erkin san`at ya`ni grammatika, ritorika, dialektika, arifmetika, geometriya» astronomiya, musiqadan dars berilar edi.
Monastir’ maktablariga boshda faqat monax bo’lishga tayyorlanadigan er bolalar qabul qilinar edi keyinchalik esa bu maktablarga o’qishni xohlagan har bir kishi qabul qilinaverardi, Shu sababdan monastir’ maktablari ichki maktab» (monastir’ devori ichida, faqat kelgusi monaxlar uchun) ea «tashqi maktab (monastir’ devori tashqarisida, hamma o’qishni istaganlar uchun) nomli ikki maktabga bo’lina boshladi.
Bosh cherkov yoki episkop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda dnn ishlari boshqarmasn joylashgan bo’lib, uning boshida yuqori lavozimli ruhoniy—episkop turar edi. SHuning uchun bu maktablarni bosh cherkov yoki episkop maktablari deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham faqat er bolalar o’qir edi. Bosh cherkov maktablarida odatda yuqorida ko’rsatilgan etti fanning hammasi o’qitilib, bu fanlardan tashqari eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan teologiya (din aqoidlari) ham o’qitilar edi. Monastir’ maktablari singari, bunda ham o’qish lotin tilida olib borilar edi. Boshda episkop maktablari oldida ruhoniylar etishtirish vazifasi ho’yilgan edi. Ammo keyinchalik monastir’ maktablari singari, bu maktab larga ruhoniy bo’lish maqsadnni qo’ymagan shaxslar ham qabul qilinaverar edi, chunkn xat-savodi bo’lgan kishilarga talab tobora kuchayib borar edi. SHu sababli monastir’ maktablari singari, bu maktablar ham «ichki maktab» (faqat ruhoniylarni etishtiruvchi) va hamma o’qishni istovchilar uchun «tashqi spiskop maktablari» nomi bilan ikki xil maktabga bo’lina boshladi.
Shu cherkov maktablarining hammasi sxolastika asosidagi maktablar bo’lib, turmushdan butunlay ajralgan edi. O’qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din darsliklari va din aqida-larini quruq yodlashdan iborat edi. Bu maktablarda qat`iy belgilangan o’quv yiliga rioya qilinmay, maktabga istagan va^t-da kirib, uni turli vaqtda tamomlab chiqish mumkin edi. Sinf dars tnzimi ham yo’q edi. Uquvchilar bir xona ichida to’plangan bo’lsalar ham, har qaysisi faqat o’z sabog’i bilan shug’ullanar, o’qituvchi esa shogirdlarini bitta-bittadan o’z oldiga chiqarib, har qaysisnga alohida-alohida saboq beraverardi,
Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday maktablarda odatda o’quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish va shu kabilar).
O’rta asrlarda G’arbiy Evropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning xotin-qizlari, yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. Mulkdor feodal va aslzoda tabaqalariga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo’l ostidagi uylarda tarbiya olardilar.
Ritsar tarbiyasi. Cherkovga qarashli maktablar va faqat diniy ruhdaga tarbiya endi o’rta asrlar jamiyatiga hukmron bo’lgan harbiy-pomeshchiklar tabaqasiga mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan bo’lib qoldi. Er va krepostnoy dehqonlar dunyoviy feodallarning xususiy mulki bo’lib, bu feodallar krepostnoy dexqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilar va ularni qurol kuchi bilan o’zlariga itoat qildirar edilar. Ular dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishda va boshqa mamlakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qilardilar, o’zlarining er-suv mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilib, o’zaro urush qilardilar, shuning uchun ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar’ fazilatlariga ega bo’lgan odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq ritsar’ tajribali, mohir va mard jangchi, krepostnoy dehkonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda feodal tabaqasiga mansub kishilarga nisbatan olijanob, nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq odamdir. Ritsar’ ideali bilan bir vaqtda alohida tarbiya tizimi, ya`ni ritsar’ tarbiyasi ham maydonga keldi,
G’arbiy Evropa mamlakatlarida ritsar’ tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar’ tarbiyasining mazmuni, «ritsarlarga oid ettita fazilat» dan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat: ot minib yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o’ynashni bilish, she`r to’qish va qo’shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog’i zarur bo’lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir: ritsar’ otliq askar, qilich va nayza esa o’sha zamon jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari, ov qilish tekinxo’r feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining qaerdaligini aniqlay bilish (orientatsiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik, dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. Shashka va shaxmat o’yini, bir tomondan, bekorchi vaqtni band qilish, ikkinchi tomondan, ritsar’ uchun strategiyadan mashq qilish, ya`ni hujum va mudofaa planini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. SHe`r to’qish va qo’shiq ayta bilish esa o’zining syuzereniga (kichik feodallar ustidan turgan hokim, boshliq va ritsarning homiysi) madhiya o’qish va o’zining sodiqligini izhor qilish (uning mardligini, zafarlarini, qahramonligini maqtash va shu orqali uning iltifotiga sazovor bo’lish hamda o’zi uchun mahbuba qilib belgilangan feodal xonim-begimga madhiyalar o’qish uchun talab qilinar edi. (O’rta asrlarda G’arbiy Evropa dvoryanlar jamiyatida shunday rasm bor ediki, bunga muvofiq har bir ritsar’ bironta aslzoda feodal xonimning homiyligi bo’lmog’i lozim edi, ritsar’ o’zining homiysi bo’lgan xonimni («dama serdtsa») diliga jo qilib, uning oldida tiz cho’kar va o’zini unga bag’ishlar edi.)
Ana shu ritsarga oid ettita fazilatni egallash bilan birga, o’sha davrlarda dvoryanlar jamiyatida qabul qilingan odob va nazokat qoidalarini o’rgatish ham ritsar’ tarbiyasining mazmuniga kirar edi.
Ritsar’ tarbiyasining amaliy yo’llari quyidagilardan iborat edi: feodal o’z o’g’lini 7 yoshdanoq syuzerenning saroyiga joylashtirar edi; bu erda uning o’g’li 14 yoshgacha paj vazifasini bajarar edi, ya`ni ovqat vaqtida xizmat qilar, syuzeren xonim, feodal begimning va boshqa xonimlarning yumushlarinn qilar, ular bilan birga saylga chiqar, saroydagi qabul marosimlarida hozir bo’lar, har qanday saroy bayramida va tomoshalarida ishtirok qilar va shu tufayli feodal dvoryanlar jamiyatidagi rasm va qoidalarni egallab olar edi, so’ngra 14 yoshdan 21 yoshgacha u syuzerenning qurol-yarog’ini ko’tarib yurish vazifasini bajarar edi, u syuzerenining qurol-yarog’ini tartibda saqlar, syuzeren bilan birga jang va urushlarda ishtirok qilar, u bilan ovga chiqar, harbiy musobaqa va o’yinlarda, turnirlarda (ritsarlarning kuch sinash musobaqalarida) ishtirok qilar edi (va shu tufayli harbiy bilim va harbiy san`atni egallab olar edi. 21 yoshga kirganda unga katta tantana bilan ritsarlik unvoni berilar edi.
Shahar maktablarining vujudga kelishi. G’arbiy Evropada XII—XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shaxar madaniyatinnig vujudga kelishiga sabab bo’ldi. SHaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim berishga manfaatdor edilar. Usha vaqtda ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar, Shu sababli tsexda birlashgan hunarmandlar va gil’diyalarda birlashgan savdo ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar tsex maktablari va gil’diya maktablari deyilar edi. Keyinroq borib tsex va gil’diya maktablari magistrat maktablariga, ya`ni shahar boshqarmasi (magistrat) xarajatidagi maktablarga aylandi.
Bu maktablarning mudir va o’qituvchilari tegishli tsex, gil’diya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to’lab o’qilardi.
Cherkovga qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo’lgan xat, savod va hisob malakalarini egallashga ko’proq e`tibor berilardi. Ba`zi maktablarda esa grammatika, rito rika va geometriya o’qitilar edi. .
Bir talay tsex, gil’diya va magistrat maktablarida o’qish lotin tilidan ona tiliga ko’chirildi va lotin tili esa ayrim o’quv fani bo’lib qoldi.
Mazkur maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ochila boshladi. Xususiy maktablarda o’qish ona tilida borar edi va o’qish uchun pul to’lanar edi.
Chex, gil’diya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G’arbny Evropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Asosan dunyoviy bo’lgan bu maktablarga ruhoniylar dushman ko’zi bilan qarar edilar. CHunki bu maktablar ruhoniylarning yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishda ko’p yillar davom etib kelgan monopoliyasini yo’q qildilar. Ruhoniylar bu maktablarga tsarshi kurash olib bordilar va ularning o’sishiga yo’l qo’ymaslik uchun xarakat qildilar. Biroq hayot talablariga javob beradigan shahar maktablari ruxoniylarning qarshiligiga qaramasdan rivojlanib bordilar, XV asrga kelib bunday maktablar G’arbiy Evropa mamlakatlarining deyarli hamma yirik shaharlarida mavjud edi.
Evropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta`lim tizimi. Evropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolon’ya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Frantsiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat zdi. Keyinchalik XIII asrda bu korporatsiyalar o’z-o’zini idora qilish huquqini saqlab kolgan xolda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini berishni o’z ixtiyoriga oldi. Ana shu taryqa universitetlar rasmiy o’quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV—XV asrlarga kelib universitetlar Evropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi.
O’rta asr universitetlari odatda to’rtta fakul’tetdan tuzilgan bo’lib, tayyorlov fakul’teti, yuridik, meditsina va geologiya (din) aqidalari fakul’tetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakul’teti studentlari yuqorida aytilgan trivium va kvadrivium tarkibiga kirgan fanlarni o’qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o’qish muddati odatda 6—7 yilgacha, asosiy fakul’tetlarda esa 5 - 6 yilgacha cho’zilar edi.
O’rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolastika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof, tevarakdagi real fakt va hodisalarni o’rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylar tomonidan ma`qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni quruq yodlab olish bilan shug’ullanardilar. Shu sababdan bunda o’qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo’lib qoldi. Universitetlarda o’qn-tish metodlari lektsiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o’qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta`limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat`i nazar, O’rta asr universitetlari Evropa madaniyatining rivojlanishida katta rol’ o’ynaydi. Ular ma`rifat tarqatish aa o’sha davrdagi ma`lumotli kishilarni etishtirishda katta xizmat qildi.
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanish XII—XIII asrda bir qancha G’arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma`lumot beradigan o’quv yurtlari sifatida uni-versitetlar paydo bo’la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga o’sha vaqtlarda ko’p evropaliklarshshg arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta`sir ko’rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G’arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida Shartsdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan xarbiy harakatlari sabab bo’ldi. O’sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma`rifat G’arbiy Evropadagi madaniyatga nisbatan ko’p jihatdan xiyla taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Evropa universitetlari uchun ma`lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shaxrida tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o’qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada o’qib, oliy ma`lumot olardilar.
Ammo tez orada bu yo’nalishning izlanish ishlari ancha yilga uzilib qoldi. 1920-30 yillarda mamlakatda siyosiy rejim va g’oyaviy hukumatning qat’iy yangi davri boshlandi. Hukumat o’zgacha fikrlashining eng kichik ko’rinishlariga ham keskin chora ko’rar edi, cheksiz g’oyalashtirish jamiyat hayotining deyarli barcha tarmoqlarini qamrab oldi. Pedagogik fonda vaziyat chidab bo’lmas darajada keskinlashdi. Polemika o’sha zahotiyoq o’zaro siyosiy ayblovlar, ba’zida to’g’ridan – to’g’ri chaqimchilik xarkteriga ega bo’ldi. Tez orada ularni ketidan qatag’onlar boshlandi. Yuzlab pedagoglar, psixologlar, maorif arboblari uning qurboniga aylandi. Aynan shu yillarda bu mamlakat – butun insoniyatning avangardi va ziyosi degan fikr shaklllandi, hamda uzoq yilllar saqlanib qoldi. Rus ta’lim tizimi, ko’p joylarda sotsializm g’alaba qozongandan so’ng, butun dunyo uning prinsiplariga tayanuvchi yagona ilg’ordir, deb e’lon qilindi. Tabiiyki, bunday tasdiqlar xalqaro pedagogik tajribani obyektiv o’rganishga yordam bermas edi, bunga salbiy va qo’pol munosabatda bo’lishga yo’naltirar edi.
1930 yillarda qabul qilingan VKP (b), MKning maktab haqidagi qarori ko’p yillar maktab siyosatining yangi kursini, uning o’zgargan rahnamolarini belgilab berdi. Bu qarorlar ahamiyatini turlicha baholash mumkin. Yangi siyosat qat’iy avtoritarizm, administrativ bir xilllikni maktab faoliyatida demokratik qadamlarni cheklashni talab qilar edi. Ammo «uslubiy yoritgich»ni butunlay qoralash pedagogik eksperimentlar, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish, shu jumladan chet el tajribasiga, murojaat qilish, yangi yo’llarini qidirish, imkoniyatlarini cheklab qo’yar edi.
O’sha davrda keng tarqalgan Dyuning original konsepsiyasi ba’zi pedagoglarni qiziqtirib qo’ydi. Uning qator g’oya va takliflari o’sha davrda maorifni boshqaruvchi arboblar tomonidan qo’llab-quvvatlanar edi. N.K.Krupskaya Dyuning didaktik konsepsiyasiga bir necha marta ijobiy baho beradi, ayniqsa yangi shakllarni rivojlantirishga va maktab o’quvchilarining mehnat ta’limi rolini oshirishga yo’naltirilgan holatlarni alohida ko’rsatadi. A.V.Lunacharskiy Dyuni, “asrimizning eng yirik pedagoglaridan biri” deb ataydi va uning faoliyati an’anaviy maktabning abstrak – sxolastik amaliyotiga qarshi kurashga yordam beradi, deb ta’kidlaydi. Dyu g’oyalariga asoslangan g’arbiy didaktik yangiliklar proektlar uslubi dalton – plan 1920 yillarda ko’pgina rus maktablari ishlari amaliyotida qo’llaniladi. Dyu katta e’tibor va qiziqish bilan chet el ta’lim rivojlanishini kuzatib bordi. Maorif sohasida katta yutuqlarga erishish uchun xalqning madaniyati, intilishi muhim rol o’ynashini ta’kidladi.
1940-50-yillar boshlarida g’arbning oldiga g’oyaviy kompaniyalar kuchli kurashlar oqibatida kapitalistik davlatlar maktab siyosati va pedagogikasini tanqid qilish kuchaydi. Rus pedagoglarining bu muammoga e’tibor qaratishlari ilmiy va targ’ibot maqsadida qilinar edi. Biron-bir g’arbiy tajribaning pozitiv aspektlarini yuzaga chiqarish haqida endi so’z ham bo’lmas edi. Aynan pedagogik analizlar o’rnini keskin siyosiy-g’oyaviy qarashlar egalladi. 1952 yilning o’zidayoq chiqarilgan kitoblar nomi “AQSH maktabi imperialistik reaksiya xizmatida”, “Dyun pedagogikasi zamonaviy Amerika reaksiyasi xizmatida”. Bu kitoblar bilan bir qatorda shunday sarlavhali o’nlab maqolalar chiqdi. Ularning ba’zilari kulgili tuyulardi. Masalan: “Kar soqov bolalarni tarbiyalash va o’qitishdagi reaksion burjua nazariyasini tanqid qilish”. Asosiy nishon AQSh maktabi va pedagogikasi edi, ammo boshqa mamlakatlar pedagoglari ham olovga tushib qolar edi. 1952 yilda 82 yoshida butun dunyo hurmatiga ega, maktabgacha tarbiya insonparvar konsepsiyasini yaratgan Italyan pedagogi M.Montessori vafot etdi. Aynan shu yili “Maktabgacha tarbiya” jurnali “Montessori Amerika, Angliya imperializmi xizmatida” deb nomlangan maqola bosib chiqardi.
1960 yillarga kelib ahvol o’zgara boshladi. Chet el muammosini o’rganish bo’yicha ishlar kengaydi.
1957 yilda sobiq SSSR, UFA pedagogika nazariya va tarixi institutida tashkil qilingan, chet elda zamonaviy maktab va pedagogika bo’limi (keyinchalik laboratoriya deb atalgan) o’ziga xos axborot ishlaridan analitik xarakterdagi izlanishlarga o’ta boshladi va u chet el ta’limi zamonaviy nazariyasi va amaliyotini o’rganish bo’yicha yetakchi markazga aylandi. Keng kompleks mavzular ishlab chiqildi. “Chet ellarda ta’lim tizimi”, “Chet ellarda mehnat ta’limi nazariyasi va amaliyoti”, “Kapitalistik davlatlarda pedagogik izlanishlarni tashkil qilinishi va yo’nalishi” va boshqalar. Ularning mazmunlari ko’pgina turli nashrlarda aks etdi. Laboratoriya tashabbusi bilan 1974 yilgacha doimiy chiqib turgan “Chet elda xalq ta’limi va pedagogika” referativ jurnali paydo bo’ldi. Hammasi bo’lib 30 ta soni chiqdi: ularning har birida eng yangi chet el kitoblari va maqolalariga laboratoriya xizmatlari tomonidan yozilgan taqrizlar o’rin olgan edi. Jurnal pedagogik jamoatchilikka chet eldagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining holati va dolzarb muammolari bilan tanishishga yordam berdi. Qator dissertatsiyalar yozildi.
1966 yilda Moskva davlat pedagogika institutida qiyosiy pedagogika laboratoriyasi tuzildi. U bir nechta maqolalar to’plami, 1977 yilda esa qiyosiy pedagogika bo’yicha o’quv qo’llanma (mualliflar – M.S.Sokolova, E.N.Kuzmina, M.L.Radionov) tayyorladi. Rus pedagog komparativistlari GDR, Polsha, Vengriya, Chexoslavakiya, Bolgariya mutaxasislari bilan hamkorligi ancha rivojlandi.
1970-80-yillarda chet el muammosiga bag’ishlangan rus olimlaridan V.P.Borisenkov, B.L.Vulfson, A.N.Djurinskiy, V.P.Lopchinskiy, Z.A.Molkova, I.B.Martinkovskiy, N.D.Nikondrov, O.I.Solimova, S.A.Tangyan, L.D.Filippova, T.F.Yarkinalarning monografiyalari dunyo yuzini ko’rdi. Ilmiy ishlar to’plamlari va jurnal maqolalarida qiziqarli yangi materiallar o’rin olgan edi. Bu davrning ishlarida g’oyaviy oqimlar ta’siri yo’qolmagan edi. Kapitalistik va sostialistik davlatlardagi ta’lim tizimidagi qarama-qarshiliklar ajratib ko’rsatilar edi. Bunday oshkora tasvir haqiqatdan yiroq edi. Chet el sotsialistik davlatlardagi maktab va pedagogikaning rivojlanishi bir tomonlama yoritilar edi. Qiyinchilik va qarama-qarshiliklarni ko’rsatmay, faqatgina yutuqlar haqida so’z yuritiar edi.
Shunga qaramay mavjud o’zgarishlarni sezmaslik mumkin emas edi. Agar 1930-1950 yillarda deyarli barcha rus ishlarida g’arbdagi ta’lim obyekti, mazmunli axborot yo’qligi yaqqol ko’rinsada, keyinchalik chet el pedagogikasi bo’yicha turli ishlarda g’oyaviy formulalar va aynan pedagogik analiz orasidagi taqqoslash muallifning individual qarashlari bilan belgilana boshladi. Bir qator ishlarda g’oyaviy yondashuv faqatgina o’quvchilarni “tepalik ortidagi” ta’limning haqiqiy holati bilan tanishtirish ularga u yoki bu darajada o’zimizda mavjud va chet el muammolari bilan solishtirish va ularni hal qilish yo’llarini qidirishga intilishning bir pardasi edi.
1980-90 yillar Rossiya jamiyatshunosligida, shu jumladan qiyosiy pedagogikada ham konfrantatsion ritorika va g’oyaviy majburiyatdan chetlanishga imkon beruvchi yangi vaziyat yuzaga keldi. Bu davrdagi ishlarda o’rganilayotgan muammolar diapazoni kengaydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi maktab reformasining asosiy yo’nalishlarini aniqlashga harakat qilinardi. Ta’lim mazmuni va uslublarini yangilash jarayonlari o’rganilardi. Ta’limni rivojlantirishdagi asosiy yo’nalishlar va milliy xususiyatlarga mosligi to’g’risidagi masala qo’yilar edi. Chet el pedagogik fikrlarining turli oqimlari tasvirlanar edi. Ta’limni regional va global mashtabda rivojlanish jarayonlari koordinatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati yoritilar edi. Universitetlar, pedagogika institutlari va xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimi muassasalari uchun o’quv qo’llanmalar yaratildi. Buning barchasi pedagogik ta’limning zamonaviy tizimda Qiyosiy pedagogika, uning ilmiy pedagogik, umum madaniy va amaliy ahamiyati bilan belgilanadigan o’z o’rnini topishi uchun yordam berishi kerak edi.
7-ma’ruza: Qiyosiy pedagogikada tadqiqotlar tipologiyasi va OO‘Yularida ta’lim variativligi
Reja:
1.B.Xolmzning ma’lumotlar taksonomiyasi.
2. Qiyosiy –tadqiqot metodlari.
3.Qiyosiy tadqiqotlarning bosqichlari.
a) induktiv metod,
b) gipotetik- deduktiv metod.
4.Qiyoslash metodining tuzilishi: deskripsiya, interpretasiya, qiyoslash. 5.Davlatlararo, OO‘Yulariaro ta’lim tizimini qiyoslash bosqichlari.
Taynch iboralar: induktiv metod, gipotetik-deduktiv metod, deskripsiya, interpretasiya, qiyoslash
Ijtimoiy va maishiy hayotda yuzaga keladigan turli hodisa va voqealarning ifodalanishiga, jarayonlarning yuzaga kelishi va kechishiga (dinamikasiga) e’tibor qaratsak, ularning zamirida ta’lim-tarbiya, aniqrog’i, uning hosilasi sifatida biron bir xulq modeli namoyon bo’lishini kuzatish mumkin. Bu masalaga pedagogik faoliyatning manfaati nuqtai nazari bilan qaraganda, ta’lim-tarbiya berish jarayonida professor-o’qituvchilar qator vazifalarni bajarishi kuzatiladi. Bu vazifalarning muhimlari sifatida - axborot berish, dunyoqarashni shakllantirish, hayot yo’lini tanlashni o’rgatish, madaniylashtirish, muloqotga tayyorlash (jumladan kasbiy), maqsadni shakllantirishni o’rgatish kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin. Yurtboshimizning o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bildirgan tabrik nutqida mazkur masalaga alohida e’tibor qaratib, jumladan: “Bu dunyoda har qaysi ongli inson - qaerda ishlamasin, qanday kasbu - kor, lavozim egasi bo’lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo’llagan muhtaram o’qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi. Haqiqatan ham, o’zining ko’z nuri, qalb qo’ri, butun borlig’ini bag’ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo’’tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o’lchab, baholab bo’lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi”2 deb ta’kidlagan. Bu vazifalarni amalga oshirish professor-o’qituvchilar talaba(tinglovchi)larni faqatgina o’quv faoliyatini emas, balki ularni o’zlarini namoyon etish, darsga va atrofdagilarga bo’lgan munosabatini, intilishlarini, qiziqishlarini, e’tiqodi va ta’limga bo’lgan munosabatini ham o’rganib borishadi. Bunda ular asosan kuzatuv, suhbat (diagnostik), kontent tahlil (yozma nazorat ishlarini sharhi), ekspertcha so’rov (boshqa ustozlarning fikrini inobatga olish (bilib olish)), faoliyat mahsulini o’rganish (ijobiy yoki salbiy xulq modelini o’rganish) kabi usullardan foydalanib, tahlilni amalga oshirib, galdagi kasbiy 2 http://xs.uz/ vazifalarni belgilash (kasbiy darajada qaror qabul qilish) uchun axborot jamlaydi. Axborot alohida pedagogik vaziyat, pedagogik faoliyat, shaxsiy
yoki ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyati, shaxsiga, o’quvchilar jamoasiga taalluqli bo’lishi mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad to’g’ri qaror qabul qilish jarayonini ta’minlashdan iborat.__ tahlil, murakkab tafakkur operastiyasi hisoblanib, uning yordamida predmet va jarayonlar (hodisalar) aniq o’lchov birligiga ega bo’lgan usullar vositasida yaxlit tarzda yoki alohida qismlarini turli belgi va xususiyatlari bo’yicha aloqadorlik darajasini belgilab beradi. Ko’rsatishicha, tahlil tushunchasi quyidagi tasniflarga ega:
1. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa
jihatlardan tekshirish, o’rganish ishi;
2. Biror narsa, ma’lumot va shu kabilarni ma’lum nuqtai nazardan
o’rganish, baholash;
3. Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadqiq
etish.6 Pedagogik faoliyatni takomillashtirishda tahlil amaliy mazmun kasb
etib, ta’lim-tarbiyaning sifatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yuzaga
kelgan pedagogik muammoning (masalan, pedagogik nizo) sabablarini aniqlash, uni kechishining davriyligini bilish uchun, nizoning vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan omillarni, bunda avvalo qaysi qonuniyatlarga (ular tabiiy yoki sun’iy bo’lishi mumkin) amal qilinishini bilish lozim bo’ladi. Tahlil, intellektual faoliyatning yuqori bosqichi hisoblanib, hodisa, jarayon (jumladan pedagogik jarayonni), raqam va dalillarni aloqadorlik darajasini belgilab berishda namoyon bo’ladi. Tahlil, faoliyat shakli sifatida rivojlanib, bugungi kunda tahlilning turli shakli va tahlilning turli usullari vujudga keldi. Negaki, har qanday muammoni, shu jumladan pedagogik faoliyat doirasida vujudga keladigan “X-viziyat”larni konstruktiv kechishini ta’minlash uchun tahlil amaliy ahamiyat kasb etadi.
“Insonlar hamma vaqt jamiyat hayotida sodir bo’ladigan turli voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini aniqlash masalasi bilan qiziqib kelishgan. Dastavval, buning uchun, voqea hodisalar shaklan qiyoslanib, ularning mazmun va mohiyatiga ko’p ham e’tibor qaratilmagan bo’lishi mumkin. Bu barcha intilishlar hayot davomida paydo bo’ladigan turli to’siqlarni bartaraf etish, paydo bo’lgan muammolarning echimini toppish maqsadida amalga oshirilganki, uni biz shartli ravishda tahliliy faoliyat shakllanishining birinchi bosqichi deb ko’rsatsak xato qilmagan bo’lamiz”7.
Yu.Surmin “Teoriya sistem i sistemnыy analiz” deb nomlangan o’quv qo’llanmasida: tahliliy faoliyatning ibtidosi Suqrotga borib taqaladi, masalalarni hal etishda u dialogdan (muammoni echimini topish (aniqlash) usuli sifatida – S.R.) foydalanib, munozaralar asosida dalillarni keltirishga musharraf bo’lgan deb munosabat bildirgan.
Tizimlarni tavsiflashda ularning turli jihatlariga e’tibor qaratiladi, tizimni tavsiflashda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi: Funkstional tavsif bosqichi, bunda alohida funkstiyalar ko’rib chiqiladi, ya’ni tizim faoliyatining algoritmlariga e’tibor qaratiladi. Funkstiya deganda, maqsadga etaklovchi xossalar nazarga tutiladi. Bunda funkstional yondashuv asosida tizimning bajariladigan funkstiyalari
baholanadi. Tizimning faoliyatmandligini aniqlash tizim holatini belgilash, taktizimlarni boshqarish qonuniyatlarini belgilab olish uchun imkoniyat yaratadi.
Morfologik tavsif bosqichida tizim ajratgan unsurlarning tarkibi va ularning aloqadorlik darajasi hamda tizimning tuzilmaviy jihatlari tasvirlanib, tasvirning to’liqligi va qismlarga ajratilganligi ko’rsatiladi.
Axborotli tavsif bosqichida tizimning funkstional va morfologik xususiyatlarini ichki va tashqi axborotlarning sifati bilan bog’liqligi belgilab olinadi.
Tizim ma’lum munosabatlar vositasida atrof-muhit bilan o’zaro aloqada bo’lishidan dalolat beradi. Bu munosabatlar o’zida:
-tashqaridan keladigan (stimul) turtkilarni – (inputs) kirishlarni va atrof-muhitga chiqadigan barcha ta’sirlarni – (outputs) chiqishlarni jamlaydi.
Tizimga nisbatan turtkilar, ya’ni stimullar ikki xil shaklda bo’lishi mumkin. Ularga talab va qo’llab-quvvatlashni keltirish joizdir.
Talab-turtkilar (stimullar) quyidagi shaklda amal qiladi:
-qadriyatlar va xizmatchilarning ish haqi, mehnat sharoitlari,
ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqalarni taqsimlashga oid (stimul) turtkilar;
fe’l-atvorni tartibga solishga oid (stimul) turtkilar (barqarorlikni ta’minlash);
-kommunikastiya va axborotga oid turtkilar. Bularga, axborotdan erkin va teng foydalanish huquqi va boshqalar kiradi.
Qo’llab-quvvatlash turtkilar (stimullar)ga quyidagilarda ifodalanadi:
-fuqarolarning qonunlarga rioya qilishi;
-ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi;
-rahbariyatga munosabati va rasmiy\qonuniy axborotga e’tibori;
-xizmatlar ko’rsatishi va tizimni moddiy jihatdan moliyalashtirishi.
Kirishga keluvchi talab-turtkilar va qo’llab-quvvatlash turtkilari tizim tomonidan chiqish signallariga aylantiriladi yoki quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
-qonun me’yorlarni yaratish;
-qadriyatlar va vazifalarni taqsimlash;
-jamiyatda xulq va o’zaro aloqalarni tartibga solish.
Chiqish signallari atrof-muhit – shu idora xodimlari jarayonga ma’lum ta’sir ko’rsatadi, javob qaytaradi.
Tizim va uning strukturasi
Tizimning modifikastiyalashtirilgan modeli (D. Iston bo’yicha).
“Tizim” tushunchasi o’z mohiyatiga ko’ra, ierarxik jarayon, chunki u tizim haqida tushunchalarning xuddi tizimning tashqi muhit bilan o’zaro hamkorligini ifodalaydigan, yirikroq tizimning ayrim qismi, o’zining ba’zi yaxlitligi va shaxsiy bo’lakchalari yig’indisini ko’zlaydi.9 Tizimning muhim jihati voqelikning ichki tarkibiy qismlariga egaligi, ushbu qismlar orasida pog’anali buysunishning yuzaga kelishi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligida aks etishidir.
Shuningdek ilmiy adabiyotlarda “tizim” va “sistema” iboralari sinonim, aynan bir xil ma’noli so’zlar tarzida qo’llanadi. Falsafiy qomusiy lug’atda: “tizim”, sistema (qismlardan iborat butun) – o’zaro munosabat va aloqada bo’lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko’p qismlar (elementlar) majmui”, - deb ta’rif berilgan11. Yana shu manbada quyidagi izohlarni uchratish mumkin. “Sistema” – yaxlit bir butunlik sifatida tashkil topgan ob’ektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Odatda, sistemani eng muhim umumiy tarzida elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar birligi sifatida ta’riflaydilar. “Sistema” tushunchasi o’z ma’nosiga ko’ra “aloqa”, “element”, “butun”, “birlik”, “struktura”, (elementlar o’rtasidagi aloqalar sxemasi) tushunchalari bilan bog’liq. Ushbu o’rinda sistemali tadqiq etishning asosiy vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini, elementlar o’rtasidagi bog’liqlikni ajratishdir.
Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko’ra sistemalilik ob’ekt va hodisaning o’z hossasi deb emas, balki faoliyatning aniq bir maqsadga yo’naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi.
Tahlilga (jumladan tizimli tahlilga) bugungi kunda faoliyatning alohida turi sifatida qarab kelinmoqda.
Usul, biron bir natijaga erishish vositasi hisoblanib, reallikni amaliy yoki nazariy jihatdan o’rganish tarzi. Muammoni alohida tartib asosida o’rganish uchun qo’llaniladigan harakatlar ketmaketligini ta’minlash uchun, aniq o’lchov birligiga (son, foiz, ball, gramm, kilogramm, shakl, rang, koeffistent, o’rin va b.) ega bo’lgan majmuadir. Oliy ta’limni tizimli tahlilni amalga oshirish uchun turli usullar tanlanishi mumkin. Nisbatan ko’proq qo’llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
- so’rov (anketa tarzida yozma, og’zaki savol-javob (masofali)) usuli;
- hujjatlarni o’rganish (DTS, hisobot, xulosalar va b.) usuli;
- faoliyat mahsulini o’rganish (insho, maqola, talabalarning bilimi va
b.) usuli;
- alohida holatlarni o’rganish (alohida pedagogik vaziyatni. Masalan,
a’lochilar guruhini, faollarni va b.) usuli;
- qiyoslash (raqamlar, dalillar, bildirilgan fikr va munosabatlarni
qiyoslash) usuli;
- suhbat (nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bilvosita ma’lumot
olisht) usuli.
- biografik (kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik bo’lgan
xujjatlar orqali o’rganish) usul;
- intervyu (muammoga oid bo’lgan savollarga berilgan javob
tariqasida axborot to’plash) usuli;
- kuzatish (kishining harakatlarida namoyon bo’ladigan turli
holatlarni hisobga olish, biron bir jarayonni kechishiga oid axborot olish)
usuli;
- sostiometriya (J. Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, o’zaro
munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash
maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganish.
Bugungi kunda sostiometriyani turli variantlari ishlab chiqilgan) usuli;
- test (standartlashtirilgan sinov bo’lib, uning yordamida u yoki bu xildagi psixik jarayon baholanib, shaxsni bir butunligicha o’rganish mumkin) usuli;
- eksperiment (muammoli vaziyatni hal qilish jarayoni, hattoki shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql-zakovatini o’rganish mumkin. Bunda, ob’ektga ta’sir etadigan barcha omillar kat’iy nazorat kilgan holda kuzatiladi) usuli;
- modellashtirish (jarayonni bilvosita o’rganishga asoslangan bo’lib, bunda biron ob’ektning xususiyatlarini o’rganish uchun maxsus ravishda to’zilgan boshka ob’ektda qayta xosil qilish tushuniladi) usuli;
- prognozlash (biror-bir hodisaning kelajaqdagi holati haqidagi mulohaza) usuli;
- ekstrapolyastiya (lot. ekstra-tez, polio-silliqlayman, to’g’rilayman) biror hodisaning alohida qismini kuzatish natijasida olingan xulosani shunga o’xshash hodisaning boshqa bir qismiga, boshqa hududiga (manzilga, joyga) tadbiq etish) usuli.
Shu bilan birga biografik va tarixiy-qiyosiy usullarni ham ko’rsatib o’tish mumkin.
Biografik metod (yunon tilida bios – hayot, graho – yozayapman) – shaxs hayot yo’lini tadqiq etish, tashxislash, korrekstiyalash, rejalashtirish uslubi.
Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila boshlandi. Birlamchi biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar o’tmishdagi siyosiy hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik bunga muhim va kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni (bo’lajak avtobiografiya, boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni, shuningdek, shaxsning muloqot doirasini (qo’shimcha biografiya, sub’ektning munosabatlar doirasini) qo’shishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy, ijtimoiy va individual borliq doirasida o’rganishga asoslangan bo’lib, shaxs rivojining sstenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, ma’naviy, tabiiy va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni qo’llashda so’rovnoma, intervyu, test, yaqinlarining ko’rsatmalari, zamondoshlarining xotiralari, faoliyat mahsulini o’rganish(xatlari va kundaliklarini, ma’ruzalari nutqlarining kontent-tahlili va b.)dan manba va vosita sifatida foydalaniladi.
Tarixiy-qiyosiy usullarga tarixiy tavsif, aniq tahlil, qiyoslash, davriylashtirish, xronologik, muammoli-xronologik, retrospektiv, istiqbolni belgilash, tarixiy analogik va boshqa uslublar kiradi. Qiyosiy- tarixiy uslublar siyosiy-psixologik dalillar va hodisalar yuzaga kelganda hamda amalga oshganda, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat ko’rsatkichi jihatidan o’zgarib borishini tarixiy muhit bilan uzviy bog’liq holda o’rganish imkonini beradi.
Shu asnoda tizim deganda, nafaqat tizimning (boshqarish ob’ektining) o’zaro bog’langan tarkibiy qismlarini yig’indisi va uning o’zaro ichki bog’liqlik darajalari tushunilishi lozim. Balki tashqi aloqadorliklarni darajalari ham uning tarkibiga kirishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida tizimli tahlilni amalga oshirish yo’lini, ya’ni yondashuvni belgilab olishni taqozo etadi.
Tahlil, bu turli hajm va mazmundagi axborotni jamlab, manba shakliga keltirish bo’lib, bunga tizimli yondashish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limning yangi modeli, bozor iqtisodiyotiga o’tish ta’lim moliya-iqtisod mexanizmining shakllantirish, xususan, byudjetdan moliyalashga byujetdan tashqari manbai qo’shimcha qilishni va jiddiy o’zgarishlarni talab qiladi. hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarini moliyalashning qo’shimcha byudjetdan tashqari manbalarini jalb etishdagi faoliyati tobora tijorat tasiga ega bo’lmoqda, garchi tijorat faoliyatining asosiy maqsadi hamon intelektual, o’quv, ilmiy, madaniy va ishlab chiqarish imkoniyatini saqlash hamda rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lsa-da Demak vazifa shundan iboratki, ta’limni boshlang’ich tijorat bilan uyg’unlashtirishning samarali shaklini topishdir.
Davlat ta’lim dasturi va standartlari doirasida ta’lim xizmati ko’rsatish oliy maktabga mablag’ tushadigan manba hisoblanadi. Bu – oliy ta’lim muassasalariga pullik qabul, mutaxassislar tayyorlash. Mazkur ishni amalga oshirish korxonalar, tashkilotlar va mulkni barcha turdagi muassasalari bilan shartnoma tuzish asosida olib boriladi, bu iqtisodiy tavsifdagi kplab masalalarni, xususan, pul o’tkazish muddati, uning miqdori, xarajatlar va ularni qoplash, pul mablag’i sarf-xarajatlari moddasi, shartnomalarni yuridik to’g’ri rasmiylashtirilishi, tomonlarning huquq va majburyatlarini belgilash, shartnomaga amal qilmaslik javobgarligi, «pul to’laydigan» va «to’lamaydigan» talabalar o’rtasidagi munosabatni hisobga olish va h.k.ni xal etish bilan bog’liq.
Bozor munosabatlari shakllanishi shartida mutaxassislar tayyorlash sohasida narx hosil bo’lishi ularni tayyorlash qanchaga tushishligini belgilash, mutlaqo yangicha ma’no kasb etadi va uch holatni hisobga olgan holda quyidagicha yondoshishni taqazo etadi:
- davlat buyurtmasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash amalga oshiriladigan byudjetdan moliyalash me’yorlari;
- ixtisoslar, oliy ta’lim muassasalari joylashgan o’rin, professor-o’qituvchilar tarkibi, moddiy-texnika negizi va h.k.lar bo’yicha farqlanadigan muayyan ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlashga sarf bo’ladigan amaldagi xarajatlar;
- tayyorlash uchun haq o’z ichiga ish haqidan yuqori bo’lgan miqdorni olishi mumkin.
Buyurtmachi uchun inson kapitali nazariyasiga muvofiq mutaxassislar tayyorlash uchun haq, bu inson kapitaliga qo’yilma, investistiya, ular pul daromadi nuqtai nazaridan, kelgusi natijani ta’minlaydi. Tabiyki, bunday investistiyada muayyan tavakkalchilik bor. Bu shuni anglatadiki, oliy ta’lim muassasalariga mutaxassis tayyorlash uchun ish haqidan ortiq mablag’ni to’lab, buyurtmachi bunda oliy ta’lim muassasasi bilan foydani bo’lashib oladi, oliy ta’lim muassasasi esa kelgusida foydaning taqsimlanishida ishtirok etadi.
Shartnoma bo’yicha mutaxassis tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining korxonalar bilan munosabatlarini rivojlantirishning mumkin bo’lgan bir talay imkoniyatlaridan biridir. Bu bozor iqtisodiyotini shakllanishi sharoitlarida tubdan o’zgaradi, chunki, bu ikki tuzilmaning bir-biriga zururligi va manfaatdorligi yuzaga keladi hamda oshib boradi.
hozirgi vaqtda ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg’unlashuvi, mutaxassislar tayyorlashning ko’p bosqichli tizimiga o’tish, ta’lim turli bosqichlarini moliyalashga yangicha yondashish ishlab chiqilgan. Bu mutaxassislar tayyorlashni byudjetdan tashqari moliyalashning umumiy yo’nalishini ochib beradi, u quyidagichadir: kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning uchun shuncha katta ulushning byudjetdan tashqari moliyalash o’z zimmasiga olishi kerak.
Oliy maktabni moliyalashning boshqa manbai ta’lim uchun o’qitganlarning o’zi haq to’lashidir.
Oliy ta’lim muassasalari to’lovlari to’lovning turli shakllarini joriy etish masalasini hal etishda O’zbekistonda respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining 4-moddasiga amal qiladi.
Ta’lim uchun haq to’lash muammosi oliy maktab mutaxassislar salohiyatini saqlab qolishga salmoqli xissa qo’shuvchi tijorat tuzilmasisiz hal etilishi mumkin emas. Ularning moliyaviy yordami ba’zi hollarda juda salmoqli bo’ladi. O’qituvchilar, aspirantlar va talabalarni tijorat korxonalari ishida qatnashishga jalb etish o’quv jarayonini mavjud iqtisodiy amaliyot bilan qo’shilishiga imkon yaratadi, o’qituvchilar tarkibi yuqori darajada kasbiy malakaga ega bo’lishi va uni saqlab turishga ko’maklashadi. Tijorat korxonalarida tushimlar ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnikaviy negizini mustahkamlovchi muhim manba hisoblanadi (ijara haqi, foydaning bir qismini oliy ta’lim muassasini rivojlantirish fondiga o’tkazish). Tijorat tuzilmalari tufayli oliy ta’lim muassasalarida ta’mirlash-tiklash ishlari, texnika va jihozlar sotib olish imkoni paydo bo’ladi. Tijorat korxonalari oliy ta’lim muassasasi fani muammolarini xal etishda faol qatnashadi, jamoaning yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish tizimini yaratishdan moddiy manfaatdorligini oshirishda yordam ko’rsatadi. Biroq oliy ta’lim muassasasi tijorat tuzilmalarini bunyod etish va ular faoliyat ko’rsatishidan oliy maktabning maqsadi: mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlar yuqori darajasi bilan bog’liq bo’lishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalari orasidagi mavjud kasbiy va boshqa farqlarga qaramay tijorat tuzilmalar faoliyatidan yuqori foyda olish uchun oliy ta’lim muassasi va uning tijorat tuzilmasi amaliy faoliyati modeli tuzildi. Bu modelda ikki talqin – tijorat tuzilmalari oliy ta’lim muassasasi tarkibi ekanligi; tijorat tuzilmasi bunday bo’lmasligi ko’zda tutilgan. har ikki talqin oliy ta’lim muassasasi va tijorat tuzilmasi o’rtasidagi butun munosabatlar majmuini aniq ifodalaydi.
hozirgi paytda keng qo’lanayotgan ijara munosabatlari oliy maktabda, bir tomondan, oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika negizi etarlicha rivojlanmaganligi, ikkinchi tomondan, mavjud mulkiy munosabatlar va amaldagi qonunchilik hujjatlari tufayli cheklangan. Bu hujjatlarda esa oliy ta’lim muassasalari faqat mustaqil tadbirkorlik faoliyati natijasida sotib olingan mulkni tasarruf etishi mumkinligi ko’zda tutilgan.
Bu vaziyatni o’zgartirish oliy ta’lim muassasalari ijara huquqini rivojlantirishi mumkin bo’ladi. Buning uchun, avvalo, ular mulkiy huquqi doirasini kengaytirish lozim. Oliy ta’lim muassasalari, buning uchun, faqat, o’zlariga operativ boshqarish uchun berilgan mulkdan mustaqil foydalanibgina qolmay balki, ularni mustaqil tasarruf ham etishlari lozim. Shunda oliy ta’lim muassasalari haqiqiy mulk egasiga aylanadi, keng erkinlik oladi, yuqori darajada tashabbus ko’rsatadi, mulkdan foydalanishning samaradorli usullarini topadi, demak uning mas’uliyati sezilarli darajada oshadi.
Oliy maktabni qo’shimcha moliyalashning muhim manbai bo’lib, tashqi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Xalqaro aloqalarni kuchli markazlashtirilgan boshqaruvdan to’la mustaqil munosabat olib borishga o’tkazilishi oliy ta’lim muassasalarining tashqi faoliyat oli borishini kuchaytiradi, bu faoliyat asosini o’quv jarayoni, tadqiqot, axborot xizmati tashkil etadi. Bu ilmiy-texnikaviy shartnomalar, respublika oliy ta’lim muassasalarining chet el oliy ta’lim muassasalari va firmalari bilan tadbirkorlik bitimlari tuzishini keskin oshiradi.
Chet mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlash ham byudjetdan tashqari mablag’ kelishining muhim manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan chet elliklarni o’kitish qancha turishligini aniqlash zaruriyati vujudga keladi. Muammo shundaki, chet el fuqorolarini o’qitishning eng quyi darajada to’lanadigan xaq miqdorini belgilash talab etiladi. Albatta, chet elliklarni o’qitish yagona qiymatini ma’muriy tarzda belgilash mumkin emas, chunki turli oliy ta’lim muassasalariga beriladigan imtiyozlar turlichadir. Lekin ular hozirgacha to’plagan tajriba asosida belgilanadi va uyg’unlashtiriladi. haq to’lash masalasi oliy ta’lim muassasalari berilgan diplom sifati, uni xalqaro tashkilotlar, ishbilarmonlar dunyosi, jamoatchilik tomonidan tan olinishi masalasi, oliy ta’lim muassasalari xalqaro akkreditastiyadan o’tkazilishiga bog’liq.
Erkin tashqi iqtisodiy faoliyat oliy ta’lim muassasalariga chet el sarmoyasidan foydalanish, zarur jihozlar xarid qilish, shuningdek o’quv jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyat natijasida qo’lga kiritilgan valyuta oliy ta’lim muassasalariga keng xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish, chet elda o’tadigan konferenstiyalarda qatnashish, talabalarga respublikadan tashqarida tajriba orttirish imkonini beradi, ya’ni, umuman Uzbekiston oliy maktabni va fanining jahon ta’lim tizimiga uyg’unlashuviga qo’maklashadi.
ho’jalik shartnomasi tuzish asosida sanoat korxonalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish oliy ta’lim muassasasini byudjetdan tashqari moliyalashning an’anaviy va muhim manbalaridan hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ularni amalga oshirishning yangi shakllarini topish, hozirgi zamon taraqqiyotiga moslash ko’pgina oliy ta’lim muassasasi uchun moliyalashning qo’shimcha manbaini izlashning asosiy yo’nalishi bo’lib kelmoqda. Ilmiy-tadqiqot olib borish faoliyati hamon oliy ta’lim muassasasini moliyalashning qo’shimcha manbai bo’lib qolmoqda.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta’lim muassasasining vazifasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish v olib borish bo’yicha katta va turli-tuman ishlarni amalga olish, moliyalashning byudjetdan tashqari manbalarini izlash va jlb etishdan iboratdir. Oliy maktabda byudjetdan tashqari moliyalashni yanada kengaytirish va takomillashtirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish ishlab chiqarish bilan uyg’unlashishning turli shakllaridan foydalanish bilan bog’liq. Bunda mutaxassislar va rahbarlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha faoliyatni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi (istiqbolda ham shunday bo’lib qoladi), bu esa mehnat hamda ta’lim xizmati bozordagi vaziyatni mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish talablarining o’zgarishiga tezkorlik bilan moslashish uchun o’rganishni talab etadi. Oliy maktab kuchli intelektual negiz va ishlab chiqarish, fan va texnikaining barcha sohalari bo’yicha mutaxassis xodimlarga ega. Shuning uchun moliyalashning byudjetdan tashqari qo’shimcha manbalarini jalb etishda, asosiysi, oliy ta’lim muassasasi faolligi hisoblanadi. Chunki sustkashlik bugungi, bozor raqobati kuchaygan kunda oliy ta’lim muassasasini istiqboldagi taraqqiyotdan mahrum etishi mumkin. Talabalar, aspirantlar va o’qituvchilarni moliyalashning byudjetdan tashqari manbalarini izlash va jalb etish bo’yicha ishlarga keng tortish mazkur faollik ko’rinishlaridan biridir. Yuqorida aytilganlardan tashqari to’lov asosida ta’lim xizmati ko’rsatish, noshirlik faoliyati va boshqalar ham byudjetdan tashqari an’anaviy manba sanaladi.
Byudjetdan tashqari faoliyat asosiy turlarining quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tasniflash mumkin:
1. Ta’lim xizmati sohasi:
- ta’limning to’lov-kontrakt shakli;
- oliy ta’lim muassasasiga kirishga tayyorlov;
- korxonalar bilan shartnoma asosida mutaxassislarni taqsimlash;
- ikkinchi oliy ma’lumot olish;
- turli xil biznes-maktablar tashkil etish;
- chet tillarni jadal o’rganish kurslarini tashkil etish;
- maxsus sertifikatlar beriladigan kurslarda qo’shimcha ta’lim berish (programmachilar, buxgalterlik, auditorlik va h.k.);
- jismoniy va yuridik shaxslar uchun to’lov asosida konsultastiyalar tashkil etish;
- pulli qisqa muddatli kurslar va seminarlar tashkil etish.
2. Ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati:
- xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari;
- konsating va ma’lumotnoma-axborot faoliyati;
- mintaqalarda yuqori texnologiyani joriy etish bilan bog’liq tadbiqiy faoliyat;
- ilmiy jihozlar va skunalar lizingini tashkil etish;
- hukumat muassasalari, boshqaruvning hududiy idoralari yoki tijorat tuzilmalarining buyurtmasiga ko’ra fanlararo mujassama tadqiqotlar;
- kichik va o’rta biznesga ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish;
- ilmiy-texnikaviy parklar va yangiliklar inkubatoriylarini tashkil etish;
- tijorat va xo’jalik hisobi asosidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yakka tartibdagi shartnoma bo’yicha ilmiy ishlar olib borish;
- oliy ta’lim muassasasi olimlarining kashfiyot va ixtirolariga patent va litsenziya sotish;
- tijorat firmalari va korxonalar bilan ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar tashkil qilish;
- chet ellik investorlar bilan hamkorlik qo’shma korxonalar tuzish;
- to’lov asosida ilmiy-amaliy konferenstiya va seminarlar tashkil etish;
- oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va ilmiy-tadqiqot xizmatlarini reklama qilish;
- auditorlik faoliyatini tashkil etish;
- O’zbekiston respublikasi qonunchiligida man etilmagan ilmiy-ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa innovastiya faoliyati turlari olib borish.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyati:
- chet ellik talabalar, aspirantlar, magistrlar va tajriba orttiruvchilar ta’limini tashkil etish;
- xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultetlar tashkil qilish;
- xorijiy sheriklar bilan qo’shma korxonalar tuzish;
- chet el jamg’armalari bilan oliy ta’limni qo’llab-quvvatlash programmalarida qatnashish;
- O’zbekiston talabalarini chet el oliy ta’lim muassasalariga yuborish;
turli xil chet el investitsiyasini jalb etish.
4. Tijorat faoliyati:
darsliklar, o’quv-uslubiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar chop etish;
davriy nashrlar chiqarish;
reklama faoliyati tashkil etish;
bo’sh xonalarni ijaraga berish;
xonalar uzoq muddatli ijarasi (lizingi);
ta’til vaqtida bo’shab qolgan yotoqxonalarni ijaraga qo’yish;
majlislar zali, auditoriyalarni konferenstiya, pulli mashg’ulotlar o’tkazish uchun ijaraga berish;
Talabalar, xodimlar va aholi uchun xizmat sohasi:
umumovqatlanishni tashkil etish;
sog’lomlashtirish maskanlarining davolash, sog’lomlashtirish xizmati;
sport majmuilari va o’yingohlar xizmati;
maishiy xizmat (sartaroshxona, kimyoviy kir yuvish, kosibchilik va h.k.);
pulli bolalar bog’chasi va maydonchasi tashkil etish;
tijorat tashkilotlariga oliy ta’lim muassasasi ramzi, rekvizitlaridan foydalanish huquqini berish.
5. homiylik:
korxona, tashkilot va xususiy mulk barcha turidagi firmalardan homiylik mablag’larini jalb etish;
jihozlarni beg’araz berish (audio-video, kompyuter orgtexnikasi, o’quv-amaliyot uskunalari, yozuv qog’ozlari va h.k.);
kutubxona jamlamasini to’ldirish (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, kataloglar, badiiy adabiyot va h.k.);
chet el investitsiyasini jalb etish (kichik bosmaxona, avtotransport, o’quv-amaliyot jihozlari, o’quv adabiyotlari).
6. Oliy ta’lim muassasalri Murabbiylar kengashishini rivojlantirish jamg’armasi:
davlat korxonalarining ko’ngilli badallari;
kooperativ tashkilotlar ko’ngilli badallari;
fuqarolar ko’ngilli badallari;
chet el investorlarining ko’ngilli homiylik badallari;
Murabbiylik kengashining chet el firmalari bilan qo’shma korxonalaridan keladigan daromad;
Tijorat banklari va boshqa moliya muassasalari bergan kreditlar;
Murabbiylik kengashi nomiga kelgan boshqa tushimlar.
Faoliyat turli ko’rinishlarini va moliyalashning qo’shimcha manbalarini jalb etishni kengaytirish bo’yicha barcha choralarni ko’rib, oliy ta’lim muassasalari haddan ziyod tijoratga berilib keta olmaydilar, chunki, oliy maktab jamiyatning muhim ijtimoiy institutidir, u jamiyatning aqliy va ma’naviy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun uni tijoratlashtirish yo’nalishi ustavda ko’rsatilgan faoliyat maqsad va vazifalariga zid kelmagan taqdirdagina o’zini oqlagan bo’ladi, uni qayta shakllanishiga olib kelmaydi.
8- ma’ruza: Oliy ta’lim tizimining tipologik - tasnifiy mezonlari va ta’lim muassasalari nufuzi
Reja:
1.Oliy ta’lim tizimining
A) tarixiy rivojlanishiga ko‘ra,
B) ixtisoslik kesimiga ko‘ra,
V) tanlov tamoyillariga ko‘ra,
G) ta’lim oluvchilar tarkibiga ko‘ra,
D) ta’lim shaklining ustunligiga ko‘ra tipologik mezonlari.
2.Ta’limning an’anaviy va noan’anaviy shakllari.
Tayanch tushunchalar: mezon, tarixiy rivojlanish, ixtisoslik kesimi, tanlov tamoyili, ta’lim shakli, tarixiy sharm, tipologik mezon.
Oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari faoliyatini boshqarish
Oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari faoliyatini boshqarishning muhim usuli bo’lib, resurs usuli, xususan, moliyaviy usul hisoblanadi. Davlat oliy ta’lim muassasasida resurslar tuzilishi mehnat va moddiy resurslardan tashkil topadi. Masalaga ancha keng yondoshilsa, ya’ni axborot to’plovchi resurslar imkoni va resurslar boshqa turlarini aytish mumkin. Bular muayyan ma’noda ikkilamchilar, chunki, oqibatda, bari bir xodimlar mehnati yoki ular faoliyatining moddiy shartlari atributi sifatida namoyon bo’ladi, shu munosabat bilan moddiymas aktivlarni ajratib ko’rsatish zarur, shuningdek, uning tarkibidagi intellektual mulkni ham ta’kidlash joizdir. Xususan ishlab chiqarish omili sifatidagi oliy ta’lim muassasasi xodimlari tadbirkorlik qobiliyatini hisobga olish talab etiladi. Resurslar moddiy qismida, birinchi galda, byudjetdan tashqari faoliyat hisobiga shakllangan moliyaviy resurslar muhim o’rin tutadi.
O’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatidagi oliy ta’lim muassasalarining resurs(aktiv)lari o’ziga xosligi quyidagilar:
nomoddiy aktivlar ahamiyati sezilarli va tobora oshib bormoqda;
laboratoriya-eksperiment jihozlaridan sanoatdagidek jadal foydalanila olmasligi; uning nodirligi, yuqori kiymati va likvidligi, bu oliy ta’lim muassasasi mahsulotning raqobatbardoshligini pasaytiradi;
inson kapitalining nodirligi va yuqori malakasi, ya’ni ilmiy-pedagog xodimlar; ularni, bir tomondan, mehnat resursi sifatida garchi oliy ta’lim muassasasida qimmat turishi, ikkinchi tomondan, talabalardek arzon ish kuchi mavjud bo’ladi;
oliy ta’lim muassasasi barcha tur resurslari (ham mehnat, ham moddiy) cheklanganligi, bular byudjetdan tashqari faoliyatga jalb etilishi mumkin. Mazkur resurslar faqat mutlaqgina emas, balki nisbiy ham. Chunki ulardan asosan byudjetdan moliyalashtiriladigan ta’lim va ilmiy jarayonda foydalanish ustuvor hamda majburiy hisoblanadi, bunda byudjetdan tashqari faoliyatni tashkil etish qiyinlashadi.
Zamonaviy iqtisod resurs(aktiv)lariga oid quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: asosiy, aylanma, nomoddiy.
Moddiymas aktivlar, bular uzoq muddat foydalaniladigan va daromad keltiradigan xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan moddiy bo’lmagan ob’ektlardir. Mohiyati, bu – tadqiqot va ishlanmalar oldindan keladigan natijalar. Xujalik oborotiga jalb etilib, narx qiymatiga ega bo’lib, ular moddiymas aktivga aylanadi. Amaldagi buxgalteriya hisobi haqidagi qoidaga muvofiq moddiymas aktivlar tarkibida er maydonidan,patent, listenziya, tovar belgisi, nou-xau, programmaviy mahsulot, monopol huquq va imtiyoz, xususiy faoliyatning listenziyaviy turi va h.k.dan foydalanish huquqi bo’ladi. Moddiymas aktivlar ta’lim iqtisodida muhim jihatlaridan biri bo’lib qoladi. Nomoddiy aktivlarni boshqarish asosiy fondlarini boshqarish bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Intellektual mulk va uning muhofazasi, patentlar va nou-xau bilan savdo qilishni kengaytirish haqidagi qonunchilik rivojlangan sari axamiyat kasb eta boshlaydi. Shuni ta’kidlash muhimki davlat OTM tizimida intellektual mulk huquqining sub’ekti bo’lib, OTMning o’zigina emas, balki, ilmiy-pedagogik xodimlarning bir qismi ham hisoblanadi. Bu OTMdagi byudjetdan tashqari faoliyat jarayonidagi iqtisodiy munosabatni murakkablashtiriladi.
Moliyaviy resurslar aylanma aktivlarning bir qismi hisoblanadi va bir ttmondan OTMni saqlash va rivojlantirishni, ikkinchi tomondan, byudjetdan tashqari sohadagi ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini ta’minlaydi. OTM moliyaviy resurslarni shakllantirish manbai, umumiy tarzda, quyidagilardir:
byudjet mablag’lari, ya’ni turli darajadagi byudjet mablag’lari davlat ta’lim standartlarini ta’minlashga ajratilgan mablag’ va ta’sischi (davlat) pul badallari;
turli xil byudjetdan tashqari faoliyatini amalga oshirishdan olingan mablag’lar;
ta’lim uchun to’lov;
banklar va boshqa kreditlar krediti;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari va maqsadli badallar.
OTM moliya mexanizmi tuzilishiga davlat moliya siyosati sezilarli ta’sir etadi. Davlat boshqaruv mexanizmida ham byudjet to’lovlar, ham byudjetdan moliyalash birdek muhimdir.
Byudjet to’lovlar OTM o’z moliya bazasini safarbar etishini tatbiqga soladi, shunday qilib o’z tasarrufida qolgan xususiy moliyaviy resurslar ulushi miqdoriga ta’sir etadi. Amaldagi qonunchilik oliy ta’lim muassasasi tadbirkorlik va tadbirkorlik bo’lmagan faoliyatini soliqqa tortishning turli tizimini o’rnatadi, moliya resurslarini safarbar qilish ko’lamini turli faoliyatlar samarasi nisbatiga bog’liq qilib qo’yadi. Bu oliy ta’lim muassasasiga faoliyatning tadbirkorlik turi, xususan, pulli ta’lim xizmati va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga imkon beradi.
Byudjetdan moliyalash umumdavlat resurslarini jalb etish hisobiga oliy ta’lim muassasalar rivoji imkoniyatlarini tartibga soladi va bu bilan uning sifat hamda miqdor ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Byudjetdagi mablag’i hisobidan oliy maktabni moliyalashni to’liq amalga oshirish imkoni yo’qligidan davlat oliy ta’lim muassasasi byudjetdan tashqari faoliyatiga soliq imtiyozi belgilaydi va mazkur faoliyatni ragbatlantiradi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra belgilangan soliq imtiyozi bir necha yo’nalishga ega:
oliy ta’lim muassasalari, byudjetdagi tashkilot sifatida, bir qator to’lovlardan, ularning byudjetdan tashqari faoliyatidan qat’iy nazar, to’lovlar (er uchun to’lov, mulk solig’i va h.k.)dan ozod qilish;
davlatning o’zi uchun ham, OTM uchun ham muayyan muhim faoliyat yo’nalishlariga davlat soliq imtiyozini belgilash (pulli ta’lim xizmati, ta’lim sohasidagi o’quv-tarbiya jarayoni bilan bog’liq xizmatlar, xo’jalik shartnomasi asosidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va h.k.).
byudjetdan tashqari faoliyatdan keladigan foydani sarflash yo’nalishlari bilan soliq imtiyozlarini belgilash (Ltmga qayta investistiyalash shirti bilan byudjetdan tashqari faoliyatning bir necha turidan olinadigan foyda soliqdan ozod etilishi).
Qonun, ayniqsa, davlat mulkini ijaraga berishdan kelgan daromaddan foydalanishni qattiq nazorat qiladi, bu daromadlar to’ligicha OTMning rivojini ta’minlash hamda o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga yo’naltirilishini majburiy qilib qo’yadi. OTM ma’muriyatning byudjetdan tashari faoliyatni tashkil etishdagi vazifasi soliq imtiyozi bo’yicha yo’nalishlarni va faoliyat turini hamda OTM cheklangan resurslari (mehnat, moddiy, moliyaviy va b.)ni qayta taqsimlashdan, shuningdek, ta’lim va fan sohasidagi OTM strategik rejadan kelib chiqib foydani qayta investistiyalashdan iboratdir.
Resurslarga talab tuzilmasi byudjetdan tashqari faoliyat asosiy yo’nalishlari quyidagilardan dalolat beradi:
Pullik ta’lim xizmati avvalo mehnat rresurslari – yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni, moddiy resurslar –o’quv maydoni va jihozlarni talab etadi. Boshlang’ich davrda moliyaviy resurslar bo’lishi shart emas., chunki, ta’lim xizmatiga oldindan haq to’landi. Boshqa holat – tegishli ta’lim faoliyatiga listenziya zarurligi muhim, ya’ni moddiymas aktivlar, ta’lim faoliyatiga mutloq huquq shaklida OTMga (uning xodimlariga emas) ta’lluqli bo’lib, bu OTMga tegishli qo’shimcha daromad keltiradi.
Ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati OTMda yuqori malakali ilmiy xodimlar, ishlab chiqarish maydoni va uskunalar, aylanma moliyaviy mablag’ bo’lishini talab etadi, chunki buyurtmachilar tayyor mahsulotga haq to’laydi. Shuni ta’kidlash joizki, byudjetdan tashqari faoliyat, qoidaga ko’ra, OTMga sezilarli daromad keltirmaydi, chunki mutanosib tarzda daromad taqsimlanadigan bozor va resurslar tuzilmasidagi kuchli raqobat bunga to’sqinlik qiladi (mehnat resursraining narxi yuqori, boshqa ITIga bevosita sarflar ham ko’p), biroq OTM uchun u asosiy faoliyatini saqlash uchun muhim.
Tijorat faoliyati moliyaviy bog’liq bo’lmagan resurslar (erkin xususiy pul mablag’i)ni talab etadi, bundan tashqari maydonlar, xodimlarning tadbirkorlik talanti ham zarur. Shunga ko’ra mazkur faoliyatdan kelgan daromad ham taqsimlanadi.
Oliy ta’lim muassasasi ichki taqsimot usuliga ikki xil yondoshish mavjud: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan taqsimlanish, bunda tuzilmaviy bo’limlarni saqlash va rivojlantirish majburiyatlari ham ko’zda tutiladi. Daromad ko’plab manbalardan olinganda va ko’rsatilgan xizmat uchun haq shaklini olganda, moliyani boshqarish tobora murakkablashganda va mujassam bo’lganda, tashqi o’zgarishlarga tez moslashuvchan va qobil bo’lganda markazlashtirilmaganlik afzalligi yaqqol ko’rinadi. OTMning tuzilishi ayni shu tarzdadir. Oliy ta’lim muassasasida muxtor tarkibiy bo’limlar mavjud bo’lsa, byudjetdan tashqari faoliyatni ikki bosqichning boshqarish daromadini taqsimlash tegishli darajasini belgilaydi: oliy ta’limmuassasasi markazlashgan va tarkibiy bo’limlar markazlashtirilmagan fondlarini shakllantiradi.
Ikkinchi tomonlan, moliyaviy oqimlarning ikki boshqa darajasi(bosqichi)ni farqlash zarur: tovar ishlab chiqarish, ish, xizmat bajarish, bunda oliy ta’lim muassasasi mahsuloti tannarxi va foyda shakllanadi; foydani taqsimlash va sarflash bosqichi. Byudjetdan tashqari faoliyat daromadini taqsimlash quyidagicha amalga oshiriladi: avvalo, oliy ta’lim muassasasi tushgan mablag’ni davlat va ta’lim muassasasi o’rtasida taqsimlaydi, turli darajadagi byudjetga soliqlar jo’natadi va byudjetdan tashqari fondlar (pensiya, ijtimoiy sug’urta, bandlik fondi)ga to’lovlarni amalga oshiradi. Soliq va to’lovlar majburiy va markazlashgan tarzda OTM buxgalteriyasi hisob raqamidan amalga oshiriladi. Qolgan mablag’ oliy ta’lim muassasasi (markazlashtirilgan byudjetdan tashqari mablag’) va uning byudjetdan tashqari faoliyat bilan band tarkibiy bo’linmasi (bo’linma mablag’i) o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimot mutanosibligi faoliyatga jalb etilgan resurs (mehnat, moddiy va moddiymas resurs)larga mulkiy huquq, bo’linmalarning OTMni saqlash va rivojlantirish bo’yicha majburiyatidan, OTM va tovar ishlab chiqarish, ish, xizmat bajarishda ishtirok etgan bo’linma markazlashtirilgan qismi haqiqiy xarajatlaridan (tannarx) kelib chiqqan xolda oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasi byudjetdan tashqari mablag’ining markazlashgan qismini shakllantirish byudjetni shakllantirishdagi davlat mexanizmiga o’xshash amalga oshiriladi, ya’ni, birinchidan oliy ta’lim muassasasi tarkibiga yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish mujassamasi (YaO’IIM) sifatida kiruvchi tashkilot, korxona muassasa daromadidan «soliqlar» yig’ish hisobiga, bunda muayyan darajada oliy ta’lim muassasasi kapitali qatnashadi; ikkichidan, davlatga qarashli oliy ta’lim muassasasi va uning tarkibiy bo’linmalarining byudjetdan tashqari daromadning bir qismini markazlashtirish hisobiga markazlashtirilgan qismini shakllantirish uchun iqtisodiy asos bo’lib, oliy ta’lim muassasasi asosiy fondlariga amortizastiya ajratmalari, byudjetdan tashqari faoliyatiga jalb etilayotgan resurslar egasi sifatidagi oliy ta’lim muassasasining foydadagi markazlashtirilgan ulushi, shuningdek, muhtor tarkibiy bo’linmalari byudjetdan tashqari faoliyatiga markazlashgan tarzda xizmat ko’rsatish bo’yicha oliy ta’lim muassasasi nakladnoy xarajatlari (buxgalteriya, xodimlar bo’limi, byudjetdan tashqari bo’lim, ta’minot bo’limi, xo’jalik xizmati, kommunal xizmat va h.k.) hisrblanadi.
YaO’IIM ichidagi yuridik shaxslar o’rtasidagi munosabat faqat iqtisodiy o’zaro foydanli tarzda shakllanishi mumkin, lekin hamisha ma’muriy emas, balki huquqiy bo’ladi. Ma’muriyatning oliy ta’lim muassasasi ichidagi iqtisodiy siyosatda munosabatlar uchchala sub’ekti manfaatlarini hisobga olishi kerak: - davlat mulkining egasi va tekin oliy ta’lim kafolati sifatida, mustaqil, o’ziga etarli ta’minlangan o’zi rivojlanadigan muassasa sifatida oliy ta’lim muassasasi (tijoratga aloqadorsiz) va o’z ihtiyoji va manfaati bilan shaxs sifatidagi oliy ta’lim muassasasi xodimlari: iqtisodiyot ta’biri bilan aytganda, davlat, byudjetdan tashqari faoliyatidan kelgan foydaning muayyan qismini oliy ta’lim muassasasi tekin o’qitishni ta’minlashga sarflanishini talab qilish huquqiga ega; oliy ta’lim muassasasi o’z markazlashtirilgan daromad qismi hisobidan byudjet tizimini, uni saqlash va strategik rivoji uchun to’ldirishga majbub, xodimlar esa o’z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasidagi qulay infratuzilm, shu jumladan ijtimoiy ehtiyojlari uchun etarli bo’lgan mexnat haqlarini olishlari lozim. Yangicha mulkiy munosabatlar oliy ta’lim muassasasi ichidagi daromad taqsimoti mexanizmining iqtisodiy asosi hisoblanadi. Chunki uchchala sub’ekt – davlat, oliy ta’lim muassasasi, shaxs mehnat, moddiy, moddiymas resurslariga qonun bilan mustahkamlangan mulkiy huquk egasi hisoblanadi. Shunday qilib, davlat oliy ta’lim muassasasiga operativ boshqarish va muayyan maqsadlar uchun berib qo’yilgan mulk huquqiga ega: oliy ta’lim muassasasi esa byudjetdan tashqari faoliyatidan alohida balansda oliy ta’lim muassasasi mulkini jamg’aradi, oliy ta’lim muassasasi xodimlari esa o’z mexnat va intellektual mulklari, xususiy mulki huquqiga egalik qiladi, bundan tashqari o’z ishtirokida bunyod etilgan oliy ta’lim muassasasi mulkiga jamoa a’zosi sifatida muayyan munosabatda bo’ladi.
Byudjetdan tashqari faoliyat jarayonida mulkning bu munosabatlarining majmui (asosan, bular ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati va ta’lim xizmatining bir qismi) oliy ta’lim muassasasi mulkiy munosabatlari ikkinchi va uchinchi bosqichiga taalluqli. Bu munosabatlar ancha murakkab va tuzilmaviy bo’linmalar, shu jumladan, muxtorlash uchun nakladnoy xarajatlar hamda daromaddan markazlashtirilgan fondga ajratmalar belgilashda hisob-kitobni talab etadi. Bu to’lovlar majmui, ish va xizmat ko’lamining o’sishini rag’batlantiradi, muxtor bo’linmalar ishining iqtisodiy sharoitini YaO’IIM tarkibidagi tashkilot – yuridik shaxsnikidan qulayroq qiladi.
Xo’jalik shartnomasi nakladnoy xarajatlari asosidagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari ish hajmini o’sishiga munosabat, o’zgaruvchan va shartli tarzda, doimiyga bo’linadi (amalda ish xajmi o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi, masalan, amartizastiya ajratmalari, xonalarni saqlash va h.k.). Bu vaziyatlar oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatiga ITTKI ko’lami oshgani sari muxtor tarkibiy bo’linmalar uchun nakladnoy xarajatlarining stavkasini pasaytirish imkonini beradi, lekin bu pasaytirish oliy ta’lim muassasasi amaldagi xarajatlaridan oshmasligi lozim. O’z mablag’i hisobidan oliy ta’lim muassasasi tarkibiy bo’linmalari jihozlar sotib olishning o’sishi ham bu bo’linmalar uchun naladnoy xarajatlarini pasaytiradi.
Mazkur mablag’lar hisobidan ilmiy jihozlar olinadigan xo’jalik shartnomasi asosidagi ishlar bo’yicha xarajatlar tuzilmasi qo’shimcha rag’batlantirishni jalb etadi. Bu jihozlar shartnoma muddati tugagach oliy ta’lim muassasasi balansida qoladi. Xo’jalik shartnomasi bo’yicha ITTKI larda nakladnoy xarajatlari stavkasini belgilashda buni albatta hisobga olish lozim.
Markazlashtirilgan fondga daromaddan ajratmalarning miqdori ham oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati va tarkibiy bo’linmalar rahbarlari o’rtasida hisob-kitob hamda kelishuv uchun asos bo’ladi. Agar bo’linma bu daromadni oliy ta’lim muassasasi strategiyasini hisobga olib, o’ziga qayta investistiya qilsa, unda uni to’liq markazlashtirishdan ma’no yo’q. Tarkibiy bo’linmalarning oliy ta’lim muassasasiga to’lovlar majmui eng quyi chegarasi byudjetdan tashqari faoliyati jarayonida oliy ta’lim muassasasining xarajatlari miqdoridan kam bo’lishi mumkin emas, yuqori chegarasi esa, oliy ta’lim muassasasining tovar, ish xizmat bozoridagi raqobati bilan cheklanadi, chunki bu ular qiymatini oshiradi. To’lovlarning oqilona miqdorini belgilash rahbariyatdan mahorat talab etadi.
Chunki byudjetdan tashqari mablag’ davlat oliy ta’lim muassasalarini moliyalash manbalaridan birga aylanadi, bu mablag’larni hisobga olmay, umuman, oliy ta’lim muassasasi kirim va chiqimlarini rejalashtirish mumkin emas. O’z navbatida, byudjetdan tashqari mablag’larni sarflash yo’nalishini rejalashtirish oliy ta’lim muassasasi byudjet mablag’i to’g’risidagi ma’lumotsiz samarali bo’lmasligi mumkin. Oliy ta’lim muassasasi byudjet mablag’i etarli bo’lmaydi, bundan tashqari, sarflash erkinligi cheklangan. U davlat tomonidan faqat oliy ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi, talabalariga stependiya, oliy ta’lim muassasasining kommunal xizmat (issiqlik, suv, elektroenergiya, aloqa va h.k.) xarajatlariga yo’naltiriladi, ya’ni oliy ta’lim muassasasi ijtimoiy funkstiyasi beriladi, uning rivojlanishi uchun hech qanday imkon bermaydi. Boshqacha aytganda byudjetdagi pullar «tushovlangan» bo’ladi.Byudjetdan tashqari – bog’lanmagan (erkin) mablag’ strategik rivojlanish rejasini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi. Davlat oliy ta’lim muassasalari uchun boshqaruvning ikki bosqichdagi tuzilmasiga ko’ra eng samarador bo’lib, oliy ta’lim muassasasining yaxlit byudjetidan (markazlashgan qism birinchi bosqich va uning muxtor tarkibiy bo’linmasi markazlashmagan qism)dan iborat byudjettizimi hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasasi byudjet tizimi daromad mablag’lari ular tabiati (barcha bosqichdagi byudjet mablag’lari, byudjetidan tashqari mablag’)ga, kelib chiqish o’rni (muayyan tarkibiy bo’linma)ga, shuningdek byudjetdan tashqari faoliyat yo’nalish va turiga ko’ra taqsimlashni ko’zda tutadi, bu rejalashtirilayotgan tovar ishlab chiqarilishi, ish, xizmat bajarilishi uchun oliy ta’lim muassasasi talab qiladigan resurslar hisob-kitobi bilan qo’shib olib boriladi. Shunday qilib, byudjetning so’l qismi qaerda, qaysi bo’linmaga nimani hisobidan, qanday hajmda daromad qismi shakllanishini yaqqol ko’rsatadi. Byudjetning o’ng qismi aslida oliy ta’lim muassasasini saqlash va rivojlantirish strategik rejasini aks ettiradi, muayyan topshiriqlar, rejaning maqsadli dasturi qaysi bosqichda (oliy ta’lim muassasasi markazida yoki uning tarkibiy bo’linmasida) amalga oshishini va buning uchun qanday pul resurslari ajratilishini ko’rsatadi. Oliy ta’lim muassasasi kirim chiqimlari bir jinsli belgi- xo’jalik yoki ishlab chiqarish (masalan, kapital qo’yilma, ish haqi va h.k.) hamda maqsadli tayinlov (o’quv, ilmiy ijtimoiy programma) bo’yicha guruhlanadi.
Oliy ta’lim muassasasi byudjet tizimini ishlab chiqarish va amalga oshirish oshkora, maslahatlashuv asosida bo’lishi va shu tarzda ovoz berishning demokratik usuli bilan qaror qabulqilishni ko’zda tutadi. Vaqti vaqti bilan nazorat o’tkazish, hisob berish oliy ta’lim muassasasi resurslaridan samarali foydalanishni oshiradi va daromadlarni taqsimlashda kelishmrvchiliklar kelib chiqishini oldini oladi. Oliy ta’lim muassasasi byudjet tizimini rejalashtirish jarayonida oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari erkin mablag’i muhim o’rin tutadi. U davlat oliy ta’lim muassasasiga moliya oqimi yo’nalishida amalda ta’sir etishga imkon beradi. Byudjetni rejalashtirishning boshqa o’ziga hos tomoni – faoliyatning muayyan yo’nalishi bo’yicha byudjetdan tashqari daromadning maqsadli yo’nalishi: masalan, ijaradan keladigan daromad ma’muriy-xo’jaliy ishlari bo’yicha prorektor tasarrufiga kelib tushadi va oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika negizini saqlash uchun sarf qilinadi: xo’jalik shartnomasi asosida ITTKIdan kelgan daromad II bo’yicha prorektor tasarrufiga tushadi va maqsadli programmalarga sarflanadi.
Strategik rejalarni moliyaviy ta’minlash, ya’ni o’z maqsadini ishlab chiqarish, o’z vazifasini ado etishni amalga oshirishga olib keluvchi xarakatlar va qarorlar majmui oliy ta’lim muassasasi byudjet tizimi (daromad va xarajat yagona ro’yhati)ni ishlab chiqarishda markaziy vazifa hisoblanadi. Strategik rejalash – oliy ta’lim muassasasi kelajagini strategik oldindan ko’ra bilish, tashqi muhitga moslashish, oliy ta’lim muassasasi ichki tashkil etilishi. Resurslarning yo’nalishi qisqa muddatli tadbirlar yoki strategik rejani amalga oshirish yo’nalishi belgilar ekan oliy ta’lim muassasasi byudjet tizimida har qanday holda ham quyidagilar ko’zda tutiladi:
moliyalash manbaini oshirish va rejalashtirish (diversifikastiya);
mavjud resurslardan yanada samarali foydalanish, joriy xarajatlar tuzilmasini takomillashtirish;
resurslarni ham qisqa muddatli yuqori foyda keltiruvchi loyihalarga, ham uzoq muddatli strategik programmalarga investistiyalash;
oliy ta’lim sarflarini ularni qisqartirish va resurslarni tejash hisobiga kamaytirish;
samaradorlikni hisoblashda tashqi omillardan foydalanish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida moliyani malakali boshqarish moliyaviy menejment oliy ta’lim muassasasi uchun tobora axamiyatliroq bo’lib bormoqda. Chunki byudjetdan tashqari moliya unalishlari haqidagi strategik qaror qayta investistiyalash xususidagi qaror, ya’ni moddiy texnik negizni intensiv rivojlantirish va oliy ta’lim istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha ilmiy pedagogik xodimlar tayyorlash oliy ta’lim muassasasida bozor talabiga ega bir qator ixtisosliklar ochish imkonini beradi, bu o’z navabatida oliy ta’lim muassasasi daromadlarini oshiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida oliy ta’lim muassasasi resurslarini boshqarish – murakkab vazifa. U oliy ta’lim muassasasi aktivlari ko’rsatkichlari va baholash tamoyillarini ishlab chiqishni, ularni inventarizastiyalash, moddiy texnika negizini aniq tasavvur etish, oliy o’quv yurt resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish talab etadi. Faqat, davlat tashqi soliq siyosatini hisobga olib byudjetdan tashqari faoliyat yo’nalishlari va turlari majmuini boshqarib hamda ular bo’yicha oliy ta’lim muassasasining cheklangan resurslarini samarali taqsimlab, shuningdek, rag’batlantiruvchi ish hajmini va markazlashtirilgan fondga qayta investistiyalash ichki to’lovlar miqdorini belgilab, oliy ta’lim muassasasi o’zi tanlagan strategik rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo’ladi.
Bu hol ta’lim darajasini oshiradi deb faraz qilinadi, chunki talabalar universitetlarga ancha yuqori talablar qo’yadi, oliy ta’lim muassasalari esa o’z navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi. Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o’z ish haqlari oshishini kutishlari mumkin, butun bunyoda ular ta’lim xarajatlarini moliyalash adolatli va oqilona deb hisoblaydi. O’rtacha olganda mehnatning ancha yuqori samaradorligini va umuman aholi daromadi ancha yuqori bo’lishini ta’minlovchi mehnat resurslari ta’lim xarajatlari bir qismini xukumat moliyalashi foydasiga ishonchli dalildir. Amaldagi bahslar xukumat va talabalar (ular ota-onalari)ning adolatli nisbati xususida boradi. Ko’pincha g’arb mamlakatlarida bu nisbatdagi ulush hozirgi vaqtda talabalar hisobidan moliyalashni oshirish, hukumat hisobidan kamaytirish tomon o’zgarmoqda. Shunday qilib talabalarni yangi tartibda byudjetdan moliyalash holati yuzaga kelmoqda, bu o’z navbatida ta’lim xarajatlarini tobora katta qismini byudjetdan qoplashga olib keladi.
Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya universitatlarida ta’lim daromadlari manbalarining tuzilishi (%da)
№
|
Manba nomlari
|
Buyuk Britaniya
|
AQSh
|
Franstiya
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
Davlat harajatlari jami: shu jumladan
Markazlartirilgan
lavozim harajatlari mahalliy
|
85,5
84,0
-
1,5
|
51,1
16,5
30,5
4,0
|
99,0
96,2
-
2,8
|
2
|
hususiy kompaniyalar va hayriya tashkilotlarning xarajatlari
|
2,5
|
6,9
|
-
|
3
|
O’quvchilarning o’z xarajati
|
8,0
|
20,3
|
1,0
|
4
|
OTMlarning o’z xarajati
|
-
|
11,4
|
-
|
5
|
Boshqa manbalar
|
4,0
|
10,4
|
-
|
Ba’zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish tizimi rivojlanmoqda. Talabalar uchun moliyalash vaziyatining keskinlashuvi oxir oqibatda, ular o’z ta’lim olishlari uchun sarflarning bir qismini o’z ish haqlari hisobidan koplashga intilmoqdalar. Bu o’z navbatida ta’lim muddati oshishiga va ta’limning ancha moslashuvchan modeliga talabni o’sishiga ta’sir etmoqda. Biroq talabalardan olinadigan haq ta’lim muassasalarida, 20%ni qoplamoqda (xususiylarda – 35%). Xarajatlarning qolgan qismi boshqa davlat va xususiy manbalardan qoplanadi. Ko’pchilik mamlakatlarda oliy ta’lim muassasasini davlat moliyalashdagi byudjet taqchilligi yildan yilga saqlanib kelmoqda. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalariga moliyalashning qo’shimcha manbalarini izlab topish huquqi berilmoqda va bunga ularga har tomonlama yordam ko’rsatilmoqda.
Tijorat faoliyati turli shakllarda amalga oshirilmoqda:
universitet maydonlari va jihozlaridan konferenstiya va boshqa jamoatchilik tadbirlari o’tkazishda foydalanish;
oliy ta’lim muassasalariga qarashli erlarga, oliy ta’lim muassasalaridan yoki ularga xizmat ko’rsatishda foydalanuvchi firmalar tuzish;
oliy ta’lim muassasa mutaxassislarini tijorat kompaniyalariga konsultastiyalar o’tishi;
aholiga qo’shimcha ta’lim xizmat ko’rsatish;
buyurtma ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqalarni bajarish;
Buxgalteriya va soliq hisobotlari qonuniyligini ta’minlash uchun, oliy
mauassasalariga tegishli tijorat firmalarida shunday ish olib borilmoqda va olingan foyda oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga tushmoqda. Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizim barpo qilish yo’lida amaliy murakkabliklar yuzaga kelmoqda, masalan, oliy ta’lim muassasalari va firmalar o’rtasidagi daromadni taqsimlash. Ma’lumki, agar universitet barcha daromadni olib qo’ysa, bunday dargohda hech kim firma ochmaydi. Tijorat faoliyatidan kelgan daromad qayta investistiyalansa, soliq imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlari va professorlar qo’shimcha lavozimini jalb etmay oliy ta’lim muassasiga talabalar qabul qilish miqdorini oshirish oliy ta’lim muassasasi samarasini oshirishning eng oson yo’li. Bunday usuldan 70-80 yillarda Germaniya va Buyuk Britaniyada keng foydalaniladi. Bu o’zini oqlagan bo’ladi, qochonki, safarbar etilgan oliy ta’lim muassasasi xodimlar tomonidan qo’llab-quvvatlansa. Biroq, ko’pchilik universitetlarda o’qituvchi-professor tarkibi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi, ular ko’pgina tadqiqot institutlarida band, shu tufayli mazkur usul o’z imkonini tugatadi. Ob’ektiv sabablarga ko’ra universitet boshqa vazifasini cheklamay turib, o’qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas; talabalar soni faqat qo’shimcha resurslar hisobiga oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun, masalan Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda ta’lim tizimi juda qimmat usul-mutlaqo yangi institut (universitet)lar bunyod etish yo’li bilan kengaytirilgan.
Ancha keyinroq e’tibor mutaxasislarni quyidagicha usulda tayyorlashni ko’paytirishga qaratiladi:
kurslar muddatini qisqartirish;
yozda o’qitishni ham qo’shganda akademik yilni cho’zish;
kechki o’quv shaklidan keng foydalanish;
katta guruhlardagi talabalarga ma’ruza o’qish (etarli hajmdagi joysiz bu mumkin emas) va bunga qo’shimchasi sifatida kompyuterlarda o’qitishdan foydalanish, bu ko’p miqdordagi o’qituvchilarni talab etmaydi;
sirtqi ta’lim shaklidan keng foydalanish.
Bu tadbirlarning ko’pligi hali ko’rib chiqish yoki joriy etish arafasida,
lekin ularga xizmat ko’rsatish omilining mavjudligi G’arbda rasmiy fikrning rivojlanish yo’nalishini ko’rsatadi. Shubha yo’qki, mavjud yondashishlar ba’zilaridan boshqa yaqin kelajakda foydalanadilar.
Shunisi yaqqol ayonki, etarli resurslarsiz samaradorlikni oshirish uchun tazyiq o’tkazish, shunga olib kelishi mumkin, oqibatda ham ta’lim sifati, ham tadqiqotchilar faoliyati oliy ta’lim muassasalarida juda pasayib ketadi. Mana shuninng uchun samaradorlik jadal sur’atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda vaqti vaqti bilan ta’lim va ilmiy jarayonning sifatini baholab berishga qilinadi.
Masalan, Buyuk Britaniyada, shunday baholash natijasida faqat oliy ta’lim muassasalariga o’z faoliyatini qanday yaxshilash to’g’risida tavsiyalar berilibgina qolmay, balki byudjetda ham ayrim o’zgarishlar qilinadi. Xususan, bu mamlaktda muntazam ravishda barcha oliy ta’lim muassasalarni reyting baholash o’tkaziladi va bu toifadagi universitetlar guruhini milliy tenglashtirish jadvali nashr etiladi. Yuqori reytingli yoki ta’lim sifati uchun yuqori bal olgan oliy ta’lim muassasasi qo’shimcha mablag’ oladi.
Yaponiya tajribasiga nazar tashlaylik. Bunda byudjet mablag’ini qattiq tejalishiga ko’zimiz tushadi. Ta’lim tizimi mamlakat byudjeti majmui uchun nisbatan arzon tushadi: yapon hukumati yalpi milliy mahsulotning 5,5-6,0 % ni ta’limga sarflaydi, bu raqam AQShda 7,1 % ni, Buyuk Britaniyada7,7 % ni tashkil etadi. Shunga qaramay yapon o’qituvchilari va talabalari ko’p ko’rsatkichlar bo’yicha (ta’lim olishga taalluqli) boshqa mamlakatlardagi o’z tengdoshlaridan ustunlik qiladilar. Yaponiya ta’lim tizimining asosiy afzalligi iqtisodga-institustional o’ziga xoslikka bog’liq. Davlat va xususiy sho’’ba nisbati va ta’lim muassasalarini moliyalash o’ziga xos tarzda. Davlatga aloqadorsiz sho’’baning ahamiyati boshlang’ich ta’limdan oliysiga tomon oshib boradi.
Yaponiyadagi oliy ta’lim eltar bo’lib, barcha xohlovchilar ham o’qiy olmaydi. U ham davlat, ham xususiy oliy ta’lim muassasalariga tayanadi. Yapon hukumati ta’limni oliy maktab tizimiga qoldirgan: davlat universitetlari asosan tabiiy fanlar, injenerlik fanlari asosida mutaxasislar tayyorlash bilan shug’ullanadi; davlatga aloqadorsiz universitetlar, odatda, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy ixtisosliklar bo’yicha mutaxasis tayyorlaydi. Dalat ko’proq mablag’ talab etadigan ixtisoslik olishni ta’minlaydi. (Ma’lumki, zamonaviy muhandis tayyorlash, aytaylik yurist yoki buxgalter tayyorlashdan qimmatga tushadi). Shunday qilib, ta’lim tizimi o’zini ta’lim sohasidagi bozorning imkonsizligidan muhofaza qiladi. Xususiy ta’lim muassasalari ko’p mablag’ talab etuvchi nazariy fanlar bilan bog’liq ixtisoslikka ega bo’lishga sharoit yaratmasligi mumkin, bunga boshlang’ich sarflarning to’ldirmasligi holati sabab bo’lishi mumkin.
Davlat ta’lim standartlarini davlatga aloqadorsiz sho’’ba sarfi minimal darajada bo’ladigan qilib belgilaydi. Bu ta’lim to’lanadigan haqning pasayishiga, davlatga aloqadorsiz ta’limga talab oshishiga, buning davlatga aloqadormas universitetlar ko’payishiga olib keladi. Bunga dotastiya siyosati ham ko’mak beradi, shuningdek qimmat tushmaydigan ixtisoslikda o’qitishga listenziya berish siyosati, o’qituvchilar malakasiga qo’yiladigan talabning yuqori emasligi ham yordam beradi, bular hammasi oqibatda ish haqini tejash, bitta o’qituvchiga to’g’ri keladigan talabalar miqdori oshishiga imkon beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o’z muvaffaqiyati uchun yapon ta’lim tizimi sezilarli darajada ham boshqaruv tizimidagi, ham davlatga qarashli bo’lgan va bo’lmagan ta’lim muassasalarida menejment madaniyati yuqoriligidan minnatdor bo’lsa arziydi.
Oliy ta’lim muassasalarini moliyalash manbalari (davlat va xususiy
manbalar) qaytib konsurstium, oliy ta’limni tadqiq, etuvchilar va YuNESKO-
ning oliy ta’lim bo’yicha Evropa markazi (SEPES) fikrini kiritish o’rinlidir. Ular aralash moliyalash sof davlat yoki sof xususiy moliyalashdan afzaldir, bunda aralash moliyalash ham davlat, ham xususiy ta’lim muassasalari uchun ma’qul keladi degan fikrga keldilar. AQShdagi oliy ta’lim muassasalarni moliyalash tizimi bu borada ancha e’tiborga molikdir.
Tarixdan shunday bo’ldiki, birinchidan amerika kollejlari xususiy korporastiyalar edi, ular o’z siyosati o’z standartlari va tartib-qoidalarini davlatdan xoli tarzda ishlab chiqqanlar. Lekin urushdan keyingi davrda davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar soni ko’paydi. Agar 1950 y. barcha talabaning 49 % i xususiy kollej va universitetlarda ta’lim olgan bo’lsa, keyingi davlat mahalliy kollejlarning tarmog’i kengaygach, nisbatan o’zgardi: davlat oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar hissasi 78 % dan oshdi.
Oliy ma’lumot olganlik haqida diplom beruvchi AQSh ning 3500 oliy ta’lim muassasi yarmidan ko’pi xususiy korporastiya. Bular bo’yicha ma’suliyat mashhur sobiq bitiruvchilar va boshqa xususiy shaxslardan iborat murabbiylar zimmasiga yuklangan, ular filantropik yordam ko’rsatadilar. AQShdagi ko’pgina mashhur universitetlar-Garvard, Stenford, Yelse, Chikago universitetlari va ko’pgina nufuzli kollejlar-Anxerst, Uilyams, Charlston kollejlari xususiy sho’’baga qarashli bo’lib, sezilarli darajada hayriyalarni oladilar va yuqori mavqega egadir. Bu hol ularga ta’lim uchun yuqori xaq olish va yig’imlarga (90-yillar boshida 20 ming dollardan yuqori) ega bo’lish imkonini beradi.
Keyingi o’n yillikda AQShda xususiy oliy ta’lim muassasalarining soni davlatnikiga qaraganda ancha tez o’sdi, lekin unda tahsil oluvchi talabalar soni, birinchi galda, haq to’lash yuqoriligi va shunday diplomni davlat ta’lim muassasasida olish mumkinligi tufayli muntazam qisqarmoqda. Bundan tashqari AQSh xususiy oliy ta’lim muassasalari o’z xajmiga ko’ra davlatga qarashlilarnikidan ancha kichik. Amerika oliy ta’lim muassasalarini moliyalash besh manbadan amalga oshiriladi:
federal byudjet va mahalliy hukumat byudjetidan ajratilgan mablag’lar;
talabalarning ta’lim va xizmat uchun to’lovlar;
oliy ta’lim muassasasining o’z faoliyatidan kelgan daromadlar;
filantropik tashkilotlar va xususiy shaxslar xayriyalari;
xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus fondlardagi jamg’armalardan foizlar.
Oliy ta’limga davlat yordami o’rtacha 40-45%ni (oliy ta’lim muassasi umumiy daromadida) tashkil etadi va kuyidagicha taqsimlanadi: federal hukumat byudjetidan – 10-15%, shtatlar byudjetidan – 20-30% va hokimiyat mahalliy byudjetidan – 2-5%. Federal yordam, amerikalik mutaxassaslar xulosasiga ko’ra, aslida foyda tufayli emas, balki zarurat tufayli shakllangan va hozirgi miqdoriga etgan, chunki bevosita ta’lim milliy manfaatlarga xizmat qiladi, milliy qariyatning muhim unsuri hisrblanadi. Oliy ta’lim davlat yoki xususiy sho’’basining ko’p yoki kam samaradorligi xususida bir xil ma’lumot yoki da’volarning o’zi uchramaydi. hususiy ta’lim muassasalari ko’p mamlakatlarda ham nisbatan davlat ta’lim tizimi ustun mamlakatlar natijasiga o’xshash natija ko’rsatadilar, xususiy ta’limning ancha keng tarqalgan na iqtisodda, na ta’lim sohasida ancha qanoatlanarlik natijasiga olib kelmaydi. Ta’limning ijobiy natijalari, odatda, tashkil etish omiliga bog’liq. Muammo xususiy sho’’banin davlatning oliy ta’lim boshqarish tizimiga joriy etish dinamikasiga va o’z demokratiy tavsifini yo’qotmasligiga erisha olishidir.
Shunday qilib, mumtoz universitetlar rivoji umujahon unalishi so’nggi o’n yilliklarda ta’lim iqtisodda, qo’yidagi umumiyyo’nalishi so’nggi o’n yilliklarda ta’lim iqtisodiyotida, quyidagi umumiy yo’nalishni ta’kidlashga imkon beradi:
Evropa ko’pchilik mamlakatlarida keyingi qator yillarda oliy ta’limni
moliyalashda, nisbatan, ba’zi bir joylarda mutloq pasayish yuz berdi. Bu Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi ba’zi umumiy iqtisodiy pasayish bilan bog’liq. Jahonning yirik universitetlari faqat ijtimoiy sohada emas, balki o’z professorlarini xizmat safariga yuborish, chetdan taklif etishda ham tejamkorlik qilmoqdalar. Masalan: Germaniyaning faxri bo’lmish Geydelberg univesiteti barcha o’quv-ilmiy laboratoriyalarida har bir laboratoriya universitetga qancha mablag’ keltirishini muntazam tahlil etib boradi, o’zini oqlamagan laboratoriyalar yopiladi.
Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari davlat moliyalaydigan Ukuv-ilmiy va madaniy markazdan, tobora, korxonaga hos xususiyatlarga ega bozor iqtisodiyotining iqtisodiy sub’ektiga aylanmoqda; tarkaibiy bo’linmalar samaradorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash o’tkazilmoqda. Ta’limning turli shakllari bo’yicha mutaxassislar tayorlash tarmog’i tadqiq etilmoqda, ta’lim uchun tabaqalashgan haq to’lash usuli ko’rib chiqilmoqda.
Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalari taklif etayotgan ta’lim xizmati keskin oshadi, shu jumladan oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim doirasida. Bu jarayonni yuqori malakali mutaxassislarga talabi oshgan davlat ham, o’z xodimlari malakasi oshirishdan manfaatdor davlatga aloqadorsiz sho’’ba ham qo’llab-quvvatlanmoqda. Oliy ta’lim muassasalar, shu jumladan iqtisodiylari ham, qo’shimcha ta’lim xizmati ko’rsatishdan manfaatdordirlar. AQShda, masalan, diplom olgandan keyingi va qo’shimcha ta’lim xizmati ko’rsatishdan balavriatdagi ta’limdagidan ko’ra ko’proq mablag’ga ega bo’linadi.
Oliy ta’lim muassasasining, o’zlari davlat moliyalashiga kamroq muhtoj bo’layotganlari, ko’proq xususiy ishlari evaziga mablag’ topishlari tufayli muxtor bo’lishiga intilishlari davlat tomonidan oshib borayotgan nazorat bilan muntazam nazorat tartibi barpo etilmoqda. AQShda, masalan, turli akkreditastiya agentliklarining (kasbiy yoki xududiy), ishi rag’batlantirilmoqda. Franstiyada ta’limning baholash bo’yicha maxsus milliy qo’mita tuzildi.
9- ma’ruza: Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati
Reja:
1.Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati.
2. YUNESKO tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati.
3. YUNISEF, MOT (XMT) xalqaro tashkilotlarining vazifalari va ta’lim-tarbiya jarayonlari yuksalishidagi o’rni.
4. AQSH ning TINCHLIK korpusi va uning ish faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |