Glossariy jismoniy kamolot



Download 20,03 Kb.
bet3/4
Sana16.04.2022
Hajmi20,03 Kb.
#556616
1   2   3   4
Bog'liq
glossariy

«Jismoniy kamolot» - bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat qilishga tayyor bo’lib turishini tarixiy vujudga kelgan darajasi bo’lib, ishlab chiqarish harbiy turmush sharoitiga eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini va hayotiy muhim funktsiyalarning normal o’sishini ta’minlaydi. 

«Jismoniy kamolot» - to’liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt faol hayotiy va boshqa bir qancha ko’rsatkichlar - har qanday tashqi muxit sharoitida jismoniy va aqliy ish qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada jismoniy va irodaviy sifatlarni, katta masshtabdagi harakat ko’nikmalarini va tana shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir.
Jismoniy tayyorgarlik - sog’liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o’z ichiga oldi. Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullangan va shug’ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shugullangan o’kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo’ladi.

Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya naza-riyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo’lib, yangidan ajralib chiqqan fandir.


Sport nazariyasi fani sport mashg’ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati h’amda unga tasir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o’rganadi.
Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport h’arakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg’ulotlari tizimi, sport ko’rsat-kichlari, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, sport nazariyasi o’rgana-digan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi.
Sport - qisqa ma`noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma`noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik h’amda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Sport musobaqalari - ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurentsiyalarni o’ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imko-niyatlarini anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport maxoratini takomillash-tirish, jismoniy madaniyat va sportni targ’ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, h’akamlar faoliyatiga ob`ektiv baxo berishdir.
Sport h’arakati - ijtimoiy h’arakatning maxsus shakli bo’lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol h’imoyachilarini tayyorlaydi. O’zbekistonda sport h’arakati - g’oyaviy kurashning kerakli soh’asi bo’lib, ommaga tasir ko’rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonla-ridan biridir. Sport h’arakati tarixan quyi-dagi shakl-larni: ommaviy, h’avaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.
Sport faoliyati - h’arakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo’lib, inson faoliyati jarayonining ko’p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivoj-lanishi h’amda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo’linadi.
İnsonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog’liq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, ko’nikma, malakalarni yuqori sport ko’rsatkichlari) tomoni mavjud.
Funktsional atamalar guruh’iga tayanch bo’lib, sport tayyorgarligi va sport mashg’ulotlari atamalari kiradi.
Sport tayyorgarligi – sportchilar mashg’ulotini qamrab oluvchi, ko’p omilli jarayon bo’lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg’ulot jarayonini va musoba-qani tashkil qilish, mashg’ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashg’uloti o’qish va dam olish bilan qo’shib olib borishini h’isobga oladi.
Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyor-garligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi.
Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni taminlash, shuningdek sportchini tayyor-lashni amaliy faoliyatidir.
Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo’lib, bir guruh’ mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi.
Sport mashg’ulotlari – bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashg’ulotlari maxsus jarayonni o’z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo’yicha, sportchini yuqori ko’rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
sport mashg’ulotlari pedagogik xodisa bo’lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo’nalti-rilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
Sport mashg’ulotlari” atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi h’am qo’llaniladi.
Sportchini tayyorlash” – kengroq tushuncha bo’lib, u sportda yuksak ko’rsatkichlarga erishishga tayyor bo’lishi va uni amalga oshira borishni taminlovchi barcha vosita-lardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Umuman sport mashg’uloti sportchini tayyorlashda biologik va psixologik o’zgarishlarining murakkab majmuasini yuzaga keltirib, natijada “mashq bilan chiniqqanlik”, “tayyorgarlik”, “sport formasida bo’lishlik” darajasini yaxshilanishiga olib keladi. “Mashq bilan chiniqqanlik” tushunchasi odatda mashg’ulot tasiri ostida sportchi organizmida sodir bo’ladigan h’amda uning ish qobiliyatini ortishida o’z ifodasini topadigan biologik (funktsional va morfologik) moslashuv o’zgarishlari ma`nosida anglanadi. Bular: umumiy va maxsus turga bo’linadi.
Mashq bilan chiniqqanlik” – mashg’ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
Tayyorgarlik darajasi” – atamasi, “mashq bilan chiniq-qanlik” atamasidan kengroq bo’lib, tayyorgarlikni qaysi darajada, ekanligini ko’rsatadi.
Sport mashg’ulotlari tizimi” – bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslub-lari va sport ko’rsatkichini, shuningdek mashg’ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliya-tini bir butunligidir.
Sport ko’rsatkichlari” - bu sport mah’orati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini ko’rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq h’olda, tayyorlash tizimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport ko’rsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi. Yuqori sport ko’rsatkichi bo’lib, shu sport turida, maksimal imkoniyatlardan foydalanilganini ko’rsatadi.
Sport natijalari” - sportdagi son va sifat darajasini ko’rsatkichidir.
Sportchining tasnifi” - sportchini barqaror tas-nifi bo’lib, ma`lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
O’zbekiston Respublikasida “yagona sport tasnifi” mavjud bo’lib h’ar to’rt yilda o’zgarib turadi. Sportni ijtimoiy xodisa sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifat-larini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma`naviy kamolatiga h’am kuchli tasir ko’rsatadi. Mazkur xususiyati jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir. İnsonning ijtimoiy ongini rivoj topganligi jismoniy madaniyatni vujudga kelishidagi sub`ektiv omili deb h’isoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, fan sifatida, insonning jismoniy tarbiya va sport bo’yicha jamiyatda ko’rsatgan faoliyatini, yangi shaxsning mazkur faoliyat davomida, qonuniy tarzda shakllanishi va jismonan komil inson bo’lib etishishini o’rganadi va tadbiq qiladi.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning oqibatlaridan samarali ravishda manfaatdordir deb h’isoblaydi (O.A.Milshteyn ).
Bu oqibatlar majmui, sport bilan shug’ullangan h’ar bir jamoa azosi, h’ar bir ijtimoiy gurux uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:
- ah’olini barcha ijtimoiy guruh’ va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining ijtimoiy tasiri;
- jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat samaradorligi;
- h’ar bir jamiyat azosining ruh’an va jismonan sog’lom bo’lishiga, uning ijodkor shaxs sifatida h’ar tomonlama kamol topishiga, uning meh’nat faoliyati, ijtimoiy siyosiy h’arakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, h’ayotda tutgan o’rniga sportning tarbiya, talim va sog’lomlash-tirishga qaratilgan tasirining amaliy natijasi;
- mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam olishning ommaviyligi;
- ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilishning samaradorligi;
-xalqaro sport h’arakatlari va olimpiya o’yinlarining rivojlanishiga, turli mamlakat xalqlari o’rtasida tinchlik – totuvlik va h’amkorlikning rivojlanishiga, keskinlikni yumshatishga qo’shgan h’issasining samaradorligiga bog’liq-dir.
Sport h’amisha jamiyat oldida, bir qator muh’im vazifalarni bajarib kelgan h’ozirgi kunda vazifalar bundan h’am ko’paya boradi.
Sport shaxsning h’ar tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda tasir ko’rsatadi, h’ayotiy ko’nikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi, ma`naviy, axloqiy va aqliy o’sishga, shaxsning mardlik, iroda, ruh’iy tetiklik kabi xususiyatlarini chiniqtirishga ko’maklashadi, insonlarda o’zaro h’urmat, do’stlik-inoqlik h’issiyotlarini tarbiyalaydi, o’zaro yordam, oliyjanoblik, h’alollik, baynalminallik ruh’i va boshqalar sportning eng muh’im fazilati h’isoblanadi.
Sport ko’ngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sog’lomlashtirish vazifasini bajaradi, uning sog’lomlash-tirish turlari, dam olish, jo’shqin xordiq chiqarishga qaratilgan bo’lib, sog’lom h’ayotning asosi bo’lib, h’isoblanadi.

Download 20,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish