14. “Kompleks son” atamasini XVIII asrda F.Gauss kiritgan.
15. “Koeffisient” atamasi “coefficiens” so’zidan olingan bulib, ko’maklashuvchi,
degan ma'nolarni bildiradi. Bu termini XVI asr oxirida Fransua Viyet kiritgan.
16. Klassifikatsiya – lotincha “classis” va “facio” so’zlarining birikmasidan tashkil
topgan bo’lib, o’zbek tilida sinflarga bo’lish, ajratish ma’nosini anglatadi.
17. Komponent – lotincha “componentis” so’zi bo’lib, o’zbek tilida tarkibi ma'nosini
bildiradi.
18. Koordinatalar – lotincha “coordinatus” so’zi bo’lib, o’zbekcha tarkiblashgan
ma’nosini anglatadi.
19. Logika - grekcha “logos” so’zidan olingan bulib, “fikr”, “so’z”, ibora”,”tushincha”
degan ma'nolarni bildiradi.
20. Matematika atamasi grekcha “mahtema” so’zidan olingan va o’zbekcha fan, bilim ma’nosini anglatadi. Buni Pifagor kiritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |