Sivilizatsiya- Sivilizatsiya-Civilization
Sivilizatsiya – (lotincha “Civilis” fuqaroviy, ijtimoiy,
ya’ni xarbiylar va dindorlar xukmronligisiz) jamiyatning o‘z taraqqiyoti jarayonida yaratgan
moddiy va ma’naviy boyliklarni xamda ularni yanada ko‘paytirib, takomillashtirib borish
usullarining majmui.
Sivilizatsiyaning tarixiy urushlar va diniy jaxolatlar astllika qarshi, dunyoviy jamiyat uchun
kurash tarixidir.
Shovinizm- Shovinizm- Chauvinism
Shovinizm – (fransuzcha “CHauvinisme” – ashaddiy
millatchilik, milliy ustunlik g‘oyasi va siyosatning ifodasi.
XIX asrning boshlarida Fransiyada paydo bo‘lgan shovinizm atamasi oddiy askar N.
SHavenning nomidan kelib chiqqan. Endilikda milliy ekstremizmning namoyon bo‘lishi
ma’nosida xam ishlatilmoqda.
Buyuk davlatchilik shovinizmni muayyan siyosiy kuchlarning, ko‘pmillatlik davlatlardagi
etakchi millatlarning boshqa millatlarga nisbatan afzalligi ustuvorligi g‘oyasi asosida
mafkuraviy, siyosiy va iqtisodiy xukmronligini anglatadi.
Ma’rifat (rus.- prosvetlenie; ing.-enlightenment) – ta’lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy,
diniy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko‘paytirib hamda takomillashtirib borish
usullarining majmui.
Ekstrimizm (rus.- ekstremizm; ing.-extremism) – o‘z maqsadi yo‘lida har qanday keskin
tadbir-choralar qurishga tarafdorlik.
Siyosiy jarayonlar (rus.- politicheskie protsessы; ing.-political processes) – turli siyosiy
institutlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar individlar munosabati sifatida namoyon bo‘ladi.
Siyosiy tizim (rus.- politicheskaya sistema; ing.-politic system) jamiyatda davlat hokimiyati
va boshqaruvni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar harakatlarida o‘z
ifodasini topadi. Siyosiy tashkilotlar (rus.- politicheskie organizatsii; ing.- political
organizations) – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari,
maqsadlarini ifoda etadi.
Totalitarizm (rus.- totalitarizm; ing.- totalitarianism) – yalpi, chek-chegara bilmas nazariy va
zo‘ravonlik, gorizontal tuzilmalarning tuzilishi.
Avtoritarizm (rus.- avtoritarizm; ing.- authoritarianism) – ijtimoiy hayot sohalarida nazorat
qilinmaydigan hokimiyatning paydo bo‘lishi, tobelik va huquqsizlik.
Zamonaviy model (rus.- sovremennaya model; ing.- modern model) – ya’ni, “O‘zbek
modeli” – Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi besh tamoyil tushuniladi.
Siyosiy hokimiyat (rus.- politicheskaya vlast; ing.- political power) – keng ma’noli va ko‘p
qirrali tushuncha bo‘lib, jamiyatga xos bo‘lgan siyosiy boshqoruv ya’ni siyosiy xukumronlik.
Siyosiy hayot (rus.- politicheskoy jizni; ing.- rolitical life) – siyosiy hayot ijtimoiy
jarayonlarning ta’sirida davlat boshqaruvi va uning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.