Parlament-Parlament-Parliament Parlament – (fransuzcha “parler” – so‘zlamoq; Parlament
rasmiy so‘zlashish joyi, notiklik koshonasi, suxandonxona). Davlatning qonun chiqaruvchi oliy
organi. Parlament birinchi bor XXII asrda Angliyada davlat xokimiyatining vakillik organi
sifatida vujudga kelib, XVII-XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarga etildi. Parlament davlatdagi
aniq vaziyatga qarab bir palatali yoki ikki palatali bo‘lishi mumkin. Parlament Fransiyada senat
va milliy assembleyadan, Angliyada lordlar palatasi va jamoalar palatasi, AQSH da senat va
vakillar palatasidan iborat.
Parlament qonun chiqaruvchi xokimiyatni amalga oshiradi. U qonun bo‘yicha belgilangan
sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, xududiy saylov okruglari bo‘yicha, odatda ko‘ppartiyaviylik
asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |