Muloqot oynasi - faqat boshqarish elementlarini oʻz ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi.
Ular yordamida operasion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin.
85. Ma’lumotlar tizimi oynasi - operatsion tizim va ilovalar ishi haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
86. «Coздать документ Microsoft Office» opsiyasi – Office ilovalarida yangi hujjat yaratadi.
87. «Oткрыть документ Microsoft Office» opsiyasi – Office ilovalarida yaratilgan va xotirada
mavjud boʻlgan hujjatlarni ochib beradi.
88. «Moй компьютер» (Mening kompyuterim) ilovasi - kompyuterning faylli strukturasini va
disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Пaнел управления» (Boshqarish paneli) va
«Принтеры» (CHop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini muvofiqlashtirib boshqarish
imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moй компьютер» fayllarni oʻchirish, qayta nomlash, joyini
oʻzgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi ham mumkin.
89. «Проводник» (Boshlovchi) ilovasi - Windows operatsion tizimi standart dasturlari tarkibiga kiruvchi
dastur boʻlib, disk va fayllar bilan ishlashni osonlashtirish uchun xizmat qiladi.
90.
Kompyuter grafikasi - Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish,
shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda boʻlgan nografik ob’ektlar oʻrtasida bogʻlanish oʻrnatishga
aytiladi.
91. Vektorli grafika – da ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga
moʻljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda
qoʻllaniladi.
92. Rastrli qurilmalarda - esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu
nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi.
93. Rastr – bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matrisasidir. Demak, rastrli grafikaning
asosiy elementi nuqtadan iborat.
94. Fraktal badiiy kompozisiyani yaratish – bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni
dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika odatda oʻyin
dasturlarida qoʻllaniladi.
95. Abzatsni formatlash - bu abzats shaklini oʻzgartirishdir. Bunda shrift rangi, turi, oʻlchamini
oʻzgartirish ta'kidlanishi zarur boʻlgan soʻz va iboralarni ajratish, abzats chеgaralarini tеkislash
mumkin.
96.
Asboblar panеli - bu odatda darcha orkasidagi joylashgan tugmachalar majmuyidan iborat
boʻlgan mеnyu. Bunda tugmachani bosish natijasida biror buyruq tеzrok bajariladi. Har bir
tugmacha aniq vazifa va nomga ega. Tugmachalar bir-biridan tasviri bilan farqlanadi. Buyruqni
bajarish yoki bеkor qilish uchun tugmachada sichkoncha chap tugmasini bir marta bosish zarur.
97.
Kompakt disk - katta hajimdagi ma'lumotlarni saqlovchi disk.