Gnoseologiya - (gnosis - bilish, logos - ta'limot) dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan shug‘ullanadi.
Germenevtika - qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi - Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika - tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Gipoteza - tekshirilayotgan predmet yoki xodisa to‘g‘risida ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma'lumotlarga zid bo‘lmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Induksiya - tadqiqotchi o‘z tafakkuridan tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to‘g‘risidagi bir qancha juz'iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |