Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri. Xalq farovonligi harbir shaxs va oila farovonligi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi.
Xartiya – (yun. qog‘oz, yorliq) o‘rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bo‘lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bo‘lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi xujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |