Parlamentdagi ko‘pchilik – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi.
Parlamentdagi muxolifat – yangitdanshakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi.
Partiya – (lot. partio — bo‘lak, qism) G‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari bir bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |