Chervyak – chervyakli mexanizmning aylanma harakat qiluvchi bir detali.
Chizmachilik qog’ozi – eng pishiq va qalin qog’oz. lattadan tayyorlanadi, uning oily navi qo’lda quyiladi. Undan karnaval maskalari, lito va shu kabilarni yasashda foydalaniladi.
Detall - Bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo`laklarga ajralmaydigan qism.
Defekt – defekt, kamchilik, nuqson.
Dopusk – detallarga ishlov berishda ularning nominal о‘lchamlariga nisbatan о‘lchamlarda yо‘l qо‘yiladigan chetga chiqish miqdorini kо‘rsatuvchi son.
Dub – dub, eman (daraxti va yog‘ochi).
Enеrgеtik usullar - enеrgiyaning elеktr, yadro va boshqa turlaridan bеvosita foydalanish orkali amalga oshiriladigan tеxnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Masalan, mis va alyuminiy elеktroliz yo’li bilan olinadi (buni fizika va ximiya darslarida bilib olasiz), ko’p dеtallar yuqori chastotali toklar bilan mustahkamlanadi va xokazo.
Fason – kiyimdagi detallar shaklini, chiziqlarini, turli bezaklarni aniqlaydigan detal shakli.
Fermer xo’jaligi - xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan еrda qishloq xo’jaligi maqsulotlari еtishtirish bilan shuqullanadigan xo’jalik.
Fermer - qishloq xo’jaligi tadbirkori, fermer xo’jaligi egasi. O’zbekistonda mavjud qonun qujjatlariga ko’ra, 18 yoshga to’lgan qishloq xo’jaligida tegishli bilim, malaka va ish tajribasiga ega bo’lgan qamda muomalaga layoqatli fuqaro fermer bo’lishi mumkin.
Filtr qog’oz – yelimlanmagan qog’ozdir.
Gazeta qog’ozi - eng arzon va ko’p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko’ra uncha pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi singdiradi.
Gulqog’oz - Uning rangi va guli turlicha bo’lib muqovalash, narsalarning ustinidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.
Hunarmandchilik - degani har xil mehnat qurollari yordamida xom ashyodan chiroyli buyumlar ishlab chiqaradigan kasblarning umumiy nomini anglatadi.
Izmа – tugmа qаdаsh uchun mo‘ljаllаngаn, tugmа o‘lchаmidаn 0,3 sm ortiq o‘lchamga tеng оchiq jоy.
Infratuzilma - (lot. «infra»-ostida) ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson qayot faoliyati uchun zarur bo’lgan me'yoriy, sharoitni ta'minlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi soqalar (tashkilot, korxona va muassalar), majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori, infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo’lmagan tovarlar bo’lib, ular qayotiy eqtiyojlarini qondiradi.
Ishchi kuchi - Mehnat qilish qobiliyati-insondagi tirikchilik ne'matlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan jismoniy va ma'naviy qobiliyatlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |