Emissiya - fr. émission – chiqarish; pul emissiyasi - muomalaga yangi pullarni chiqarish, muomaladagi pul hajmini kópaytirish. Emissiya naqd yoki naqd pulsiz bólishi mumkin. Erkinlashtirish - mamlakatning demokratik jamiyatga ótish va islohotlar ótkazish jarayonida mavjud bóladigan turli tósiqlar, cheklashlar va yon berishga majbur etadigan omillardan qutilishga qaratilgan amaliy faoliyatdir. U demokratik jarayonlarning samarali rivojiga yangi kuch, quvvat va ilhom baǵishlash imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |