Huquqiy davlat - huquq, Konstitutsiya va Qonun hukmronlik qiladigan davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi óz masuliyatlarini his qilishlari, óz navbatida jamiyat va fuqaro, uning tashkilotlari davlat oldidagi masuliyatlarini his qilishlari kerak. Bu masuliyatni oshirish orqali huquqiy demokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda bu jarayon uzoq muddatni talab etadi. Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim qismi. Huquqiy madaniyat tarixan asta – sekin shakllangan ijtimoiy voqea bólib, hozirgi davrda ilǵor huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |