Forum- lot. forum;vakillar majlisi, qurultoyi, kongressi; qadimgi Rimda xalq majlisi ótkazilgan maydon. Fraktsiya - lot. fractio-buzish, sinish, darz ketish; parlament azoligiga yoki boshqa vakillik organlariga saylangan deputatlar birlashmasi. Fuqarolar ózini-ózi boshqarish organlarining hududiy asosi -fuqarolarning ózini ózi boshqarish organlarini tuzish, birlashtirish, tugatish hamda ularning chegaralarining órnatish va ózgartirish tartib-qoidalarini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |