Mustaqil bosma OAV lari –davlat boshqaruvidan holi bólgan, ózining fikr va sóz erkinligini róyobga chiqaruvchi, lekin bunda óz faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasidagina olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir. Nizom- muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi, funktsiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni óz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) óz qatnashchilari (azolari) órtasida taqsimlamaydigan ózini ózi boshqarish tashkilotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |