Gipotetik – faraz qilingan, taxmin qilingan. Global – (fran. global-umumiy) umuman olganda, butun er yuzi bóylab. G’oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bólgan, ruhiyatga kuchli tasir ótkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr G’oyaviy bóshliq - deb, eski xukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan boǵliq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, ótmish va kelajakka dahldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni tóliq anglab etmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bóshliqqa aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |