Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy ǵoyalaridan biri. Xalq farovonligi harbir shaxs va oila farovonligi bilan boǵliqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyǵunlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi. Xartiya – (yun. qoǵoz, yorliq) órta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bólgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bólmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi xujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |