Globallashuv xodisasi va globalistika



Download 22,03 Kb.
bet2/2
Sana24.01.2022
Hajmi22,03 Kb.
#407473
1   2
Bog'liq
FALSAFA №2(1)

globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning olingan natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.

2. Ko’rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g’am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internasionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o’zgarishlari mahsuli bo’ldi.

Shuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hyech qachon bo’lmagan edi.

Bir tomondan, u bir-biriga o’xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko’p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko’rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Yer deb atalmish katta va odamga to’lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo’ydi. Bu to’la anglab yetish jarayoni so’nggi o’n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo’lgan borliqdir.

3. Mantiq» («Logika») eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, uning asoschisi yunon faylasufi Aristoteldir. Logos atamasi grek tilida «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarni ifodalaydi. “Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent xisoblanadi. Mantiq (logika) atamasi quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini ifodalashda (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda); ikkinchidan, har bir insonning o‘ziga xos tafakkurlash usulini, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni anglatishda (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan ma’nosida.

Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlariga teng ma’noli tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin: hissiy bilish va aqliy bilish. Hissiy bilish (sezgi organlari vositasida bilish) uning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda inson sezgi organlari yordamida predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari haqida ma’lumotlarni oladi. Sezgi, idrok va tasavvur hissiy bilish shakllari xisoblanadi.



4. Ma’lumki, har bir dunyoviy fanlarning o‘ziga xos qonunlari bo‘lib, ular voqelikni o‘rganishda katta yordam beradi. Masalan, tabiat sohasiga oid qonunlar tabiatshunoslik fanlari - fizika, ximiya, biologiyaga tegishli bilimlarni, jamiyatga oid qonunlarga esa, jamiyatshunoslik fanlari - tarix, siyosatshunoslik, falsafaga oid bilimlarni keltirib chiqaradi.

Qonun tushunchasi, jumladan, mantiqiy qonun tushunchasi nimani ifodalaydi? Qonun narsa va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv, takrorlanib turuvchi muhim, zaruriy, umumiy, qat’iy va barqaror munosabatlarni va bog‘lanishlarni ifodalaydi.

Tafakkur qonunlari esa, fikrlar o‘rtasidagi eng umumiy, zaruriy, barqaror takrorlanuvchi bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur qonunlaridagi o‘ziga xos xususiyat nimada? Tafakkur qonunlari ham kishilarning fikrlarida mavjud bo‘lgan zaruriy, ob’ektiv bog‘lanishlardan bahs yuritadi. Mazkur qonunlarning zaruriy va ob’ektivligi shundaki, kishilar ularni chuqur bilib olib o‘z ommaviy faoliyatlarida foydalanmasalar, ularning hayotidagi o‘rinlari nomukammal bo‘ladi.

5. Hukm – predmetga ma‘lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob‘ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir. Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo’ladi.

Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi

Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.

6. Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma‘lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‗nalishi bo‗yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma‘lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.

7. Argumentatsiya – hukm, gipoteza, kontseptsiyani asoslash usullaridan biridir. Tasdiqlash voqelikga bevosita murojat qilish (kuzatish, tajriba va boshqalari) orqali yoki bilvosita ma'lum bir mantiqiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mantiqiy usullarda ham asoslash voqelikka murojaat qilish orqali ham amalga oshirilishi mumkin, lekin bunda murajaat bevosita emas, bilvosita amalga oshiriladi. Argumentatsiya – bu biror-bir tasdiqni boshqa tasdiq bilan to’liq yoki qisman asoslashdir. Argumentatsiyaning vazifasi biron-bir fikrni chinligiga ishonch hosil qilishdir. Ayniqsa bu siyosiy argumentatsiyaga ta'luqli. Ishonch to’liq yoki to’liqsiz bo’lishi mumkin. So’nggi holatdagi ishonch shaxsiy fikr deb ataladi. Shaxsiy fikrning ma'lum bir jihatlariga ishonchsizlik natijasidagi to’liqsiz e'tiqoddir. E'tiqod va shaxsiy fikr faqat argumentatsiya asosida emas balki kuzatish va amaliy faoliyatda ham hosil qilinadi.

Demak argumentatsiya boshqa bir tasdiqlangan fikrlar asosida e'tiqod va shaxsiy fikrni shakllanishi jarayonidir.

Argumentatsiyada asoslanishi lozim bo’lgan fikr tezis deb ataladi. Tezisni asoslash uchun keltirilgan fikr argument yoki asos deyiladi. Tezisni argument yordamida asoslashning mantiqiy usuli demonstratsiya deb ataladi.

8. Bilmasdan turib xatoga yo’l qo’yish parolagizm deb ataladi. Paralogizm tafakkur madaniyatini yetishmasligidan kelib chiqadi. Argumentatsiya va tanqidda xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun maxsus qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Argumentatsiya va tanqidning uch qismidan kelib chiqib bu qoidalarni uch guruhga ajratamiz: A) Tezisga aloqador qoidalar; V) Argumentga aloqador qoidalar; S) demanstrotsiyaga aloqador qoidalar;

A. Tezisga aloqador qoidalar va ularning buzilishi.

1- qoida: Tezis mazmunan aniq bo’lishi kerak. Bu qoida ayniyat qonuniga asoslangan bo’lib tezis tarkibidagi tushunchalarni aynan bo’lishini hukmdagi predmetlarni son jihatdan to’liq olinishini talab etadi (Ba'zi, ayrim kabi tuzilishga ega bo’lgan hukmlarning son jihatidan xarakteristikasi noaniqdir- masalan, biz sport bilan shug’ullanamiz”. Bu yerda biz Kim ekanligi qanday sport turi bilan shug’ullanishi noma'lum.

2-qoida. Tezis argumentatsiya va tanqid jarayonining oxirigacha o’zgarmasligi kerak. Bu qoidani buzilishi bilan bog’liq xatolik tezisni almashtirish deyiladi. U tezis sifatida bir mulohaza ilgari surilib, boshqa mulohaza dallilanadi yoki tanqid qilinishida sodir etiladi hamda oxir-oqibatda dastlabki mulohaza asoslandi deb xulosa chiqariladi.



9. Etika bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi

axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘pada esa «Etika»

nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab

manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni

anglatgan; yunoncha «ethos» so‘zidan olingan.

Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif

qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa,

matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at,

hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi

ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.

Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy

g‘oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y

bergan. Ajdodlarimizning eng ko‘hna e’tiqodiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu

sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtai nazaridan

«Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik.

Etikaning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini

o‘rganadi. «Axloq« so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq«

iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot ob’ektini anglatsa,

muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini

bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak,

doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq mavjud.

10. Axloqshunoslik va milliy istiqlol g‘oyasi. Garchand fan sifatida milliy istiqlol g‘oyasi

oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimiy

ma’naviyat tariximizga borib taqaladi. Zero, milliy mafkura tizimida axloqiy g‘oyalar albatta o‘z

o‘rniga ega bo‘ladi, ko‘pgina axloqiy g‘oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. Shu

sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g‘oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning

axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.

Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy istiqlol g‘oyasini

singdirish vositasi sifatida ham diqqatga sazovor. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi ezgulikka

muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik

tamoyillarini siyosiy ong ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa,

axloqshunoslik ularni axloqiy anglash vositasida ro‘yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib

qaraydi. Xullas, axloqshunoslik bilan milliy istiqlol g‘oyasi o‘rtasida, xalqona til bilan aytadigan



bo‘lsak, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlik mavjud.
Download 22,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish