Aim.uz
Globallashuv va modernizatsiya
Reja:
Globallashuvva modernizatsiya ijtimoiy transformatsiya jarayoni sifatida.
Modernizatsiyalashgan jamiyatda innovatsiyalarning globallashuvi.
Globallashuv postindustrial texnologik ishlab chiqarish vositasiga o‘tishning sharoiti sifatida.
Har qanday o`zgarish va rivojlanishlarni tadqiq etish uchun turli xil nazariy-metodologik yondashuvlar mavjud. Hozirgi davrda modernizatsiya paradigmasi ular orasida (formatsion, tsivilizatsion va b.) alohida ahamiyatga ega. Modernizatsiya-o`ta murakkab jarayon. Modernizatsiya jarayonida o`zgarishlar inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ro`y beradi. O`zgarishlar natijasida yangi tushunchalar, tamoyillar, yondashuvlar shakllanadi. Ular esa milliy g`oya qamrovini yanada kengaytiradi va yoshlarning ongi va qalbiga singdirishda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Milliy g`oya murakkab tizim sifatida yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllanishi, yuksalishi, vatanimizning barcha millatlarini o`z atrofida birlashtirish kabi muammolarni qamrab oladi.
Mamlakatimizni rivojlanish yo`li «O`zbek modeli»da o`z ifodasini topgan. Milliy g`oyani ham rivojlanish modeli ham maqsadi xalqimizning kelajagiga qaratilgan: rivojlanishning yuqori pog`onalariga intilish, ma`naviyatimizni yuksaltirishdir.
Modernizatsiya qilishning maqsadi yangilanish, an`anaviylikdan zamonaviylikka o`tish, rivojlanishda yuqoriroq bosqichlarga erishishdir.
Milliy g`oya va rivojlanishimizning modelini integratsiyasi modernizatsiya jarayoni uchun nazariy-metodologik, amaliy va regulyativ vazifani bajaradi. Pirovard natijada mamlakatimizning rivojlanishi yanada yuksak pog`onalarga ko`tarilishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. SHuning uchun hozirgi kunda «mamlakatimizni modernizatsiya qilish» 1[69] eng muhim ustuvor vazifadir.
Lug`aviy ma`noda modernizatsiya (fran. moderisatio, modere-eng yangi) zamonaviy talablarga muvofiq o`zgarish hamda takomillashtirishlarni bildiradi. Gap nafaqat sanoat-texnika progressida, balki insonning dunyoqarashi, uning metodologik yondoshuvi, tafakkur uslublari o`zgarishidadir. Bularning o`zgarishi esa inson tomonidan qo`llanilayotgan tushunchalar, kontseptsiyalarning o`zgarishiga olib keladi. Modernizatsiya jarayoni XVIII asrda boshlangan. Inson faoliyatiga ilmiy hamda muhandislik bilimlarning kirib kelishi va ulardan keng miqyosda foydalanish mahsulidir.
Modernizatsiya paradigmasi XX asrning o`rtalarida shakllandi. Uning asosiy vazifasi insoniyat faoliyatining barcha sohalarida an`analikdan zamonaviylikka o`tishidir. Modernizatsiya paradigmasi rivojlanishini bir nechta pog`onaga ajratish mumkin. SHuni ta`kidlash mumkinki, nazariy-metodologik yondashuvlar rivojlanishi real jarayonlar bilan uzviy bog`liqlikda shakllangan va ularning ta`sirida nazariyalarga o`zgartirishlar kiritilgan.
Modernizatsiya paradigmasi doirasida ko`pdan-ko`p nazariy-metodologik va xususiy fanlarga asoslangan yondashuvlar yaratilgan. Ilk bor paydo bo`lgan modernizatsiya paradigmasi-linear modeli (1950-1960 yy.), qisman ko`p chiziqli aktorli (ba`zan etib oluvchi deb ataladi) (1970-1990 yy.), tuzilmaviy modellar mavjud. Hozirgi paytda modernizatsiya paradigmasi rivojlanib bormoqda, yangicha yondashuvlar asosida nazariyalar vujudga kelmoqda. YA`ni, an`anaviy va zamonaviy yondashuvlar orasida katta farq bor.
Rivojlanish jarayoni modernizatsiya paradigmasi doirasida turli xil nuqtai nazar asosida tahlil qilingan. Umuman olganda, keyingi yillarda shakllangan yondashuvlarda qat`iy determinizmdan voz kechilgan, masalan g`arb demokratiyasiga chiziqli model asosida emas, balki ko`p chiziqli model, ya`ni mamlakatlar rivojlanish yo`lida tanlov imkoniyatiga egaligi tan olingan. Ilk bor modernizatsiya paradigmalarining asosini tashkil qilgan evolyutsionizm va fundamentalizm yondashuvlarini cheklash hisobidan makroijtimoiy tizimlar tahlilidan mikroijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati paydo bo`ldi.
Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda modernizatsiya jarayonidagi o`zgarishlar turli xil ichki va tashqi (endogen va ekzogen) ta`sirlar natijasida paydo bo`ladi, degan fikr hukm suradi. Bular esa real borliqning keng qamrovli yondoshuvlar yordamida aks ettirilishi va reallikka tadbiq etish doirasi tobora kengayganligini bildiradi. Bu jarayonda ba`zi bir tushunchalardan voz kechish, yangilaridan foydalanish yo`lidan borilmoqda.
Modernizatsiya paradigmasi ilmiy bilimning insoniyat hayotiga jadal sur`atda kirib kelishi bilan bog`liq. Har qanday davrda hokimiyatning asosiy manbalaridan biri «bilim» bo`lib kelgan. Bizning davrimizda esa bilimning mavqei birinchi darajali bo`ldi. Bu ayniqsa, moliyaviy-iqtisodiy inqirozda o`z ahamiyatini ko`rsatdi. «Tijorat banklari va ularning tegishli bo`linmalari rahbarlarini attestatsiyadan o`tkazish shuni ko`rsatdiki, ularning aksariyati amaldagi qonunchiligimizni va investitsiya siyosatini amalga oshirish mexanizmini etarli darajada bilmaydi. SHu sababli ham banklar hali beri investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga, investitsiya loyihalari hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarini joriy etishda korxonalar va kichik biznes subyektlarining haqiqiy hamkorlariga aylana olmayotganini afsuslanib ta`kidlash kerak»2[70], deb qayd qilgan edi Prezidentimiz.
SHuning uchun ushbu monografiyada jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish asosini va unga katta ta`sir ko`rsatayotgan bilim va ta`limning ilmiy salohiyat muammolari tadqiq qilingan. Bilim, ta`lim insoniyatni birlashtiruvchi omil bo`lib, har qanday modernizatsiya yondashuvining zarur komponentidir. Bilim va ta`lim mafkuraviy, iqtisodiy, diniy, madaniy farqlanishidan qa`tiy nazar insoniyat uchun umumiy qadriyatdir.
Modernizatsiya jarayoni I.Karimov ta`kidlaganidek, «innovatsion texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo`lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarish...»3[71]ni amalga oshirishda integratsion jarayonlar bilan bog`liqdir. Mamlakatimizda integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini nafaqat Yevropa mamlakatlari, balki Osiyo qit`asi bozorlari bilan ham aloqalar kengayib borayotganini ta`kidlash mumkin.
Bizning boy milliy merosimizda insonning ma`naviy, siyosiy va diniy faoliyatlarida bilimning qadri yuqori darajada baholangan va bu an`anani, ayniqsa hozirgi modernizatsiya jarayonida davom ettirsak maqsadga muvofiq bo`ladi.
Umuman olganda, IX-XIV asrlarda islom tsivilizatsiyasida, ayniqsa Markaziy Osiyoda intellektual-ma`rifiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy muhitda ilmiy, dunyoviy bilimlarining qadrlanishi aqlning etakchi roliga asoslangan. Bu hol esa tabiiy-ilmiy fanlarning yuksak darajada rivojlanishiga sabab bo`ldi. Bilim – shaxsning zaruriy tarkibiy qismi. Inson o`qish va ta`lim olish yordamida mukammalikka intiladi, bilim esa bu jarayonda vosita vazifasini o`zida mujassamlashtiradi. Bilimli bo`lish yuksak baxt, yuksak barkamollik va qadr-qimmat, e`tiborga loyiqlik bilan tenglashtiriladi. Insonning jamiyatdagi mavqei bilimiga bog`liq. Uning boyligi, nasl-nasabi va boshqa xususiyatlari e`tiborga olinmasligi kerak, bu xususiyatlar bilim bilan o`lchanishi shart. Ushbu ijtimoiy muhitda «odob-axloq, taqvodorlik, faoliyatlilik, ijtimoiy qadriyatlardan hech qaysi «bilim»dek e`tiborga ega emas»4[72]. Bu davrda barcha ijtimoiy qadriyatlar orasida bilimga bo`lgan munosabat yuksak edi.
Islom tsivilizatsiyasida bilimga markaziy o`rin ajratilgan edi. SHuning uchun ham yuksak yutuqlarga erishib insoniyat tarixiga o`z hissasini qo`shgan. ««Bilim» markaz sifatida tsivilizatsiyani mustahkamlaydi. O`sha davrdagi g`arb an`analarining bilimga bo`lgan munosabati boshqacha edi. Bilim mushohadaga (o`y-xayolga) asoslangan va doimo faoliyatga, harakatga majburlovchi dalil sifatida ko`rilmagan»5[73]. Ushbu davrda bilim va faoliyatning, intellektual va ma`naviy qadriyatlarning o`zaro bog`liqligi jamiyat rivojlanishini ta`minlaydi.
Hozirgi paydta jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, fan va bilish sohasida esa paradigmal yangilanishlar sodir bo`layotgan tarixiy davrning guvohi bo`lib turibmiz. Bunday yangilanishlar iqtisodiy, siyosiy, texnologik madaniy o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Bu o`zgarishlar ko`p qirrali bo`lib, ular natijasida ijtimoiy makonning mikro, mezo, makro darajalarida ekologik, iqtisodiy. ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik va boshqa o`zgarishlar turli tezlik, miqyos, murakkablik yo`nalishlarida sodir bo`ladi. Respublikamizda olib borilayotgan yangilanish va modernizatsiya jarayonlari milliy istiqlol g`oyasi va boy madaniyatimizga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Modernizatsiya jarayonlarining juda ko`plab ta`riflari va unga turli yondashuvlar mavjuddir. Modernizatsiya klassik nazariyalarida dastlab ishlab chiqarishni industrializatsiya asosida rivojlanishi bilan bog`liq jarayon sifatida ta`riflandi.SHu ma`noda modernizatsiyani dastlab ko`proq an`anaviy jamiyatdan tsivilizatsiya davriga o`tishga qiyoslashadi. Bunda “an`anaviy jamiyat quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: hayotni tashkil etish ko`p hollarda diniy tasavvurlarga asoslanadi; rivojlanish tsikllidir; individualizmning mavjud emasligi; avtoritar hokimiyatning mavjudligi; shaxslarning faoliyatsizligi, innovatsiyalardan an`analarning ustunligi va h.k”. Bu modernizatsiya jarayonlarni adabiyotlarda innovatsiyalar asosida tahlil etish ham kuzatiladi. SHtompkaning “Sotsiologiya sotsial`nix izmenenii” kitobida: “Jahon tarixiy jarayonlarining nuqtai nazariga ko`ra, modernizatsiya insoniyat yashash sharoitlarining yaxshilanishiga hissa qo`shuvchi ahloqiy, texnologik va ijtimoiy qadriyatlardagi innovatsiyalarga daxldor” ekanligi ta`kidlanadi.6[74]
Zamonaviy jamiyatda esa innovatsiyalar an`analardan ustivorlik qiladi; ijtimoiy hayot dunyoviy xarakterga bo`ladi; rivojlanish izchil; liberal demokratik hokimiyat; individualizm, insonlar faolligi va h.k. asosiy belgilar hisoblanadi. Modernizatsiyaning keyingi bosqichlarini kuzatar ekanmiz, uning tobora jamiyatni barcha jabhalarini qamrab oluvchi kopleks xarakterga ega bo`lib boganligini ko`ramiz. Masalan, Xantington modernizatsiya jarayonlarini tahlil etar ekan, u ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o`z ichiga olishini ta`kidlaydi. Olim modernizatsiya jarayonlarining an`anaviy jamiyatning inqirozi va industrial jamiyat bag`rida vujudga kelishini ta`kidlab, uning to`qqizta belgisini ko`rsatib o`tadi. Bu belgilar quyidagilardan iboratdir: Inqilobiylik, komplekslik, tizimlilik, globallik, davomiylik, bosqichlilik, gomogenlik, qaytarilmaslik, progressivlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |