Globallashuv tushunchasining keng va tor manodagi ta’rifi xamda rivojlanish evolyutsiyasi reja: kirish I – bob. Globallashuv tushunchasining ta’rifi xamda rivojlanish evolyutsiyasi


Globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya tizimi oldidagi vazifalar



Download 128,83 Kb.
bet7/8
Sana27.12.2022
Hajmi128,83 Kb.
#896303
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Globallashuv tushunchasining keng va tor manodagi ta’rifi xamda

2.3. Globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya tizimi oldidagi vazifalar.
Globallashuvning shu tarzda jadal suratlar bilan yuz berayotgan bunday sharoitda biz yoshlarimiz ongida dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasini, unda kechayotgan g‘oyaviy kurashlardan ko‘zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasini ochib berish, yoshlarga mustaqillikni mustahkamlash, jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini yoritib bergan holda ulardagi Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, yoshlarda tarixiy xotira, madaniy merosga hurmat, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlagan holda ularda o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib yashash hissini shakllantirish, yoshlarda ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi turli xil hatti-harakatlarga nisbatan doimo ogoh, sezgir va xushyor bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi muhim vazifalarga asosiy e’tiborimizni qaratishimiz lozim.
Bu boradagi muammolar ta’lim-tarbiya tizimi oldiga bir qator vazifalarni qo‘ymoqda:
1. Ta’lim –tarbiya davomida yoshlarga hozirgi davrning globallashuv jarayonini va undan ko‘zlangan maqsadlarni tushuntirish.
2. Globallashuv jarayonlarining ijobiy va ayni damda salbiy oqibatlarini anglab yetishlariga erishish.
3. Yoshlarga mafkuraviy bo‘shliq, ma’naviy tarbiya, ma’naviy tahdid tushunchalarini keng yoritib berish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta’kidlab o‘tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani o‘ta tor tushunish bo‘lur edi. Ya’ni, bu o‘rinda so‘z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yo‘q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida o‘rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir”. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Muallifning o‘zi ham eslab o‘tganidek, bizning ulug‘ ajdodlarimiz barchasi “o‘z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, do‘st-birodar bo‘lib yashashga” da’vat etib kelganlar.
Prezident ta’kidlaganidek “bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgani, bu tabarruk zaminda azal-azaldan madaniy va ma’naviy ildizlari teran, yuksak intellektual salohiyatga ega xalq yashab kelgani, ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, dunyoviy va diniy ilmlarning umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgani, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”.
Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‘i lozim. Dushmanlik, g‘ayr ko‘zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‘ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o‘zgani tushunish uchun, o‘zgaga mehr ko‘zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o‘zligini anglab yetmog‘i kerak. O‘zligini anglamagan zot hech qachon o‘zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi.
Xulosa sifatida bildirgan ba’zi fikrlarni takrorlash o‘rinli bo‘lardi. Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poli­gonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin.
Ta’kidlash joizki, globallashuv jarayonining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta kuzatishi muqarrar. Shuningdek, milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bo‘lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai-nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg‘unlikda olib qaramog‘imiz talab etiladi. Agar shu uyg‘unlikka mohiyatan muvofiq bo‘lsa, yoxud loaqal unga zid bo‘lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug‘dirsa, nifoq solsa yoki o‘zga shaxs erkini bo‘g‘sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bo‘lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma’naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bo‘layotganidek, o‘zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib o‘zligimizga qaytish, o‘zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

XULOSA
Globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o`z vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba`zi ma`lum va noma`lum (globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun`iy tezlashtirsalar ham yoki manfaat ko`rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma`naviyati, mentaliteti, o`zgarishi yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi. O`zbekiston globallashuv jarayonidan chetda qolmadi. Ipak yo`lining bir necha marshruti hozirgi O`zbekiston eridan o`tgan, Samarqand va Buxoro Ipak yo`lidagi yirik savdo markazlari sifatida jahonga tanildi. Hozirgi O`zbekiston eri xalqaro tijorat yo`llarining chorrahasi sifatida o`z ahamiyatini kech o`rta aslargacha saqlab keldi. Ushbu globallashuv natijasi o`laroq Markaziy Osiyo erlarida ma`naviy sohada diniy tolerantlik, ilm-fanga charqoqlik vujudga kelgan, islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va paxtachilik rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q emas edi – “miyalar sizib ketishining” ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning bir qismi markazga to`lov sifatida olib ketilishi, masalan.
Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo`ldi. Boshqa fikrlarga ko`ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o`tgan asrning oxirgi choragida jadallashdi. Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur`atlar bilan kengayishi ortidan xo`jaliklarning “o`sish-yo-o`lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendentsiyaning natijasidir, degan fikr bildirilgan. O`z navbatida bu tendentsiya trasmamlakat korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi to`siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali mamlakatlar xo`jaligining bir internatsional xo`jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng ma`nodagi globallashuvga g`oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo almashinuvi hamroh bo`ladi.
Globallashuv zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi eng asosiy jarayonlarning biri bo'lib, xo‘jalik hayoti baynalminallashuvining yuqori bosqichi hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish kooneratsiyasi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatiaming boshqa shakllari rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro aloqasi va bir biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Ma’lumki, mamlakatlar iqtisodiyotlarining bir-biriga bog'liqligi kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalaming milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtiroki faoliashuvi xo'jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvi bir qator bosqichlarni bosib o'tgan bo'lib, dastlabkisi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi va bunda tashqi savdoning roii g'oyat muhimdir. Davlatlar o'rtasidagi xalqaro xo'jalik aloqalarining me’yoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jarayonlarining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir.
Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab bosqichi hisoblanadi. Globallashuv o‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G ‘arbiy davlatlardan boshqa barcha mamlakatlarga taalluqli bo‘lib ko'rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bo‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon tizimini barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning mas’uliyatini oshirishga da’vat etadi. Globallashuv jahon xo'jaligida barcha hudud va sohalarni o‘z ichiga qamrab olib, milliy xo‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat o ‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik, o‘rta, kichik) va rivojIanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki o‘tish davridagi) qat’i nazar o‘zini-o‘zi to'liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta'kidlab bo‘lmaydi. Jahon xobjaligi tizimidagi asosiy ishtirokchilarning xatti-harakati va olib borayotgan ijtimoiyiqtisodiy siyosatini hisobga olmasdan, hech bir mamlakat o‘zining iqlisodiy rivojlanish strategiyasini maqsadli shakllantirib, samarali amalga oshira olmaydi.

Download 128,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish