Globallashuv jarayoni murakkab hodisadir. U turli mamlakatlarning iqtisodiyoti, siyosati va manaviyatiga ta’sir ko’rsatmoqda, shuning uchun jahonda bir-biriga qarshi quyidagi ikki guruhlar mavjud: 1) Globalistlar – Globallashuv tarafdorlari. Ular orasida davlat arboblari, siyosatchilar, sanoatchi va biznesmenlar ko’p. 2) Aksilglobalistlar – bu jarayonga qarshi guruh. Uning ichida so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining vakillari ko’p. Masalan, Rossiya Federatsiyasida aksilglobalistlar faol harakat qilyaptilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |