Milliy g’oyani targ’ib qilishda marifiy yondashuv ustuvordir. Jahondagi globallashuv jarayonlari milliy g’oyaga ehtiyojni keskin oshiradi. Milliy g’oyani mohiyati shundaki u odamlar ongida g’oyaligicha qolmay, amaliyotga, hayotga aylangan holdagina u globallashuv sharoitida milliy manaviyatni va o’zlikni tashqi, nosog’lom g’oyaviy tadqiqlardan himoya qiluvchi kuchga aylanadi. Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olyapti, shuning uchun buzg’unchi g’oyalarning mafkura maydonini egallashga yo’l qo’ymaslik kerak. Mustaqillik yillarimizda mamlakatimizda diniy aqidaparaslik, ekstremizm, terrorizm va qonuniy Konstitutsion hukumatni ag’darish uchun buzg’unchilik harakatlari sodir etildi. Ularga qarshi o’z vaqtida qonuniy choralar ko’rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |