Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni reja



Download 204,5 Kb.
bet14/14
Sana23.06.2022
Hajmi204,5 Kb.
#695048
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni

Qo’shilgan qiymat solig’i

- xorijiy valyuta va qimmatli qog’ozlar harakatiga tegishli bo’lgan sug’urta va ssuda berish o’eratsiyalari;
- o’zi yetishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish;
- geologik va to’ografik ishlar;
- respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari;
- eksport qilinayotgan tovarlarni hamda xorijiy tovarlarni ortish va tashish bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar.

Er solig’i

- xorijiy investitsiyali ishlab chiqarish korxonalari yer solig’ini to’lashdan 2 yilga ozod etiladi.

Aktsiz solig’i

- nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar aktsiz solig’ini to’lashdan ozod etiladi. Tamaki mahsulotlari, zargarlik buyumlari, sovun va benzin ishlab chiqaruvchi korxonalar bundan mustasno.

Bojxona to’lovlari

- O’zbekiston Respublikasiga 50 mln. dollardan ortiq TTXI kiritgan yuridik shaxslarning chegaradan olib o’tadigan tovarlaridan import boji undirilmaydi;
- xorijiy investor o’z zimmasiga ishlab chiqarishna modernizatsiyalash majburiyatini olganida, chegaradan olib o’tilayotgan texnologik uskunalar uchun zarur detallar va ehtiyot qismlar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.

Boshqa turdagi soliqlar va majburiy to’lovlar

- eksportga ishlovchi yoki import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan TTXIli korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida soliq kreditini olishlari mumkin;
- neft va gaz konlarini aniqlash ishlarini olib boruvchi xorijiy korxonalar hamma turdagi soliqlar hamda to’lovlardan ozod qilinadi. Ushbu korxonalar uskunalar, moddiy-texnik resurslar, xizmatlarni import qilganda bojxona to’lovlaridan ham ozod qilinadi;
- neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar xorijiy korxonalar yordamida tuzilgan bo’lsa, daromad solig’idan 7 yilga ozod etiladi.

Farmonda belgilanganidek, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:


1) 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga;
2) 3 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga;
3) 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
Ushbu 2012 yilgi Farmonga ko’rasoliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilangan:

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladi.

  • korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;

  • xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish;

  • mazkur imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda xo’jalik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini beradigan ilg’or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan samarali rag’batlantirish tizimini yaratish maqsadida 2007 yil 14 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi respublikaga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilishni faollashtirishga yo’naltirilgan navbatdagi amaliy qadam bo’ldi. Farmonga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarishga ilg’or zamonaviy uskunalarni muntazam kiritish asosida modernizatsiyalashni ta’minlasa, yangi jihozlar ishlab chiqarishga joriy etilgan paytdan boshlab quyidagi qo’shimcha imtiyozlarga ega bo’ladilar:
- ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing ob’ektini to’lashga yo’naltirilgan mablag’lar miqdorida uch yil mobaynida foydadan olinadigan soliq bazasi tegishli hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya mablag’laridan foydalanish sharti bilan kamaytiriladi;
- ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk solig’idan ozod etiladi;
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo’llaniladigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida yagona soliq to’lovi to’lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etiladi;
Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O’zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning ‘otentsial imkoniyatlari to’g’risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-’uxta muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida 2008 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi ‘Q-927-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o’zlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o’zaro hamkorlik qilish sxemasi» berilgan bo’lib, unda xorijiy investorlar faoliyatini boshqarish, ularga ko’mak berish tizimi ko’rsatib berilgan, Prezident qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi investitsiya dasturlarini, shuningdek, tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o’rta muddatli dasturlarini tayyorlashda yetakchi bo’g’in hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qati nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi.



1 Uwe Gotze, Deryl Northcott, Peter Shuster. Investment Appraisal: methods and models. Second Edition. Springer – 2015. Page 3.

2 Uwe Gotze, Deryl Northcott, Peter Shuster. Investment Appraisal: methods and models. Second Edition. Springer – 2015. Page 3.

3 Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. – Prezident Islom Karimovning 2015 yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2016 yil 18 yanvar.



4 Uwe Gotze, Deryl Northcott, Peter Shuster. Investment Appraisal: methods and models. Second Edition. Springer – 2015. Page 105



5 Uwe Gotze, Deryl Northcott, Peter Shuster. Investment Appraisal: methods and models. Second Edition. Springer – 2015. Page 119.



Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish