Globallashuv jarayonida axborotlashtirishning ma’naviy-madaniy muammolari.
Aminova M. –Qo’qon DPI,dotsenti,f.f.n.
I. Isoqov-tarix fakulьteti 1 kurs talabasi.
XX asrda insoniyat o’z taraqqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Kosmik asr, deb nom olgan bu bosqich fan va texnikaning mislsiz taraqqiyoti, uning yutuqlarining xalq xo’jaligiga keng qamrovda tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlar esa XXI asr arafasida kishilik jamiyati taraqqiyot uchun mutlaqo yangi tendensiya – globallashuv jarayonini yuzaga keltirdi. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan chegaralanib olgan bironta davlat yo’k. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. CHunki, globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko’proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko’pincha salbiy bo’ladi.
Darhaqiqat, XXI asrda globallashuv jarayonining tezlashishi, umumsayyoraviyssivilizatsiyaning rivojlanishi natijasida jahon mafkuralarining xarakteri o’zgardi. Bu o’zgarishlar turli g’oyalarning rivojlanishiga bir qadar qo’l keldi hamda turli g’oyalarning salbiy ta’sirini kuchaytirdi.
Globallashuv davrining muhim ko’rinishlaridan biri axboratlashuv jarayonining tezlashuvidir. Axborotlashuv jarayonini esa kompьyuterlashtirish yoki axborotga barchaning bir hil erkin va bemalol ega bo’lish jarayonidan iborat bo’lib, uning mohiyati sifatida “kompьyuter texnikasini ijtimoiy-iqtisodiy sohaning turli jihatlarida joriy etishgina emas, balki butun mashinalashtirilgan axborotlashuv texnologiyalarini shakllantirish, ularni ommaviy ravishda ijtimoiy organizmga payvandlash va faoliyatning yangi turlarini paydo qilish maqsadida ulardan foydalanish»1 hisoblanadi.
Axborotlashtirish bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega bo’lib, jumladan ilm –fan yangiliklari, ta’lim tizimidagi innovatsiyalar,jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy yangiliklardan boxabar bo’lish, ma’lumotlar tizimini yaratish imkonlarini beradi, ayni paytda uzuluksiz axborot bilan ta’minlashni imkoniyatini yaratadi.
Axborotlashuv jarayoniga turlicha yondoshuvlar mavjud bo’lib, ba’zi olimlarning fikricha axborotlashuv jarayonida kishilar o’zlari shug’ullanadigan soha bo’yicha ma’lumotlar yig’ish, uni tartibga keltirish va tarqatish bilan shug’ullanadilar, ayrim olimlarning fikricha axborotlashuv jarayoni ma’naviy hayotda yangi yo’nalishlarni paydo qiladi. Jumladan, ishlab chiqarishning turli sohalarini o’rganib borish va axborot to’plash natijasida, bu sohadagi yangi istiqbolli yo’nalishlarni oldindan aytib berish, yoki kasb egallash sohasida jamiyatda yaqin kelajakda qaysi kasblarga talab va ehtiyojni kuchayishi haqida ma’lumotlar berish kabi yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Axborotlashuv jarayoni faqatgina axborot turi va xajmini, uninig tarmoqlari va vositalari o’sishidan darak bermaydi, balki, jamiyatni barcha sohasini tartibli, madaniyatli boshqaruvga olib keladi. SHuningdek, bugungi axborotlashuv jarayonida ma’lum bo’lgan axborot tizimi insonni to’g’ri yo’naltirilgan xarakatga boshlaydi.
Bundan tashqari axborotlashuv jamiyatda kommunikativ vazifani juda tez va ixcham tarzda bajarib, faqatgini axborot olish emas balki axborot tarqatish vazifasini ham bajaradi. Bu esa jamiyatdagi yangi ma’naviy-madaniy aloqani vujudga keltiradi. Rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish kommunikatsiya umumiyligini (ya’ni moddiy mahsulot almashuvi, umumiy bozor), ma’naviy mahsulot almashuvi, ya’ni axborotlar almashuvi va uning vositasi – umumiy tilni shakllantirdi. Jahon xalqlari orasida kommunikatsiya jadal rivojlanayotgan sharoitda uning maqsadlariga xizmat qiladigan tillarning ahamiyati ortib boradi, chunki tarixan va mantiqan axborotlar almashuvining ko’lami tillar rivojlanganligi darajasiga bog’liqdir. YA’ni, ilmiy ma’lumotlar va bilimlar majmui o’sib borishi, jahonga tarqalishi tezlashdi. Hozirgi paytda kishilar hamda xalqlar orasidagi kommunikatsiya va aloqa vositalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekistonda 700 ga yaqin ommaviy axborot vositalari mavjud bo’lib, ulardan 500 dan ortig’ini gazetalar tashkil etadi. SHuningdek dunyoning rivojlangan mamlakatlarida transaksion, ya’ni uzoq masofalarga borib kelishi bilan bog’liq xarajatning keskin kamayishiga imkoniyat yaratuvchi va jahon iqtisodiyoti rivojiga qo’shimcha kuch bera oladigan elektron raqamli elektron hujjatlar almashinuvi tizimi ham keng qo’llanilmoqda. Ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ortiqcha hisob-kitob va qog’ozbozliklarni qisqartirish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda samaradorligini oshirishni zaruriy-ma’muriy islohotlar yo’nalishlaridandir.
Axborotlashuv jarayoni har doim rivojlanib, o’sib boruvchi jarayondir, bu esa hozirda axborot bazalari muntazam yangilanib turishidagina emas,axborotlashuv ning yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishda, axborotni uzatishning yangi yo’llarni yaratishda, bu ish bilan shug’ullanuvchi kadrlar tayyorlashda ham yuz bermoqda.
Respublikamizning axborot kommunikatsiya sohasida jahon hamjamiya-ti bilan integratsiyalashuv jarayoni jadal rivojlanayotir. Bu sohaga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bejiz emas. 2002 yilda respublika Vazirlar Mahkamasining “Kompьyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish to’g’risida”gi Farmon qabul qilindi. Unda, mamlakatimizda 2002-2010 yillarda kompьyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqildi.
Oliy Majlisning “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonunida axborot resurslaridan foydalanish va ularni aniqlash tartiblari ifodalangan hamda ushbu sohaga xorij investitsiyalarining kiritilishiga sharoit yaratdi. Natijada, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan masofadan o’qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi yangi xizmatlar rivojlantirildi.
“Elektron hukumat” konsepsiyasida (davlat organlariga murojaat qilish jarayonlarining soddalashtirilishi anglanadi) Internet orqali ham jismoniy ham yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlarini ko’rsatish ko’zda tutiladi.
Axborotlashuv jarayoni jamiyatda yangi muhitni ya’ni axborotlashgan muhitni yaratib,mazkur muhitda unga oid bo’lgan barcha yangiliklar jamlanadi,bu muhit to’g’risida kishi o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishi va yangi o’ziga xos individual xulosalarga ega bo’lish imkoniyati yaratiladi.
“Bizga axborot berib yo’lga solishlari emas, - deb yozadi F.Mayor, - balki biz o’zimiz, har birimiz, o’z-o’zimizni xabardor qilib, yo’lga solishimiz muhim”1. Axborotlashtirish kishilardan ayniqsa, yoshlarda yangi ma’naviy –madaniy munosabatlarni shakllantirishni toqazo qiladi, hohlagan axborotiga, hohlagan paytda ega bo’lish, bu olinayotgan axborotlarni sui’stemol qilishga emas, balki ulardan o’rinli foydalanish, ularni intellektual rivojlanish yo’lida sarflashni toqazo qiladi. Axborotlardan ma’naviy – madaniy foydalanishni bilmaslik bundan teskari natijalar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.”Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio – televedenie, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang- barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizni ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qitma, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularni atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad va muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi.”1
Aksincha, yoshlarda axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarda, yangicha ma’naviy-madaniy tarbiya shakllarini ishlab chiqish, bu tarbiyaning yangi usullari va shakllarini yaratish, zudlik bilan hayotga joriy etish lozim. CHunki axborotlashishi natijasida paydo bo’layotgan muammolarni tushunish va his qilish, bu muammolarni jamiyat hayoti va taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi kuchini anglash imkonini beradi.”SHuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olmidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin.”2 Bizning fikrimizcha yuqoridagi fikrlarni nazarda tutgan holda axborotlashtirish jarayonida ta’lim va tarbiya tizimida yangi yo’nalish ishlab chiqish lozim. Bu axborotlashish tizimiga yangicha munosabatni shakllantiruvchi, axborot kengligigidan o’rinli foydalanish va yoshlarni axborot ta’siriga tushib qolmasdan, aksincha mavjud axborotlarni o’zlarining ongli intellektual rivojlanish maqsadlariga buyinsundirishni shakllantiruvchi ma’naviy-madaniy tarbiyadan iborat bo’lishi lozim. Xulosa qilib aytganimizda ulkan axborot manbalaridan yoshlarni nimani ko’rmaslikka o’rgatish emas, balki nimalarni o’rganish lozimligi haqidagi ko’nikmalarni shakllantirishimiz zarur. Uzuluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan bunday fan yoki ma’naviy tarbiyaning bunday shakli, jamiyatimiz hayotiga chetdan kirib kelayotgan ko’plab illatlarni oldini olishiga va yoshlarimizni axborot xavfsizligini ta’minlash imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |