Donolar chiroyli so‘z va nutq haqida:
So‘zni chertib so‘zlasang, har kim siylar.
Abay.
Har tilni biluv bani odama jondir, Til vositai robitai olamiyondir.
Avaz O‘tar.
Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lur,
Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lur.
Andalib.
Aqli kalta kishining odatda tili juda uzun bo‘ladi.
Aristofan.
Aniq-ravshanlik — nutqning bosh fazilatidir.
Aristotel.
So‘zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta’sir etish o‘z-o‘zidan kelib qoladi.
I. V. Gyote.
...Kishi nimaniki his etsa va tushunsa, albatta uni ifodalab beradi. O‘zlari
yaxshi tushunmaydigan narsa to‘g‘risida gapiradigan kishilardagina so‘z kamlik
qilib qoladi. Kishi tafakkurga ega bo‘lsa, aniq-ravshan ayta oladi, tafakkurga egalik
qilgan vaqtida yanada ravshanroq ifodalab bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |