5 - mavzu. Ritorikaning mazmuni va tuzilishi
Reja
1.
Nutqdagi birinchi ma’lumot.
2.
Nutqda ikkinchi darajadagi ma’lumot.
3.
Nutqda muammoli vaziyatlardan foydalanish.
4.
Mantiqiy fikrlash usullari
5.
Fikrlashning asosiy formalari
61
6.
Suhbat, murojaat.
7.
Baxslashish qoidalari
8.
Talaffuz, muhokama, munozara, tabrik nutqi.
Xar qanday nutq
birinchi navbatda ma’lumot
berishi lozim. Ma’lumotning
asosiy xususiyati shundan iboratki u aniq bo‘lishi lozim. Birinchi ma’lumot ijtimoiy
hayotdan olinadi agar u aniq faktlarga asoslangan bo‘lmasa notiqning
obro‘sizlanishiga olib keladi. Xar bir ma’lumotga jiddiy va ilmiy yondoshuv talab
qilinadi. Bugungi kunda televidenie, radio, internet hamda gazeta va jurnallar orqali
ma’lumotlar tez etib kelmoqda.
Zamonaviy notiqlik san’atidagi muammo - ma’lumotlarni to‘g‘ri ajrata bilish.
Notiq qaerdan va qanday ma’lumotni olishi uning nutqini qurilishining asosiy
poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Nutqdagi birinchi ma’lumotni ochib berish uchun keltiriladigan siyosiy, ilmiy,
axloqiy, ma’naviy, ruhiy taxlillar orqali u
ikkinchi darajadagi
ma’lumotga aylanadi.
Ya’ni birinchi ma’lumot barcha uchun tushunarli bo‘ladi, u yangi sifat bosqichiga
ko‘tariladi, ma’lumotni ma’nosi, xaqiqatligi isbotlanadi. Nutq ma’nosi asosini -
xaqiqat tashkil qiladi. Go‘zal so‘zlardan tashkil topgan so‘zlar yig‘indisi bilan
insonlarni aldab bo‘lmaydi.
Notiq nutqning ravonligi, ma’noli go‘zal nutqi bergan ma’lumotlarining
yangiligini, badiiy asarga o‘xshatish mumkin.
Birinchi ma’lumotni, ikkinchi ma’lumotga aylantirdik. Endi bu ma’lumotni
ochib berish uchun
muammoli vaziyatlardan
foydalanish lozim. Auditoriyaga
ijtimoiy xayotdagi xolatlardan kelib chiqib, masalani o‘rtaga tashlash kerak - shunda
muammo yuzaga keladi. Shu muammoni xal qilish uchun xar - hil muammoli
vaziyatlarni sharxlab isbotlash kerak bo‘ladi. Demak berilgan birinchi ma’lumotni
xaqiqatga yoki sarobga aylantirish notiqning san’atiga, bilimiga, maxoratiga bog‘liq.
Nutqda xar bir fikr mantiqan asoslangan taqdirdagina, uning ta’sirchanligi
kuchli bo‘ladi. Mantiq - fani grekcha
"logos"
so‘zidan olingan bo‘lib, nutq, fikr, o‘y
demakdir. U- fikrlash qonunlari, shakllari va usullarini o‘rgatuvchi fandir. Aniqlik,
izchillilik va dalillilik – to‘g‘ri fikr yuritishning zaruriy xususiyatidir.
62
Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun fikrlar aniq va muayyan, bir - biriga izchil suratda
bog‘langan bo‘lishi lozim, fikr yurgizayotgan mavzudan chetga chiqmaslik zarur,
mazmunida mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, dudmal gaplar bo‘lmasligi kerak.
Xukmlar va xulosalar asosli bo‘lmog‘i lozim, yo‘ksa, ular ishonarli bo‘lmay qoladi.
Mantiqiy fikrlash usullari bular: - solishtirish, analiz, sintez, abstraqlash va
umumlashtirish.
Solishtirish
shunday bir mantiqiy usuldirki, bu usul vositasi bilan ob’ektni
olamdagi predmetlar va voqealarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi
aniqlab olinadi. Solishtirish ya’ni taqqoslash natijalarining to‘g‘riligini belgilaydigan
zaruriy shartlar quyidagilar:
1.
Bir-biri bilan xaqiqatdan real tarzda bog‘lanishi bo‘lgan buyumlarni taqqoslash
kerak.
2.
Taqqoslashning to‘g‘riligini isbotlash solishtirishlikka nimani asos qilib
olishlikka bog‘liq.
3.
Ikki yoki bir necha buyumni bir belgi asosida olib, ayni bir nisbatda taqqoslash
kerak.
4.
Xar qanday solishtirish daf’atan duch kelgan belgilarga qarab emas, balki
taqqoslanadigan buyumlar uchun muhim ahamiyati bo‘lgan belgilarga qarab
qilinmog‘i lozim.
Analiz -
shunday bir mantiqiy usuldirni, uning yordami bilan biz buyumlarni,
hodisalarni fikran qismlarga bo‘lib, ularning ayrim qismlarini, belgilarini,
xususiyatlarini ajratamiz.
Sintez -
shunday bir mantiqiy usuldirki, predmet va hodisaning analiz bilan
bo‘lingan ayrim qismlarini shu usul yordami bilan fikran birlashtirib, bir butun xolga
keltirish mumkin. Analiz va sintez bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xolda olib
boriladi. Nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning biror tomoni muhim, boshqa tomoni
muhim emasligini ham farq qilish lozim bo‘ladi. Bunda abstraksiyalash va
umumlashtirish usuli qo‘l keladi.
Abstraksiyalash –
shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan predmet
va voqealarning muhim xususiyatlari fikran ajratiladi va ularni predmetlar,
63
voqealarning ikkinchi darajali va ahamiyati kam xususiyatlardan chet lashtiriladi.
Umumlashtirish –
shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan biz
jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini fikran birlashtiramiz. M: Xayvon,
inson sut emizuvchi kabi tushunchalar umumiylik asosida vujudga kelgan.
Umumlashtirish predmetlarning o‘zida bo‘lgan umumiy narsani bilishga asoslangan
taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi.
Fikrlashning asosiy formalari
-
Do'stlaringiz bilan baham: |