NUTQ
- bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob
kuroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borlik, tafakkur, ong
hamda vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda nomoyon bo‘lishidir. Nutq
jarayoni - tilning o‘z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayonidir. Nutq
qaysi mavzu doirasida bo‘lishidan qatiy nazar nutqda notiqning hayot yo‘li, yillar
mobaynida kechirgan jamiki murakkabliklari, chekilgan iztiroblar aks etmog‘i va
shunga uxshash narsalar hayajon bilan bayon etilmog‘i kerak. Shuning uchun ham
odamlar yubileyini nishonlayotgan insonga oxirida so‘z berganlarida uning so‘zini
butun vujudlari bilan eshitishga harakat qiladilar, nutqni gulduros qarsaklar bilan
olqishlaydilar. Boisi, yubilyarning nutqida uning hayoti, hayajoni va samimiy
mulohazasi aks etgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |