Globalization process and ethics problems


"Tonika"   asarida  dialektika, falsafa, mantiq fanlarining notiqlik bilan bog‘liq xususiyatlarini ko‘rsatsa,  "Notiqlik  san’ati"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139
Bog'liq
Ritorika

"Tonika"
  asarida 
dialektika, falsafa, mantiq fanlarining notiqlik bilan bog‘liq xususiyatlarini ko‘rsatsa, 
"Notiqlik  san’ati"
  asarida  u  butun  diqqat  e’tiborini  bevosita  notiqlikka,  notiqlik 
maxorati va san’atiga, notiqning o‘zini tutishi hamda davlat va jamiyat hayotidagi 
o‘rniga qaratadi. Jumladan, notiqlik Arastu fikricha, dialektikani bir qismini tashkil 
etadi. Notiqlikdan qiroat fani sifatida ijobiy va shuningdek salbiy ma’noda foydalanish 
mumkin.  Notiq  o‘z  maxorati  bilan  hakiqatni  topishga  harakat  qilsa,  u  haqiqiy 
dialektikaga  Yaqinlashishi  mumkin.  Lekin  notiq  o‘z
 
notiqligini  xaqiqatga  qarshi 
qaratgan  bo‘lsa,  u  sofistikaga  yaqinlashadi. 
Sofistik  dialektika  haqiqatni  o‘rnatish 
uchun emas, balki g‘alabaga erishish uchun safsatabozlik san’atidan foydalanishdir. 
Notiqlik - 
deydi Arastu, 
haqiqat yo‘lida ko‘llansa, dialektikaning qismiga aylanishi 
mumkin
1

Uning  fikricha  bo‘lajak  notiq  kuchli  xotiraga,  so‘z  boyligiga,  shuningdek 
muayyan hududdagi axvoldan batafsil xabardor bo‘lishi kerak. Notiq qaysi paytda so‘z 
urg‘usini kuchaytirish - u, qaysi paytda yumshoqlik bilan nutq o‘qishni bilishi kerak. 
Bu  juda  muhim  bo‘lib,  ko‘proq  tinglovchilar  reaksiyasi  bilan  hamohang  keladi. 
Arastu  o‘z  fikrini  tinglovchiga  etkazishda  arzon  harakatlar:  opponentning  ustidan 
kulish,  fikrni chalg‘itish bilan emas, balki ilmiy  metod orqali yondashish kerak deb 
hisoblaydi. 
Arastuni mantig‘ining asosini sillogizm egallaydi.  
Sillogizm - u yoki bu tezisda dalillar yig‘indisini namoyon qiluvchi o‘zaro bir  - 
biriga bog‘langan aqliy xulosalar blokidir. Sillogizm 3 qismdan: katta asos. kichik asos 
va  xulosadan  tarkib  topgan.  Sillogizmning  turlari  -  moduslar  turli  shakllarga  ega. 
Ulardan eng mashxur modus xattoki o‘zining 
"Barbara"
 nomiga ham egadir: 
"Barcha  odamlar  o‘tkinchidir.  (katta  asos).  Suqrot  ham  odam  (kichik  asos). 
Shunga  ko‘ra  Suqrot  ham  o‘tkinchidir."
Arastuning  (384-322)
  Ritorika 
asari  ham 
                                                             
1
 
Аверинцев  С.  С.
 Риторика  как  подход  к  обобщению  действительности  //  Поэтика  древнегреческой 
литературы. — М.: Наука, 1981. — С. 15-46 
 


24 
 
o‘sha davrda yaratilgan. Arastuning 
Ritorikasi 
uch kitobdan tashkil topgan. Asarning 
birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqida fikr 
muloxazalardan  iborat  bo‘lsa,  uchinchi  kitobida  nutq  mantiqiga  katta  ahamiyat 
beradi. Uning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, Ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va 
noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan xar hil tuzilishi so‘zlovchining katta 
xatosidir.  Arastu  notiqning  hissiyot  bilan  so‘zlashi  mulohaza  yuritayotgan  fikrning 
tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot 
bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishida muhim 
omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashkari, Arastu notiqning auditoriYani o‘ziga 
jalb  etishi  uchun  xazil  -  mutoyiba  so‘zlar  bilan  lirik  chekinish  qilib,  tinglovchilarni 
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, xar 
hil  epitet,  chog‘ishtirish  va  metaforalarni  qo‘llasa  nutqining  ta’sirchanligi  yanada 
oshishini,  ammo  keltirilgan  misollar  ko‘payib  ketib,  tinglovchini  zeriktirib 
ko‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi. 
Arastu notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib, o‘rgatadi: 
1.
 
Materialni kashf etish (xar tomonlama tayyorlash) 
2.
 
Materialni joylashtirish Shakli (rejasi) 
3.
 
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish) 
4.
 
Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks etgirish. 
5.
 
Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. 
Aristotelning fikrlari bugungi kunda ham o‘z qimmatnni yo‘qotmagan. 
Lisiy 
(taxminan 459 - 380) Sitsiliyada tug‘ilgan. Uning otasi Perklning taqlifiga 
binoan  Afinaga  kelib,  shu  erda  o‘rnashib  qoladi.  Lisiylar  oilasi  shaharning  ancha 
davlatmand oilasi bo‘lishiga qaramay  uning  a’zolari  kelgindi  bo‘lganliklari  sababli 
Afina  fuqarosi  qatoriga kirolmaydilar. O‘z faoliyatini  logograflik bag‘ishlagan  Lisiy, 
dastavval  sud  ahillarining  va  sutga  ishi  tushgan  kishilarning  tabiatini  chuqur 
o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan  shaxslarning ko‘pchiligi 
murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik durust taxsil ko‘rmagan 
odamlar bo‘lganlar. Shu sababli ular ayyor va ustamon odamlarning sud xay’atini aldab 
ketishlaridan hadiksirab, ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu 


25 
 
hildagi  so‘zlarni  to‘qishda,  albatta  biror  odam  ko‘maklashgan  deb  gumon  qilardilar. 
Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muxtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar 
orasida  jamiyatning  turli  -  tuman  fuqarolari  bo‘lgan.  Binobarin,  Lisiy  xar  bir  nutqni 
yozishga  kirisharkan  bu  nutqni  buyurtma  bergan  kishining  tabiatiga,  ijtimoiy 
mavqeiga  qanchalik  monand  kelish  -  kelmasligiga  katta  e’tibor  beradi.  U  yaxshi 
biladiki, qishloqdan kelgan oddiy bir dexqon yoniki o‘rtamiyona shahar fuqarosi hech 
qachon  kitob  iboralarini  ishlatib,  murakkab  qonunning  kerakli  boblaridan  dalil 
keltirib, xashamatli nutq so‘zlay olmaydi. Bordi - yu shunday qilsa, aytgan gaplarini 
soxtaligi bilinib qoladi. Lisiy san’atining asosiy siri shundaki, u so‘z yozishga kirishar 
ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni quyadi, u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida 
sud  xay’atlari  dilida  eng  yaxshi  taassurotlar  qoldirish,  uning  xar  bir  gapi  yurakdan 
chiqayotgan  chinakam  samimiy  gaplar  ekanligiga  ishontirishdir.  Lisiyning  notiq 
sifatidagi  xususiyatlaridan  biri,  hamma  notiqlar  uchun  zarur  bo‘lgan  usul  –  fikrni 
yangicha  shaklga  solishni  juda  oson  egallaganligidir.  Lisiyga  buyurtma  beruvchi 
odam kalandimog‘ aristokrat-mi, bir tiyinni ustidan o‘zini o‘ldiradigan chayqovchimi, 
xotinining  makriga aldanib pand egan laqma ermi  - notiq xar qaysisining tabiatiga, 
bilimiga  jamiyatdagi  o‘rniga  mos  keladigan,  o‘zining  monandligi  bilan 
tinglovchilarni  maftun  etadigan  uslubni  topadi  va  shu  yo‘sinda  so‘zlovchining  va 
uning nutqida nomlari zikr qilingan shaxslarning erkin portretini chizishga muyassar 
bo‘ladi. Bas, shunday ekan, biz Lisiyning quli bilan yozilgan nutqlarning birontasida 
so‘zlovchining tabiatiga yopishmaydigan dabdabali, jimjimador va serxasham iboralarni 
sira  ko‘rmaymiz.  Lisiyning  notiq  sifatidagi  ikkinchi  xususiyati,  hikoyachilik 
san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli shaklda 
qiziqarli  hikoya qilishga  usta edi. Uning  notiqlik san’atidagi  uchinchi  xususiyat  – 
uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha 
so‘zlangan  nutq  ikkinchi  takrorlanmasligi  kerak,  agarda  shu  nutqni  avvalgi 
tinglovchilar  bir  necha  marta  takror  eshitsalar,  nutq  o‘z  kuchini  va  ifodaliligini 
yo‘qotadi. Bu jixatdan, yani xar bir insonni o‘z tilida gapirtish va uning so‘zi orqali 
tabiatini ochish, qiyofasini ko‘rsatish borasida Yunon tarixida logograflarning birortasi 
Lisiy bilan tenglasha olmaydi. 


26 
 
Qadimgi  sud  qoidalariga  ko‘ra  sudlashuvchilarning  nutqi  asosan  uch  qismdan 
iborat bo‘lgan. Birinchi kirish qismida - xox da’vogar bo‘lsin, xox gunohkor bo‘lsin - 
sud  hayatiga  murojat  qilib,  uning  iltifotini  qozonishga  o‘rinadi,  butun  nutqning 
markazi  hisoblangan  ikkinchi  qismida  bo‘lib  o‘tgan  voqealarning  tafsiloti  xikoya 
qilinadi va nihoyat nutqning xotimasi hisoblangan uchinchi qismida aytilgan gaplar va 
keltirilgan  dalillarning        to‘g‘riligi        isbotlanadi,    raqibning  dalillarini  puchga 
chiqarib, o‘zini mumkin qadar badnom qilishga kirishiladi. 
Lisiy sud ishiga aloqador bo‘lgan voqealarni gapirganida ularni nihoyatda oddiy 
so‘zlar  bilan  qisqa  -  qisqa  xikoya  qiladi.  Yo‘l  -  yo‘lakay  dalil  va  da’volarni  shu 
bayonotga  edirib  yuboradi.  Shu  tarzda  to‘qilgan  nutq  naqadar  sodda  bo‘lmasin,  bu 
soddalik  ostida  yashirinib  yotgan  chinakam  tabiiylik  va  ajoyib  samimiyat  sud 
xay’atining diliga etib boradi va gunoxkorga nisbatan uning hayrixoxligini ortiradi. 
Lisiy  o‘z  davri  uchun va o‘zidan keyingi notiqlar uchun arzigudek  meros qoldirgan 
Buyuk notiqdir. 
Akademik  suhbat  -  diologlarning  ustasi 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish