4. COVID-19 pandemiyasining Gruziya turizm sektoriga ta’siri va undan keying rivojlanish istiqbollari Barcha davlat qatorida Gruziya davlatiga ham Covid-19 pandemiyasi sinovli bo`ldi. Barcha davlatlar qatori Gruziya ham o`z eshiklarini sayyohlar uchun yopdi. YAIM 15% turizm va sayyohlik ortidan kelshini inobatga oladigan bo`lsa bu Gruziya iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazdi. Covid-19 pandemeyasining 3 to`lqini pasayishi bilan bu davlar o`z eshiklarini dunyoda birinchilardan sayyohlarga ochmoqchi ekanligini ma`lum qildi.
Gruziya chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun oʻz chegaralarini va infratuzilmasini ochgan birinchi davlatlardan biri boʻladi. Pandemiyasidan keyin 2020-yil 1 iyuldan xorijiy sayyohlarni qabul qila boshladi.
Gruziya Bosh vaziri Georgiy Gaxariya, koronavirus pandemiyasidan keyin mamlakatda 1 iyuldan xorijiy sayyohlarni qabul qila boshlashini aytdi.
"15 iyundan boshlab Gruziya mahalliy sayyohlik xizmatlarini taqdim etish uchun ochildi, 1 iyuldan boshlab esa Gruziya xorijiy sayyohlarni qabul qilishga tayyor boʻldi. Biz buni quruqlikdagi chegaralarda xavfsiz yoʻlakni taʼminlash orqali hamda bizga turistik jihatdan qiziq mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar nuqtai nazaridan xavfsiz yoʻlak taqdim etish orqali amalga oshiramiz. Gruziya chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun oʻz chegaralarini va infratuzilmasini ochgan birinchi davlatlardan biri boʻladi", -deb habar beradi RIA Novosti Gaxariyaning soʻzlaridan iqtibos keltirgan holda.
Bosh vazir bir oy ichida bunga tayyor boʻlish uchun barcha tegishli idoralar sinchkovlik bilan ishlashlagini taʼkidladi.
Shuningdek, 11 maydan boshlab Gruziyada asta-sekin aprel oyining oʻrtalaridan boshlab COVID-19 ning tarqalishi tufayli cheklovlar amal qilgan shaharlar, shu jumladan Tbilisi ochilishni boshladi.
Favqulodda holat rejimi 22 maygacha amal qilganligi, shuningdek soat 21:00 dan 6:00 gacha (Moskva vaqti bilan 20:00 dan 5:00 gacha) komendantlik soati amal qilishi haqida aniqlik kiritildi. Harakatni taqiqlash aprel oyining oʻrtalarida toʻrtta shaharda: Batumi, Kutaisi, Rustavi va Tbilisida joriy etilgan. 27 apreldan boshlab Gruziya hukumati favqulodda vaziyat sharoitida qoʻyilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni boshladi. Batumi va Kutaisi bundan oldinroq ochilgan edi.
"Tbilisi 11 may kunidan toʻliq ochiladi. Tbilisiga kirish va chiqish boʻyicha barcha cheklovlar olib tashlanadi. 14 may kuni Rustavi va Gardabani shaharlari, 18 may kuni esa Marneuli shahri ochiladi", - deya tushuntirdi Gaxariya.
11 mart kuni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti COVID-19yangi koronavirus infektsiyasini pandemiya deb eʼlon qildi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,5 milliondan ortiq kasallanish qayd etilgan, 247 mingdan ortiq odam vafot etgan. Payshanba kuni Gruziyada koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarning soni 615 ga yetdi, 275 kishi tuzalishga muvaffaq boʻlishdi.