Global iqtisodiy rivojlanish


-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari



Download 3,18 Mb.
bet134/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

10.3-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari

Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:


- aholi turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya sur’ati;
- iqtisodiy o‘sish;
- budjet defitsiti;
- davlat qarzi;
- jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
- “hufyona iqtisodiyot” ko‘lami;
- mulk tarkibi;
- soliq tizimi;
- bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
Hududiy darajada umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko‘rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi (10.3-rasm):
- aholi daromadlari;
- chakana narxlar darajasi;
- uy-joy bilan ta’minlanganlik;
- qochoqlar, emigrantlar va boshqalar soni;
- hududning mamlakat YaIMdagi ulushi;
- hududning to‘lov balansi;
- eksport-import saldosi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar miqdorining tahlikali quyi chegarasini ko‘rsatish va aniq belgilash lozim bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich miqdori belgilangan quyi chegaradan pastga tushganda iqtisodiy tahdid vujudga keladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo‘jalik faoliyati proporsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo‘lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo‘ladi:
- milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi muhim xususiyatlarini tavsiflash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to‘liq va keng qamrovdi ifodalash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to‘liq va har tomonlama hisobga olish;
- iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
- ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq kelishi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turkumlanadi.
Jahon miqyosida qabul qilingan iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari 10.2-jadvalda keltirilgan.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish