Global iqtisodiy rivojlanish


-jadval O‘nta yirik TMKlar va ba’zi davlatlar rivojining solishtirma xarakteristikasi, mlrd. AQSh dol. (2000 yil



Download 3,18 Mb.
bet119/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

9.4-jadval
O‘nta yirik TMKlar va ba’zi davlatlar rivojining solishtirma xarakteristikasi, mlrd. AQSh dol. (2000 yil)



TMK reytingi, kompaniya va davlat

YaIM yoki yalpi savdo hajmi

1

«Djeneral Motors» (AQSh)

125,1

Indoneziya

107,3

2

«Roll Datch/Shell» (Angliya/Gollan .)

107,2

3

«Ekson» (AQSh)

105,9

Norvegiya

105,8

4

«Ford Motorz» (AQSh)

98,3

Turkiya

69,5

Argentina

96,2

Tailand

80,1

5

«IBM» (AQSh)

69,0

6

«Toyota» (Yaponiya)

64,5

7

«IRI» (Italiya)

61,4

8

«British Petrolium» (Angliya)

59,5

9

«Mobil» (AQSh)

58,8

10

«Djeneral Elektrik» (AQSh)

58,4

Portugaliya

56,8

Venesuela

48,3

Filippin

43,8

Malayziya

42,4

Kolumbiya

41,1

Nigeriya

34,7

Misr

33,2

Bangladayesh

22,8

Keniya

7,5

Hozirgi kunda TMKlar jahon sanoati ishlab chiqarishining salkam 2/3 qismini, xalqaro savdoning 2/3 qismini, yangi texnika, texnologiya va nou-xaular patent va litsenziyalarining 4/5 qismini nazorat qiladilar. Eng ko‘p TMKlar quyidagi mamlakatlarda ro‘yxatga olingan: Germaniyada 7100 ta, Yaponiyada 3650 ta, Shvetsiyada 3550 ta, Shveysariyada 3000 ta, AQShda 3000 ta, Buyuk Britaniyada 2800 ta.


XX asrning eng yirik TMKlariga quyidagilar kiradi: «Djeneral elektrik» (AQSh), «Maykrosoft» (AQSh), «Royal-Datch/Shell» (Buyuk Britaniya/Niderlandiya), «Koka-Kola» (AQSh), «Ekkson» (AQSh), «Ay-Bi-Em» (AQSh), «Djeneral Motors» (AQSh), «Xitachi» (Yaponiya), «Matsusita» (Yaponiya), «Nestle» (Shveysariya), «Ford» (AQSh), «Alkatel» (Fransiya), «Filips» (Niderlandiya), «Mobil oyl» (AQSh), «Asu Braun Boveri» (Shveysariya), «Alfakiten» (Fransiya), «Folksvagen» (Germaniya), «Toyota» (Yaponiya), «Simens» (Germaniya), «Daymler Bens» (Germaniya), «British Petroleum» (Buyuk Britaniya), «Yunilever» (Buyuk Britaniya/Niderlandiya)174.
90-yillar oxirlarida «Djeneral Motors» kompaniyasining yillik savdo hajmi Finlyandiya, Daniya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Argentinalarning YaIMidan katta edi. «Toyota» kompaniyasining yillik savdo hajmi Misr, Nigeriya, Singapur, Peru, Chili va Marokkolar YaIM hajmidan 2 marotaba ko‘p edi. Shu davrda jahon TMKlarida 75 mln. kishi ish bilan band edi, bu dunyo mamlakatlari qayta ishlash sanoatida band bo‘lganlarning deyarli 10% ga teng. Undan tashqari 150 mln.kishi TMKlarda qo‘shimcha ravishda mehnat qilishar edi.
90-yillar oxirlarida yirik TMKlar xorijda 300 mingga yaqin filiallariga ega edilar. Eng ko‘p filiallar quyidagi mamlakatlarda ro‘yxatga olingan: Xitoyda 45 ming, AQShda 15,4 ming, Germaniyada 12 ming, Singapurda 11 ming, Braziliyada 8 ming, Fransiyada 7,6 ming, Meksikada 7 ming, Ruminiyada 6,9 ming, Portugaliyada 6,7 ming, Ispaniyada 6,3 ming, Kanadada 5,9 ming, Shveysariyada 4 ming, Buyuk Britaniyada 3,9 ming, Janubiy Koreyada 3,6 ming, Yaponiyada 3,2 ming, MDH davlatlarida 2 ming175.
Yirik TMKlar orasida rivojlanayotgan mamlakatlar (Osiyo va Lotin Amerikasi) TMKlari ham mavjud. Ularga “DEU” (Koreya), “Xatnison Uamtu” ( Gonkong) va “Semeks” (Meksika)larni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
TMKlar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida (ishlab chiqarish, moliya, texnologiyalar, xizmatlar) ustunlikka ega bo‘lib bormoqda. Qiziqish sohalariga qarab TMKlar quyidagicha taqsimlanadi: 60% - sanoat, 37% - xizmatlar, 3% - bazaviy tarmoqlar (qazib olish, qishloq xo‘jaligi). Sanoat ishlab chiqarishining 30%i, xalqaro savdoning 50%i, TTXIlarning 90%i, patentlar va litsenziyalarning 95%i TMKlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro kredit sohasida 50 ta TMBlar, sug‘urta operatsiyalarida – 30 ta yetakchi kompaniyalar, reklama ishida – 20 ta yetakchi xalqaro agentliklar, havoda tashish bo‘yicha – 25 ta xalqaro aviatransport kompaniyalari hukmronlik qilishadi.
yuzlikka kiruvchi bu TMKlar uchun xarakterli xususiyatlar quyidagilardir:
- kelib chiqish nuqtai nazaridan eng yirik guruhni tashkil qiluvchi TMKlar AQShga tegishli bo‘lib (100 tadan 32 tasi), xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi ular hissasiga to‘g‘ri keladi;
- tez o‘sayotgan guruh bu yapon TMKlari (1990 yil – 11 %, 1992 yil - 19 %) hisoblanadi, ular elektronika sohasida yetakchilik qilishadi,
- Yevropa TMKlari ximiya va farmatsevtika sanoatida sezilarli o‘rin egallashadi;
- ximiya va farmatsevtika sohasidagi TMKlar, keyin oziq-ovqat va elektronika sohasidagi firmalar tarmoqlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega hisoblanadi.
Yirik investorlarga tegishli rejalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning barchasi faol xorijiy operatsiyalarni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda. Ammo bu yerda bir qator “geografik” cheklanish mavjud amerika firmalari G‘arbiy Yevropa bozorlariga intilmoqda (ayniqsa, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga va iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga).
Yevropa kompaniyalari esa amerika bozorlarini tanlashmoqda, yapon firmalari uchun ustuvor yo‘nalish Osiyo mamlakatlari bo‘lib qolmoqda. Bevosita investitsiyalarning jahon bozoriga chiqib borishi bilan xalqaro savdo o‘rtasida ma’lum bog‘lanishlar vujudga kelmoqda. Bu esa bevosita investorlarni davlat tomonidan turli vositalar yordamida boshqarishni zarur qilib qo‘ymoqda.
Yuqorida qayd etilganidek, xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi davlat uchun salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Jahon tajribasida bunday holatlarning to‘rt turi ma’lum:
1. Xorijiy investitsiyalar boshqa iqtisodiyotga kirib kelishi bilan birga shu davlatning milliy zahiralarini va investitsiya kelishi qisqarishiga turtki bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga TMKlar davlat bilan eksklyuziv shartnoma tuzish orqali kuchli raqobatni yo‘qotib, ular tanho monopoliya o‘rnatishga urinadilar.
2. Agar TMKlar investitsiyasi kiritilishining birinchi bosqichida investitsiya qabul qiluvchi mamlakatning xorijiy valyuta zahirasini boyitsa, keyingi bosqichlarda esa valyuta tushumini cheklab qo‘yadi. Valyuta zahiralari esa yarim-fabrikatlar, texnologiya, import natijasida qisqaradi. Ishlab chiqarishdan olingan foyda esa shartnomaga asosan chetga olib ketiladi.
3. TMKlar davlatga korporativ soliqlar to‘laydi, lekin bu soliqlar korporatsiyaning davlat bilan tuzilgan soliq solishdagi yengilliklar haqidagi shartnomasiga binoan minimal miqdorda bo‘ladi.
4. TMKlarning tadbirkorlik va boshqaruv tajribalari milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga yordam bermasligi, hattoki, salbiy ta’sir etishi mumkin. TMKlar mahalliy bozorda hal qiluvchi o‘rinni saqlab qolishlari uchun o‘z tajribalarini boshqa kompaniyalarga yaqqol namoyon etmaydilar.
MDH mamlakatlarini geografik va ijtimoiy-madaniy yaqinligi, o‘zaro to‘ldiruvchi mineral xomashyo va ilmiy ishlab chiqarish bazasining tarixiy shakllangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining mavjudligi ular tomonidan TMKlar va moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning ob’ektiv asosi bo‘lib xizmat qiladi.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish