Global iqtisodiy rivojlanish


-jadval Xalqaro migrantlarning yosh va jinsi bo‘yicha tarkibi (2015 yil),%



Download 3,18 Mb.
bet104/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

8.3-jadval
Xalqaro migrantlarning yosh va jinsi bo‘yicha tarkibi (2015 yil),%



Yosh guruhlari

Migrantlar sonidagi erkaklar ulushi

Migrantlar sonidagi ayollar ulushi

75 yoshdan yuqori

4,5

6,8

70-74

2,7

3,6

65-69

3,4

4,1

60-64

4,5

5,2

55-59

5,7

6,2

50-54

7,0

7,1

45-49

8,3

7,9

40-44

9,7

8,8

35-39

10,8

9,5

30-34

11,2

9,9

25-29

10,2

9,2

20-24

7,0

6,6

15-19

4,7

4,6

10-14

3,9

3,9

5-9

3,5

3,6

0-4

2,9

3,0

Xalqaro migrantlarning asosiy joylashuv mintaqalarini aniqroq ko‘rish maqsadida ularning faoliyat ko‘rsatish hududi 6 ta asosiy mintaqalarga ajratib olinishi maqsadga muvofiq: Afrika, Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy Amerika va Okeaniya.


2000-2015 yillardagi migrantlar oqimi yo‘nalishlari tahlili xalqaro migrantlarning asosiy oqimi Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika mintaqalariga yo‘nalganligini ko‘rsatadi (8.4-jadval).
Xalqaro migrantlar harakatini o‘rganish asosida ularni eng ko‘p immigratsiya va emigratsiya qilayotgan mamlakatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
8.4-jadval
Xalqaro migrantlarning asosiy mintaqalar bo‘yicha taqsimoti, million kishi



Mintaqalar

Yillar

2000

2005

2010

2015

1

Afrika

15,0

16,0

17,0

21,.

2

Osiyo

49,0

53,5

66,5

75,0

3

Yevropa

56,5

64,5

72,5

76,5

4

Lotin Amerikasi va Karib havzasi

6,5

7,0

8,0

9,0

5

Shimoliy Amerika

40,0

45,0

52,0

54,5

6

Okeaniya

5,2

5,5

5,7

5,8

2015 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro migrantlar immigratsiyasi yuqori bo‘lgan 20 ta mamlakat ichida AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa, emigratsiya darajasi yuqori bo‘lgan 20 ta mamlakat ichida Hindiston, Meksika, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va Bangladesh yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan (8.5-jadval).


BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda jahonda 244 mln.ga yaqin kishi o‘z vatanini tark etib, chet elda yashaydi. Demak, migrantlarning umumiy soni ayrim mamlakatlar, masalan, Braziliya aholisidan ko‘pdir151.
Ularning pul o‘tkazmalari, ko‘pincha, nafaqat ularning oilalari uchun eng muhim qo‘shimcha doimiy daromad manbaiga, balki umuman mamlakat uchun ham valyuta tushumlarining muhim manbaiga aylanadi.
So‘nggi yillarda ilmiy jamoatchilik, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik tuzilmalarining mamlakatlararo pul o‘tkazmalarga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Bu mablag‘lar ko‘pchilik mamlakatlar, birinchi galda, kambag‘al mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning yirik barqaror manbai sifatida qaraladi.
Hozirgi davrda jahon va mintaqaviy miqyosda bunday pul o‘tkazmalarning roli, ko‘lami va yo‘nalishlarining qanday o‘zgarayotganligi dolzarb masalaga aylangan. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan, shu jumladan, Afrika mamlakatlari uchun muhim ahamiyatga ega.


8.5-jadval
Xalqaro migrantlar immigratsiyasi va emigratsiyasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar152, mln. kishi



Immigratsiya darajasi yuqori mamlakatlar

Immigrantlar soni

Emigratsiya darajasi yuqori mamlakatlar

Emigrantlar soni

1

AQSh

43,0

Hindiston

16,5

2

Germaniya

14,5

Meksika

14,9

3

Rossiya Federatsiyasi

13,0

Rossiya Federatsiyasi

12,0

4

Saudiya Arabistoni

10,0

Xitoy

8,8

5

Buyuk Britaniya

8,0

Bangladesh

7,3

6

BAA

7,6

Pokiston

6,5

7

Kanada

7,5

Ukraina

6,5

8

Fransiya

7,5

Filippin

5,8

9

Avstraliya

7,0

Suriya

5,0

10

Ispaniya

5,5

Buyuk Britaniya

4,9

11

Italiya

5,5

Afg‘oniston

4,8

12

Hindiston

5,0

Polsha

4,7

13

Ukraina

4,9

Qozog‘iston

3,9

14

Tailand

3,9

Germaniiya

3,9

15

Pokiston

3,9

Indoneziya

3,9

16

Qozog‘iston

3,2

Ruminiya

3,3

17

Janubiy Afrika

3,2

Misr

3,1

18

Iordaniya

3,0

Turkiya

3,1

19

Turkiya

2,9

AQSh

3,0

20

Quvayt

2,7

Italiya

3,0

Pul o‘tkazmalari xalqaro migratsiyaning bevosita va eng sezilarli samarasini namoyon etadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-2015 yillar davomida xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 5 marta ortib, 300 mlrd. AQSh dollaridan ortiqroqqa yetgan. Agar rivojlanayotgan o‘rtacha mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti hajmi 50 mlrd. AQSh dollari ekanligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, 2015 yildagi migrantlar tomonidan jo‘natilgan umumiy pul o‘tkazmalari hajmi 5-6 ta o‘rtacha rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti hajmidan ham ortiqroqni tashkil etgan.


Pul o‘tkazmalari jo‘natilgan va qabul qilingan mamlakatlar kesimidagi ko‘rsatkichlar tahlili migratsiya oqimini qabul qiluvchi va jo‘natuvchi mamlakatlar haqidagi yanada aniqroq tasavvur hosil bo‘lishiga yordam beradi.
2000-2015 yillarda dunyo bo‘yicha pul o‘tkazmalari jo‘natilgan 10 ta asosiy mamlakat qatorida AQSh va Saudiya Arabistoni oldingi 2 o‘rinni egallab kelgan (8.6-jadval).
8.6-jadval
2000-2015 yillarda pul o‘tkazmalari eng ko‘p jo‘natilgan 10 ta asosiy mamlakat153, mlrd AQSh dollari

2000 yil

2005 yil

2010 yil

2015 yil

Mamlakat

Pul o‘tkaz-masi hajmi

Mamlakat

Pul o‘tkaz-masi hajmi

Mamlakat

Pul o‘tkaz-masi hajmi

Mamlakat

Pul o‘tkaz-masi hajmi

AQSh

34,40

AQSh

47,25

AQSh

50,78

AQSh

61,38

Saudiya Arabistoni

15,40

Saudiya Arabistoni

14,32

Saudiya Arabistoni

27,07

Saudiya Arabistoni

38,79

Germaniya

9,04

Germaniya

12,71

Rossiya

21,45

Shveysariya

24,38

Shveyotsariya

7,59

Shveysariya

9,99

Shveysariya

16,88

Xitoy

20,42

Fransiya

3,77

Buyuk Britaniya

9,64

Germaniya

14,68

Rossiya

19,70

BAA

3,68

Fransiya

9,48

Italiya

12,89

Germaniya

18,56

Janubiy Koreya

3,65

Italiya

7,55

Fransiya

12,03

Quvayt

15,20

Isroil

3,26

Rossiya

6,83

Quvayt

11,86

Fransiya

12,68

Yaponiya

3,17

Lyuksemburg

6,70

Lyuksemburg

10,64

Qatar

12,19

Gollandiya

3,13

Janubiy Koreya

6,67

BAA

10,57

Lyuksemburg

11,35

Jadval ma’lumotlari o‘tgan 15 yil davomida eng ko‘p pul jo‘natmalari o‘tkazilgan mamlakatlar ro‘yxatida sezilarli o‘zgarishlar yuz berib, so‘nggi yillarda Xitoy va neft eksport qiluvchi ayrim arab mamlakatlari ushbu ro‘yxatga kirib borganligini ko‘rish mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, ushbu mamlakatlarga xalqaro migrantlar oqimi va shu bilan birga, bu mamlakatlarda migrantlarning o‘rtacha daromadi ortib borgan.
2000-2015 yillarda dunyo bo‘yicha pul o‘tkazmalari qabul qilingan 10 ta mamlakat qatorida Hindiston, Xitoy va Meksika barqaror holatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan (8.7-jadval).
8.7-jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan 15 yil davomida pul o‘tkazmalari eng ko‘p qabul qilingan 10 ta mamlakat ro‘yxatida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Jumladan, ushbu ro‘yxatda Xitoy va Hindistonning egallagan o‘rnida sezilarli o‘zgarish yuz bermagan bo‘lsa-da, bir qator mamlakatlar (AQSh, Yevropa malmakatlari)ning o‘rni borgan sari pastga tushib, Osiyo va Afrika malakatlarining o‘rni ko‘tarilib borgan.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish