Global iqtisodiy rivojlanish



Download 3,18 Mb.
bet82/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

Tayanch iboralar
Xalqaro savdo, globallashuv, iqtisodiy globallashuv, lokallashuv, globallashuv fenomeni, tashqi savdo siyosati, ekin savdo siyosati, proteksionizm siyosati, savdo-iqtisodiy integratsiya, integratsion jarayonlar, Jahon savdo tashkiloti.
Nazorat uchun savollar
1. Global iqtisodiyot shakllanishida xalqaro savdoning o‘rnini tushuntiring.
2. Globallashuvning qanday belgilari ajratib ko‘rsatiladi?
3. Globallashuv fenomenining mohiyatini tushuntiring.
4. Qanday omillar xalqaro savdoning barqaror o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi?
5. Rivojlangan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muvaffaqiyati qaysi xususiyatlar bilan bog‘liq?
6. Xalqaro savdo rivojlanishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning o‘rnini tushuntiring.
7. Jahon xo‘jaligida 9 ta eng yirik xalqaro hududiy savdo bloklarining tarkibiga qaysi davlatlar kiradi?
8. Xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf qilish va erkinlashtirishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qanday o‘rin tutadi?
9. Savdoning eng yirik sohasi bo‘lgan tovar va xizmatlar savdosini qamrab oluvchi bitimlar uch qismdan iborat. Ular umumiy rejaga asoslangan, lekin tafsilotlar bo‘yicha qanday farqlanadi?
10. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni uzok va murakkab jarayon bo‘lib, u necha bosqichdan iborat?
11. Jahon savdo tashkilotiga a’zolik O‘zbekistonga qanday afzalliklar olib kelishi mumkin?
VII BOB. GLOBAL, MINTAQAVIY VA MILLIY MOLIYAVIY BOZORLAR


7.1. Global moliyaviy bozorlarning shakllanishi, amal qilishi va ularni tartibga solish vositalari

XX asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishi, milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan globallashuv jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globallashuv natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlarning yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalari tatbiq etilishiga olib kelmoqda.


Mamlakatlar hayotidagi globallashuv – iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda.
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga sezilarli ta’sir etgan o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- 1950-yillardan boshlab AQSh korporatsiyalarining o‘z xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi, jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, xalqaro maydonda Yaponiya va AQSh korporatsiyalari o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi;
- 1957 yilda Londonda Britaniya hukumatining funt-sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida yevro-dollar bozorining yuzaga kelishi;
- 1958 yilda dastlab “Umumiy bozor” deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YeIH) – hozirgi Yevropa Ittifoqining (YeI) tashkil topishi;
- XX asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning vujudga kelishi;
- 1971-1973 yillarda Brettonvuds tizimining qulashiga olib kelgan jahon moliyaviy inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan suzuvchi valyuta kurslariga o‘tilishi;
- 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlarining jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu davrda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirishi;
- 1982 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;
- 1980-yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
- 1987 yilda “Katta yettilik” mamlakatlari tomonidan Parijda Luvr bitimining imzolanishi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirdilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar.
- 1987 yilda YeIH yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda mazkur tashkilotning G‘arbiy Yevropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutiladi.
- 1989-1992 yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlarining o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi.
- 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan Shimoliy Amerika erkin savdo bitimining (NAFTA) kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATYeS) konferensiyasi va boshqa jarayonlar o‘tgan asrning 90-yillarida mintaqaviy rivojlanishni jadallashtirdi.
XX asr oxiriga kelib jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tendensiya kuzatiladi.
Birinchidan, xom ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar.
Xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xomashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
XX asrning 70-yillarida “Rim klubi” nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa olimlari: “Dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi”, deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib, ko‘pgina xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xomashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi xomashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keldi va natijada xomashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan bilim va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi. Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi.
Axborot almashuvining osonligi tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun inson kapitaliga investitsiya qilishning ahamiyati ortdi.
Uchinchidan, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon eksporti hajmi 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSh dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSh dollari darajasigacha, ya’ni 1,5 marta o‘sgan. Shu vaqt mobaynida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd. dollardan 342 mlrd. dollargacha, ya’ni deyarli 15 marta o‘sdi. Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko‘plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o‘rtacha aylanmasi 90 mlrd. dollardan 303 mlrd. dollargacha ortdi. Shu davrda Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dollardan 192 mlrd. dollargacha, Tokioda 48 mlrd. dollardan 128 mlrd. dollargacha ortgan.
Global iqtisodiyotning vujudga kelishini nafaqat tovarlar va xizmatlar eksportining ulkan ko‘lamlari, balki kapitalni olib chiqish, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, qarz talablari va majburiyatlari shaklidagi mulkchilik huquqlari savdosi namoyon etmoqda. Xalqaro fond va valyuta bozorlaridagi aylanmalar savdo aylanmalaridan o‘nlab, ba’zan yuzlab marta ortiqdir.
Davlatlar, xalqaro tashkilotlar, banklar, xususiy kompaniyalar tomonidan beriladigan xalqaro kreditlar ulkan hajmlarda amalga oshirilmoqda (7.1-jadval).



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish