Global iqtisodiy rivojlanish



Download 3,18 Mb.
bet58/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

Tayanch iboralar
Sivilizatsiya, global muammolar, “lokal” muammolar, jahon iqtisodiyotining globallashuvi, globallashuv siklliligi, global siyosiy muammolar, global iqtisodiy muammolar, global ijtimoiy muammolar, global ekologik muammolar, Xalqaro Valyuta fondi, xalqaro moliya bozorlari.
Nazorat uchun savollar
1. Global muammolar va ularning belgilarini tushuntiring.
2. Global muammolarning belgilari sifatida odatda qanday mezonlarga javob beradigan belgilar ko‘rsatiladi?
3. “Mintaqaviy” muammolar tushunchasi qanday dolzarb muammolarni tavsiflaydi?
4. “Global”, “mintaqaviy”, “lokal” va “mahalliy” muammolar qanday umumiy nisbatda tushuniladi?
5. Umumjahon miqyosdagi muammolar ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlar qaysilar hisoblanadi?
6. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida global muammolarning namoyon bo‘lish xususiyatlari sifatida qaysilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin?
7. 1980-yillar boshida ishlab chiqilgan umumiy qabul qilingan tasnifga ko‘ra, global muammolarning nechta asosiy guruhi mavjud va ularni tushuntiring.
8. Global muammolarni umumlashtirish asosida qanday guruhlarga umumlashtirish maqsadga muvofiq?
9. Insoniyat tarixidagi globallashuv nechta davrga ajratiladi?
10. Globallashuv jarayoni bosqichlari uning alohida xususiyatlari va belgilariga ko‘ra nechta asosiy davrga bo‘lib ko‘rsatiladi?
11. Neoliberal globallashuvning asosiy xususiyatlarini tushuntiring.
12. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy qarama-qarshiliklarini umumlashgan holda qaysi yo‘nalishlarda tahlil qilish ushbu ziddiyatlarning mohiyatini real baholash imkonini beradi?


V BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI MUAMMOLARINING OQIBATLARI VA HAL ETISH YO‘LLARI


5.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining afzalliklari

XX asr oxiri va XXI asr boshlarida globallashuv jahon iqtisodiyoti rivojlanishining eng muhim omillaridan biriga aylandi. Shu sababli u ko‘plab mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar va jamoat arboblarining diqqat-e’tiborini tortdi. Ko‘plab xorijiy hamda mahalliy olim va tadqiqotchilar globallashuv nazariyasini ishlab chiqish, uning mohiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan asarlar yozdilar. Ular jahon hamjamiyati e’tiborini globallashuv sharoitida milliy davlatlarni rivojlantirishning eng maqbul yo‘llarini izlashga qaratdilar.


Globallashuv jarayonining sabablari va mohiyati hamda uning ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha olimlar o‘rtasida yagona kelishuv mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, globallashuv mamlakatlar savdo integratsiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining hududiy savdo aloqalarini kengayishi jarayoni, alohida mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi va boshqalar sifatida qaralmoqda54.
Umuman olganda, jahon xo‘jaligining globallashuvi – bu jahonni axborot, tovar, xizmat, kapital va g‘oyalar erkin taqsimlanadigan yagona hududga aylantirishdir. Globallashuvning asosiy xususiyati – milliy iqtisodiyotlarning turli to‘siqlar bilan ajratilgan yakkalangan iqtisodiyotidan bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan umumiy, yagona iqtisodiy tizimga o‘tish hisoblanadi. Globallashuvning ob’ektiv omili, birinchi navbatda, transport va aloqa sohasidagi taraqqiyot bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy masofalarni kamaytiradi. Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, real vaqt rejimida dunyoning istalgan nuqtasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini beradi, xalqaro biznesni tashkil etish, turli mamlakatlarga texnologiya va biznes tajribasini uzatishni osonlashtiradi55.
Proteksionistik siyosatni cheklab, jahon savdosini erkinlashtiradigan xalqaro mehnat taqsimoti va iqtisodiyotni erkinlashtirishning chuqurlashuvi ham globallashuv jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyasi va yagona iqtisodiy hududni mumkin bo‘lgan darajada kengaytirish soliq, qulay tarif va tarifsiz tartibga solish, daromadlarni adolatli taqsimlash va davlat tomonidan tartibga solish sohasida ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi. Erkinlashtirish natijasida tariflar sezilarli darajada pasaytiriladi hamda tovarlar va xizmatlar savdosida mamlakatlar o‘rtasidagi to‘siqlar bartaraf etiladi. Globallashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishidir, ularning paydo bo‘lishi natijasida mamlakat ishlab chiqarishi va iste’moli, eksport va importining katta qismi milliy davlatdan tashqarida xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi bosqichda ko‘p millatli kompaniyalar jahon iqtisodiyotining yetakchi kuchlari sifatida harakat qiladi va muayyan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning muhim qismini nazorat qiladi.
TMKlarning katta qismi rivojlangan mamlakatlarda joylashgan bo‘lsada, so‘nggi yillarda ular rivojlanayotgan Janubiy Koreya, Xitoy, Meksika, Braziliya, Tayvan, Gonkong, Singapur va Malayziya kabi mamlakatlarda ham shakllanmoqda. Ushbu yangi ko‘p millatli korporatsiyalar jahon bozorida qattiq raqobatga kirishib, qulay shart-sharoitlar va bozorlar uchun faol kurashmoqda.
TMKlarning o‘sib borayotgan ta’siri sharoitida alohida milliy iqtisodiyotning mavjud bo‘lib qolishi uchun kurashda davlatlar ular bilan kuchli sheriklar yoki raqiblar sifatida tobora ko‘proq hisoblashishlari kerak56.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri moliya bozorlarining jadal rivojlanishi hisoblanadi57. Ko‘pgina iqtisodiyotlar moliyaviy globallashuvning oqibatlari va davlatning bu jarayonni boshqarishdagi rolini qayta baholash va global inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga imkon beradigan bozorlarni tartibga solishning yangi metodologiyasini ishlab chiqish zarurati bilan to‘qnash kelmoqda.
Taraqqiyotning bugungi sharoitida globallashuv jarayoni xalqaro raqobatni keskinlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib, uning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin (5.1-rasm):
- xalqaro raqobatni keskinlashtirish orqali xaridorlar uchun tovar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlari va xarid qilish sharoitlari qulaylashadi;
- mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish jarayonida transport va kommunikatsiya xarajatlari qisqaradi;
- ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonining kengayishi bilan ko‘lam (miqyos) samarasi ortadi va tannarx pasayadi;
- jahon miqyosida innovatsiyalarni uzluksiz qo‘llash imkoniyati va bu bilan mehnat unumdorligini ortadi;
- fan va texnika taraqqiyoti jadallashadi;
- iqtisodiy samaradorlik ortishi bilan tarmoq, hudud va mintaqa miqyosida iqtisodiy o‘sish darajasi ortadi;
- iqtisodiy chegaralarning kamayishi bilan o‘zaro manfaatli savdo rivojlanadi;
- jahon miqyosida yalpi ichki mahsulot hajmi va jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar darajasi ortadi.
Turli xalqaro iqtisodiy birlashmalar, milliy iqtisodiyotlar yetakchi mavqeni saqlab qolish va jahon sahnasida o‘z ta’sirini yanada kengaytirish uchun globallashuv jarayonlarining afzalliklarini yuqori darajada oshirish muhim bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xalqaro mehnat taqsimoti natijasida globallashuv ixtisoslashuv va xalqaro raqobatning kuchayishiga olib keladi, nafaqat milliy, balki jahon miqyosida ishlab chiqarishning o‘sishini rag‘batlantiradi va bozor chegaralarini kengaytiradi, zamonaviy bozor taraqqiyoti institutlarining rivojlanishi va o‘zaro aloqasiga yordam beradi;




Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish