Global iqtisodiy rivojlanish


III-davr. 2000-yillardan hozirgi davrgacha



Download 3,18 Mb.
bet30/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

III-davr. 2000-yillardan hozirgi davrgacha

Mualliflar

Yondashuvning o‘ziga xos jihatlari

Globallashuv nazariyalari

M.Kastels, L.Ye.Grinin, R.Robertson

Globallashuvni hayotning barcha sohalarining murakkab o‘zaro aloqalarida ko‘rib chiqish, globallashuvning kelajakdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini unifikatsiyalash, prognozlash. Global iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiya jarayoni.

R.Robertsonning globallashuvning madaniy jihatlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati natijasida yaratilgan ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi haqidagi jamoaviy (ijtimoiy) g‘oyalarning ahamiyatiga e’tibor qaratadigan nazariyasi (2003 yil).

2. Mafkuraviy yondashuv. Ayrim mualliflarning fikricha, globallashuv atamasining joriy etilishi G‘arb davlatlari tomonidan neoliberalizmga qarshi jarayonga targ‘ibot etuvchi javob bo‘ldi. Globallashuv TMK va davlat, shuningdek, xalqaro tuzilmalar (Jahon banki, JST) qudratining yangi mafkuraviy asoslanishi sifatida ko‘riladi. Shu bilan birga globallashuvni dunyoning amerikalashuvi sifatida baholovchi qarashlar ham bor.
3. Tarixiy yondashuv. Ushbu yondashuv vakillari globallashuvni modernizatsiyalash jarayonining o‘ziga xos rivojlanishi, dunyo integratsiyasining zamonaviy bosqichi va insoniyat ajralmas sivilizatsiyasining shakllanishi deb biladilar. Globallashuv ma’lum bosqichlarda rivojlanayotgan, o‘zaro bog‘langan yagona iqtisodiy, siyosiy va madaniy makon sifatida butunjahon birlashuvi jarayoni hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan yondashuvlardan kelib chiqib, globallashuvning mohiyatini quyidagi ko‘rinishda ifodalash maqsadga muvofiq.
Globallashuv (lotin tilidan “globus” – shar, fransuz tilidan “global” – umumiy) – xalqaro hamjamiyatning barcha sohalarida chuqurlashib borayotgan o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan tubdan yangi global tizimni shakllantirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlantirishning ob’ektiv jarayonidir.
Globallashuvni ilmiy tushunish u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hodisalar guruhining umumiyligi va farqlarini anglashga asoslangan bo‘lishi kerak, boshqacha aytganda, globallashuvning alohida shakllari mohiyatini to‘g‘ri anglash lozim. Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha quyidagi asosiy shakllarini ko‘rsatib o‘tish mumkin (2.1-rasm):
- tabiiy globallashuv – boshqa ijtimoiy-madaniy an’analar yutuqlarining turli ijtimoiy-madaniy an’analar orqali in’ikos etishning tadrijiy jarayoni. Bu idrok asosan ixtiyoriy bo‘lib, muayyan ijtimoiy-madaniy an’ananing rivojlanish darajasiga, uning boshqa ijtimoiy-madaniy an’analarning ma’lum yutuqlarini o‘rganish va amalda qo‘llashga intilishiga bog‘liq;
- sun’iy globallashuv bu – dunyo haqida muayyan g‘oyalarni kuch bilan yoki boshqa usullar (aldash, ishontirish, sotib olish va boshqalar) bilan singdirishga urinishdir. Shu bilan birga, sun’iy globallashuv iqtisodiy, siyosiy qadriyat dunyoqarash tushunchalarini majburiy joriy etish bilan bog‘liq ekan, bu ko‘proq inqilobiy jarayondir. Sun’iy globallashuv muayyan mamlakat, din yoki siyosiy g‘oya da’volarini tavsiflaydi. Bunday da’voning paydo bo‘lishi o‘z holicha xolis bo‘lib, dunyoda u yoki bu sohada rivojlangan muvozanatni saqlab qola olmagan mamlakatlar, dinlar va siyosiy g‘oyalarning zaiflashuvini aks ettiradi. Nomutanosiblik sun’iy globallashuvga intilish kuchli bo‘lgan qator yo‘nalishlarning faollashuviga olib keladi;


Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish