Global iqtisodiy rivojlanish


TMKlar soni Eng yuqori bozor qiymati, mlrd. doll



Download 3,18 Mb.
bet124/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

TMKlar soni

Eng yuqori bozor qiymati, mlrd. doll.

Eng past bozor qiymati, mlrd. doll.

AQSh

174

559,0

18,0

Xitoy

34

279,0

18,3

Fransiya

24

120,4

18,3

Yaponiya

38

149,6

18,2.

Rossiya

10

145,8

23,4

Braziliya

12

170,8.

26,8

Buyuk Britaniya

38

222,4

18,1

Germaniya

19

92,0

18,7

Shveysariya

15

207,4

19,0

Hindiston

12

48,2

19,5

Shuningdek, oldingi bo‘limlarda TMKlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mezbon mamlakatda malakali mehnatning mavjudligi omili yoritib berilgan. Bu malakali ishchi kuchini mezbon mamlakat ichki resurslaridan, shuningdek, tashqi inson resurslaridan olishi mumkin. Biroq, buni zaruriy darajadagi ish haqi bilan ta’minlash orqali amalga oshirish mumkin, biroq bunda xarajatlar miqdori ortadi.


Ko‘rib o‘tilgan omillarni tasdiqlash uchun alohida tahlil o‘tkazish talab etiladi. Bu tahlil iqtisodiy inqirozlar ta’sirida eng jozibador va barqaror bo‘lgan TMK tarmoqlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun eng yaxshi 500 ta TMK faoliyati tahlil qilinadi. 2007-2012 yillar davrida sanoat bo‘yicha TMKlar soni dinamikasi 9.7-jadvalda ko‘rsatilgan. Tahlil natijalari asosida “Top 500” xalqaro reytingiga asos solindi.
9.7-jadval
Faoliyat sohalari tarkibidagi TMKlar soni o‘zgarishi

Faoliyat sohalari

2007 yil

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil

Neft va gaz qazib olish

43

43

44

45

46

43

Bank-moliya sohasi

83

71

56

69

75

71

Oziq-ovqat mahsulotlari sanoati

7

9

11

9

9

9

Dasturiy ta’minot, kompyuter xizmatlari

11

10

12

12

12

13

Yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari

21

18

18

21

19

16

Avtomobillar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sohalari

10

10

8

11

15

17

Farmatsevtika va biotexnologiya

22

23

25

20

20

22

Chakana savdo sohasi

16

12

19

19

15

17

Jami

213

196

193

206

211

208

9.7-jadvalda 6 yil mobaynida TMKlar faoliyatining 8 ta asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, global iqtisodiy inqirozlar sharoitida eng barqaror 43-46ta TMK darajasida o‘zgarish yuz bermagan. Bu haqiqatni o‘z iqtisodiyotining ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarining resurs ta’minotida import qiluvchi mamlakatlar ehtiyojlarini qondiruvchi, bir xil darajada qolayotgan energiya xomashyosi jahon bozoridagi barqaror talab bilan izohlash mumkin.


Bank-moliya sektori esa eng ko‘p zarar ko‘rgan. Chunki bu sohadagi TMKlar soni 2009 yilga kelib 83 tadan 56 taga kamaydi. 2010 yilda ular yana ko‘paya boshlaganiga qaramay, inqirozdan oldingi ko‘rsatkichga yetib bormagan. Bu moliyaviy va iqtisodiy sohaning iqtisodiy larzalarga barqaror emasligini tasdiqlaydi.
TMKlarning hozirgi rivojlanish bosqichi nafaqat global korporatsiyalarning paydo bo‘lishi, balki ular strategiyasining chuqur evolyutsiyasi bilan ham xarakterlanadi va u quyidagi tendensiyalarda namoyon bo‘ladi:
- ilmiy va texnologik inqilob va kuchli global raqobat sharoitida, ular faoliyatining asosiy maqsadi faqat foydani maksimallashtirishdan iborat bo‘lib qolmasdan, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik fonida foyda va “bozor”ni maksimallashtirish, ya’ni korporatsiyaning strategik barqarorligini ta’minlashni ham nazarda tutadi;
- kompaniyaning yagona global strategiyasi doirasida global ishlab chiqarish va sotish tarmoqlarini yaratish. Shu bilan birga, TMKlar bir mamlakatda to‘liq ishlab chiqarish siklini yaratish bilan qanoatlanmasdan, har bir korxonani global tarmoqda alohida tugun sifatida yakuniy bosqich uchun komponent ishlab chiqarishda ixtisoslashtirishga intiladi;
- TMKlar doirasida xalqaro mehnat taqsimotining kengayishi ishlab chiqarish, tadqiqot, sotish va dunyoning turli burchaklarida tarqalgan kompaniya bo‘linmalari boshqa faoliyatining gorizontal va vertikal integratsiyasiga asoslangan;
- TMKlar tomonidan yaratilayotgan xalqaro ishlab chiqarish nafaqat moddiy, balki nomoddiy xarakterga ham ega, ya’ni so‘nggi o‘n yil ichida xizmatlar va ilm-fan taraqqiyoti yo‘nalishiga kiritilayotgan TTXI hajmi tez o‘sib bormoqda;
- TMKlarning qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasi moddiy, moliyaviy va inson resurslarining sifat jihatidan yangi (global) kombinatsiyasiga asoslangan bo‘lib, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan (ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilda qayta ishlash sanoatining ulushi jahon yalpi mahsulotining 10 %idan oshmaydi, ammo samaradorlikning ortishi tufayli dunyoning soha mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari to‘liq qondiriladi;177
- TMK bo‘linmalari o‘rtasida ichki korporativ savdoni jadal rivojlantirish (hozirgi kunda butun jahon savdosining taxminan 1/2 qismini tashkil etadi);
- xalqaro korporatsiyalar tomonidan kapitalni TTXI shaklida eksport qilish nafaqat xorijiy filiallar sonini oshirishga, balki rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik bo‘shliqni kamaytirishga qaratilgan: mahsulot va xizmatlarning sifati, ishlab chiqarish mamlakatidan qat’i nazar, xalqaro standartlarga javob berishi kerak;
- texnologiyalarni rivojlantirish, uzatish va ulardan foydalanishni asosan yopiq korporativ tarkibda foydalanish, shuningdek, raqobat xavfini kamaytirish maqsadida – qo‘shma tadqiqot markazlari va dasturlarini yaratish, boshqa korporatsiyalar bilan o‘zaro litsenziyalash;
- xalqaro korporatsiyalar faoliyatini shakl bo‘yicha diversifikatsiyalash (15 ga yaqin). Tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar, kapital, texnologiyalar va bilimlar harakatining gibrid yoki murakkab shakllarda diversifikatsiyalashuvi eng samarali hisoblanadi. “Liksfreksding” - litsenziya almashinuvi, franchayzing, tovarlar eksport qilish va TTXIning murakkab kombinatsiyasi jahon amaliyotida tobora keng tarqalmoqda. Moddiy bo‘lmagan ishlab chiqarish sohasida tashqi iqtisodiy faoliyatning muayyan turlari (moliyalash, sotish, boshqarish, sug‘urta) bo‘yicha ixtisoslashishga nisbatan aniq tendensiya mavjud;
- turli milliy va xalqaro markazlarga tegishli TMKlarning “o‘zaro hamkorligi”va strategik tizimlar, oilalar, ittifoqlar, birlashish va sotib olish shaklida o‘zaro aloqalarini mustahkamlash.
TMKlarning o‘rni hozirgi vaqtda ishchi kuchi va xomashyoning ko‘pligi bilan emas, balki inson kapitalining sifati, innovatsion faoliyati, ta’lim darajasi va bilimlardan amaliy foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ilmiy tadqiqotlarga xarajatlar bo‘yicha Shvetsiya yetakchilik qilmoqda, undan keyingi o‘rinlarni Finlyandiya, AQSh, Yaponiya, Daniya va Germaniya egallagan. Umuman, eng yaxshi besh mamlakat – AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlarga ko‘proq dunyodagi barcha boshqa mamlakatlarga nisbatan pul sarflaydi va bu guruhda AQShning ulushi 50% dan oshadi.
Ilmiy-texnika sohasidagi globallashuvning zamonaviy jarayonlari tadqiqot va rivojlanishning mazmuni va yo‘nalishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tabiatan baynalmilal bo‘lgan fundamental fan, nihoyat, davlatlararo to‘siqlarni yengib o‘tib, dunyo taraqqiyotini bashorat qilib, koinot sirlariga va insoniyatning o‘z-o‘zini bilishiga kirib borishning umumiy tsivilizatsion vositasiga aylanadi. Eng rivojlangan va yangi rivojlangan mamlakatlarda xorijiy tadqiqotlarni moliyalashtirish o‘sib borayotgan mutanosib yangilik sohasida TMKlarning tadqiqot bo‘limlarini shakllantirishga yo‘naltirilmoqda. O‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda, tadqiqot va rivojlantirish uchun xorijiy moliyalashtirish ulushi taxminan 10% edi.
TMKlar o‘z mamlakatlarida tashkil etilgan o‘z ishlab chiqarish ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish uchun, birinchi navbatda, xorijiy tadqiqot bo‘linmalarini ochishga harakat qiladi. So‘nggi paytlarda ko‘proq xorijiy bo‘linmalar faoliyati global tadqiqot salohiyatidan foydalanishga, jumladan, yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlarni jalb etishga qaratilgan.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish