Global iqtisodiy rivojlanish


Global muammolarning guruhlanishi



Download 3,18 Mb.
bet47/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

4.2. Global muammolarning guruhlanishi

Bugungi kunda global muammolar jahon miqyosida turli tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Global muammolarni xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratish muammolarni turli mamlakatlar kesimida umumlashtirish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yo‘nalishlarni aniq belgilash imkonini beradi.


Mutaxassislar tomonidan global muammolar “to‘plami” turlicha belgilanadi. Ushbu muammolar ro‘yxati turli adabiyotlarda turlicha belgilanib, 2500 tagacha yetishi mumkin.
Ushbu yo‘nalishdagi eng ko‘p ma’lumotlar “Rim klubi” a’zolari A.King va B.Shnayderlarning “Birinchi global inqilob” (1989) nomli tadqiqotida o‘z aksini topgan. Ular tomonidan aniqlangan global muammolar antropogen faoliyatning kengayishi, iqlimning global isishi va uning energetika sohasiga ta’siri, global ko‘lamdagi oziq-ovqat ta’minoti, demografik o‘zgarishlar, axborot jamiyati ko‘rinishidagi muhim ijtimoiy-tabiiy jarayonlar ta’sirida keskinlashmoqda.
Bu ijtimoiy-tabiiy jarayonlar sayyoramiz aholisining miqdoriy tarkibi va ularning harakatlar energiyasi chegara-sayyoraviy sohaga tegishli bo‘lganligi sababli katta tashvish tug‘diradi. Buni amerikalik matematik va fizik Jon von Nyuman o‘zining mashhur “chegaralangan o‘lchamdagi postulati”da aniqlab bergan. Chegarani buzish halokatga olib keladi, bu kelajak avlodlarga tahdid soladigan sayyoraviy miqyosdagi falokatga olib keladi.
A.King va B.Shnayder tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan eng muhim ijtimoiy-tabiiy jarayonlar insoniyatni har doim bir darajadan boshqa darajaga olib o‘tadi, ammo bu muammolar hech qachon bunday global miqyosda bo‘lmagan. Insoniyat tarixida birinchi marta inson faoliyati, ya’ni antropogen ta’sir uning o‘z xavfsizligiga tahdid sola boshladi.
Global muammolarning turli tasniflari mavjud, ammo ularning har biri shartli, chunki barcha muammolar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va aniq chegaralarga ega emas.
1980-yillar boshida ishlab chiqilgan va umumiy qabul qilingan tasnifga ko‘ra, global muammolarning uchta asosiy guruhi mavjud:
1. Insoniyatning asosiy ijtimoiy munosabatlari bilan bog‘liq muammolar (global yadroviy falokatning oldini olish, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalaridagi farqni qisqartirish va boshqalar);
2. Inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq muammolar (ekologik, energiya, xomashyo va oziq-ovqat, kosmik tadqiqotlar va boshqalar);
3. Insonlar va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga qaratilgan muammolar (ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, xavfli kasalliklarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, savodsizlikni bartaraf etish va boshqalar).
Global muammolarning nisbatan to‘liq tipologiyasi B.N.Savchenko tomonidan taklif etiladi. Ushbu tipologiya muammolarning 5 ta asosiy xususiyati – xavfsizlik, taraqqiyot, borliqning tabiiy asoslarini saqlash, adolat va turli madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga asoslanadi. Insoniyatning global muammolariga xos xususiyatlarini aniqlash va ularni boshqa muammolardan, hatto sayyoraviy tabiatdan ajratishga ham urinishlar mavjud:
- yagona davlat yoki mamlakatlar chegarasidan tashqariga chiqadigan global namoyon bo‘lish ko‘lami;
- alomatlarning jiddiyligi;
- murakkab tabiat: barcha muammolar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan;
- barcha mamlakatlar va xalqlar uchun tushunarli va dolzarb bo‘lgan umumbashariy mohiyat;
- insoniyat kelajagi taraqqiyotining borishini ma’lum jihatlarda aniqlash qobiliyati;
- global muammolarni faqat butunjahon hamjamiyati, barcha mamlakatlar va etnik guruhlarning sa’y-harakatlari orqali hal qilish mumkinligi.
Akademiklar V.V.Zagladin va I.T.Frolovlar tomonidan global muammolar uchta guruhga ajratilgan:
1. “Intersotsial”, ya’ni eng umumiy va dolzarb muammolar:
a) urush xavfining oldini olish va tinchlikni ta’minlash;
b) yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish.
2. “Jamiyat va tabiat” munosabatlari tizimida yuzaga keladigan muammolar:
a) ekologik;
b) energetika;
s) xomashyo;
d) dunyo okeanini rivojlantirish;
e) kosmik tadqiqotlar.
3. “Inson-jamiyat” tizimida yuzaga keladigan muammolar:
a) aholi o‘sishini nazorat qilish;
b) sog‘liqni saqlash masalalari;
v) ta’lim masalalari va boshqalar.
Shu bilan birga, oziq-ovqat muammosi kabi ayrim muammolar har uchala guruhga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lganligi sababli, guruhlardan biriga aniq bir tarzda bog‘lana olmasligi ta’kidlanadi 43.
Global muammolar tadqiqotchisi N.G.Apuxtina global muammolarni hal qilishning dolzarbligi ustuvorligiga asoslangan turlicha mazmunga ega bo‘lgan to‘rtta muammo guruhini ajratib ko‘rsatadi:
- eng asosiy, o‘tkir va ko‘p vektorli muammo: uchinchi jahon urushining oldini olish. Insoniyatning mavjudligi va boshqa global muammolarni hal qilishning muvaffaqiyati bu muammoning hal etilishiga bog‘liq.
- insoniyat kelajagi bilan bog‘liq va ularni amalga oshirishda katta moddiy, insoniy va ilmiy-texnik xarajatlarni talab qiluvchi ikki muammo: dunyo okeanlari va tashqi makon taraqqiyoti. Ushbu muammolarning dolzarbligi an’anaviy energiya va ovqatlanish manbalarining tugashi bilan bog‘liq.
- inson va jamiyatning tabiatga noto‘g‘ri munosabatlari bilan bog‘liq muammolar:
a) ekologik;
b) oziq-ovqat;
s) energetika;
d) xomashyo.
- jamiyat ichidagi munosabatlarning nomukammalligi, jamiyat va insonning mohiyati, tabiati, mazmuni va maqsadini tor va yuzaki tushunish bilan bog‘liq muammolar:
a) mintaqalar, mamlakatlar va xalqlarning notekis rivojlanishini bartaraf etish muammosi;
b) demografik muammo;
s) inson biologik salomatligini saqlash va mustahkamlash;
d) madaniyatni asrash va rivojlantirish muammosi – inson va uning asosiy kuchlarining ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar.
Professor Yu.Gladkiy tomonidan taklif qilingan global muammolarni ularning umumiy xususiyatlari asosidagi tasnifi ham o‘ziga xosdir44:
1. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi umumbashariy muammolar.
2. Tabiiy va iqtisodiy xarakterdagi muammolar.
3. Ijtimoiy xarakterdagi muammolar.
4. Hal qilinmasligi hayotning ommaviy yo‘qolishiga olib keladigan aralash xususiyatli muammolar.
5. Ilmiy xarakterdagi muammolar.
6. Aralash xarakterdagi “kichik” muammolar.
Tabiiyki, birinchi guruhdagi umumbashariy muammolar ro‘yxati yadroviy urushning oldini olish va sayyoramizdagi tinchlikni asrash muammosidan boshlanadi.
Birinchi guruhga davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashgina emas, balki insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan dunyo barqaror rivojlanishining global muammosi ham kiradi. Bu muammo dolzarb muammolardan biri bo‘lgan va faqat dunyoning barcha davlatlari hamkorligi orqali hal qilinishi mumkin bo‘lgan kam rivojlangan mamlakatlarning qoloqligini bartaraf etish muammosi bilan adashtirmaslik kerak. Jahon hamjamiyatini tashkil etish va boshqarish darajasini oshirish ham umumbashariy xarakterdagi eng muhim muammolardan biridir.
Ikkinchi guruh asosan tabiiy va iqtisodiy xarakterdagi muammolardan iborat bo‘lib, ular ko‘pincha globallashuv jarayoni bilan bog‘liq. Ularning har biri yer yuzidagi hayotning tabiiy asoslariga bevosita bog‘liq bo‘lib, sivilizatsiyaga katta xavf tug‘diradi. Jahon fanida ekotizim muvozanatlari uchun halokatli bo‘lgan yer biosferasiga antropogen ta’sirning misli ko‘rilmagan darajadagi jadalligiga uzluksiz urg‘u berilmoqda.
Global energetika muammosining o‘zagini uglevodorodlarning, birinchi navbatda, neft va gazning cheklangan tabiiy zahiralari tashkil etadi, tez sur’atlarda rivojlanayotgan iqtisodiyot esa energiya sarfini oshirishni talab qiladi. Bunday sharoitda insoniyat o‘tish davriga – organik resurslarga asoslangan energiyadan-energiyaga deyarli bitmas-tuganmas asosiga tayanishga majbur (yadro energiyasi, quyosh energiyasi va boshqalar). Bu davr inson faoliyatining barcha sohalarida energiya tejaydigan texnologiya va har tomonlama energiya tejamkorligining rivojlanishi bilan ham ajralib turadi.
Energetika sohasi global xomashyo muammosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, mineral xomashyoga bo‘lgan talabning tobora ortib borishi va uning ko‘plab turlarining tugab borishi bilan bog‘liq. Mineral resurslar hajmi deyarli o‘zgarmasdir va agar ularning cheksiz o‘sib borayotgan iste’moli davom etsa, ular yaqin kelajakda tugab qoladi, bu esa insoniyatni o‘ta murakkab vaziyatga soladi.
Jahon bo‘yicha 1 milliard atrofidagi insonlarning ommaviy ochligi va to‘yib ovqatlanmasligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, global oziq-ovqat muammosi ham bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi guruhga insoniyatning bugungi kuni va kelajagi uchun “ijtimoiy bomba” hisoblanuvchi demografik, millatlararo munosabatlar, “ruh ekologiyasi” (ommaviy madaniyat, axloq, oila inqirozi), demokratiyaning cheklanishi, sog‘liqni saqlash singari ijtimoiy xarakterdagi muammolar kiradi.
Ommaviy halokatlar bilan bog‘liq aralash muammolarning to‘rtinchi guruhiga mintaqaviy nizolar, jinoyatchilik, texnologik avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqalar kiradi.
Beshinchi guruhda sof ilmiy muammolar - kosmik tadqiqotlar, Yerning ichki tuzilishini tadqiq qilish, uzoq muddatli iqlimni prognoz qilish va boshqalar kiradi. Ushbu muammolarning hal etilmasligi insoniyatga katta tahdid solmaydi. Chunki bu muammolarning hal etilishi zarur bo‘lgan holatlarning keskinligini ma’lum darajada yumshatadi xolos.
Oltinchi guruhdagi global muammolarga jahonning barcha hudud va mintaqalariga xos va to‘liq bartaraf etilish imkoniyati kam bo‘lgan byurokratiya, korrupsiya, egotsentrizm kabi kichik muammolar birlashtirilgan.
Globallashuv muammolari tasniflarini nazariy jihatdan o‘rgangan holda bugungi taraqqiyot davri uchun global muammolarni umumlashtirish asosida quyidagi guruhlarga umumlashtirish maqsadga muvofiq (4.1-rasm).




Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish