Global iqtisodiy rivojlanish


Global iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 3,18 Mb.
bet34/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

2.3. Global iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari

Klassik paradigmadan keyin shakllangan yangi ilmiy tafakkur doirasida turli fanlar bir-biriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ularda o‘zaro integratsiya jarayoni yuz beradi. Shu bilan birga, fanlarning o‘zaro aralashib ketishi emas, balki bir fan doirasidagi tushuncha, yondashuv, nazariya va atamalar boshqa bir fan doirasida faol qo‘llanilishi kuzatiladi. Ayniqsa, klassik paradigmadan keyingi ilmiy tafakkurda ijtimoiy tizimlarning o‘zaro aloqadorligi va ularning tabiiy tizimlar bilan o‘zaro yaqin munosabatlarni ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu aniq fanlarda bu tabiiy va gumanitar tushunchalarning faollashuvida namoyon bo‘ladi. Ana shunday fanlararo bog‘liqlik asosida zamonaviy dunyoni tushunish yo‘nalishidagi murakkab nazariya va tushunchalar yaratiladi. Fanlararo zamonaviy kompleks tushunchalardan biri – globallashuvdir.


Globallashuvning asosan bugungi kungacha bo‘lgan nazariyalar taraqqiyotida 4 ta katta guruhga ajratiladi:
1. “Jahon tizimlari” nazariyasi (I.Vallerstayn).
2. “Umumjahon madaniyati” nazariyasi (R.Robertson).
3. “Umumjahon boshqaruvi” nazariyasi.
4. “Global kapitalizm” nazariyasi.
Ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalarning har biri o‘zining tadqiqot ob’ekti, sub’ekti va predmetiga ega bo‘lib, ushbu nazariyalar bugungi kunda ham jahon globallashuvi muammolari tadqiqida muhim ahamiyatga ega.
Globallashuvning “jahon tizimlari” nazariyasi asoschisi I.Vallerstayn hisoblanib, uning konsepsiyasi keyinchalik bir qator ushbu nazariya namoyandalari tomonidan kengaytirilgan.
I.Vallerstayn tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya juda mustahkam an’anaga asoslangan. Odatda, jahon-tizim tahlilining uchta asosiy manbai sifatida – klassik marksizm, F.Brodelning jahon-iqtisodiyot haqidagi ta’limoti va o‘zaro bog‘liq rivojlanish nazariyasi qaraladi. K.Sorinelning fikricha I.Vallerstayn K.Marksdan mehnat va kapitalning qarama-qarshiligi, kapitalning to‘planishi, shuningdek, feodalizm va kapitalizm kabi ijtimoiy tizimlar, dialektik usul va boshqa ko‘plab tushunchalarni olgan. “Annallar” maktabidan esa uzoq davriy tarixiy sikllar va savdo aloqalari bilan birlashtirilgan yirik iqtisodiy mintaqalar g‘oyalarini, bog‘liqlik ta’limotidan markaz va atrof-muhit o‘rtasidagi qarama-qarshilik g‘oyasini olgan14.
F.Brodel birinchilardan bo‘lib keyinchalik jahon-tizim tahlilining asosiy kategoriyasiga aylangan “jahon iqtisodiyoti” tushunchasini kiritgan. U jahon iqtisodiyotini “o‘zi uchun yetarli bo‘lgan, sayyoraning iqtisodiy jihatdan mustaqil qismi” deb ta’rifladi15. Olamlar-iqtisodiyotlar kesib o‘tish xarajatlarni oshirib yuboruvchi ma’lum bir to‘siqlar bilan bir-biridan ajralib turadi. O‘tmishda cho‘llar, okeanlar, tog‘ tizmalari va boshqalar shunday to‘siq bo‘lgan. Jahon iqtisodiyoti o‘zining tuzilishi va rivojlanish dinamikasiga ega bo‘lib, uni iqtisodiy muhitning yuksalish va pasayish davrlari sifatida cheksiz ta’riflash mumkin. F.Brodel jahon-iqtisodiyot tizimida bir “yirik shahar” yoki bir necha “yirik shaharlar” ko‘rinishidagi markazlari bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
I.Vallerstaynning dastlabki asarlari nashr etilgandan so‘ng F.Brodel o‘z pozitsiyasini aniqlab: “Har qanday jahon iqtisodiyoti markazlashgan shaklda joylashgan zonalardan iborat. O‘rta zonani markaz atrofida joylashgan maydon tashkil etadi... Keyin o‘rta zona atrofida oraliq zonalar vujudga keladi. Nihoyat, jahon iqtisodiyoti tizimini tavsiflovchi mehnat taqsimotida qatnashuvchi emas, balki tobe va qaram hudud bo‘lgan juda katta maydondagi periferiya joylashadi. Bunday periferik hududlarda odamlarning hayoti do‘zaxga o‘xshaydi. Buning asosiy sababi – ularning geografik joylashuvida aks etadi” 16.
G‘arb mamlakatlari aholisining uzoq yillar davomida koloniyalardagi og‘ir mehnati va tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilish orqali iqtisodiy muvaffaqiyatga va yuqori turmush darajasiga erishganligi to‘g‘risidagi Andre Gunder Frankning tadqiqotlari I.Vallerstayn g‘oyalarining rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Jahon-tizim yondashuvining shakllanishida Prebish va Frank singari Lotin Amerikasi taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgangan Jon Fridmanning g‘oyalari ham muhim rol o‘ynadi. Fridman har qanday mamlakatda mavjud bo‘lgan to‘rtta iqtisodiy va geografik zonani farqlagan. U ushbu zonalarni – eng ko‘p yangilik ro‘y beradigan, aholi va kapital jamlangan asosiy yadro - mintaqalar; yadro - mintaqalarga ulangan va undan rivojlanish uchun impulslar oladigan rivojlanayotgan mintaqalar; yangi resurslar ishlab chiqilayotgan resurs-chegara mintaqalari; resurs bazasining yemirilishi oqibatida turg‘unlik va iqtisodiy depressiya holatiga kelgan degradatsiyalanayotgan mintaqalarga ajratadi. Bunday mintaqalar, Fridmanning fikricha, alohida mamlakatlar, hududlar va hatto jahon miqyosida ham uchrashi mumkin.
I.Vallerstayn jahon-iqtisodiyot tizimi konsepsiyasini yadro-mamlakatlar tomonidan chekka mamlakatlarni ekspluatatsiya qilish g‘oyasi bilan birlashtirib, katta tarixiy tizimlarni vaqt va makonda mahalliylashtirilgan iqtisodiy qonuniyatlar bilan tahlil qilishga qaratilgan o‘z nazariy paradigmasini yaratdi. Bunday yondashuv ijtimoiy fanlar ilgari amalga oshira olmagan ko‘pgina kategoriyalarning rad etilishiga olib keldi. I.Vallerstayn, eng avvalo, jamiyat tushunchasidan voz kechishni taklif qildi, chunki, uning fikricha, mehnat taqsimotini umumiy jahon tizimida alohida davlatlar, xalqlar yoki madaniyatlar kesimidan tashqarida ko‘rib chiqish samarasizdir.
Tahlil birligi sifatida tadqiqotchi o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi yaxlitlik sifatida qaraluvchi jahon-tizimdan foydalanishni taklif etdi.
Jahon-tizim – savdo va mehnat taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy jihatdan uyushgan va iqtisodiy jihatdan o‘zaro aloqada bo‘lgan hududlar majmuidir.
Bunday tizimning birinchi varianti sifatida mini tizim, ya’ni ibtidoiy jamoa ko‘rinishidagi yopiq va o‘ziga yetarli bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy birlik olinadi. Vaqt o‘tishi bilan mini-tizimlar o‘z chegaralaridan tashqariga chiqa boshlaydi, boshqa tarafdan, ilgari yopiq bo‘lgan iqtisodiy birliklar bilan almashinuv jarayonlarida ishtirok etib, jahon-tizimining shakllanishiga olib keladi.
Vallerstayn jahon-tizimlarining ikki turini ajratib ko‘rsatadi: jahon-imperiya va jahon-iqtisodiyot. Jahon-imperiya sub’ektiv hududlarga soliq undirish orqali jahon-imperiyaning birligini qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy kuchlar bilan birlashadi.
Jahon-iqtisodiyot tizimi bir-biri bilan doimiy ziddiyatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq shunday sharoitda ham barqaror iqtisodiy aloqalarni saqlab turuvchi mustaqil davlatlar guruhidan iborat bo‘ladi. Jahon-iqtisodiyoti tizimlari qadimdan mavjud bo‘lgan, biroq keyinchalik raqobatchi davlatlardan biri boshqalarni o‘ziga bo‘ysundirgan va jahon – iqtisodiyot tizimi jahon-imperiya tizimiga aylangan, ya’ni iqtisodiy tushuncha siyosiy tushuncha darajasiga chiqqan. Biroq, 1450-yillarda G‘arbiy Yevropada maxsus jahon-iqtisodiyot tizimi paydo bo‘ldi va u qisman siyosiy tuzilishni saqlab qoldi. Bu haqda Vallerstayn shunday deb yozgan edi: “XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Yevropada jahon-iqtisodiyot tizimi deb atash mumkin bo‘lgan tizim paydo bo‘ldi. Garchi u buyuk imperiya bilan bir xil darajada bo‘lsa-da, u imperiya emas edi, faqatgina uning ayrim xususiyatlariga ega edi. U imperiyalar, shahar-davlatlar yoki miliy davlatlar kabi siyosiy emas, balki iqtisodiy birlik edi... Garchi ular ma’lum darajada madaniy aloqalar, shuningdek, siyosiy bitimlar va hatto Konfederatsiya tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, ushbu tizim elementlari o‘rtasidagi asosiy aloqalar tabiatan iqtisodiy edi” 17.
Vallerstayn talqinidagi kapitalizm an’anaviy marksistik tushunchadan ancha uzoqdir, chunki tadqiqotchi jahon bozorida faoliyat ko‘rsatadigan har qanday mamlakatni kapitalistik jahon iqtisodiyotining bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi.
Uning konsepsiyasida kapitalizm iqtisodiyotning qaysidir darajasidagi uklad sifatida qaralmaydi. Vallerstayn jamg‘arish manfaatlari boshqa har qanday mulohazalardan ustun bo‘lgan “tarixiy kapitalizm” haqida gapirishni afzal ko‘radi. Aslida, tarixiy kapitalizm bir xil makon va dunyoviy xususiyatlarga ega kapitalistik jahon-iqtisodiyot va jahon-tizimi bilan belgilangan: “Shunday qilib, - deb yozadi Vallerstayn – tarixiy kapitalizm kapitalni cheksiz jamlash iqtisodiy maqsad bo‘lgan, ishlab chiqarishning aniq, vaqt va makon jihatidan chegaralangan joydir. Bu unda ijtimoiy bir butunlikka hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan va muayyan shart-sharoitlarni belgilaydigan, o‘z qoidalariga muvofiq harakat qiladigan va boshqalar ham ularga moslashishi zarur bo‘lgan ijtimoiy tizimdir” 18.
Globallashuvning keyingi nazariyasi “umumjahon madaniyati” nazariyasi deb nomlanib, ko‘pchilik tadqiqotchilar ushbu nazariyani glokolizatsiya nazariyasi deb ham atashadi. Ushbu nazariyaning asoschisi amerikalik britan tadqiqotchisi R.Robertson hisoblanadi.
Glokalizatsiya nazariyasining asosiy tushunchalarini ko‘rib chiqishda, avvalo, globalizatsiya orqali nimani tushunamiz, degan savolga javob berishimiz kerak. Ushbu savol mohiyatini tushunishda biz U.Bekning “Globalizatsiya nima?” nomli asariga tayanamiz. U.Bek tadqiqotning mavzu doirasini aniqlash uchun uchta tushuncha – globallashuv, globallik va globalizm tushunchalarini alohida ajratgan holda yondashishni taklif qiladi. U globallashuvni “milliy davlatlar va ularning suvereniteti transmilliy ishtirokchilar faoliyati bilan o‘zaro bog‘langan va ularning qobiliyatiga, yo‘nalishiga va kimligiga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar”, - deb belgilaydi; boshqacha aytganda, u yagona davlat va hukumatsiz jahon jamiyatining mavjudligiga ishora qiladi.
“Globallashuv” atamasi, U.Bek fikriga ko‘ra, “endi sayyorada sodir bo‘layotgan hech bir hodisaning mahalliy chegaradagi voqe’likka aloqasi yo‘q, barcha ixtirolar, g‘alabalar va falokatlar butun dunyoga taalluqli va biz hayotimizni va harakatlarimizni, tashkilot va muassasalarni “mahalliy-global” o‘qda qayta ko‘rib chiqishimiz va tashkil etishimiz lozim”. Shunday qilib, globallik ob’ektiv bayonotning bir turi sifatida qabul qilinadi. U.Bek “globallik” va “globallashuv”dan “globalizm”ni, ya’ni jahon bozori hukmronligining neoliberal mafkurasi, globallashuvni g‘arblashuv deb hisoblovchi qarashlarni o‘ylab ko‘rishga chaqiradi. Globalizm globallashuvning iqtisodiy aspektini barcha boshqa jihatlar ustidan ustuvorligini e’tirof etgan holda globallashuvni monokauzal deb hisoblaydi.
Shunday qilib, glokalizatsiya nazariyasi globallikning holatini tushunish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, globallashuvni global jamiyat rivojlanishining tendensiyalaridan biri sifatida va, ayni paytda, globalizmdan har tomonlama uzoqlashib, butunlay boshqacha yondashuvni taklif qiladi.
R.Robertson birinchi bo‘lib ijtimoiy fanlarga “glokalizatsiya” tushunchasini kiritgan. Ungacha “glokalizatsiya” tushunchasi yapon marketingida (“dochakuka”) qo‘llanilgan: dastlab u texnologiyalarning mahalliy sharoitga moslashishini, keyinchalik global mahsulotni o‘ziga xos mahalliy bozorga moslashtirishni nazarda tutgan. R.Robertson ushbu tushunchadan globallashuv jarayonlarini umumiy tahlil qilishda foydalanadi.
R.Robertsonning globallashuv modeli jahon-tizim nazariyasi va global tizim nazariyalari tanqidi asosida shakllangan. 1968 yilda R.Robertson madaniyat sohasi dunyoning tizimlashtirilishida juda muhim, degan xulosaga kelgan bo‘lsa, 1980-yillar o‘rtalarida milliy iqtisodiyot va davlatlarning global o‘zaro bog‘liqligida dunyoning yagona ijtimoiy-madaniy makonga aylanishi ham muhimligi to‘g‘risidagi fikrni olg‘a surdi.
Shaxslar ongi va faoliyatining globallashuv nazariyasi predmetiga kiritilishi Robertsonni globallik va lokallik o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga undadi. Natijada R.Robertson globallashuv jarayonida ikki tendensiyani aniqladi: jahon hayotining global institutsionallashuvi, niversalizm, globallashuvning gomogenligi tendensiyasi va globallashuvning lokallashuvga moyilligi, xususiylik, geterogenlik tendensiyasi. Shunday qilib, glokalizatsiya nazariyasidagi asosiy semantik tushunchalar “globallik” va “lokallilik”; bu nazariyaning boshlang‘ich nuqtasi global madaniy yo‘nalishlarning mahalliy kontekstda o‘zgarishi, boshqacha aytganda, ularning mahalliylashtirilganligidir; shu bilan bir qatorda, mahalliy madaniy qadriyatlar va mohiyatlar ham jahon miqyosida qayta talqin etiladi.
Shuni ham aytish kerakki, glokalizatsiya tushunchasi bilan bir qatorda regionalizm, mintaqalashuv avtonomlik, traditsionalizm, alohidalik, gibridlanish, parchalanish va fragmegratsiya kabi boshqa bir qator tushunchalar zamonaviy globallashuvni mahalliy ko‘rinishlarda tavsiflovchi jarayonlarning o‘ziga xosligi va murakkabligini aniqlashtirishda foydalaniladi.
Quyida glokalizatsiya nazariyasini jamiyatning turli sohalariga yoki iqtisodiyot, siyosat va madaniyatni o‘z ichiga olgan asosiy tuzilmalarga qanday tatbiq etilishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi.
Albatta, barcha davom etayotgan jarayon va tendensiyalarni qamrab olishning iloji yo‘q, shuning uchun iqtisodiyot, siyosat va madaniyat sohalarida glokolizatsiya tamoyillarini izohlovchi misollarini sanab o‘tish bilan cheklanamiz.
Iqtisodiyotda glokalizatsiya proteksionizm siyosatida va global iqtisodiy inqirozlar davrida davlatning rolini mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Shuni ham aytish mumkinki, transmilliy korporatsiyalarning xo‘jalik faoliyati turli mahalliy mazmunlarda muayyan o‘ziga xoslik kasb etib, u mahsulotlarning milliy bozorlarga moslashuvida, reklamaning o‘ziga xos xususiyatlarida va mahsulotni reklama qilish usulida o‘z ifodasini topadi.
Siyosiy sohada glokalizatsiya milliy davlatlar oldiga qo‘yilgan globalizatsiya muammosiga tabiiy javob bo‘ladi. Bunday holatda mumkin bo‘lgan javoblar sifatida millatchilik tendensiyalarini mustahkamlash yoki mintaqaviy integratsiyaga intilishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Madaniyat sohasida glokalizatsiyani “ko‘pmadaniyatlilik” atamasi sifatida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Madaniyat sohasidagi diversifikatsiya madaniyatlarning birlashishi, g‘arblashuvi va gomogenlashuvi haqidagi asosiy prognozlarga zid holat ko‘rinishidir, bu esa uning tijoratlashuvi bilan ham bog‘liq.
Agar glokalizatsiyaning mumkin bo‘lgan ko‘rinishlarini umumlashtirsak, turli madaniyatlarda paydo bo‘lgan global muammoga mahalliy javoblarning beshta asosiy turini belgilab o‘tish mumkin19:
- global oqim va institutlarning harakatiga nisbatan mahalliy madaniyatning maksimal ochiqligi (masalan, Afrikada g‘arblashtirish ssenariysi bo‘yicha globallashuvga qarshilik ko‘rsatish uchun yetarlicha tarixiy va madaniy an’analarga va siyosiy ambitsiyalarga ega bo‘lmagan mamlakatlar mavjud);
- mahalliy madaniyatning global madaniyat shakllari bilan har qanday o‘zaro bog‘liklik va integratsiyasiz ham mavjud bo‘la olishi (masalan, Xitoydagi “boshqariladigan globallashuv” );
- kuchli mahalliy aks ta’sir natijasida global oqimlarning moslashuvi va o‘zgarishi;
- mahalliy madaniyatni globallashuv jarayonlaridan kurash va rad etish orqali himoya qilinishi (bu holat uchun eng yorqin misol sifatida Shimoliy Koreyadagi holatni ko‘rsatish mumkin);
- mintaqalashuv (masalan, Yevropa Ittifoqi integratsiyasi loyihasining timsoli bo‘lib, milliy va mintaqaviy Yevropa identifikatsiya turlarini tabiiy ravishda birlashtiradi).
Muayyan turdagi aks ta’sirni tanlash bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, R.Robertson mantig‘ining davomi sifatida ular orasida ijtimoiy-madaniy omilni asosiy omil sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin. Har holda, zamonaviy dunyoda biz ba’zan qarama-qarshi yo‘nalishlarni birlashtiradigan murakkab jarayonlarga duch kelamiz, glokalizatsiya nazariyasi yordamida ularning aniqlanishi va tushunilishi mumkin.
Globallashuvning yana bir nazariyasi “umumjahon boshqaruvi” nazariyasi nomi bilan mashhur. Ushbu nazariya namoyandalari bugungi kunda mavjud bo‘lgan Yevropa Ittifoqi, BRIKS va shu kabi iqtisodiy birlashmalar siymosida jahon iqtisodiyotini umumjahon boshqaruvi g‘oyasini olg‘a suradilar.
O‘tgan davrlarda xalqaro tartibning amaliy imkoniyati doirasida markazlashuv va markazdan qochish tendensiyalarining dinamik muvozanatiga erishildi, bunda davlatlarning haqiqiy sub’ektligi yoki mavjudligi ularning nisbiy muvofiqligini ta’minlash sharti edi. Bu vaqt globallashuv sharoitida davlatning funksiyalarini inversiya qilish bilan o‘tdi va endi uning tashqi siyosati ichki siyosatning davomi hisoblanadi va aksincha. Globallashuvning ko‘plab imperativlari allaqachon “yangi dunyo tartibi”ni belgilamoqda va bu imperativlar ichida eng muhimi chegara bilmaydigan axborot inqilobidir. Ammo u neoimperial tendensiyalar (“axborot urushlari”)da, uzoq muddatli iqtisodiy raqobatda, virtual moliyaviy o‘yinlarning sirli dunyosida keng qo‘llaniladi. Bularning barchasi muqarrar ravishda “muvofiqlashtirilgan” hududdan, ya’ni suveren davlatlardan ajratilgan darajadagi jarayonlarning tartibsizligiga olib keladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan voqe’liklar davlatning dunyodagi an’anaviy maqomini shubha ostiga qo‘yadi. F.Brokgauza va I.Yefronning “Ensiklopedik lug‘ati”da ularning mustaqilligi “boshqa hech qanday kuch” buyruq berishi yoki uning irodasini amalga oshirish uchun qonuniy hokimiyatga ega bo‘lmasligi kerak”ligi ko‘rsatib o‘tilgan. Hatto eng qudratli davlatlar ham bugun bunday to‘la suverenitetga ega emas. Agar ambitsiyalarini chetga olib tashlansa, daniyalik siyosatshunoslar X.Xolm va G.Sorensenlarning atamalariga ko‘ra, globallashuv kontekstida tezkor suverenitetining bir qismidan voz kechishdir20.
Biroq bu ob’ektiv tendensiya ko‘pincha iqtisodiy markazlashuv ruhida talqin qilinib, bu jarayonda birlamchi bo‘g‘in sifatida dunyoning mintaqalashuvi va davlatning rivojlanishi o‘rtasiga teng belgi qo‘yiladi. F.Bobbitning fikriga ko‘ra, agar mintaqa-davlat hali millat-davlat va muayyan suveren xususiyatlarini saqlab qolgan bo‘lsa, bozor-davlat bu xususiyatlarni yo‘qotadi. Shunday qilib, mintaqa-davlat chinakam global tuzilma – bozor-davlatga o‘tish shaklidir.
Fransiya tadqiqotlar milliy markazi direktori M.K.Smuts bunday boshqaruvning uch tomonlama kredosini: “...ishtirok etish, muzokaralar, muvofiqlashtirish”ni shakllantirdi21. Bu yerda asosiy kalit so‘z va tushunchalar sifatida loyihalar, hamkorlik, konsensus ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu tushunchalar “yaxshi boshqaruv” negizidagi asl mohiyat – ijodiy qobiliyatni loyihalashni asosini tashkil etadi.
Zamonaviylikning turli modellarini taqqoslab, nemis politologi Yevropa Ittifoqi neoliberal globallashuvga nisbatan samarali qarshi turuvchi shaklga aylanishi mumkin va, shuning uchun ham, Yevropa Ittifoqi globallashuvni konstruktiv yo‘nalishga aylantira oladigan “transmilliy davlatlar tizimi” elementlaridan biriga yo‘naltira oladi. Shu bilan birga, u “eng mustabid shakl”ga aylanadigan “global davlat” g‘oyasiga qattiq qarshi chiqadi.
Sayyoraviy boshboshdoqlikni global tartib timsollariga aylantirish qobiliyati globallashuvning innovatsion ekzistensial muammosi bo‘lib qolmoqda.Unda insoniyat tarixida birinchi marta rivojlanish yo‘nalishida omon qolish sharti ustuvorlik qilmoqda. Globallashuvning barcha sub’ektlari o‘rtasida uzluksiz, ochiq va qonuniy polilog tartibi va yarim huquqiy “global moliyaviy tuzilma”dan yangi dunyo tartibini yaratish uchun “global siyosiy tuzilma” yo‘nalishidagi sinergiyaga talab mavjud.
Pirovardida, global boshqaruv rivoji umuminsoniylik va xususiylik qarama-qarshiligini emas, balki ularni sintez qilish imkoniyatini yangi pog‘onada qayta ishlab chiqadi. Shu munosabat bilan Parij instituti siyosiy tadqiqotlar professori B.Badi bunday boshqaruv “asta-sekin yangi ijtimoiy shartnoma uchun asosiy talab bo‘lib kelmoqda, chunki globallashuv imperativ bo‘ysunuvchi dunyoda yashash uchun asosiy mezon, ya’ni o‘zaro bog‘liqlikdir...” deb ko‘rsatib o‘tadi22.
Umuman olganda, ushbu diskursga “yaxshi boshqaruv” (good governance)ni modellashtirishning qadriyat-semantik ustunlari va uning tuzilmalari hamda texnologiyalarini tushunish yuzasidan umumiy muammo yuzaga keldi.
Bunday asimmetriya, U.Bekning iborasi bilan aytganda: “globallashuvning har qanday modeli “yaxshi ob-havo falsafasi”dan boshqa narsa emas”23.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan globallashuv nazariyalari bugungi kunda ham taraqqiy etmoqda, ushbu nazariyalar turli olimlar va tadqiqotchilar tomonidan muntazam ravishda yangilanib, to‘ldirib borilmoqda.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish