Global iqtisodiy rivojlanish


Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning o‘rni



Download 3,18 Mb.
bet136/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

10.3. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning o‘rni

Iqtisodiy xavfsizlikni o‘rganish mavjud axborotlarni yig‘ish, konsepsiyalash orqali ichki va tashqi xavf belgilarini aniqlash va ularni tasniflashni nazarda tutadi. Bunday tadqiqotda asosiy e’tibor iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillarni to‘g‘ri ajratib olishga qaratiladi.


Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga oid axborotlarni topish va jamlashda iqtisodiy xavfsizlik nazariyasida biror bir tabiiy yoki ijtimoiy hodisani keltirib chiqaruvchi voqea sababini aniqlaydigan omilli tahlil usulidan foydalaniladi. “Omil” tushunchasi adabiyotlarda – sabab, biror bir voqeaning harakatlantiruvchi kuchi, hodisalarning xususiyatlarini ko‘rsatuvchi jihatlar sifatida ta’riflanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni omilli tahlilga asoslanmagan holda tadqiq etib bo‘lmaydi, chunki iqtisodiy xavfsizlik tizim bo‘lib, u bir qator o‘zgaruvchi hodisalar bilan bog‘liq. Ko‘p omillar o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, bu omillarning ko‘pchiligi bir-birining o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Lekin shu bilan birga ba’zi omillarning iqtisodiy xavfsizlikka bilvosita ta’siri ham kuzatiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni o‘rganish omillari omilli matritsa deb nomlanuvchi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqdir. Omilli matritsa tahlil davomida aniqlangan omil va ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasini xarakterlaydi. Omilli tahlilning asosiy maqsadi – shaxs, jamiyat va davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan umumiy qoidalar ishlab chiqish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish jarayonidagi nuqsonlarni aniqlash, bu sohalarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan uzviy bog‘lanishini ta’minlashdan iboratdir.
Sobiq ittifoq davridagi adabiyotlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, samaradorlikni oshirish omillariga katta e’tibor berilgan. Ishlarning aksariyati ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Rossiyalik iqtisodchi A.Anishkin o‘z tadqiqotlarida ishlab chiqarish omillari va cheklangan iqtisodiy resurslarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Bu tadqiqotlar asosan ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniqlashning matematik yo‘lini aniqlashga qaratilgan.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimi bir qator omillar ta’sirida amal qiladi. Ushbu omillar xususiyatlari, manbalari va tizimga ta’sir darajasiga ko‘ra ob’ektiv, sub’ektiv, tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik omillari tizimi bu – davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy-texnologik, axborot shart-sharoitlaridir. Milliy iqtisodiy xavfsizlik omillari tizimi xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimi bilan uzviy bog‘liqdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning ob’ektiv omillari mustaqil bo‘lib, ularga tabiiy sharoitlar va resurslarni kiritish mumkin.
Ikkinchi tomondan qaraganda, tabiiy va boshqa resurslar sub’ektlar ta’sirida tashqi aloqalar tizimiga kiradi va buning natijasida iqtisodiy xavfsizlik kuchayadi yoki aksincha, susayadi. Shundan kelib chiqib, ko‘proq iqtisodiy xavfsizlikning sub’ektiv omillariga to‘xtalib o‘tish mumkin.
Taraqqiyotning hozirgi davrida ilmiy tadqiqotlar va tahlillar asosida iqtisodiy xavfsizlik omillarining quyidagi tasniflarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish