Global iqtisodiy rivojlanish


Iqtisodiy xavfsizlik, uning turlari, ko‘rsatkichlari va indikatorlari tizimi. Tashqi va ichki xavflar



Download 3,18 Mb.
bet130/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

10.2. Iqtisodiy xavfsizlik, uning turlari, ko‘rsatkichlari va indikatorlari tizimi. Tashqi va ichki xavflar
Milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni ta’minlashning eng muhim sharti iqtisodiy xavfsizlikdir. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasida eng umumiy tarzda mamlakatning moddiy va nomoddiy, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan iqtisodiy salohiyati aks etadi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Bir guruh olimlar ushbu tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyati, davlat siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida ta’riflaydilar187.
Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning aralashuvisiz va tazyiqisiz iqtisodiy taraqqiyot yo‘li va shakllarini o‘zi belgilab olishiga imkon beradigan holat sifatida tavsiflaydi188.
Uchinchi guruh olimlar “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarini samarali qondirishga qodirligi deb ta’riflaydi189.
To‘rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning barqaror rivojlanishining muhim sharti, bu sohada shaxs, jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflashadi. Ularning fikricha, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash – shaxs, jamiyat va davlat mavjudligi va ularning izchil rivojlanishiga imkon yaratadigan talab-ehtiyojlarning qondirilishi demakdir190.
Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch elementni ko‘rsatib bergan:
- iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon xo‘jaligi sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o‘zaro bog‘liq qilib qo‘yadi. Bunday jarayonda iqtisodiy mustaqillik davlatning iqtisodiy resurslar ustidan nazorat o‘rnata olish imkoniyatini, jahon savdosi, kooperatsiya aloqalari, ilmiy-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng ishtirok etish va raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan ishlab chiqarish, samaradorlik va sifat darajasiga erishishni anglatadi;
- milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qati nazar mulkchilikning himoya qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishi (ya’ni iqtisodiyotdagi kriminal tuzilmalarga qarshi kurash, daromadlar taqsimlanishida jiddiy farqlar, tabaqalanishning kelib chiqishi, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik)ni taqozo etadi;
- o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirlik. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning muntazam modernizatsiyalashuvi, yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajalarining o‘sib borishi milliy iqtisodiy barqarorlik mavjudligining zaruriy shartiga aylanishini ifodalaydi191 (10.1-rasm).




Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish