Global iqtisodiy rivojlanish


Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ko‘rinishlari, tarkibi, yo‘nalishlari va migrantlarni o‘ziga jalb qiluvchi markazlar



Download 3,18 Mb.
bet102/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

8.3. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ko‘rinishlari, tarkibi, yo‘nalishlari va migrantlarni o‘ziga jalb qiluvchi markazlar

Migratsiya lotincha so‘z bo‘lib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish ma’nosini anglatadi. Ushbu so‘z keng ma’noda insonlar, hayvonlar, kapitallar hamda kimyoviy elementlarning yer qobig‘idagi ko‘chishini anglatadi143.


Har bir chegaraga ma’lum aholining ko‘chishi emigratsion va immigratsion oqimlarning yig‘indisidan tuziladi. Emigratsiya chet elga chiqish bo‘lsa, immigratsiya chet eldan kelishni bildiradi. Ushbu ikki oqim o‘rtasidagi farq sof migratsiya hajmini, ularning yig‘indisi esa yalpi migratsiya hajmini belgilaydi.
Biron bir xalqaro mintaqadan boshqasiga ko‘chib o‘tish har doim insonlarga xos bo‘lgan doimiy xususiyatlardan biridir. Aholi migratsiyasi odamzod tarixida, yer sharida uning tarqalishida, xalqlarni paydo bo‘lishida katta rol o‘ynagan.
Migratsion jarayonlarning rivojlanishida odatda uchta yirik to‘lqin alohida ahamiyat kasb etadi144.
Birinchisi – eski migratsiya nomini olgan, davr nuqtai nazaridan XIX asrning deyarli 2/3 qismini o‘z ichiga oladi. Bu davr uchun sanoat ishchilarining ko‘chishi xarakterlidir.
Ikkinchi to‘lqin XIX asr oxiri – XX asrning boshida o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. U yangi migratsiya degan nom olgan. Ushbu davrda bankrotga uchragan xristianlar migratsiyasi kuzatiladi.
Ishchi kuchi migratsiyasining uchinchi to‘lqini Ikkinchi jahon urushidan so‘ng boshlandi. Bu bosqichda qoloq mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga o‘zaro qarama-qarshi ikkita migratsion guruhlarning ko‘chib o‘tishi xarakterlidir. Bir tomondan, kam o‘rganilgan va malakasiz ishchilar oqimining ustunlik qilishi kuzatilsa, boshqa tomondan, ilmiy kadr va mutaxassislarning sanoat markazlari sari ko‘chib ketishlari kuzatiladi.
Migratsion oqimlarning asosini ishchilar, past malakaga ega xizmatchilar tashkil etadi. Lekin xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida yangi ko‘rinish paydo bo‘lib, bu ilmiy - texnik kadrlarning ko‘chishi hisoblanadi. Insonlar yaxshiroq sharoitni izlab, o‘z kuchini samarali qo‘llash uchun hayot darajasi yuqori bo‘lgan joylarni qidirib, AQSh va G‘arbiy Yevropaga ko‘chib o‘tishmoqda.
Jahon hamjamiyati yaqin kunlargacha xalqaro darajadagi migratsion jarayonlarning o‘ziga xosliklari va oqibatlari, ko‘lamlarini sezmay kelgan. Hozirda u keskin vaziyatlarni hal qilish va migratsion oqimlarni jamoaviy tartibga solish bo‘yicha bir qancha mamlakatlar harakatlarini tartibga solish ehtiyoji yuzaga keldi.
Oxirgi paytlarda noqonuniy immigratsiya kuchaydi. Xitoyliklar AQSh va Rossiya chegaralaridan o‘tib borishmoqda, jazoirliklar Fransiyaga ko‘chib o‘tishmoqda va hakozo. Noqonuniy immigratsiya tadbirkorlarga eng arzon va huquqsiz ishchi kuchidan foydalanish va buning natijasida katta daromadga egalik qilish imkoniyatini yaratmoqda. Shuning uchun ham meksikalik noqonuniy immigrantlar oqimiga hatto Amerika politsiyasi ham bas kela olmayapti.
Institutsional, me’yoriy-huquqiy va boshqarishning moliyaviy mexanizmlari global, mintaqaviy va milliy darajalarda yaratilgan bo‘lib, aholining xalqaro migratsiyasi va migratsion oqimlarni me’yorga keltirish sohasidagi keskinlikni asta-sekin kamaytirishga yordam berdi. XX asrning oxirgi o‘n yilligi - XXI asrning boshlari shu bilan xarakterlidirki, mehnat resurslarini import va eksport qiluvchi mamlakatlar o‘z migratsion siyosatiga qator o‘zgarishlar kiritdi.
Bir qator mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jamiyatimiz hayotida turli o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni tadqiq qilish natijalari yoshlar uchun ish joylarini yaratish, ayollarning ishsizlik darajasi, qonunbuzarlikning ko‘payishi, oila va qarindoshchilik aloqalarining susayishi kabi sohalarda muammolarni mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Mehnat migratsiyasi jahon kapitalistik xo‘jaligining rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga keldi. Jahon iqtisodiy rivojlanishining global xarakteri, jahon xo‘jaligi aylanmasiga mamlakatlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning notekis iqtisodiy rivojlanishi migratsiyaning iqtisodiy sabablarini keltirib chiqaradi. Ularga quyidagilar kiradi:
- mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajalaridagi farqlar va uning natijasida ish haqi, hayot, ijtimoiy ta’minlanganlik darajalaridagi mamlakatlararo farqlar;
- alohida mamlakatlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajalaridagi farqlar;
- milliy ishlab chiqarishda moddiy o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi;
- TMKlarning rivojlanishi;
- iqtisodiy sikllarining o‘sish davrida ishchi kuchiga talab ko‘payadi, inqiroz davrida pasayadi;
- jahon xo‘jaligida iqtisodiy integratsiya jarayonlari, ular o‘zaro birlashuvchi mamlakatlar orasidagi xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini rag‘batlantiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu jarayonlar uchinchi mamlakatlar uchun ishchi kuchini jalb qiluvchi yalpi markazlarga aylanmoqda;
- insonlar tomonidan boshqa mamlakatlar keng iqtisodiy imkoniyatlarga ega ekanligining tan olinishi, transport vositalarining rivojlanishi va arzonlashishi, xalqaro axborot tizimining kengayishi.
Xalqaro migratsiya aylanmasi tarkibini tushunib yetish uchun mehnat migratsiyasining ko‘rinishlarini belgilab chiqish zarur, ularni turli mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin. Jahon tajribasida ishchi kuchi migratsiyasining shakllari quyidagicha guruhlanadi145:
1. Yo‘nalishlar bo‘yicha:
- rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
- sanoati rivojlangan mamlakatlar doirasida;
- rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida;
- yuqori malakali ishchi kuchining sanoati rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga migratsiyasi;
- rivojlanayotgan mamlakatlardan sobiq sotsialistik mamlakatlarga migratsiya.
2. Geografik yo‘nalishiga ko‘ra:
- tashqi va ichki.
3. Davomiyligiga ko‘ra:
- doimiy, qaytmas (odatda, mintaqalararo migratsiya, shunindek, qishloqdan shaharga bo‘lgan migratsiyalar shunday xarakterga ega),
- vaqtinchalik, qoida bo‘yicha, mintaqa ichkarisida;
- mavsumiy, pul topish niyatidagi har yili borib kelishlar;
- mayatnikli, yashab turgan manzildan yiroqda joylashgan har kunlik borib kelishlarni nazarda tutadi.
4. Qonuniyligi darajasiga ko‘ra:
- qonuniy va noqonuniy. Mamlakatga ish qidirib kirib kelgan shaxslar yoki qonuniy ravishda mamlakatga kirib, noqonuniy ravishda ishga joylashadigan shaxslar noqonuniy migrantlar hisoblanadi.
5. Ijtimoiy tarkibiga ko‘ra:
- malakasiz ishchilar,
- o‘rta texnik va servis xodimlari,
- talabalar (ta’til paytida),
- mutaxassislar,
- fan, madaniyat va sport arboblari, tadbirkorlar;
6. Tabiatiga ko‘ra:
- bevosita va bilvosita (TMK doirasida firma ichida).
7. Mehnat shartnomasi ko‘rinishiga ko‘ra
- shaxsiy va jamoaviy;
8. Qabul qiluvchi mamlakatdagi huquqiy holatga ko‘ra146:
- assimilyatsion (keyinchalik fuqarolik berilishi) va noassimilyatsion.
Butun aholi migratsiyasi bilan birgalikda alohida uning guruhlari – ijtimoiy, etnik va boshqa guruhlarning migratsiyasi ham farqlanadi. Masalan, ishchi kuchi migratsiyasini joylashtirishdagi farqlar natijasida ishga layoqatli aholining ko‘chishi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti klassifikatsiyasi bo‘yicha bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ish va mablag‘ topish niyatida mamlakatga kirib kelgan shaxslar doimiy ishlab turuvchi migrantlar hisoblanadi.
BMT klassifikatsiyasiga asoslanib zamonaviy xalqaro migratsiyasining beshta asosiy turini farqlash mumkin147:
1. Bir joydan ikkinchi joyga doimiy tarzda yashashga ko‘chib kelganlar.
2. Kontrakt (shartnoma) bo‘yicha ishlaydiganlar (ushbu shartnomada qabul qiluvchi mamlakatda yashash muddati aniq belgilangan bo‘ladi).
3. Professionallar – yuqori darajadagi tayyorgarlik, tegishli ta’lim, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lganlar, shuningdek, jahon tizimidagi oliy ta’limga asoslanib ko‘chib kelgan o‘qituvchi va talabalar.
4. Noqonuniy migrantlar – ish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, turistik yoki muddati o‘tib ketgan vizlarga ega bo‘lagan yoki umuman vizaga ega bo‘lmagan xorijliklar.
5. Qochoqlar – hayot uchun qandaydir xavf tug‘ilganda o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lganlar.
Zamonaviy xalqaro migratsiyaning ushbu beshta asosiy turi davrlar mobaynida shakllanib, hozirgi kunda dunyo miqyosida keng tarqalgan. Shu turdagi migrantlar mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy, ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro statistika ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlarning asosiy qismini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan kam malakali ishchilar tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislarning, ya’ni TMKlar tuzilmasida e’tiborli va yuqori haq to‘lanadigan mansablarni egallagan yuqori malakali ishchi kuchining migratsion oqimi («aqlning oqib chiqib ketishi») o‘sib bormoqda. Bundan tashqari yildan yilga Yevropa Ittifoqi kabi integratsion birlashmalarda ayollar va yoshlarning safarbarligi kuchaymoqda.
Geografik yo‘nalishga ko‘ra mintaqalararo va mintaqa ichidagi tashqi aholi migratsiyasi farqlanadi. Bunda mehnat migratsiyasi oqimlarining aniq qayerga harakat qilganligini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ishchi kuchining birinchi ommaviy mintaqalararo ko‘chishi majburiy tarzda bo‘lgan. Bu XVII–XIX asrlardagi qullar savdosining rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Shunday oqim natijasida Afrika aholisi 1650-1850 yillarda 22 foizga qisqardi.
Ishga yollangan mustaqil shaxslar ko‘chishi to‘g‘risida so‘z yuritilganda, XIX–XX asrlarda yevropaliklarning okean ortiga chiqib ketishini eng yirik migratsion oqim deb hisoblash mumkin. XIX asrda qariyb 30 mln. kishi emigratsiya qilgan. XX asr boshidan Birinchi jahon urushigacha Yevropadan 19 mln. ga yaqin kishilar chiqib ketgan. 1914-1918-yillarda migratsiya jarayonlari nisbatan pasaygan, keyinchalik esa qaytadan tiklandi va 1918-1939-yillarda 9 mln. kishi emigratsiya qildi. Ikkinchi jahon urushi Yevropadan okean ortiga aholi migratsiyasining to‘xtalib turishiga sabab bo‘ldi, urush tugagandan so‘ng u yanada tiklanib, so‘ngra tadrijiy ravishda yana susaya boshladi.
Emigrantlarning asosiy migratsiya oqimi kapitalizm jadal rivojlananayotgan AQShga tomon harakatlangan. Shu bilan birga, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina va boshqa davlatlarga ham ko‘chishlar mavjud. Ta’kildlash joizki, ushbu mamlakatlar aholi soni o‘sishining asosiy omili immigratsiya bo‘ldi. Irlandiya, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi Yevropa mamlakatlaridan immigrantlar kirib kelgan.
Oxirgi o‘n yilliklarda nafaqat mintaqalararo, balki mintaqa ichkarisida yangi jahon ishchi kuchi bozorlari paydo bo‘ldi.
Mehnat migratsiyasi deyarli barcha milliy iqtisodiyotlarga xos jarayondir. Biroq uning jadallik darajasi jahonning u yoki bu hududlarida farq qiladi. Migrantlarning eng jadal oqimi ishchi kuchini eksport yoki import qiluvchi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasida va tabiiy demografik o‘sish sur’atida jiddiy farq bo‘lganda kuzatiladi. Migratsiyaning asosiy to‘rt yo‘nalishi ichida jami migratsiya oqimining hajmi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlar tomon ishchi kuchlarining ko‘chishi birinchi o‘rinda turadi. Mutaxassislar quyidagi migratsiya oqimlarini alohida ko‘rsatib o‘tishadi: G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari o‘rtasida, sobiq sotsialistik mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga, rivojlanayotgan yoki o‘tish davri iqtisodiyotili davlatlar o‘rtasida (masalan, Janubiy Amerika chegarasida, Ukrainadan Rossiyaga).
Ishchi kuchi migratsiyasining yana bir yo‘nalishi, ya’ni rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan yoki o‘tish davri iqtisodiyotili davlatlarga migratsiya shaklida uchrasa-da, bu yo‘nalishni tanlovchi migrantlar soni unchalik ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Ular TMKlarning shahobchalari va sho‘ba korxonalarida band bo‘lgan xodimlar, turli xayriya tashkilotlari va fondlarining a’zolari, shuningdek, sarguzasht izlovchilar hamda tavakkalchilardan iborat.
Migrantlarni o‘ziga tortuvchi boshqa bir “ohangrabo” Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridir. Xorijiy ishchi kuchi jami aylanmasining ¼ qismidan ko‘prog‘i ularga to‘g‘ri keladi. Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida migrantlar va ularning oila a’zolarining o‘zi 13 mln. kishini tashkil etadi. Bu ma’noda Fransiya (mamlakat aholisining 8 foizi – 4 mln.ga Yaqin Shimoliy Afrikadan kelgan immigrantlar), Germaniya (7,5 foiz – 4630 ming kishi) davlatlari yetakchilik qilmoqda. Belgiyada 1 mln.ga yaqin ispaniyaliklar va italiyaliklar, Shvetsiyada 1 mln. atrofida finlar mavjudligi hisobga olingan. Bulardan tashqari Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Avstriya ham ishchi kuchi qabul qilishda oldingi o‘rinlarda turadi.
Yevropa ekspertlarining bashorati bo‘yicha, umumiy bozor yaratilishidan so‘ng migratsion oqimlarda bir necha o‘zgarishlar ro‘y beradi. Past malakali ishchilar ommaviy immigratsiyasining yomon tashkil etilishi barobarida maqsadga yo‘naltirilgan jamoaviy kelishuvlar paydo bo‘ladi. Migratsiyaning ko‘p qismini past va o‘rta malakali ishchilar tashkil etayotganiga qaramay, bu yerda yuqori malakali ishchilar ustun turuvchi huquqqa ega bo‘ladilar.
Ishlovchi migrantlarni jalb qiluvchi ikkinchi markaz 70-yillarda Yaqin Sharq mintaqasida paydo bo‘ldi. Neft qazib oluvchi mamlakatlar Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Iordaniya, Yaman, shuningdek, Gretsiya, Turkiya, Italiyadan ko‘pchilikni ishga jalb qilgan. 90-yillar boshiga kelib u yerda 4,5 mln. xorijliklar ishlagan (mahalliy ishchilar shu davrda 2 mln. kishini tashkil etgan). Alohida mamlakatlar ishchi kuchining umumiy miqdorida immigrantlar ulushi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu tarzda Birlashgan Arab Amirliklarida u 97 %ni, Quvaytda 86,5 %ni, Saudiya Arabistonida 40 %ni, ya’ni yalpi ishchi kuchining katta qismini tashkil etgan.
Yahudiylar Yaqin Sharqda migrantlarning ahamiyatli guruhini tashkil etadi. 1989-1994 yillarda MDH mamlakatlaridan Isroilga 500 ming kishi ko‘chib kelgan. Sobiq kommunistik mintaqadan yahudiylar ko‘chib ketishining asosiy sabablariga etnik vatanga qaytish, siyosiy noaniqlik va iqtisodiy qiyinchiliklardan qochish, qarindoshlar bilan birlashuv va diniy qarashlar kiradi. Isroil barcha yahudiylarni o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytarishga harakat qilmoqda. Yahudiylarning “Jannatmakon yer”ga migratsiyasi, umuman olganda, siyosiy sabablar tufayli yuz bergan bo‘lsa-da, uning iqtisodiy jihatlari ham mavjud. Turmush darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan Isroilga kelayotgan migrantlar oqimining jadalligi ham bundan dalolat beradi.
Ishchi kuchini o‘ziga tortuvchi markazlar ichida eng yirik va 300 yildan beri mavjud bo‘lgan markaz Shimoliy Amerika (AQSh va Kanada) hisoblanadi. Amerikalik mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, 90-yillar davomida belgilangan kvota 675 ming kishi bo‘lishiga qaramay yiliga 1 mln.dan ortiq migrantlar AQSh hududiga kirib kelgan. Tarixdan ma’lumki, ushbu mamlakatning mehnat resurslari immigrantlar hisobiga tashkil topgan.
Hozirgi paytda ham mamlakat ishchi kuchining 5 %ga yaqinini xorijliklar tashkil etadi. Urushdan keyingi immigratsiya ushbu mamlakatda bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Birinchi bosqich kuchli Yevropa oqimini tashkil etib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan AQShga 6,6 mln. kishi kirib kelgan. Ikkinchi bosqich 1965 yilda boshlanib, bu paytda Osiyo va Lotin Amerikasidan kelganlarga qulay sharoit yaratuvchi qonun qabul qilingan. 1993 yildan uchinchi bosqich boshlanib, bu paytda Yevropa – Irlandiya, Polsha, shuningdek, Argentinadan emigrantlarga talab ko‘p bo‘ldi.
To‘rtinchi bosqichdagi xalqaro mintaqa Avstraliya hisoblanadi. Ushbu mamlakatda 200 mingta xorijiy ishchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Avstraliya AQSh singari o‘z siyosatini immigrantlar o‘zlashtirishga yo‘naltirdi.
Bundan tashqari, 1982 yildan boshlab Avstraliya mamlakatda biznesning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi migratsion siyosat olib bormoqda. Unga asosan, mamlakatga, birinchi navbatda, iqtisodiyotga investitsiya qiluvchi immigrantlar qabul qilinadi148.
Avstraliya hukumati mamlakat hududining katta qismida aholi zichligi darajasining pastligi va uning tarkibida xitoy millati ulushining ko‘payib borayotganidan xavotirda. Shuning uchun ham Kanberra tomonidan Avstraliya mamlakatiga qit’aga oq irqqa mansub aholini, asosan, fertil (turmush qurish va farzand ko‘rishga qodir) yoshdagi ayollarning ko‘chib o‘tishini rag‘batlantirish borasida chora-tadbirlar majmui e’lon qilingan.
Mehnat migratsiyasining beshinchi markazi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi – Bruney, Yaponiya, Gonkong, Malayziya, Singapur, Koreya, Tayvan, Pokiston hisoblanadi. Masalan, Yaponiya migrantlar sifatida dastlab koreyslarni kirita boshlagan bo‘lsa, oxirgi paytlarda qora ishni bajaruvchi eronliklar ham paydo bo‘la boshladi. Shu bilan bir paytda Yaponiya mazkur mintaqa mamlakatlariga uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini amalga oshiruvchi yuqori malakali ishchi kuchini chiqara boshladi. Ushbu migratsiya tranzit professional migratsiya degan nom olgan.
Lotin Amerikasida ishchi kuchini jalb qiluvchi oltinchi markaz tashkil bo‘lgan, u yerda immigrantlarni asosan Argentina va Venesuela qabul qiladi. Migrantlarning umumiy soni 3 mln. kishini tashkil qilib, ularning ko‘pchilik qismi lotin amerikaliklardan tarkib topgan. Biroq Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Chili va Paragvay sharqdagi yevropaliklarni jalb qilish bo‘yicha maxsus dasturni subsidiya qilishdi, shular qatorida sobiq Ittifoqdan chiqib kelganlar ham mavjud. Ular neftchilar, injinerlar, ximiklar, fermerlarga katta ehtiyoj sezmoqda.
Bundan tashqari Afrika markazi ham mavjud. Taxminiy baholarga ko‘ra, Afrikadagi mamlakatlararo migratsiya 2 mln. kishini tashkil etadi.
Asosiy migratsiya oqimining geografik yo‘nalishlari bo‘yicha jahon ishchi kuchi bozorining 4 ta yirik markazini asosiy deb aytish mumkin: Yaqin Sharq, G‘arbiy Yevropa, AQSh va Kanada hamda Avstraliya.
MDH doirasida Rossiya yirik markaz bo‘lsa-da, u ham eksportyor, ham importyor mamlakat sanaladi. Rossiyadan uzoq xorijga ishchi kuchi eksport qilinsa (yiliga 10 ming kishi), MDH mamlakatlaridan, asosan, Ukraina, Belorusiya, Moldaviya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikistondan (yiliga 2-3 mln. kishi) import qilinadi.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish