Glaballashuv jarayoni
Glaballashuv insoniyat tarixida insonlar yerda yashashni boshlagandan buyon mavjuddir. Glaballashuv natijasida ibtidoiy jamoalar birlashib qabillar tashkil etgan keying glaballashuv qabilalarni birlashtirgan shaxarlar va davlatlarni vujudga keltirgan. O’rta asirlarda glaballashuv o’ziga xos ko’rinishni namoyon qildi, bu xodisa materikni ikkiga ajratdi, sharqda islom glaballashuvi g’arbda nasroniylar glaballashuvi bu ikki din o’zoro bir biriga qarshi qo’yilgan bo’lsada bir biridan fan va ta’lim, madaniyat va axloqda glaballashuvni davom ettirdi shuning uchun bu ikki yo’nalish insoniyatning glaballashuv jarayonidagi bir xodisa edi. Bu davrda islom dini glabal birlashishning kuchuni ta’minlagan edi.
Glaballashuvning uchunchi bosqichi bu yangi davr XVII va XX asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. XVII va XVIII asrlarda jarayon deyarli ko’zga ko’rinmagan bo’lsada XIX asrda bu tezlashdi. Bunda glaballashuvning xarakatini dinlar emas texnika taraqqiyoti, ilm fan ta’minlab berdi. Bu davrda yer yuzidagi madaniyatlar o’zini muxofaza qilishga urundi va qisman bunga erishdi.
Glaballashuvning to’rtinchi bosqichi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlanib xozirgi kunning jamiyat soxasidagi barcha faoliyatlarni o’z ichiga jamlaydi. Bugungi glaballshuv uchunchi bosqichda omon qolgan madaniyatlarni birlashtirishga birinchi bosqichdagi xudud tushunchasining ramziy holatga o’tishga, ikkinchi bosqichdagi etiqodlarni yanada erkinlashishiga qarab xarakatlanmoqda.
Xar bir glaballashuv bosqichining o’ziga xos glabal maqsadi bo’lgan.
1-bosqich; insonlarning jamoasini o’zlariga qulay bo’lgan muxitda xududlarda birlashtirish bu davlat va chegaralarni ta’minladi.
2-bosqich; insoniyatning madaniyati va manaviyatini birlashtirishga qaratildi. Din orqali bir nechta davlat chegaralarini madaniyat chegaralari bilan xududlarga bo’ldi. Bu davrda insoniyatning birlashgan kuchi ortdi, buning natijasida ilm fan rivoji tezlashdi.
3-bosqich; glaballashuv texnika taraqqiyoti fan yutuqlari va mulkning butun insoniyatga tarqalishini maqsad qildi. G’arbiy yevropa taraqqiyoti ijtimoiy tuzulmalarning qarashlar tufayli zayiflashgan madaniyat chegaralarini osonlik bilan maxf etdi.
4-bosqich; glaballashuvning biz yashayotgan bu bosqichida glabal jarayonlarni aniq tasvirlarda insoniyat ko’rib turubdi. Glaballashuvni bugun hech kim inkor etolmaydi. Glaballashuv o’zining barcha bosqichlarida insoniyatga ikkita natijani taklif qilgan, ijobiy va salbiy natijani. Insoniyat o’z tarixi davomida glabal tanlovlarning to’g’risini topa oldimi yoki yo’q buni to’rtinchi bosqichda turgan jamiyatning tanlovi xal qiladi. Shu munosabat bilan bugungi davrda yuz berayotgan glaballashuvning nisbiy maqsadini aniqlab olish lozim.
Bugungi glaballashuv insonlarning turmush xayotida yaqqol ko’zga tashlanadi. G’arbdagi madaniyat omili bo’lgan moda va san’at soxasidagi yangiliklar boshqa davlat xududlarida odamlar tomonidan qabul qilinib xayotga taqdim etilayotganining guvoximiz. Shundan kelib chiqib glaballashuvning nisbiy maqsadi yakka madaniyatga birlashtirish deb oladigan bo’lsak glaballashuv bizga ikkita yo’lni taklif qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |