Giyalari univ rsit ti urganch filiali


protokolida axborotlarni ishonchli uzatish va qabul qilish



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana21.05.2021
Hajmi1,72 Mb.
#65101
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
oralgan kodlar yordamida 802.11a protokolida uzatilayotgan axborotlar ishonchliligini oshirish algoritimni tadqiq qilish

1.3.802.11 protokolida axborotlarni ishonchli uzatish va qabul qilish
tamoyillari
OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro’y berayotgan jarayonni yaxshi
tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqda bajariladigan vazifalar
(funktsiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo’lingan 1.7-rasm Yuqori o’rindagi
bosqichlar ancha murakkab bo’lib, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun
pasdagi bosqichlarni o’z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda
joylashgan bosqichlar maqsadi – yuqori bosqichga xizmat ko’rsatish, yuqori
joylashgan bosqichlar uchun ko’rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining
bajarilish tartibi muhim emas.
1.7-rasm. OSI modelining yetti  bosqichi
Amaliy bosqich (Application, 
) yoki ilovalar
bosqichi, u quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi : foydalanuvchining ilovasini


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 34
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari axborot
bazasiga ega bo’lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu
bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.
Prezentatsiya bosqichi(Presentation, Prezentativiy uroven) axborotni
tanishtirish bosqichi, bu bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini
ko’rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o’zgartiradi, ya’ni tarjimon
vazifasini bajaradi. Shu erda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, lozim bo’lgan
taqdirda ularni zichlashtiradi.
Aloqa o’tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, Seansoviy uroven)
aloqa o’tkazish vaqtini boshqaradi(ya’ni aloqani o’rnatadi, tasdiqlaydi va
tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega
bo’lish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.
Transport bosqichi (Transport, Transport) paketni xatosiz va
yo’qotmasdan, kerakli ketma-ketlikda etkazib berishni amalga oshiradi. Shu
erda yana uzatilayotgan uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun
bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotlarni qayta tiklanadi.
Tarmoq bosqichi (Network, Setevoy uroven) bu bosqich paketlarni
manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o’zgartirish, teskariga
ham va shuningdek paketni kerakli abonentga jo’natish yo’nalishini tanlashga
(agarda tarmoqda bir nechta abonent bo’lsa) javobgar.
Kanal bosqichi yoki uzatish yo’lini boshqarish bosqichi (data link), bu
bosqich standard ko’rishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo’lishni
boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu erda yana
tarmoqqa ega bo’lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish
qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga
oshiriladi.
Jismoniy bosqich (Psical, Fizicheskiy uroven) – bu modelni eng quyi
bosqichi bo’lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 35
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu
erda yana ulanish moslamalariga, razemlarga, elektr bo’yicha moslashtirish va
erga ulanish hamda to’siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar
aniqlanadi.
OSI modelidan tashqari, 1980-yili fevral oyida qabul qilingan (802 soni
yil va oyidan kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud. Bu modelni
OSI modelini aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin.
Bu model aniqlashtirgan standartlar (802-spesifikatsiya) o’n ikki toifaga
bo’linib, ularning har biriga nomer berilgan. Ular quyidagilar :
802-1 – tarmoqlarni birlashtirish.
802-2 – mantiqiy aloqani boshqarish.
802-3 – “shina” topologiyali CSSA/CD ega bo’lish usuli mahalliy
hisoblash tarmoq va Ethernet
802-4 – “shina” topologiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish.
802-5 – “halqa” toplogiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish.
802-6– shahar tarmog’i (Metropolitan Area Network, MAN).
802-7 – keng miqyosda aloqa olib boorish texnologiyasi
(shirokoveshchatelnaya texnologiya).
802-8 – optotolali texnologiya.
802-9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq.
802-10 – tarmoq xavfsizligi.
802-11 – simsiz tarmoq.
802-12 – “yulduz” topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy
tarmoq (100 VG-AnyLAN).
802-3, 802-4, 802-5, 802-12 standartlar OSI model etalonning ikkinchi
(kanal) bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga to’g’ri keladi. Qolgan
802-spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladilar.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 36
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
Ma’lumot almashinishda tarmoq hosil qilish muhim o’rin tutadi. eng
ko’p qo’llaniladigan tarmoq turlaridan biri bu mahalliy tarmoqlardir. Bu
tarmoqlar ishini tashkil etishda esa albatta zaruriy protokolinilar talab etiladi.
Hozirigi zamonaviy axborot texnologiyalarida bir necha protokolinilardan
foydalanib kelinmoqda. Bularga misol sifatida quyidagi protokolinilarni keltirish
mumkin: ARCNET, DECnet,IP, TCP, UDP, AppleTalk, TokenRing, IPX, SPX,
FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE-488, USB, IEEE 1394 (Firewire,
iLink),
X.25,
Framerelay,
Bluetooth,
IEEE
802.11,
SystemsNetworkArchitecture, RapidIO.
Istalgan tarmoq ilovasi, tarmoq operatsion tizimi yoki protokolini
(masalan TCO/IP) 802.11 tarmoqda va Ethernet tarmog’idagidek yaxshi
ishlaydi. Standart 802.11 ikki turdagi jihozni-mijoz, u odatda kompyuter bo’lib,
interfeysli karta bilan kompektlangan (Network Interface Card, NIC) va imkonli
kirish nuqtasini (Access Point, AP) aniqlaydi.
Imkonli kirish nuqtasi simsiz va simli tarmoqlar o’rtasida ko’prik
vazifasini bajaradi. Imkonli kirish nuqtasi odatda o’zida uzatgich va qabul
qilgichni mujassamlashtiradi, hamda simli tarmoq interfeysini ham (802.3),
undan tashqari ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi dasturiy
ta’minotga  ham  ega.  Simsiz  stansiyalar  sifatida  ISA,  PCI,  PC  Card  yoki  ARD
2.4 (ARD 2.5) 802.11 standartida yoki o’zida qo’shib ishlangan. Masalan,
802.11 telefon garniturasi bo’lishi mumkin.
IEEE 802.11 standarti tarmoqning ikkita ish rejimini aniqlaydi. “Ad-
hoc” rejimi va mijoz/server (yoki infratuzilmalar – infrastructure mode
rejimlari).
Fizik sathda ikkita keng yo’lakli uzatishning radiochasatotali usuli va
bitta infraqizil diapazondagi usul aniqlangan. Radiochastotali usullar 2.4 GHz
diapazonda ishlaydilar va odatda 83 MHz yo’lakli qo’llab 2.400 GHzdan 2.483


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 37
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
GHz chastota diapazonida ishlaydi. Keng yo’lakli signallarning texnologiyasi
ishonchlilikni o’tkazish qobiliyatini oshiradi.
Infraqizil diapazonda 802.11 standartda uzatish usulini amalga oshirish,
uzatilayotgan signalni uzatgich tomonidan infraqizil nurlanishda yo’naltirishga
asoslangan. Yo’naltirilgan uzatishni o’rniga nurlantirgichni va qabul qilgichni
mo’ljalini moslashtirishni talab qiluvchi shift zarur. Undan so’ng signal shiftdan
akslanib qabul qilinadi. Bunday usul yo’naltirilgan nurlantirgichlarga nisbatan
afzalliklarga ega. Biroq kamchiliklari ham bor bo’lib, shiftning talab etilishidir.
802.11 kanal sathida ikkita sath ostilardan tashkil topgan: mantiqiy
aloqali boshqarish (Logical Link Control, LLC) va tashuvchiga imkonli
ulanishni boshqarish (Media Access Control, MAC) 802.11 bu yerda LLCni va
48-bitli manzillashni ishlatdi va boshqa 802 tarmoqlardek simsiz va simli
tarmoqlarni oson birlashtiradi.
802.11 ning MAC sathi 802.3 dagi amalga oshirishga juda oxshash
bo’lib, bu yerda u umumiy tashuvchida ko’plab foydalanuvchilarni qo’llab
quvvatlaydi.Qachonki foydalanuvchi ulanish amalga oshirmoqchi bo’lsa.
Ethernet tarmog’i uchun 802.3 quyidagi Carrier Sence Multiple Access with
Collision Detection (CSMA/CD) protokolinisini qo’llaydi. U Ethernet stansiyasi
qanday simli liniyaqa imkonli ulanishni amalga oshirishini aniqlaydi va ular
to’qnashuvni qayta ishlaydilar, qidirib topadilar. Bu shunday hollarda sodir
bo’ladiki, agar bir nechta qurilma bir vaqtning o’zida tarmoq bo’ylab aloqani
o’rnatishga harakat qilsa, to’qnashishni toppish uchun stansiya bir vaqtning
o’zida ham uzatish ham qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
802.11 standarti yarim dupleksli qabul qilgich uzatgichlarni ishlatishni
nazarda tutadi. Shuning uchun 802.11 simsiz tarmoqlarda uzatish vaqtida
to’qnashishni topa olmaydi. Ushbu farqlanishni inobatga olish uchun 802.11
Carrier Sense Multiple Access with Collision Avoidance (CSMA/CA) kabi
modifikatsiyalangan (takomillashtirilgan) protokoliniini ishlatadi yoki


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 38
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
Distributed Coordination Function (DCF) CSMA/CA (ACK) paketini aniq
tasdiqlash qo’llash yo’li bilan to’qnashishdan qochishga intiladi. Bu shuni
bildiradiki, qabul qiluvchi stansiya paket shikastlanmagan holda olinganligini
tasdiqlash uchun ACK paketni jo’natadi.
CSMA/CA quyidagi tartibda ishlaydi. Uzatishni istagan stansiya kanalni
testlaydi (sinab ko’radi) va agar faollik topilmasa, stansiya biroz tasodifiy vaqt
oralig’ida kutib turadi. Agar ma’lumotlarni uzatish muhiti hali ham bo’sh bo’lsa,
undan keyin jo’natadi. Agar paket butun bo’lib o’tsa, qabul qiluvchi stansiya
ACK paketni jo’natadi. Uning qabul qilinishidan jo’natuvchi tomon uzatishni
nihoyalaydi. Agar uzatuvchi stansiya ACK paketini olmasa, uning natijasida
ma’lumotlar paketi olinmagan yoki buzilgan ACK paket kelgan. U holda
to’qnashish sodir bo’ldi degan ilova qilinadi va paket tasodifiy vaqt oralig’idan
keyin qaytadan uzatiladi.
Kanal haqiqatdan ham bo’shligini aniqlash uchun kanalning tozaligini
baholash algoritmi (Channel Clearance Algorithm, CCA) ishlatiladi. Uning
mohiyati antennadagi signal energiyasini o’lchash va qabul qilingan signal
quvvatini aniqlashdan (RSSI) iborat. Agar qabul qilinayotgan signal quvvati
aniqlangan bir qiymatdan past bo’lsa, u holda kanal bo’sh deb e’lon qilinadi va
MAC sath CTS maqomni (status) oladi. Agar quvvat aniqlangan qiymatdan
yuqori bo’lsa, ma’lumotlarni uzatish protokolini qoidalari bo’yicha ushlanib
turadi. Standart kanalning band emasligini aniqlashni yana bitta imkoniyatini
taqdim qiladi. U alohida ishlatilishi mumkin yoki RSSI – eltuvchilarni tekshirish
usulini o’lchash bilan birga ishlatilishi ham mumkin. Ushbu usul yaxshiroq
hisoblanadi, nega deganda uning yordamida xuddi shu eltuvchi turining
tekshirilishi amalga oshiriladi. Bu esa 802.11 ro’yhati bo’yicha mavjuddir. Eng
yaxshi usulni qo’llash ishchi sohadagi halaqit sathining qanday ekanligiga
bog’liq.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 39
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
Shunday qilib CSMA/CA radiokanal bo’yicha imkonli bo’linish usulini
taqdim qiladi. Aniq tasdiqlash mehanizmi halaqitlar muammosini samarali
yechadi. Biroq u ba’zi bir qo’shimcha sarf harajatlarni qo’shadi, ular 802.3 da
yo’q. shuning uchun 802.11 tarmoq har doim ularga ekvivalent bo’lgan Ethernet
lokal tarmog’idan sekinroq ishlaydi.
MAC sathining boshqa bir spesifik muammosi bu –“yashirin nuqta”,
qachonki ikki stansiya ikkalasi ham imkonli kirish nuqtasini eshitishlari mumkin
bo’lgan holda bir-birlarini uzoq masofa yoki to’siq sababli eshita olmaydilar (2-
rasm). Ushbu muammoni hal qilish uchun 802.11da MAC sathda majburiy
bo’lmagan protokolini Request to Send/Clear to Send (RTS/CTS) qo’shilgan.
Qachonki ushbu protokolini ishlatilsa uzatuvchi stansiya RTSni uzatadi va CTS
bilan imkonli kirish nuqtasidan javob kutadi. Chunki tarmoqdagi barcha
stansiyalar imkonli kirish nuqtasi (tochku dostupa) ning CTS signalini
eshitishlari mumkin. CTS signali o’zining uzatishi bilan ularni bekor qilishi
mumkin, bu esa uzatuvchi stansiyaga ma’lumotlarni uzatishni va ACK paketini
to’qnashishlarsiz qabul qilish imkonini beradi. Chunki RTS/CTS tarmoqqa
qo’shimcha ustama sarf-harajatlarni qo’shadi. U odatda juda katta hajmdagi
paketlar uchun qo’llaniladi. Ular uchun takroriy uzatish juda qimmatga tushishi
mumkin.
1.8-rasm. “Yashirin nuqta” muammosining namoyon bo’lishi.
Nihoyat 802.11 MAC sathi CRC ni hisoblashga va paketlarni
fragmentatsiya qilish imkonini taqdim qiladi. Har bitta paket o’zining CRC
nazorat summasiga ega hisoblanadi va paketga biriktiriladi. Bu yerda Ethernet


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 40
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
tarmog’idan farqlanish kuzatiladi. Ularda xatoliklarni qayta ishlash bilan yuqori
sathdagi protokollar shug’ullanadi. (masalan, TCP). Paketlarni fragmentatsiyasi
katta paketlarni radiokanal bo’yicha uzatishda kichikroq paketlarga bo’lishga
imkon beradi va bunday bo’lish “zich joylashgan” muhitlarda yoki muhim
halaqitli hududlarda juda foydali bo’ladi. Chunki kichik paketlarda
shikastlanishga ham kichik imkoniyat bo’ladi. Ushbu usul ko’pchilik hollarda
takroriy uzatish zaruriyatini kamaytiradi va shunday qilib butun simsiz
tarmoqning samaradorligi oshadi. MAC sath qabul qilingan fragmentlarni
yig’ish uchun mas’ul bo’lib, yuqori sath protokolinilari uchun ushbu jarayonni
“shaffof” qiladi.
802.11 MAC sathi mijoz imkonli kirish nuqtasiga qanday qilib
ulanishiga mas’ullikni olib boradi. Qachonki 802.11 ni mijozi bir yoki bir nechta
imkonli kirish nuqtasining tas’ir doirasiga tushib qolsa, u signalning quvvati va
kuzatilayotgan xatoliklar sonining qiymati asosida ulardan birini tanlaydi va
unga ulanadi. Mijoz imkonli kirish nuqtasiga ulanganligini tasdiqlovchi signalni
olgandan so’ng, u oz’I ishlayotgan radiokanalga sozlanadi. Vaqti vaqti bilan u
802.11 ning hamma kanallarini tekshiradi. Bu shu maqsadda qilinadiki, boshqa
imkonli kirish nuqtalari yana ham yuqori sifatli xizmat ko’rsatishni taqdim qilish
yoki qilmasligini ko’rish uchun. Agar shunday imkonli kirish nuqtasi bo’lsa,u
holda stansiya unga o’zining chastotasiga sozlanib ulanib oladi (3-rasm).
1.9-rasm. Imkonli kirish nuqtasi uchun kanallarni to’g’ri tanlash
yordamida tarmoqqa ulanishning tasvirlanishi.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 41
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
Imkonli kirish nuqtasi atrofida siljish signalning susayishi hisobiga kelib
chiqadi. Boshqa vaziyatlarda takroriy ulanish binoning radiochastota tavsiflarini
o’zgarishi tufayli yoki dastlabki imkonli kirish nuqtasi orqali kata tarmoq trafigi
tufayli sodir bo’ladi. Oxirgi holatda protokoliniining ushbu funksiyasi
“yuklamaning me’yorlashishi” dek mashhur, chunki uning bosh vazifasi –
umumiy yuklamani simsiz tarmoqqa barcha tarmoq infratuzilmasining
imkoniyatlarini samarali taqsimlashdir.
Dinamik ulanish va qayta ulanish jarayoni tarmoq ma’muriyatiga simsiz
tarmoqlarni juda keng qamrab olish bilan o’rnatishga imkon beradi. Bu
to’siluvchi “uya”larni qisman yaratish hisobiga amalga oshiriladi. Buning ideal
varianti shundayki, unda qo’shni to’siluvchi imkonli kirish nuqtalari har xil
DSSS (Direct Sequence Spread Spektrum) kanallarni ishlatadi. Sababi bir-biri
bilan ishlaganda bir birlariga halaqit hosil qilmaslik uchun.
Video yoki ovoz ma’lumotlar oqimlari 802.11 spetsifikatsiyasida MAC
sathida Point Coordination Function (PCF) vositasida qo’llab-quvvatlanadi.
Unga qarama-qarshi Distributed Coordination Function (DCF). Bu yerda
boshqaruv hamma stansiyalar o’rtasida taqsimlangan. PCF rejimida faqat
imkonli kirish nuqtasi kanalga ulanishni boshqaradi. Agar PCF ga ulangan BSS
o’rnatilgan bo’lsa, PSF va CSMA/CA rejimida ishlash oraliqlari uchun vaqt bir
tekis taqsimlanadi. Tizim PCF rejimida bo’lsa, imkonli kirish nuqtasi hamma
stansiyalarni ma’lumotlarni olish predmetiga so’rab ko’radi. Har bitta stansiyaga
aniq belgilangan vaqt oralig’i ajratiladi. U tugashi bilan keyingi stansiyani
so’rab ko’rish amalga oshiriladi. Hech bir stansiya, so’roq qilinayotgandan
tashqari, ushbu vaqtda uzatishni amalga oshirolmaydi. Chunki PCF har bitta
stansiyaga aniq bir vaqtda uzatish imkoniyatini beradi. Unda minimal kutish
vaqti kafolatlanadi. Bunday sxemaning kamchiligi shuki, imkonli kirish nuqtasi
hamma stansiyani so’roq qilishni amalga oshirishi zarur. Bu esa katta
tarmoqlarda g’oyatda samarasiz bo’ladi.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 42
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
Tashuvchiga ulanishni boshqarish munosabati bo’yicha qo’shimcha
MAC 802.11 mobil qurilmalarni batareyalari xizmat qilish muddatini oshirish
uchun energiyani tejash rejimini qo’llab-quvvatlaydi. Standart energiya
iste’molini ikkita rejimini qo’llab-quvvatlaydi. Bular: “Davomli ishlash rejimi”
va “Energiyani tejash rejimi”. Birinchi holatda radio har doim ulangan holatda
bo’ladi. Shu vaqtning o’zida ikkinchi holatdagi kabi radio aniq bir vaqt
oralig’ida imkonli kirish nuqtasi jo’natadigan “yonib o’chuvchi” signallarni
qabul qilish uchun davriy ravishda ulanib turadi. Ushbu signallar o’ziga qaysi
stansiya ma’lumotlarni qabul qilishi zarurligi to’g’risidagi axborotlarni oladi.
Shunday qilib, mijoz yonib o’chib turuvchi signalni qabul qilishi mumkin,
ma’lumotlarni qiabul qilish, keyin yana yangidan “uyqu” rejimiga o’tkazish
kabi.
Potensial kodlashda 0 va 1 axborot bitlari kuchlanishning to’g’ri
burchakli impuls ko’rinishida uzatiladi. Matematika va fizika kursidan ma’lumki
istalgan funksiyani va mos holda istalgan signalni (soddalashtirish uchun
funksiyaga qo’yilgan cheklanishlarni e’tiborga olmaymiz) diskret ko’rinishda
yoki garmonikalarning uzluksiz to’plami sinusoidal signalning aniq tartibda
tanlangan og’irlik koeffisiyentlari va chastotalari ko’rinishida tasavvaur qilish
mumkin. Bunday ko’rinishlar Fure o’zgartirilishlari deyiladi. Garmomik
signallarning chastotalari esa funksiyaning spektral yoyilishini tashkil qiladi.
Uzunligi T bo’lgan to’g’ri burchakli impuls uzatilganda signalning
spektri ushbu funksiya bilan tavsiflanadi.
Bunda: f – spektr tashkil etuvchisining chastotasi.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 43
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
1.10-rasm. T uzunlikli to’g’ri burchakli impulsning spektri.
Signal spektrining cheksizligiga qaramay eng salmoqli garmonikalar,
ya’ni natijalovchi signalga muhim ulush kirituvchi, uncha katta bo’lmagan
chastota sohasiga mujassamlangan bo’lib, uning kengligi impulsning uzunligiga
T teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yaxshi darajadagi aniqlik bilan dastlabki
signalni uning kengligi impuls uzunligi T ga teng bo’lgan spektral yo’lakdagi
garmonikalarning bir-biriga yaqinlashishidek tasavvur qilish mumkin. Shunga
mos holda, impulsning uzunligi qancha kichik bo’lsa, bunday signal shuncha
katta spektral diapazonni egallaydi. Uzatilayotgan signalning
halaqitbardoshligini oshirish uchun, ya’ni signalning bexato tanilishini
ehtimolligini oshirish uchun qabul qilish tarafda shovqin sharoitida keng
polosali signal usuliga o’tishdan foydalanish mumkin. Bunda dastlabki signalga
ortiqchalik qo’shiladi.
Buning uchun har bir uzatilayotgan axborot bitiga aniq bir kod kiritiladi.
Bular ketma-ketliklardan tashkil topgan bo’lib chiplar deb ham ataladi.
1.11-rasm. Shovqinsimon kodlar qo’shilganda signal spektrining
o’zgarishi.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 44
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
To’g’ri burchakli impuls ko’rinishidagi axborot biti yana ham maydaroq
ketma-ketliklarga bo’linadi va ular chiplar-impulsideb ataladi. Natijada
signalning spektri muhim ravishda kengayadi. Chunki spektr kengligini yaxshi
aniqlik darajasi bilan bitta chipning uzunligiga teskari mutanosib deb hisoblash
mumkin. Bunday kodli ketma-ketliklar tez-tez shovqinsimon kodlar deyiladi.
1.1-jadval. Barker ketma-ketligi avtokorrelyatsiya funksiyasini hisoblash.
Surish
Ketma-ketlik
Korrelyatsiya
natijasi
0
1
1
1
0
0
0
1
0
0
1
0
-1
1
0
1
1
1
0
0
0
1
0
0
1
-1
2
1
0
1
1
1
0
0
0
1
0
0
-1
3
0
1
0
1
1
1
0
0
0
1
0
-1
4
0
0
1
0
1
1
1
0
0
0
1
-1
5
1
0
0
1
0
1
1
1
0
0
0
-1
6
0
1
0
0
1
0
1
1
1
0
0
-1
7
0
0
1
0
0
1
0
1
1
1
0
-1
8
0
0
0
1
0
0
1
0
1
1
1
-1
9
1
0
0
0
1
0
0
1
0
1
1
-1
10
1
1
0
0
0
1
0
0
1
0
1
-1
11
1
1
1
0
0
0
1
0
0
1
0
11
1-jadvaldan ko’rinadiki, Barker ketma-ketligi aniq ifodalangan
avtokorrelyatsiyali cho’qqiga ega bo’lib, funksiya o’z-o’ziga mos holda ustma-
ust tushadi. Shunga o’xshash hisoblashlarni olib borib, boshqa ketma-ketliklar
shunga o’xshash xossaga ega emasligiga ishonch hosil qilish qiyin emas, ya’ni


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 45
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
bir nechta korrelyatsiya cho’qqilariga ega. Ular muhim ravishda uzatilayotgan
signalning halaqitbardoshligini kamaytiradi.
Qabul qilgichda olingan signal Barker kodiga (signalning korrelyatsiya
funksiyasi hisoblanadi) natijada u tor polosali bo’lib qoladi. Shuning uchun, uni
ikkilangan uzatish tezligiga teng bo’lgan tor polosali chastotada filtrlaydilar.
Dastlabki keng polosali signal polosasiga tushgan istalgan halaqit Barker kodiga
ko’paytirilgandan keyin, aksincha, keng polosali bo’lib qoladi. Shuning uchun
tor axborot polosasiga faqat halaqitning bir qismi tushadi. Uning quvvati qabul
qilgich kirishidagi halaqitdan taxminan 11 marta kichik.
Shuning uchun, nisbiy faza modulyatsiyasining o’zi ketma-ketlikning
aynan alohida chiplariga qo’llaniladi. To’g’ri burchakli impulsning spektr
kengligini uning uzunligiga teskari mutanosibligini e’tiborga olib, aniqrog’i 2/T,
1 Mbit/s axborot tezligida Barker ketma-ketligida alohida chiplarning
takrorlanishi 11 Mchip/s, bunday signalning spektr kengligi – 22 MHz, chunki
bitta chipning uzunligi 1/11 mks ekanligini hisoblash qiyin emas.
1 Mbit/s axborot tezligi IEEE 802.11 standartida majburiy hisoblanadi
(basic access rate), lekin 2 Mbit/s tezlikda ham axborot uzatilishi mumkin
(enhanced access rate). Ushbu tezlikda ma’lumotlarni uzatish uchun nisbiy faza
modulyatsiyasi ishlatilad, biroq endi kvadraturali (DQPSK). Bu axborot tezligini
ikki barobar oshirishga yordam beradi. Bu bilan spektrning kengligi oldingidek
o’zgarishsiz qoladi, ya’ni 22 MHz.
802.11 protokolinisi standartida 1 va 2 Mbit/s tezlikdan tashqari 5,5 va
11 Mbit/s tezliklar ham majburiy hisoblanadi. Bunday tezliklarda endi spektrni
kengaytirishni boshqacha usullari qo’llaniladi.
IEEE 802.11 protokolining hozirgi versiyasida komplemantar kodlar
(Complementary Code Keying, CCK) bilan kodlashning bir qancha usullarini
qo’llab kodlash ishlatiladi.


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 46
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
CCK kodlarning qo’llanilishi 11 Mbit/s tezlikda bitta simvolga 8 bitni
kodlashga imkon beradi va 5,5 Mbit/s tezlikda simvolga 4 bitni kodlash
imkonini beradi. Bu bilan kodli ketma-ketliklarning o’zi 8-chipli hisoblanadi va
11 Mbit/s uzatish tezligida bitta simvolga 8 bit kodlashda sekundiga 1,375
megasimvolli simvolli tezlik mos keladi ( 11/8 = 1,375 ). Shunga o’xshash
simvolli tezlik, 5,5 Mbit/s uzatish tezligida ham ishlatiladi. Bunday tezlikda bitta
simvolga faqat 4 bit kodlanadi.
Umumiy qiziqishni CCK – kodlarining o’zi uyg’otadi. Oldin CCK –
ketma-ketlik deyilganda nima tushuniladi, shuni aniqlab olamiz. Noldan farqli
istalagan siklik siljish uchun ularning avtokorrelyatsiya funksiyasi yig’indisining
uzunligiga teng bo’lgan ikkita CCK –ketma-ketlik uchun har doim nolga teng.
Shundan kelib chiqib avtokorrelyatsiya funksiyasi uning siklik
siljishdagi ketma-ketliklarning juftma-juft ko’paytmalarning yig’indisi kabi
aniqlanadi. Birinchi ketma-ketlikni elementlarini a
i
  orqali  b
i
 orqali esa ikkinchi
ketma-ketlikni elementlarini belgilaymiz. U holda j elementlarga siklik siljish
uchun n uzunlikdagi birinchi ketma-ketlik uchun avtokorrelyatsiya funksiyasi
quyidagicha yoziladi.
Xuddi shunday ikkinchi ketma-ketlik uchun avtokorrelyatsiya funksiyasi
quyidagi ko’rinishni oladi.
Bu bilan ikkita ketma-ketlik komplementarli deyiladi, agar


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 47
Tekshirdi:                  Raximov T.O.
Shunga o’xshash komplementarli ikkilik ketma-ketliklarning elementlari
faqat +1 va -1 qiymatlarni qabul qilsa, kompleks sonlarning yoki ko’p fazali
(Polyphase Codes) ketma-ketlik to’plamiga komplementar ketma-ketliklarni
aniqlash mumkin.
1.2-jadval.
Birinchi ketma-ketlik
(j)
Ikkinchi ketma-ketlik
(j)
(j)=d
(j)
1
1
1
1
1 1 1
1
 1
1
6
1
1
1
1
1 1 1 1
1
 1
1
1
1
 1
1
 1
 1
 1
1
 1
1
1 1 1
4
1
1 1 1 1
1
1
1
 1
 1
1
 1
1 1 1 1
1
1 1 1 4
1
 1
1 1 1 1
1
1
1
 1
1
1
 1
1
 1
 1
1
1
1
1
1
 1
1
 1
1
 1


Bajardi:
Bekmetov Sh.N.
Bet 48
Tekshirdi:                  Raximov T.O.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish